Falak bergan bo’shliq uzra oyimsan Olam ichra sen tanho saroyimsan


Download 13.27 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi13.27 Kb.
#1646681
Bog'liq
VATAN


VATAN
Falak bergan bo’shliq uzra oyimsan
Olam ichra sen tanho saroyimsan
Senda mavjud volidayu-padarim
Dunyolarga alishmasman vatanim

Yagonadir jahonda gulistoning


Sahrolarda mavjud bog’-u bo’stoning
Sehrlidir tillardagi dostoning
Dunyolarga alishmasman vatanim

Yeringdagi ko’klam mening chamanim


Haqiqating mening duru gavharim
Yaylovingda chopib yurgan samanim
Dunyolarga alishmasman vatanim

Sag’irlarga ochgan yo’ling ziyosi


Muruvvating muhabbating daryosi
Topilmaydi ta’rifingni qiyosi
Dunyolarga alishmasman vatanim

Qonun bo’lsin nohaqlikning davosi


Yurt tinchligi Prezidentning imzosi
SHukronalik Parvardigor duosi
Dunyolarga alishmasman vatanim

Shirin suhan farzandlaring bor seni


Asli mo’min ahli a’zosi dinni
G’animlardan asradingku bu elni
Dunyolarga alishmasman vatan
Download 13.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling