Fakulteti


Download 0.49 Mb.
bet1/111
Sana11.11.2021
Hajmi0.49 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BANK ISHI” FAKULTETI

BANK VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI” fanidan


O‘QUV-USLUBIY

MAJMUA
ABDULLAYEV UTKIR AZIMOVICH




TOSHKENT – 2019

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BANK ISHI” FAKULTETI


BANK ISHI” KAFEDRASI
BANK VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI”


Bilim sohasi:

200 000



Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq













Ta’lim sohasi:

230 000



Iqtisod

Mutaxassislik:

5230700



Bank ishi


























TOSHKENT – 2019
“ Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil “____” _________dagi “___”-sonli buyrug‘ bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.



Tuzuvchi:




Abdullayev U.A.

“Bank ishi” kafedrasi dotsenti., i.f.n.

Taqrizchilar:




Nasriddinov F.N.

TDIU, “Bank ishi” kafedrasi mudiri, i.f.n., dots. (turdosh OTM)


Xalmuratov N.E.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’quv markazining direktori. (kadrlar byurtmachisi)

Boboqulov T.I.

TMI, “Bank ishi” kafedrasi i.f.d., professor

Fanning o‘quv uslubiy majmuasi kafedraning 2019 yil “___” _____ dagi “___”-sonli yig‘ilishi muhokamasidan o‘tkazilgan va fakultet Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilingan.


Bank ishi” kafedrasi mudiri: A.Omonov
Fanning o‘quv uslubiy majmuasi “Bank ishi” fakulteti Kengashi muhokamasidan o‘tkazilgan va institut Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilingan.
Bank ishi”

fakulteti dekani: R.Saidov
Fanning o‘quv uslubiy majmuasi institut o‘quv-uslubiy Kengashining 2019 yil “___” _________dagi “____”-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.
Kengash raisi: I. Qo‘ziyev

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: T.Baymuratov
Fanning O‘quv uslubiy majmua muhokama etilgan va qo‘llashga tavsiya etilgan institut Kengashi bayoni (“____”-soni 2019 yil “___” ________) keltiriladi.
MUNDARIJA




Kirish……………………………………………………………

6

1

MA’RUZALAR MATNI..................................................................

8

1-mavzu

“Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti

8




2-mavzu

“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar va fanlar mazmuni

16




3-mavzu

Bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi va uning mazmun mohiyati

24

4-mavzu

Tijorat banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlari

29

5-mavzu

Banklarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o’rni

37

6-mavzu

Markaziy banklarning vujudga kelish sabablari va rivojlanish shart-sharoitlari

45

7-mavzu

Jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar

54

8-mavzu

Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar va uni yozish tartibi

64

9-mavzu

Banklarda malakaviy amaliyot o’tish va hisobot tayyorlash

70

2

AMALIY MASHG‘ULOTLAR.......................................................

173

1-mavzu

“Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti

189

2-mavzu

“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar va fanlar mazmuni

190

3-mavzu

Bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi va uning mazmun mohiyati

194

4-mavzu

Tijorat banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlari

196

5-mavzu

Banklarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o’rni

197

6-mavzu

Markaziy banklarning vujudga kelish sabablari va rivojlanish shart-sharoitlari

199

7-mavzu

Jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar

201

8-mavzu

Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar va uni yozish tartibi

202

9-mavzu

Banklarda malakaviy amaliyot o’tish va hisobot tayyorlash

204

3

MUSTAQIL TA’LIM BO’YICHA MATERIALLAR…..

205

4

O’QUV PORTFOLIOSI…………………………………..

216

5

GLOSSARIY.......................................................................

222

6

O‘QUV DASTURI................................................................

227

7

ISHCHI DASTUR ...............................................................

241

8

TARQATMA MATERIALLAR........................................

260

9

TESTLAR............................................................................

270

10

TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI..

278

11

TEXNOLOGIK XARITA...................................................

282

12

KALENDAR ISH REJA .....................................................

283


KIRISH
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni.
“Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fani bakalavriatning “Bank ishi” yo’nalishida ta’lim oladigan talabalar uchun ixtisoslikka kirish fani hisoblanadi. Shu sababli, ushbu fanda “Bank ishi” yo’nalishi talabalariga O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va unda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohaga oid ishlab chiqilayotgan istiqbolli rivojlanish yo’nalishlari shuningdek, jahon bank tizimida sodir bo’layotgan jarayonlar xususida dastlabki nazariy va amaliy bilimlarni berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu jihatdan olganda, “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanini o’qitish sifatini oshirish bank tizimi uchun malakali kadrlarni etkazib berishda muhim o’rin tutadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da oliy ta’limda o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish vazifalari qo’yildi1.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilayotganligini, jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinganini alohida ta’kidladi2

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining dastlabki yillaridanoq mamlakat bank tizimini shakllantirish va rivojlantirishga alohida etibor qaratildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublikamizda zamonaviy, ikki pog’onali bank tizimi shakllandi, uning to’lovga qobilligi va likvidliligi ta’minlandi. Shu bilan birga, O’zbekiston bank tizimining barqarorligini yanada oshirish siyosati bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Shunday ekan, moliya-bank sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash uchun mazkur fanning o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, boshlang’ich bilimning mustahkam bo’lishi – kelajakda erishish mumkin bo’lgan muvaffaqiyalar garovidir. Shu bois “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olishni boshlagan talabalarga “Kasbiy faoliyat asoslari” o’quv kursini chuqur o’rgatish dolzarb sanaladi.

Fanni o’qitishdan maqsad – bank ishi mutaxassisligi bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarni O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning tuzilishi, faoliyat yuritishi, shuningdek, tijorat banklarining faoliyati, operatsiyalari hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni haqida dastlabki ko’nikma va tasavvur shakllantirishga qaratilgan. Fanning vazifalari - talabalar uchun mutaxassislik fanlari mazmuni to’g’risida ma’lumot berish hamda ushbu fanlarning maqsadi, vazifalari, predmeti, boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, ahamiyati, o’qitish uslublari va baholash mezonlari haqida bilim berish hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilingani haqida gapirib o’tdi3

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining dastlabki yillaridanoq mamlakat bank tizimini shakllantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublikamizda zamonaviy, ikki pog’onali bank tizimi shakllandi, uning to’lovga qobilligi va likvidliligi ta’minlandi. Shu bilan birga, O’zbekiston bank tizimining barqarorligini yanada oshirish siyosati bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug’bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o’qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi4. Muhtaram Prezidentimizning yuqorida keltirilgan fikrlari negizida uzoqni ko’ra oladigan har tomonlama etuk, salohiyatli mutaxassis va kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shunday ekan, moliya-bank sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash uchun mazkur fanning o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, boshlang’ich bilimning mustahkam bo’lishi – kelajakda erishish mumkin bo’lgan muvaffaqiyatar garovidir. Shu bois “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olishni boshlagan talabalarga“Bank va Bank va kasbiy faoliyat asoslari” o’quv kursini chuqur o’rgatish dolzarb sanaladi.

MA’RUZALAR MATNI
1-MAVZU. “BANK VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI” FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA PREDMETI.
1. “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi va vazifalari.

2. Fanning predmeti.

3. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.


  1. Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi va vazifalari.

Fanni o’qitishdan maqsad – bank ishi mutaxassisligi bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarni O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning tuzilishi, faoliyat yuritishi, shuningdek, tijorat banklarining faoliyati, operatsiyalari hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni haqida dastlabki ko’nikma va tasavvur shakllantirishga qaratilgan. Fanning vazifalari - talabalar uchun mutaxassislik fanlari mazmuni to’g’risida ma’lumot berish hamda ushbu fanlarning maqsadi, vazifalari, predmeti, boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, ahamiyati, o’qitish uslublari va baholash mezonlari haqida bilim berish hisoblanadi.

“Bank ishi” yo’nalishi talabalarida O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, undagi islohotlar va rivojlanish yo’nalishlari, shuningdek dunyo bank tizimidagi sodir bo’layotgan jarayonlar xususida aniq bilim va ko’nikmalarni shakllantirish orqali tanlagan yo’nalishiga bo’lgan tassavur va qiziqishini orttirishdan iboratdir.

Kursni o’qitishdan maqsad – talabalarga pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o’rnini o’rgatishdan iborat. Shu bilan birga fanning vazifalari bo’lib talabalarga zamonaviy pul, kredit va pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini o’rgatish; hozirgi zamon pul-kredit tizimi qonuniyatlarini tahlil etish; inflyatsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganish va ularni boshqarishni ko’rsatib berish hisoblanadi.



Fanning asosiy vazifalari:

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy pul, kredit va pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini o’rgatishni;

  • hozirgi zamon pul-kredit tizimi qonuniyatlarini tahlil etish; inflyatsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganishni;

  • xo’jalik sub’ektlari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni qulay shakllarini tanlashni;

  • naqd pul aylanmasini tartibga solish usullari va vositalarini;

  • inflyatsiyaning namoyon bo’lish shakllari va ularni boshqarishni;

  • bank infratuzilmasini, tijorat banklari funktsiyasi va rolini, chet el tajribasini, bank faoliyatini takomillashtirishda qo’llashni;

  • mamlakat pul-kredit va banklar tizimini boshqarishni ko’rsatib berish hisoblanadi.

“Mutaxassislikka kirish” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • pul, kredit va banklarni shakllantirish tamoyillari, shakllari va yo’nalishlari;

  • pul, kredit va bank tushunchalari va ularning bog’liqligi;

  • pul muomalasini boshqarish va ularni tartibga solish tartibi;

  • bank faoliyati, ularni tashkil etish elementlari, mexanizmlari va tizimlari;

  • bank faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilovchi omillar;

  • pul, kredit va bank tizimlari,ularning turlari;

  • pul, kredit va bank faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • bozor iqtisodiyotida va ijtimoiy sohada puldan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari;

  • pul muomalasi tuzilishini va iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishning tamoyillari;

  • xo’jalik sub’ektlari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni qulay shakllarini tanlanishi;

  • naqd pul aylanmasini tartibga solish usullari va vositalari; inflyatsiyaning namoyon bo’lish shakllari; tijorat banklari funktsiyasi va rolini;

  • kreditning turli shakllaridan foydalanishning usullari va vositalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • bank faoliyati bo’yicha, pul muomalasi, kreditlashtirish, korxona, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy hisobotlarini hisob-kitoblarini tuzish va tahlil qilish;

  • tijorat banklari resurslari va aktivlarini tahlili;

  • pulning vaqtinchalik qiymati hisob-kitobi;

  • inflyatsiya darajasini baholash;

  • qonunchilik me’yoriy va yo’riqnoma materiallaridan etarli darajada foydalanish bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  • bank, kredit va pulning mohiyati, zarurligi, belgilari, funktsiyasi;

  • bank, kredit va pul tizimi;

  • O’zbekiston Respublikasi bank, kredit, pul tizimi va uning xususiyatlari;

  • bank, kredit, pul siyosati;

  • pul nazariyasining asoslari;

  • pul muomalasini tartibga solishning modellari;

  • pul-kredit siyosati tushunchalari; bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning mohiyati, zarurligi va roli;

  • pul aylanmasi va uning tuzilishi; naqd pul va naqd pulsiz aylanmalarni tashkil etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari;

  • pul muomalasini namoyon bo’lish shakllari va barqarorlashtirish usullari, inflyatsiyaning mohiyati;

  • pul islohotlarining zarurligi, ularni o’tkazish tartibi va shakllari; pul tizimlarining mohiyati, unsurlari va tiplari;

  • O’zbekiston Respublikasi va boshqa chet mamlakatlar pul-kredit tizimi bo’g’inlarining tuzilishi va funktsiyalari;

  • bank tizimi va uning bo’g’inlari;

kreditning mohiyati, zarurligi, funktsiyasi va shakllaridan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.

2. Fanning predmeti.
Zamonaviy jamiyatning hayot tirikligini ta’minlashda turli darajadagi mutaxassislar muhim o’rin egallaydi. Kasb ta’limi uzluksiz ta’limning bo’linmas bir qismi hisoblanib, eng muhim vazifani bajaradi: insonni aniq kasbiy faoliyatga tayyorlaydi. O’rta maxsus kasb ta’limining asosiy maqsadlari o’rta bo’g’inli kichik mutaxassislarni tayyorlash va ularni ta’limiy jarayonda shaxsni rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratish hisoblanadi.

Kasbiy pedagogik ta’lim tizimida tayyorlanayotgan, pedagogik xodimlar ichida, eng muhim o’rinni kasb ta’limi o’qituvchisi egallaydi. Malakali mutaxassislarni tayrlash bo’yicha, kasb-hunar ta’limi oldida turgan muhim va ma’suliyatli vazifalarni bajarish unga bog’liq bo’ladi. Kasb ta’limi o’qituvchisi ikki yoqlamali mehnat predmetiga ega bo’ladi. Uni bir tomondan insonlar bilan o’zaro munosabat, boshqa tomondan- aniq kasbiy sohadagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar tashkil etadi. Uning kasbiy-pedagogik tayyorgarligining darajasi va sifati, kasb hunar ta’limida o’quvchilarni tayyorlash sifatini ma’lum miqdorda aniqlanadi.

Bu maqsadlarga erishish ta’lim mazmunini qanday ifodalanishiga bog’liq bo’ladi. Pedagogikada ma’lumot olish va o’qish - o’qitish muammolari bilan didaktika - ta’lim va ta’lim berish nazariyasi bo’limi shug’ullanadi.

Ta’lim olish – bu bilim, ko’nikma va malakalar tizimini egallash jarayonidir, ya’ni bunda shaxsning ijodiy faoliyatining jihatlari, dunyoqarashi va o’zini tutish sifatlari tashkil topadi,hamda bilish qobiliyatlari rivojlanadi. Inson ma’lumotli bo’lib, bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lib, o’zida fikrlar tizimini shakllantiradi.

Ta’lim olish vazifalari turli yo’llar bilan hal qilinadi. Ulardan eng asosiysi o’qitish hisoblanadi. O’qitish – bu ta’lim oluvchilarga yangi o’quv axborotini taqdim etish, uni o’zlashtirishni tashkillashtirishga, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga maqsadli yo’naltirilgan, muntazamli tashkiliy jarayondir.

O’qitish jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida o’zaro harakat yuzaga keladi va uning samardorligi o’qituvchi va talabani hamkorligiga bog’liq bo’ladi.

O’qish-o’rgatish - bu ta’lim oluvchilarga yangi o’quv axborotini taqdim etish, uni o’zlashtirishni tashkillashtirishga, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga maqsadli yo’naltirilgan, muntazamli tashkiliy jarayondir.

O’qitishning asosiy natijasi – bu talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar, ularda shakllangan bilish ehtiyojlari va qobiliyatlaridir.



Bilimlarda haqiqiy borliq umumiy aksini topadi. Talabalar hodisa, voqea, qonuniyatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganadilar va u ularning yutug’i bo’ladi.

O’qitish jarayonining eng muhim natijasi – bu ko’nikmadir.



Ko’nikma – egallagan bilimlar asosida o’zgaruvchan sharoitlarda birorta faoliyatni amalga oshirish qobiliyati.

Pedagogik amaliyotda ko’nikma aqliy va amaliy ko’nikmalarga bo’linadi.

Aqliy ko’nikma fikrlovchi avzifalarni amalga oshirishdan iborat bo’ladi. Bular ijodiy faoliyat va ishlab chiqaruvchi faoliyat uchun muhim hisoblanadi.

Amaliy ko’nikmalar aniq amaliy harakatlarni bajarishga yo’naltirilgan, ya’ni ishlab chiqarish topshiriqlarini echish, hisob ishlarini bajarish, ish rejasini tuzish va b. Amaliy ko’nikmalar aqliy ko’nikmalar bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladi, bilimlarga tayanmasdan turib topshiriqlarni echish, hisoblash, reja tuzishni amalga oshirib bo’lmaydi.



O’qitishning natijalaridan yana biri bu malakalarni egallash hisoblanadi.

Malakalar – bu, ko’p marta takrorlash natijasidagi mashinal (beixtiyoriy), harakatlardir.Kasbiy faoliyatda malakalar katta ahamiyatga ega bo’lib, ular kuch, vaqt, e’tiborni tejaydi.O’qitish o’zining asosiy (didaktik) vazifasidan tashqari boshqa vazifalarni bajaradi:

Rivojlantiruvchi vazifani mohiyati- o’qitish jarayonida shaxsning aqliy, hissiy va irodaviy rivojlanishi, bilishga bo’lgan intilishlarini va ijodiy faollikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlashdan iborat bo’ladi.Rivojlantiruvchi vazifa rivojlantiruvchi printsipga asoslanib, uning mohiyati, o’qitish jarayonini shunday murakkab darajada tuzish kerakki, bunda talabadan ham aqliy ham irodaviy kuchlarni sarf qilsin. O’quv jarayoni talabada qoniqish, bilish quvonchini, hayron bo’lish, ya’ni u nimanidir bajara olishi hissini uyg’otishi zarur. Shu bois o’quv materiali juda ham sodda bo’lmasligi kerak va talaba faqat uni qaytarib qolmasdan, balki bilimlar asosida topshiriqlar zanjirini echa olishi kerak.

Tarbiyalovchi vazifa –o’qitishni tarbiyalash printsipiga asoslanadi. O’qitish va tarbiyalash jarayonlari o’zviy bog’liqlikda bo’ladi. Ularning umumiy maqsadlari- bo’lg’usi mutaxassilikning mohiyatini va ijtimoiy muhimligini tushunuvchan, o’z mehnatining natijalariga kasbiy ma’suliyatga ega bo’lgan mutaxassisni shakllantirishdan iborat.

O’quv jarayonida tarbiya o’qitish mazmunini amalga oshirish yo’li orqali, uni to’g’ri tashkillashtirish va zarur usullarni qo’llash orqali amalga oshiriladi. O’rta maxsus o’quv dargohi o’qituvchisi o’zining bilimi, o’zining tutishi, ishga bo’lgan munosati o’quv faniga, maxsuska va mehnat faoliyatiga, hayotga bo’lgan ayrim munosabatni aniqlab beradi.O’qituvchini ta’siri ko’gina tarbiyalanuvchilar uchun o’rnak bo’ladi, shuningdek shunday yutuqlarga yo’naltirilgan shaxsiy intilishlarini, ular o’z o’qituvchilarida ko’radilar.

Ta’lim berish vazifalarining yana bir yo’li bu mustaqil o’qish hisoblanib, bunda talabalarda mustaqil o’qish uchun ularda qiziqishni uyg’otish, bilish ehtiyojini paydo qilishda ularga yordam berish, mustaqil aqliy mehnatning ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’ladi.

Kasb – bu mehnat faoliyatining barqaror turi bo’lib, u nafaqat aniq bilim va ko’nikmalarni bo’lishini talab qilmay, balki bir xil bo’lgan umum kasbiy bilimlarni ham bo’lishini talab qiladi.

Mutaxassis mavjud kasb doirasidagi aniq mehnat faoliyatining aniqlashtirilganligi.

Umumiy va shaxsni kasbiy rivojlanishiga yo’naltirilgan, kasbiy ta’lim, tarbiya, ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladigan kasbiy mustaqil o’qish, o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish murakkab jarayon, bo’lg’usi mutaxassisni kasbiy shakllanishini bildiradi.



kasbiy faoliyat turi – ta’lim yo’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob’ektiga ta’sir etish usullari, uslublari va tavsifi;

kompetentsiya – tegishli sohada kasbiy faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui;

modul – tarbiyalash va o’qitishga yo’naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo’lgan o’quv fani (kursi) yoki o’quv fanlari (kurslari)ning ma’lum bir qismi;

ta’lim yo’nalishi – ta’lim dasturi bo’yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi asosiy va fundamental bilimlar, uquvlar va ko’nikmalar kompleksi;

kasbiy faoliyat ob’ekti – predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yo’naltirilgan tizimlar;

kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bo’ladigan kasbiy faoliyat ob’ektlari majmui;

bakalavriat - oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilimlar beradigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’lim;

bakalavriatning ta’lim dasturlari (bakalavriat dasturi)– o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro’yxati;

o’quv-o’rganish natijalari – o’zlashtirilgan bilimlar, amaliy malakalar, ko’nikmalar majmui.


  1. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi

5230700 - Bank ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning o’quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.

O’quv reja va fan dasturining me’yoriy muddati va mos malaka(daraja)si 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

O’quv reja va fan dasturining muddati va bitiruvchilarning malaka(daraja)si


O’quv reja va fan dasturining nomi

Malaka

(daraja)

O’quv reja va fan dasturini o’zlashtirishning me’yoriy muddati

Bakalavriatning o’quv reja va fan dasturi

Bakalavr

4 yil

“Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fani birqancha fanlar bilan bog’liq. Jumladan, “Bank ishi”, “Pul, kredit va banklar”, “Monetar siyosat”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, “Pul-kredit muomalasi orqali muvofiqlashtirish”, “Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari” fanlari bilan o’zaro bog’liq.

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida bank tizimidagi asosiy ustuvor yo’nalishlar.

2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.

2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor «Inson manfaatlari - hamma narsadan ustun» degan tamoyil va «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g’oyaning, eng avvalo, xalq bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.

Ushbu dasturda innovatsion va ilmiy faoliyatni davlat va jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlash choralari, shu jumladan innovatsion loyihalarni foizsiz kreditlash hamda innovatsion loyihalarni kreditlash uchun tijorat banklariga davlat kafolatlarini berishni ham nazarda tutuvchi «Innovatsion faoliyat to’g’risida»gi va «Fan to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqsin va keng jamoatchilik muhokamasidan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishi tasdiqlandi.

Mamlakatimizning 2017 yilga belgilab olingan marra va maqsadlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivoj­lanishining asosiy ustuvor yo’nalishlarini aniqlab olishda jahon miqyosidagi hali-beri davom etayotgan global inqiroz bilan bog’liq yuzaga kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta.

Ana shu muammolar tufayli ­bugungi kunda dunyo bozorlarida ­talabning keskin kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora kuchayib borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi ko’pchilik davlatlarga ­salbiy ta’sir ko’rsa­tayotganining ­guvohi bo’lmoqdamiz.

Bunday o’ta murakkab vaziyat ­barchamizdan ertangi kunimizni ko’rishda, istiqbolimizni belgilab olishda, avvalo, eskicha qarashlar qolipidan voz kechishni, umrini o’tab bo’lgan, aytish mumkin, inertsion usullardan to’liq voz kechishni ­talab etadi.

Biz uchun asosiy vazifa — ishlab chiqarishni texnik va texnologik ­jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi zarur.

Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o’zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash maqsadida respublikaning moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari belgilandi. Asosiy yo’nalishlarda asosan, moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish, tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo’yicha muammoli qarzlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik borasida oldini olish choralarini ko’rish yo’li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o’sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash ko’rsatilgan.

2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor «Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun» degan tamoyil va «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g’oyaning, eng avvalo, xalq bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.

Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko’lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo’lib xizmat qildi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni ko’llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanishi ta’kidlandi:

davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida — davlat xizmatining nufuzi va samaradorligini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifa va tuzilmasini qayta ko’rib chiqish, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mustaqilligini oshirish, markaziy organlarning ayrim vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlariga o’tkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, ularning sifati va tezkorligini tubdan oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida - fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarini, shu jumladan tintuv va telefon orqali so’zlashuvlarni eshitib turishga sanktsiya berish huquqini sudlarga o’tkazish, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko’maklashish bo’yicha komissiyani tashkil etish orqali yanada mustahkamlash, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan isloh qilish, vaqtincha saqlash, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, yo’l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash, patrul xizmatining statsionar postlari sonini optimallashtirish;

iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash sohasida -faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga imtiyozlar taqdim qilgan holda individual imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish;

ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida - ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sog’lig’ini saqlashni yanada kuchaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmog’ini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirish, «iste’mol savatchasi»ni aniqlash, ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini va nogironligi bo’lgan shaxslarni har tomonlama manzilli qo’llab-quvvatlash;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida — O’zbekiston Respublikasining yangi Milliy xavfsizlik kontseptsiyasini qabul qilish, xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, davlat chegaralarini himoya qilish va qo’riqlash tizimini takomillashtirish, terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag’rikenglikni mustahkamlash, Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, o’zaro manfaatli tashqi siyosatni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish.


Nazorat uchun savollar


    1. Mutaxassislik tushinchasining mazmunini tushintirig.

    2. Bank ishi yo’nalishining mohiyati va mazmunini izohlang.

    3. Bank ishi ta’lim yo’nalishining maqsadi nimada?

    4. Fanning maqsadi, vazifalarini aytib bering.

    5. Fanning boshqa mutaxassislik fanlari bilan aloqasi.


2-MAVZU. “BANK ISHI” YO’NALISHIDA MUTAXASSISLIKKA QO’YILGAN TALABLAR VA FANLAR MAZMUNI
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda mutaxassislar tayyorlashga qo’yiladigan talablar

2.“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar.

3.“Pul va banklar”, “Bank ishi” fanlarining umumiy mazmun va mohiyati.

4. Bank kadrlari tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling