Fakulteti


Tijorat banklarining makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashdagi roli


Download 0.49 Mb.
bet16/111
Sana11.11.2021
Hajmi0.49 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111
1. Tijorat banklarining makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashdagi roli.
Jahon amaliyotida umumiy biror ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy resurslarga bo’lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o’z ixtiyori bo’yicha ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash sohasida cheklangan tarzda qo’llaniladi, o’rta va uzoq muddatli kreditlashda umuman qo’llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar tomonidan biror maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar beriladi.

Kreditning qaysi maqsad uchun berilayotganligi kredit shartnomasida ko’rsatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar qarz oluvchi tomonidan faqatgina shartnomada ko’rsatilgan masalani hal etish uchun ishlatiladi. (masalan, olinayotgan tovarlar bo’yicha hisoblashish, ish haqi to’lash va h.k. uchun) Qarz oluvchi tomonidan ko’rsatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda ko’rsatilgan jarimalar qo’llaniladi.

Iqtisodiy rivojlanishining o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab chikarish va muomala jarayonining kika muddatli extiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga bo’lgan extiyojni koplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maksadni amalga oshirish uchun banklar mablag’larni jalb qilish miqyosini, iste’mol uchun kreditlar berish ko’lamini kengaytirdi.

Tulovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirigiga asosan tulov jarayonlarini amalga oshiradi, xisob varaklariga mablag’larni kabul kiladi, pul tushumlarining xisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag’larini beradi.

Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o’z mablag’larini bank orqali o’z hisob varaqasidan boshqa korxona hisob varaqasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin.

Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi xam amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit mikdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.

Undan tashqari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar banknotalar chiqariladi.

Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi

Tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 2016 yil yakunlari bo’yicha bank tizimining umumiy kapitali oldingi yildagiga nisbatan 20,2 foizga oshib, qariyb 9,4 trln. so’mni va kapitalning etarlilik darajasi ko’rsatkichi umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan deyarli 3 barobardan ziyodni tashkil qildi.

Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2016 yil yakunlari bo’yicha 64,4 foizni tashkil etdi va bu talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar ortiqdir.

Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o’sish sur’ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zaxirasini oshirish imkonini berdi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling