Fakultet bosqichi uchun zakovat savollar paketi


Download 42.23 Kb.
bet1/5
Sana10.11.2023
Hajmi42.23 Kb.
#1765503
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ruslet uchun


Fakultet bosqichi uchun zakovat savollar paketi
Bugungi zakovat o’yinimiz savollari mashhur o’zbek adabiyotlari, mashhur filmlar va hammamiz bilishimiz kerak bo’lgan faktlar asosida tuzilgan, O’yinimizni boshlashdan oldin kichik eslatma: Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so’ng aytilgan barcha jumlalar bevosita savolga aloqador bo’lishi mumkin. Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang. Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so’z yoki 1 so’zdan iborat javob degan holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto’g’ri hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so’zlar so’ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O’ZBEK TILINING LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi. Savollar muallifi Nurbek Suyunov
Demak hamma tayyor bo’lsa, barchangizga omad tilaymiz va boshlaymiz!
Jamolar kirishib olishi uchun bizda 0-savol, bu savolga bal berilmaydi,
0. Qarshingizda Gʻafur Shermuhammadning “Barakasini bersin” hikoyasidan parcha. Biz tarqatma materialda ikki soʻzni tushurib qoldirdik.
(tarqatma material o’qilmaydi)“ – Ha, tishing toʻkilgur, shumtuyoq, kasofat! – deya Oʻtagan buva bisotidagi [TUSHIRIB QOLDIRILDI] qargʻishlarni ipga tizilgan marjondek birma-bir qalashtirib tashladi”
Savol: ikki soʻzni bir xil harf bilan boshlanuvchi so‘zlar bilan yozib bering. Javob: Tesha tegmagan. Izoh: Odatda “Tesha tegmagan” iborasi hech kim koʻrmagan va eshitmagan yangiliklar va soʻzlarga nisbatan ishlatilinadi. Bugun savol muallifi ham sizlarga oʻzining “tesha tegmagan” savollarimi taqdim etadi.
1. Futbol sharxlovchisi Otabek Jo'rayev o'z kasbini juda yaxshi ko'rishini, qanday jamoa bo’lishiga qaramasdan barcha o'yinlarni birdek ishtiyoq bilan sharhlayverishini, chunki sharhlash jarayoni IKS ekanligini ta’kidlaydi. 1965-yildagi bir rus filmida esa talaba o’qituvchisiga U hamisha IKS ekanligi haqida aytilgan.

Diqqat savol: U va IKS bilan almashtirilgan so’zlarni yozib bering. VAQT KETDI!

Javob: Imtihon, Bayram

Hisob: Ekzamen, Tantana

Izoh: O'z kasbini sevadigan Otabek Jo'rayev sharh u uchun bayram ekanini ta'kidlaydi. "Operatsiya Ы" filmida kasalligiga qaramay imtihonga kelgan talaba imtihon u uchun bayram ekanini aytadi. Savol muallifi uchun ham zakovat doimo bayram

2. Vikipediada ALFAga berilgan ta’rifda “axloqiy tushuncha, yaxshi va yomonlikka javobgar ishonch” deyilgan. O’zbekiston Respublikasi eski Konstitutsiyasining 31-moddasida ham ALFAni uchratasiz. 1982-yili olingan filmga ko‘ra yurtimizdagi bir qishloq ham o’z ALFAsiga ega.



Download 42.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling