Fakulteti


O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va ikki pog’onali bank tizimining yaratilishi


Download 0.49 Mb.
bet24/111
Sana11.11.2021
Hajmi0.49 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
2. O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va ikki pog’onali bank tizimining yaratilishi.
Banklarning ikki pog’onali tizimi paydo bo’lishi pul muomalasi barqarorligini ta’minlash zaruratining oqibati bo’ldi, iqtisodiyotning "sog’lomligi" ko’p jihatdan ana shunga edi. Pul aylanishini umumilliy darajada tartibga solish huquqini olgan banklar keyinchalik yoki to’la davlat banklariga yohud davlat bilan mustahkam bog’liq bo’lgan banklarga aylanadi bu esa ularga davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkonini beradi.

Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo’lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o’rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq.

Bu esa o’z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo’ladi.

Ikki pog’onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish xuquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.

Bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat olib boradilar. Ularga qo’shimcha retsenziya zarur emas (faqat valyuta operatsiyalaridan tashqari).

Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko’proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas.

Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

- passiv operatsiyalar;

- aktiv ssuda operatsiyalari;

- bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;

- bankning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va boshqalar.

Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda yirik tijorat banklari qariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat ko’rsatmokda.

O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan:


  1. Mijozlarning hisob varaqalarini olib borish:

  2. Mijozlarga kassa xizmati ko’rsatish:

  3. Mijozning topshirig’iga binoan nakd pulsiz xisob-kitoblarni bajarish:

  4. Qiska yoki uzoq muddatli kreditlar berish:

  5. Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmachining topshirig’iga binoan kapital quyilmalarni mablag’ bilan ta’minlash:

  6. Bo’sh pul mablag’lari-depozitlarini muomalaga jalb qilish:

  7. Aholidan omonatlarni qabul qilish:

  8. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish:

  9. Lizing operatsiyalarini amalga oshirish:

  10. Tijorat banki davlatning hamda boshqalarning qimmatli qog’ozlarini xarid qilish va sotish:

  11. Xorijiy valyuta va qimmatli metallarni xarid qilish va sotish:

  12. O’z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish:

  13. Byudjetning kassa ijrosini bajarish:

  14. Bank operatsiyalari bo’yicha maslahatlar berish va boshqa operatsiyalar.

Ular orasida eng ko’p tarqalgani veksellarni hisobga olish usulidir. Bank veksel saqlovchidan naqd hisob-kitob qilish yo’li bilan veksel sotib oladi. Unda qayd etilgan summadan hisobga olish foizini - ko’rsatilgan xizmat uchun xaq ushlab qoladi. Veksel bo’yicha to’lov muddati kelganida bank uni vekselni sotgan veksel saqlovchiga emas, balki vekselni bergan shaxsga taqdim etadi.

Qimmatli qog’oz garovga olinib, beriladigan ssudalar, shuningdek mana shunday qog’ozlarni xarid qilish bo’yicha operatsiyalar fond operatsiyalari deb yuritiladi.

Tovar evasiga beriladigan ssudalar omborlar yo’ldagi va savdo aylanmasidagi bo’lgan tovarlarni garovga olib taqdim etildi. Ssudalar o’z muddati to’lanmagan hamma hollarda garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar va tovar moddiy boyliklari bank ixtiyoriga mulk bo’lib o’tadi. To’lov qobiliyatiga shubha yo’q yirik mijozlarga bank hech qanday ta’minotsiz ssudalar yoki bank kreditlari deb ataladigan qarzlar beradi.

Zamonaviy ikki pog’onali bank tizimi ko’p sonli tijorat banklari va yagona Markaziy bankga asoslangan bank tizimi shu yo’l bilan vujudga keldi. Odatda Markaziy bank - bu davlat balki, masalan, Angliya banki, Frantsiya banki, Bundes bank, Yaponiya banki, Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va hakozo yagona banklardan tashkil topadi. Biroq AQSh Markaziy bank 12 xududiy Federal banklardan, ya’ni federal zahira tizimi (FZT) boshqaruv kengash tomonidan boshqariladigan bo’limlardan iboratdir.

Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunda ifodalangan. Shu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o’z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi.

Banklar respublika hududida o’z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.

Banklarga litsenziya berish O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi.

Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo’linishi mumkin:

1.Tayyorgarlik bosqichi.

2. Bankni davlat ro’yxatidan o’tkazish bosqichi.

Bank ochish haqidagi ariza bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak:

-yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo’yicha xujjat;

-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo’lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;

-muassis aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;

-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o’z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig’ilishining bayonnomasi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling