Fakulteti mustaqil ish bajardi: bng’ – 80


Download 162.92 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi162.92 Kb.
#168304
Bog'liq
axmatov nodir IAKT mustaqil ish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BYUDJET HISOBI VA G`AZNACHILIK

FAKULTETI

MUSTAQIL ISH


Bajardi: BNG’ – 80 Gurux talabasi

AXMATOV NODIR

Tekshirdi;U.Asrayev

TOSHKENT-2020


Axborotlashgan jamiyat tushunchasi


Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi:
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;

Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faktorlari sifatida;

Axborotlashgan jamiyatda shaxs;

Axborot madaniyati;

Axborot xavfsizligi;

Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda yetkazib beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalana bilsin.

Akademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga aytiladi.
Bunday jamiyatda:

Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana bilishi;

Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;

Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini yechish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish;

Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi.

Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining rivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.

Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan yuqori iqtisodiy va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.

Ikkinchi information inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq.Bu hodisa axborotlarni saqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi.Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi.Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi.

Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf , telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi.Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi “globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.

To’rtinchi information inqilob ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga ХХ asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga asos soldi.

Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga:

Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; masalan, ХХ asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ro’rsatkich 100 ga etdi.

Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi sabab bo’ldi.Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 –yilgacha bilimlarning to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan brogan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib chiqardi. Ular orasida insonning chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama-qarshilik; foydali axborotlarni o’zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; axborot tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning mustahkamlanishi muammolarini ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.

Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi.Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir. Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi;buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin.”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risidagi gonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjat massivlaridan iborat .Fxborot tizimlari – kutubxonalar, arxivlar, fondler, berilganlar bazalari va boshqalardan iborat .

Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategic ahamiyatga egadir.Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.Undan ko’p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.Axborot resurslarini klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin:tarmoqlar printsipi(fan, sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izoxlanganligi va hokazo xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha ichki tiplashtirishni bajarish mumkin.Masalan, Internet resurslarini vazifasi va taqdim etilish shakli bo’yicha : servis axboroti, bibliografik axborot, telekonferensiyalar materiallari, dasturiy ta’minot, video va hokazo turlarga bo’lish mumkin.

Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya bo’lib hisoblanadi.Ushbu tushuncha XX asr 80- yillarida vujudga kelgan bo’lib, rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan bo’ldi.

Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish mumkin:
Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda jamlangan.

Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi.

Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va hokozolarni saqlaydi.

Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni o’zida saqlaydi.

Sohalar bo’yicha axborot resurslariga alohida olinga xo’jalik tarmoqlari: ta’lim tizimi, qishloq xo’jaligi, meditsina, mudofaa, sanoat va hokazo tarmoqlar bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Ulkan massali axborot resurslarining mavjudligi va ularni electron ko’rinishda ifodalash imkoniyati zamonaviy axborot resurslari, tovarlari va xizmatlari bozorini vujudga keltirdi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda milliy axborot resurslari bozoro shakllangan .Bu bozorlar ko’p jihatdan material resurslar bozoriga o’xshash bo’lib, ma’lum tovarlar nomenklaturasiga ega. Bu tovarlar sifatida axborot mahsulotlari va xizmatlari taqdim etiladi.Bu tovarlarga quyidagilar misol bo’ladi:


Oddiy tovarlar va ularning narxlari to’g’risidagi ma’lumotlar;

Ilmiy-texnikaviy xarakterdagi ma’lumotlar (patentlar, avtorlik guvoxnomalari,ilmiy maqolalar va hokazo)

Axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlari;

Axborot tizimlari, berilganlar bazalari

Turli xil ma’lumotlar.

Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo’ladi.Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin:


Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar;

Aoqa va telekommuniktsiya vositalari;

Maishiy xizmatlar;

Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari

Konsultativ firmalar;

Birjalar;

Jismoniy shaxslar..

Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, [ukumat organlari va hokazo.

Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo’yicha maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat ko’rsatadi.

Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini o’tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Evropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi.


1-Rasm. Milliy axborot resurslarininf tarkibi



1-Rasm. Milliy axborot resurslarininf tarkibi

Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan ajralib turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda.

Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda.

«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash masalasiga yuksak e’tibor bilan qaralib, mamlakatimizni siyosiy modernizatsiya jarayonining bugungi bosqichida axborot sohasini isloh qilish borasida ustuvor vazifalarni belgilab berib, soha qonunchiligini yanada takomillashtirish borasida asosiy g‘oya va takliflarini bayon etishi bilan birga, ularni hayotga tatbiq qilish mexanizmlari ham aniq va ravshan ko‘rsatib berilgani diqqatga sazovordir.

Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlanib, ushbu konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan:

• «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»;
• «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»;
• «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»;
• «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»;
• «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni hisoblanadi.

Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir.

Axborotlashgan jamiyat:
• bosma fondda hamda jamiyat a’zolarining ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati turlarida jamlangan jamiyatning tobora kengayib borayotgan intellektual salohiyatidan faol foydalanishni;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirish va mehnat faoliyatini intellektuallashtirishga qaratilgan faoliyatning ilmiy va ishlab chiqarish turlariga axborot texnologiyalarini joriy qilishni;
• axborotlashtirish xizmati darajasini yuqoriga ko‘tarish, jamiyatning barcha a’zolarini obyektiv va tezkor axborotga ega bo‘lish, foydalanilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi.

2003-yil 11-dekabrda mamlakat Parlamenti tomonidan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yangi realliklarga muvofiq qayta ko‘rib chiqildi va uning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun tayanch qonun bo‘lib, elektron hukumat, masofadan o‘qitish, teletibbiyot, elektron tijorat kabi va yana bir qancha yangi xizmatlarning rivojlanishiga hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqiladigan boshqa qonunlar uchun asos bo‘lib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqilishini belgilab, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda milliy axborot tizimini yaratishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini axborotlashtirish maqsadida, ularni kompyuter texnikasi, lokal hisoblash va korporativ kompyuter tarmoqlari bilan jihozlash bo‘yicha ham muayyan ishlar qilinmoqda, 2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, davlat idoralarining 80 foizida lokal hisoblash tarmoqlari yaratildi.

Shuningdek, 98 foiz davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida veb-saytlar yaratilib, davlat axborot resurslarining soni 186 taga yetkazildi. Natijada aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 378 turdagi davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

1999-yilda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda telekommunikatsiyalarni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar belgilandi.

Ushbu Qonun hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda sohada amalga oshirilgan tizimli va bosqichma-bosqich islohotlar natijasida respublikaning barcha viloyat markazlarida raqamli xalqaro telekommunikatsiya stansiyalari o‘rnatildi, magistral xalqaro va viloyatlararo aloqa liniyalarida tolali-optik kabel va raqamli radioreleyli liniyalar o‘tkazildi. Respublika hududlarida CDMA standartida simsiz radiofoydalanish telekommunikatsiya tizimi joriy etildi. 2011-yil 30-dekabrda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan fuqarolarni zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘laqonli va sifatli ta’minlash, axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish, aloqa xizmatlari, ma’lumot uzatish va tarqatish sohasi ravnaqiga yo‘naltirilgan yangi normalar kiritildi. Bu ham bo‘lsa o‘z ifodasini 8-moddaning o‘n yettinchi xatboshisi va Qonunga kiritilgan yangi 81-moddada topmoqda. Tilga olingan yangi moddada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi va rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyat belgilandi.

Shunday qilib, Qonunning yangi normalarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlarga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini yanada ko‘proq jalb etish maqsadida ularni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasi hal etilmoqda.

Rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanishda Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy segmentni rivojlantirish zarurligi, uni tashkil etishda esa asosiy qismlaridan bo‘lgan aynan domen nomlari va domen nomlari tizimi kabi muhim tushunchalarga ta’rif berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Internetdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishdan asosiy maqsad fuqarolar uchun zarur axborotni ularga kerak bo‘lgan vaqtda olish imkonini berishdir. Mazkur Qonunda belgilanayotgan islohotning maqsadi odamlarga axborot olish va undan foydalanishga bundanda to‘laqonli imkoniyat yaratishdir.

Bugunga kelib mamlakatimizda 20ga yaqin telekommunikatsiya operatorlari mavjud bo‘lib, ular telekommunikatsiya tizimida 28ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180ta mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallari orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatishmoqda.

Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash, ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash maqsadida 2011-yil 13-aprelda «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Jamiyatni axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003–2004-yillarda «elektron» qonunlar deb ataladigan qonunlar bloki qabul qilindi. Bular O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunlaridir. Qonunlarni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar va bir qancha mamlakatlarning tajribasi ham hisobga olindi.

Ushbu qonunlarning qabul qilinishi, joylarda ularning ijrosini ta’minlanishi o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishining shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori sur’atlarda rivojlanishi, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishiga va o‘z navbatida, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishga keng yo‘l ochib bermoqda.

Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan mazkur tizimlarni tez sur’atlar bilan rivojlanishining yana bir omili bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, jumladan Inter-netga ulanish tezligini mutassil ravishda o‘sib borishi (agar 2002-yili 8,5Mbit/s.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2500 Mbit/s.ga yetdi) va ulardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratilganligidadir.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, elektron tijoratni shiddat bilan rivojlanishiga Internetdan foydalanuvchilar soni, aholining 20-25 foizini tashkil etganda erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda Internetdan foydalanuvchilar 9,1 mln.ni tashkil etgani elektron tijoratning rivojlanish istiqbolidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz elektron hujjat aylanish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga imkon yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘oz hujjat aylanishi ulushining kamayishga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. Elektron hujjat aylanishida ularning qog‘oz hujjatlar bilan teng kuchga ega ekanligini, ulardagi imzo, muhr va hujjatning boshqa rekvizitlarini tasdiqlash elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilishi mumkin.

«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’lum shartlarga rioya qilingan holda elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta’minlab berdi. Natijada, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma’lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda.

Shuningdek, mazkur Qonunning qabul qilinishi va ijrosi ta’minlanishi natijasida respublikamizda 9 ta Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo kalitlari soni 2006-yilda 93 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, 250 000 taga yetdi. Mazkur sohadagi huquqiy bazani yanada takomillashtirish ikki palatali professional parlament tomonidan ham samarali tarzda davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizda elektron to‘lovlar sohadagi ijtimoiy munosabatlar Markaziy bank tomonidan qabul qilingan «Elektron to‘lovlarni amalga oshirish Nizomi» bilan tartibga solinib kelingan bo‘lsa, 2005-yilda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan elektron to‘lovlar tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida, mijozlariga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishga huquqiy asos yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotimizga «Pay Net», «Fast Pay», «Moblis», «E-karmon» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalarning kirib kelishi, shuningdek, «SMS-banking», «Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlarini joriy qilish va shu asosda mobil to‘lovlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. Ushbu xizmatlarning qulayligi shundaki, mijozlar bular yordamida kommunal xizmatlari, mobil aloqa va Internet xizmatlari hamda uy-ro‘zg‘or mollarini Internetdan foydalangan holda, sotib olish va hisob-kitob qilishlari mumkin.

Ushbu Qonunlar axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida hamda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, axborot muhofazasining huquqiy asoslarini aniqlash hamda axborot muhofazasiga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan samarali huquqiy mexanizm iqtisodiyotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ushbu sohaga ham chet el investitsiyalarining kiritilishiga yo‘l ochib, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalarini hayotimizning barcha sohalariga keng joriy qilishga asos bo‘lmoqda.

2005-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining Internetda rasmiy saytlarining ochilishi tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli Qarori bilan ushbu saytlarga asosiy talablar belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan foydalanish va yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar ro‘yxati, mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq shakllantirilgan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006-yil 22-sentabrda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 203-sonli Qaror qabul qilindi. U bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlarini tashkil etish belgilangan.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007-yil 23-avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 181-sonli Qarori qabul qilinib, u bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.



Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012-yil 21-martda «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirish choralari to‘g‘risida» Qaror qabul qilindi. Unda davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich integratsiya qilish asosida Milliy axborot tizimining shakllanishini ta’minlash, davlat organlari tomonidan funksiyalarini tezkorlik bilan va sifatli bajarilishini amalga oshirish imkonini beruvchi, ularning faoliyatini avtomatlashtiradigan axborot tizimlarini yaratish, interaktiv davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ularning ro‘yxatini kengaytirish, Milliy axborot tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash va qator boshqa vazifalarni ko‘zlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmning yaratilishi hamda joylarda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash iste’molchilarning barcha qatlamlari hamda jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari talablariga mos tushadigan, tubdan yangilangan axborot-kommunikatsiya tarmoqlari vujudga kelishiga zamin yaratib, mamlakatimizda axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda O‘zbekistonni butunjahon axborot hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling