F. Kenyening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F. Kenye shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U parijda normand dvoryanlar oilasida tu
Download 12.87 Kb.
|
A Tyurgo
F.Kenyening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F.Kenye shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvoryanlar oilasida tug`ildi, Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 1761-1774 yillarda Limojda intendant (harbiy qismda xo`jalik mudiri), 1774-1776 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Ludovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o`tkazdi (don savdosidagi cheklashni yo`q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...), ammo bu o`zgarishlar Turgo iste'foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kenye singari Didro, D`Alamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan "qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi. A.Turgo hayoti va ijodida progressiv chinovnik Vensan Gurne katta rol o`ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdonPDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 143 ing mamlakat ravnaqidagi rolini to`g`ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi mashhur laissez faire, laissez passer (bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar qatori hunarmandchilikdagi sex cheklashlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo`llab-quvvatladi. A.Turgo V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham uchrashgan. A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etilgan) "Boylikning paydo bo`lishi va taqsimlanishi to`g`risidagi mulohazalar" asarida nisbatan to`la yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat targ`ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar o`tkazish yo`li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi (Kenye ishongan), kapitalizm feodalizm kobig`ida vujudga keladi va g`alaba qiladi degan g`oyani ilgari surdi. Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba'zi qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy teoremalar aniq uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik g`oyalar majmuidan iborat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo "sof mahsulot" nazariyasi F.Kenyedan boshqacharoq talqin etiladi, aslini olganda bu yerda qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof in'omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer egasi tomonidan o`zlashtiriladi. Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan. A.Turgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarning bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan shaxslar, sotuvchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik talqin). Ammo, A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga hech ham mos kelmas edi Download 12.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling