Fakulteti kafedrasi


Download 0.72 Mb.
bet1/6
Sana05.06.2020
Hajmi0.72 Mb.
#114899
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti-fayllar.org (1)


Samarqand davlat universiteti



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

______________________________fakulteti

______________________________kafedrasi

______________________________fanidan

KURS ISHI MAVZU:________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________



BAJARDI: TIRKASHEV O.

TEKSHIRDI:NURMAMATOV M.

Reja:

1. Kirish

2. Asosiy qisim

2.1) Saralash haqida tushuncha.

2.2) Saralash xossalari va ularning sinflari.

4. Xulosa

5. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Saralashdan biz kundalik hayotmizda ko’p foydalanamiz. Masalan bazordan biror narsa harid qilishimizda, uning ko’proq narxi bilan qiziqamiz yoki ularni taqqoslaymiz. Bu narsalar bizga oddiy hodisa bo’lib qolgan, lekin biz siz bilan bu jarayon qanaqa miyamizda xosil bo’layotganligini bir o’ylab ko’raylikchi. Demak oddiygina biz kunda faydalnayotgan xarakatlarimizni dasturini tuzish uchun ko’p narsalarni bilishimiz va aniq bir maqsadga yo’naltirgan tartiblangan qoidalar yig’indisi zarur bo’ladi. Agar ma’lumotlar kampyuter xotirasida muayyan tartibda saqlanadigan bo’lsa, axborotga ishlov berish va uni izlash bilan bog’liq ko’p masalalar oddiyroq, tezroq va samaraliroq xal qilinadi. Bir qator xollarda ma’lumotlarning tartibga solinganligidan foyda aniq bo’lib, maxsus isbotlashlarni talab etmaydi. Agar lug’at yoki telefon ma’lumotnomasida so’zlar va familiyalar alifbo tartibida joylashtirilmaganda ulardan foydalanish qanchalik qiyin bo’lishini tasavvur etish mumkin. lekin ma’lumotlarni saralash zaruriyati masalasi xar safar muoyyan vazifasiga nisbatan xal qilishi zarur. Bunda tashqi xotira qurulmalari

imkoniyatlari, opetativ xotira xajmi, ma’lumotlarga murojaat qilish tezligi, ularni yangilab turish tezligi va ishlov berish xarekteri kabilarni taxlil qilish zarur.

Turli ilovalarda tartibga solishning turli mezonlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlarularga murojat qilish extimolining qiymati, qancha tez-tez murojat etib turishiga ko’ra tartibga solishi mumkin. Odatda, tartibga solish yozuv bo’yicha amalga oshiriladi.

Axbotot tizimlari bilan ishlov beriladigan ma’lumotlar birligi bir qator axborot maydonidan iborat bo’lgan yozuv xisoblanadi. Yozuv faqat bittagina maydondan iborat bo’lishi mumkin va bu xolda u kalitli hisoblanadi. Tartibga solish natijasida yozuvlar kalitlarning qiymati ortib borishi yoki kamayib borish tartibida joylashadi. Bunday tartibga solish jarayoni saralash deb ataladi. Masalan fakultet talabalaridan to’g’risidagi ma’lumotlardan iborat bo’lgan yozuvlar talabalarning reyting daftarchalari nomerlari bo’yicha tartibga solingan bo’lishi mumkin.

Yozuvlar dastlabki ketma-ketligi turli darajada tartibga solingan bo’lishi mumkin. Balki yozuv elementlari belgilangan tartibda joylashgan bo’lishi mumkin.

Boshqa bir xolatda elementlarga teskari, yani yozuvlarning dastlabki ketmeketligi teskari tartibda joylashgan bo’lishi mumkin. Yozuvlarning dastlabki

ketma-ketligining qanday tartibda joylashganlik darajasiga ko’ra, solishtirishlar

va joyini o’zgartirishlarning u yoki bu soni talab etiladi.

Saralash usulini boxolashda solishtirishlar va o’rnini o’zgartirishlarning eng ko’p va kam sonlarini topish juda oson. Bu operatsiyalarning o’rtacha sonini

aniqlash uchun kombinatorikaning tegishli bo’limlarini jalb etish zarur. Odatda, saralash jarayonida bajariladigan solishtirish operatsiyalarining o’rtacha soni va elementlarining o’rnini almashtirish yoki o’zgartirishning o’rtacha soni turli usullarni baxolash mezonlari xisoblanadi. Saralash samaradorligi solishtirishning o’rtacha soniga bo’linmasi sifatida aniqlanadi.

EXM larning operatsiyon tizimlari, xech bo’lmaganda, bitta dastur – saralash utilitasidan iborat bo’ladi. Lekin ma’lumotlarga ishlov berishning muayyan vazifalarini xal qilishda utilita taklif etilayotgan usil yoroqsiz bo’lishi va boshqa usilni ishlab chiqish yoki foydalanishga to’g’ri kelishi mumkin. Shu munasabat bilan saralashning asasiy usillarini bilish va muayyan vazifa uchun yoroqli bo’lgan u yoki bu usilni baxolay olish muximdir.



Saralash haqida tusuncha

Saralash va izlash amalda juda ko’p qo’llaniladi, fayldagi so’zlarnini izlash-dan tortib, internetda ma’lumot izlashgacha. Saralash deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin. Misol uchun maktab jismoniy tarbiya darsi. Bu dars boshida bolalar bo`ylariga qarab safda turishadi. Me`yor topshirish jarayonida esa sinf jurnalidagi familyalar ketma-ketligiga qarab topshirishadi. Shu yerning o`zida 2ta saralashdan foydalanilyapti. Biri, bo`y uzunligi bo`yicha, ikkinchisi sinf jurnalidagi o`rinlar bo`ycha saralash jarayoni qanday kechadi? Saralash jarayoni taqqoslashga asoslangan jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni his qilish uchun miyamizdagi tezlik bilan kechayotgan jarayonlarni birma-bir tahlil qilib chiqamiz (buning uchun saralanmagan sonlar ketma-ketligini olamiz):

Sonlar berilishi: 23, 54, 3, 22, 1, 45;

  1. Eng kattasini boshiga o`tkazamiz: 23, 3, 22, 1, 45, 54; (54 soni har bir son bilan solishtirilib eng katta ekani aniqlandi, 45 esa o`z o`rnida turipti)


  2. Shu tartibni davom ettiramiz: 3, 22, 1, 23, 45, 54;


(23 undan keyinda turuvchi eng katta son)


  1. Yuqoridagi amalni yana davom ettiramiz: 3, 1, 22, 23, 45, 54;


(22 esa davomchi)


  1. Oxirgi marta almashtirishimiz quyidagi natijani beradi: 1, 3, 22, 23, 45, 54;


  2. (1 eng kichigi)




Demak, miyamiz xuddi shu jarayonni takrorlar ekan. Endi bizga ma`lumki, bizning miyamiz o`zi optimal deb bilgan yo`nalishdan ketadi va biz uchun faqat bitta saralash algoritmi mavjud. Ammo dasturlashda bunday deb bo`lmaydi. Dasturlashga talab ortib bu soha rivojlanib borgani sari unda bir qator sohalardagi kabi tezlikni oshirish muammosi paydo bo`ldi. Chunki ilk kompyuter tizimlarida kompyuter tizimining 30% tezligi, operativ xotirasi saralashga sarflanar edi. Shu o`rinda savol tug`iladi, operatsion tizimlarda ham saralshdan foydalaniladimi? Albatta ha! Fikrimiz isbotini hozirda keng foydalaniladigan Total Commander dasturi isbotlaydi. Unda bir necha xil saralash mavjud: fayl turi, nomi, o`zgartirilgan sanasi va o`lchami. Har birini o`sish yoki kamayish tartibida saralash mumkin. Ha aytgancha, hozirgi tizimlar 30% emas anchagina kamroq tezlik va xotira sarflashadi. Chunki tezlik masalasi tobora yuqori cho`qqiga chiqayotgan va ishlanayotgan ma`lumotlar o`lchami oshib borayotgan bir paytda sekin ishlovchi algoritmlardan foydalanish kulguli.



Ma`lumotlar o`lchamlari esa juda katta, shu sabali ularni aniq va tez saralashga ehtiyoj mavjud. Buni amalga oshirish uchun esa yangi algoritmlarga ehtiyoj tug`ila boshladi.
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling