Fakulteti


Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi yozishning o’ziga xos xususiyatlari


Download 0.49 Mb.
bet35/111
Sana11.11.2021
Hajmi0.49 Mb.
#443428
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111
Bog'liq
КФА-ЯНГИ.ОМУХТА
Tarbiya nazariyasi va metodlari, Tarbiya nazariyasi va metodlari, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, Документ Microsoft Word (2), Искусство в наш, 19-Mashg`ulot Bir o`zgaruvchili Tenglamalar, 004ons3-93-0045-58, Yoshlar siyosati, package array43, package array43, qurilish jarayonlari-Model, Классификации ч, Farmbiotex 3-top, 1-оралик назорати (Келдиёров С ), Ma'ruza-1
2. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi yozishning o’ziga xos xususiyatlari.
Bitiruv malakaviy ishi talaba tomonidan bajariladigan ilmiy izlanish yakuni bo’lib, unda talaba o’qish davri mobaynida olgan nazariy bilimlari, amaliy darslarni qanday darajada o’zlashtirganligini, shu bilan birgalikda o’z ixtisosligi bo’yicha mehnat faoliyat uchun tayyorgarlik darajasini namoyon etadi.

Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi bakalavriatning mazkur yo’nalishiga davlat ta’lim standartlarida qo’yilgan talablarga, bank tizimining rivojlanish istiqbollariga va mamlakatimiz hukumatining moliya-bank tizimida amalga oshiriliayotgan islohotlar mazmuniga mos kelishi maqsadga muvofiq.

Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini bajarishdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat:

-talabalarning ta’lim yo’nalishi bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirish, tizimga keltirish, mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni aniq ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va biznes vazifalarini hal etishda qo’llash;

- talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, echim talab etadigan muammo va masalalarni tadqiq etish usullarini egallashga va tadqiqot o’tkazishga imkon yaratish;

- ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga etkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lgan ma’suliyatni his etishga o’rgatish;

- zamonaviy ishlab chiqarish va biznes, iqtisodiyot, texnika rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini aniqlash.

Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining muhim vazifalaridan biri – talabaning muayyan bir tijorat bankida yoki uning bo’linmasi misolida bank operatsiyalarini amalga oshirish va boshqarish masalalariga tanqidiy baho bera olishidir. Ishni bajarish jarayonida faqatgina bank tizimida erishgan iqtisodiy natijalarni qayd etish bilan cheklanmay, ularni muayyan shart-sharoitlar bilan bog’lay olish, mavjud kamchiliklar va muammolarning kelib chiqish sabablarini ochib berish muhimdir.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling