FAKULTET TARIXI
Mashinasozlik fakulteti 2017-yilda tashkil etilgan. Fakultet tasarrufida 7 ta kafedra mavjud bo‘lib, ular: Xizmat ko‘rsatish texnikasi, Yer usti transporti tizimlari, Mashinasozlik texnologiyasi, Energiya mashinasozlik va kasb ta’limi, Chizma geometriya va kompyuter grafikasi, Oliy matematika kafedsi hamda Chet tillar kafedralari. Hozirda fakultetda jami 149 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 7 nafar fan doktorlari, professorlar, 39 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va 103 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat 31 %. Mashinasozlik fakultetida 2017-yildan texnika fanlari doktori, professor Safarov Jasur Esirgapovich dekan sifatida faoliyat olib bormoqda. Mashinasozlik fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlarida ta‘lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan. Fakultetga qarashli 55-talabalar turar joyida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma‘naviyat xonasi faoliyat ko‘rsatadi. Talabalar turar joyi doimiy ravishda yangi gazeta va jurnallar bilan ta‘minlangan. Ma‘naviyat xonasida turli davra suhbatlari, ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy dam olish tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan IIB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |