Fakulteti


-rasm. Mustaqillikka erishish arafasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi


Download 0.49 Mb.
bet19/111
Sana11.11.2021
Hajmi0.49 Mb.
#443428
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111
Bog'liq
КФА-ЯНГИ.ОМУХТА
Tarbiya nazariyasi va metodlari, Tarbiya nazariyasi va metodlari, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, Документ Microsoft Word (2), Искусство в наш, 19-Mashg`ulot Bir o`zgaruvchili Tenglamalar, 004ons3-93-0045-58, Yoshlar siyosati, package array43, package array43, qurilish jarayonlari-Model, Классификации ч, Farmbiotex 3-top, 1-оралик назорати (Келдиёров С ), Ma'ruza-1
1-rasm. Mustaqillikka erishish arafasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida ana shunday muammolar bilan birga, ularning echimi ham ko’rsatiladi. Ish o’rinlarini yaratish uchun ishlab chiqarish tarkibini shunday qayta qurish zarurki, odamlar o’zlari yashayotgan joydan uzoqqa ketmasdan, samarali mehnati hisobidan kerakli daromadga ega bo’lsin. Shu o’rinda dunyoda aholisi eng ko’p bo’lgan Xitoyni misol taraqisida oladigan bo’lsak, u erda sanoat mahsulotlarining 40 foizi qishloq joylarda ishlab chiqarilmoqda, deb ta’kidlanadi kitobda. Bu mamlakatda yirik korxonalar qurishmaydi, odamlar esa bir vaqtning o’zida shaxsiy xo’jalik bilan shug’ullanib, yashash joyidan uzoq bo’lmagan erda qo’shimcha daromad manbaiga ham ega bo’ladi, deb qayd etadi muallif.

Bu fikrlarning davomini o’qiymiz: “Aytish kerakki, Xitoyda aholining soni biznikiga qaraganda bir necha barobar ko’p. Lekin Xitoy qandaydir yo’llarni topib bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmoqda. O’zingiz e’tibor bering, bugungi kunda Xitoy qanday sur’atlar bilan rivojlanmoqda, xalqining hayot darajasi o’sib bormoqda”.

Shuni ta’kidlash lozimki bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqstisodiyotiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar shakllandi va ushbu munosabatlar hozirgi kunda yanada takomillashib bormoqda. Moliya-kredit tizimida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlari shunday munosabatlardan biridir.

So’nggi yillarda aholini har tomonlama shinam va qulay uy-joylar bilan ta’minlash, uy-joy massivlari atrofidagi infratuzilmalarni obod qilish yuzasidan olib borilayotgan ulkan ishlar odamlarning kayfiyati va dunyoqarashiga, ularning hayot sifatiga qanday kuchli ta’sir ko’rsatayotgani haqida ortiqcha so’z yuritishning zarurati yo’q.

Lekin, shuni alohida ta’kidlash lozimki, tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditini tashkil qilish bo’yicha, ipoteka krediti bilan bog’liq operatsiyalarni boshqarishda zaif, nuqsonli jihatlarning xanuz talaygina qismi hozirgi kunda o’z echimini kutayotganligini tasdiqlaydi.

O’tgan yillari tijorat banklari avvalgi yildagiga nisbatan 73,3 foiz ko’p, jami 240,9 mlrd. so’m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi. Tijorat banklarining yosh oilalar uchun ajratgan imtiyozli ipoteka kreditlari miqdori 69,7 mlrd so’mni tashkil etdi. Natijada minglab fuqarolar yakka tartibda uy-joy qurishdi, xonadonlarini ta’mirlab olishdi, yangi kvartiralar xarid qilishdi.

Tijorat banklari ushbu turarjoy binolari qurilishida ishtirok etgan qurilish tashkilotlariga qariyb 50 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratdi.

Jahon bank xo’jaligida ipoteka krediti bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Mazkur sohaning boshqa bank xizmatlaridan farq kiluvchi ikki xususiyatini ajratib ko’rsatish mumkin:

- ipoteka krediti - qat’iy belgilangan garov evaziga beriladigan ssuda;

- ipoteka ssudalarining katta qismi ma’lum maksadga yo’naltirilgan bo’ladi.

Ma’lumki, tijorat banklari va boshqa maxsus moliya kredit tashkilotlari tomonidan aholiga iste’mol va ipoteka kreditlarining berilishi ularga respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Keng miqyosda berilayotgan ipoteka kreditlari esa, ayniqsa, yosh oilalar va boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanishi darajasini oshiradi. Bularning barchasi yosh oilalarni moddiy va ruhiy jihatdan qo’llash, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va ularning turmush va maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Yosh oilalar uchun mo’ljallangan kreditlar nafaqat ularning kamroq miqdorda foizlar to’lashini, balki belgilangan imtiyozli davrda o’zlarining moddiy ahvollarining o’nglab olishlari uchun ham zamin yaratadi.

Mustaqillik yillarida uy-joy fondining umumiy maydoni 1,9 barobar oshdi. Aholi soni ko’payib borayotganiga qaramasdan, odamlarni uy-joy bilan ta’minlashda jon boshiga to’g’ri keladigan uy-joy maydonini 12,4 kvadrat metrdan 15,4 kvadrat metrga oshirishga erishildi. Uy-joy fondining deyarli barchasi xususiy mulk sifatida aholi tasarrufida ekanini aytish lozim. Vaholonki, ko’plab rivojlangan davlatlarda oilalarning yarmidan ko’pi ijaraga olingan xonadon va uylarda yashaydi.

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli davlat dasturining amalga oshirilishi alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu dastur doirasida 2017 yilda 11 mingta yangi turarjoylar barpo etildi.

Ammo so’nggi yillar tahlili shundan darak beradiki aholining uy – joyga bo’lgan talabi keskin ravishda oshib bormoqda. Narxlar indeksi ham oshib bormoqda.(1-jadval). Bugungi kunda respublikamizda qurilayotgan uylarning o’rtacha narxi 148 mln.so’mdan 180 mln.so’mni tashkil etmoqda. Shundan birlamchi to’lovni 25 foiz to’lovni uy oluvchi qolgan barcha to’lovlarni bevosita tijorat banklari ipoteka kreditlari evaziga to’lavb berilmoqda.

Qishloqlarda uy-joy qurilishi sohasida erishilgan natijalar salmoqlidir. Eng avvalo, bunday turar-joylar shaharlardagiga nisbatan 2 baravar arzon.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling