Fakulteti


Aholining turmush farovonligini oshirishda tijorat banklarining iste’mol va ipoteka kreditlarining o’rni va ahamiyati


Download 0.49 Mb.
bet18/111
Sana11.11.2021
Hajmi0.49 Mb.
#443428
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111
Bog'liq
КФА-ЯНГИ.ОМУХТА
Tarbiya nazariyasi va metodlari, Tarbiya nazariyasi va metodlari, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, Документ Microsoft Word (2), Искусство в наш, 19-Mashg`ulot Bir o`zgaruvchili Tenglamalar, 004ons3-93-0045-58, Yoshlar siyosati, package array43, package array43, qurilish jarayonlari-Model, Классификации ч, Farmbiotex 3-top, 1-оралик назорати (Келдиёров С ), Ma'ruza-1
3. Aholining turmush farovonligini oshirishda tijorat banklarining iste’mol va ipoteka kreditlarining o’rni va ahamiyati.
Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi asosan byudjetdan moliyalashtirilar va qat’iy markazlashgan edi. U davrda mehnat sharoitlari, mehnat muhofazasi, ijtimoiy ta’minot ko’proq deklarativ xarakter kasb etgan, chunki mablag’ va zaxiralar asosan zararli, xavfli mehnat sharoitlarini kompensatsiya qilishga (qo’shimcha mehnat haqi, imtiyozlar, imtiyozli pensiyalar va h.k.) yo’naltirilgan.

Bu davrdagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini pasaytiruvchi omillarga quyidagilar kirgan:

– to’lov va imtiyozlarning aholining ko’p toifasiga berilishi, moddiy ta’minlanish darajasining deyarli e’tiborga olinmagani;

– moddiy yordam oluvchilarning farovonlikka o’z kuchlari bilan erishish imkoniyatlarini to’la inobatga olmaslik. Ma’lumki, buning oqibatida aholi o’rtasida ijtimoiy boqimandalik kayfiyati, beparvolik, tashabbussizlik, jamiyatning marginallashuvi kelib chiqadi;

– hududiy va munitsipal hokimiyat organlari o’rtasida ijtimoiy yordam ko’rsatish vakolatlari va javobgarligining aniq taqsimlanmagani. Bu esa, ijtimoiy to’lov va imtiyozlarni taqdim etish va moliyalashtirishda javobgarlikdan bosh tortishga olib kelgan.

Barcha aholiga mo’ljallangan ijtimoiy siyosat yordamga ehtiyojning ko’proq va kamroq darajasi kabi juda muhim omilga nisbatan sezgirlikni qo’ldan boy berdi. Shunday bo’lib chiqdiki, kam ta’minlangan fuqarolar ham, to’la ta’minlangan fuqarolar ham bir xilda madad olardi. Buning ustiga, dotatsiya joriy etilgan asosiy tovar va xizmat turlaridan aynan shunday yordamga kamroq muhtoj bo’lgan kishilar ko’proq foydalanib qolishdi. Haqiqatan ham, muhtoj kishilar uchun kam samara bergan ijtimoiy muhofaza tizimi behuda sarf-xarajatlarga, mablag’larning behuda sovrilishiga sabab bo’ldi.

Mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti, daromadi, ularning yashashi uchun zarur bo’lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi mavjud ahvol og’ir bo’lgan. Buning asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bo’yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to’g’ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruktsiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo’shimcha xomashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to’g’risida amaliy tadbirlar bo’lmagan (1-rasmga qarang).

Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo – bu aholi o’rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o’sib borishi edi. Sobiq Ittifoq rahbarlari respublikadagi bu muammoga e’tibor qaratmas, ayniqsa, qishloq joylardagi ishsizlik odamlarning tinka-madorini quritib borardi. Qishloqlarda yangi ish o’rinlarini yaratish imkoni deyarli yo’q, sababi - respublikaning barcha viloyatlaridagi, xususan Farg’ona viloyatidagi barcha er maydonlari ishdan chiqqan, erning joni so’rib olingan edi. Natijada mehnatni tashkil etishning yangi usullari bo’lgan oilaviy pudrat va boshqa xo’jalik yuritish shakllarini, erni dehqon ixtiyoriga beradigan ko’plab tadbirlar joriy etilgan taqdirda ham qishloqda yashayotgan odamlarga to’g’ri keladigan qo’shimcha daromad miqdorini o’zgartirish qiyin bo’lgan.






Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling