Falsafaning umumnazariy masalalari


Download 172.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.05.2020
Hajmi172.21 Kb.
#109165
Bog'liq
yangi va eng yangi davr falsafasi (1)


 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI 

 

Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta

’limi yo’nalishi  

2-bosqich talabasi Naqibjonov Sherzodbekning 

 

“FALSAFANING UMUMNAZARIY MASALALARI”  



fanidan 

 

 



REFERAT 

 

 



Mavzu: Yangi va eng yangi davr falsafasi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Namangan 

– 2013 

 



Annotatsiya 

Ushbu  referatda  falsafaning  muhim  rivojlanish  bosqichini  yoritib  berilgan. 

Jumladan,  G

’arbiy  yevropa  va  O’rta  osiyodagi  falsafiy  fikrlar  rivoji  haqida 

umumiy  tasavvurlar  beradi.  Ushbu  davrda  yashab  ijod  qilgan  fransuz 

mutafakkirlari  F.Bekon,  R.Dekart  ingliz  faylasuflar  T.Gobbs,  J.Lokk  kabi 

faylasuflarning falsafiy qarashlari haqida fikr yuritiladi. Qolaversa O

’rta Osiyodan 

Al- Buxoriy, B. Mashrab, So

’fi Olloyor va M.Behbudiy kabi qomusiy olimlarning 

falsafiy ta

’limotlari haqida ma’lumotlar berilgan. 


 



MAVZU: YANGI VA ENG YANGI DAVR FALSAFASI 



 

 

Reja: 

 

1.  Kirish 

2.  XVI asr oxiri va XVII asrda G‘arbiy yevropada falsafiy fikrning rivojlanishi. 

 

3.  Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari. 



4.  XVI-XX asr boshlarigacha O‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar. 

5.  Xulosa. 

6.  Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 



KIRISH 

G

‘arb  falsafasida  yangi  zamondan  boshlab  sifat  jihatidan  bir  biridan  farq  qiladigan 



ikkita  davr:  klassik  (yangi  davr  falsafasi)  va  postklassik  (hozirgi  zamon  falsafasi)  farq 

qilinadigan  bo

‘ldi.  Bu  davrlar  falsafiy  ta'limotlari  o‘zlarining  kelib  chiqishi  bo‘yicha  yagona 

asosga  ega  bo

‘lgani  va  o‘zaro  bog‘liq  tarzda  rivojlangani  holda,  maqsadi  va  ideallari,  falsafiy 

tafakkur  tarzi  bo

‘yicha  jiddiy  kelishmovchiliklarga  ega.  Klassik  falsafaning  xronologik 

chegaralari  XVII 

– XIX asrning birinchi uchligidan iborat.U Bekondan boshlanib, Gegel bilan 

yakunlandi va uning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

1. 

Prinsipial,  qat'iy  ratsionalizm.  Aynan  ana  shu  xususiyati  bilan  antik  davr 



kosmotsentrizmi,  o

‘rta  asr  teotsentrizmi,  uyg‘onish  davri  antropotsentrizmidan  farq  qiladi. 

Fikrlovchi  individ,  uning  aqlining  muqaddaslashtirilishi,  borliqning  etaloniga  aylantirilishi 

klassik ratsionalizmning mohiyatini tashkil etadi. 

2. 

Epistemologik  optimizm,  insonning  bilish  qobiliyatiga  nisbatan  cheksiz  ishonch. 



Bilib  bo

‘lmaydigan  narsalar  yo‘q,  hatto  xudoni  ham  bilish  mumkin,  haqiqatga  to‘la  hajmda 

erishsa bo

‘ladi, degan fikr ana shu optimizmning asosida yotadi. 

3. 

Progress  g



‘oyasining  asoslanishi.  Bu  g‘oyaga  muvofiq  aql-zakovatga  ega  inson 

ijtimoiy hayotni o

‘z maqsadlarini tashkillashtirish va shu asosda baxt-saodatga erishishga qodir. 

Tarix  insonparvarlik,  adolat,  erkinlik  sari  harakatlanadi;  bu  ayniqsa  XVIII  asr  fransuz 

ma'rifatparvarlari ijodida yaqqol ifodalangan. 

4. 


O

‘z-o‘zini  anglash  g‘oyasining  ilgari  surilishi.  Bu  g‘oyaga  muvofiq,  inson  aql 

kuchi ila o

‘z mohiyatini, borliqda tutgan o‘rnini tushunib yetadi, (nemis mumtoz falsafasida bu 

markaziy falsafiy masalalardan biri sifatida tahlil etiladi).  

Gollandiyada  (1566-I609)  va  Angliyada  (I640-I688)  bo

‘lib  o‘tgan  ilk  burjua  revolyusiyalari, 

ularning  G

‘arbiy  yevropa  mamlakatlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  va  mafkuraviy  jihatdan  taraqqiy 

etishiga  ko

‘rsatgan  ta'siri  yangi  davrning  muhim  voqealari  hisoblanadi.  Shuni  aytish  kerakki, 

yirik  mashinali  ishlab  chiqarish  fan  va  texnikaning  taraqqiy  etishini  taqazo  qilardi.  London  va 

Parijda fanlar akademiyasining tashkil qilinishi, tabiyotshunoslik va matematikaning tez sur'atlar 

bilan  rivojlana  borishi,  mukammal  soatlar  va  tegirmonlarning  yaratilishi  va  shu  kabilar  davr 

amaliy  ehtiyojini  qondirishga  qaratilgan  javob  bo

‘ldi.  Tabiyotshunoslik  bilan  uzviy  aloqada, 

o

‘rta  asr  sxolastikasiga  qarshi  keskin  kurash  jarayonida  yangi  davr  falsafasi  shakllandi.  Bu 



falsafa  mexanistik  va  metafizik  xarakterga  ega  ekanligi  bilan  ajralib  turadi,  o

‘zida davr bilishi 

xususiyatlarini  ifoda  qiladi.  Kepler  va  Galileyning  kashfiyotlari,  Nyuton  tomonidan 

mexanikaning asosiy qonunlari va prinsiplarining yaratilgani, mexanikaning nazariy fan sifatida 

to

‘liq  shakllanishiga,  mexanitsizmning  esa,  ilmiy  bilish  va  falsafada  hukmron  dunyoqarash  va 



metodologiyaga aylanishiga olib keldi.Tabiat hodisalarini tushuntirishda mexanika qonunlarning 

mutloqlashtirilishi, tarixiy yondashishning yo

‘qligi eksperimentlar qo‘yish, faktlar to‘plash bilan 

ovora bo


‘lib, predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni e'tibordan chetda qoldirishga, o‘z navbatida, 

tabiyotshunoslik  va  falsafada  metafizik  fikr  yuritish  usulining  shakllanishiga  va  uning  keng 

qo

‘llanilishiga  sabab  bo‘ldi.  Ilk  burjua  revolyusiyalari  davrida  qator  yangi  ilm  sohalarining 



vujudga  kelganligini,  ilmiy  va  falsafiy  tadqiqotlarning  bir-biridan  aniqroq  chegaralana 

borganligini, falsafada bilish metodi masalasining keng muhokama qilinganini alohida ta'kidlash 

zarur. 


 



1. XVI asr oxiri va XVII asrda G



‘arbiy yevropada falsafiy fikrning rivojlanishi. 

XVI  asr  oxiri  va  XVII  asrda  G

‘arb  falsafasi  sifat  jihatidan  bir  biridan  farq  qiladigan 

ikkita  davr:  klassik  (yangi  davr  falsafasi)  va  postklassik  (hozirgi  zamon  falsafasi)  farq 

qilinadigan  bo

‘ldi.  Bu  davrlar  falsafiy  ta'limotlari  o‘zlarining  kelib  chiqishi  bo‘yicha  yagona 

asosga  ega  bo

‘lgani  va  o‘zaro  bog‘liq  tarzda  rivojlangani  holda,  maqsadi  va  ideallari,  falsafiy 

tafakkur  tarzi  bo

‘yicha  jiddiy  kelishmovchiliklarga  ega.  Klassik  falsafaning  xronologik 

chegaralari  XVII 

– XIX asrning birinchi uchligidan iborat. U Bekondan boshlanib, Gegel bilan 

yakunlandi. 

Ushbu davr buyuk faylasuflaridan biri bu - F.Bekon (I56I-I626)dir. Yangi davr fani va 

falsafasining asoschisi. Uning dunyoqarashida Angliyada burjua revolyusiyasi arafasida vujudga 

kelgan  vaziyat,  xususan  dastlabki  kapital  jamg

‘arish bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar, shakllanib 

kelayotgan  yangi  ijtimoiy  tabaqalarning  intilishlari,  ularning  tabiatni  ilmiy  asosda  bilishdan 

manfaatdorligi  o

‘z  ifodasini  topgan.U  sxolastik  falsafani  chin  bilim  olish  yo‘lidagi  g‘ov  deb 

hisoblab, uni keskin tinqid qiladi va fanni isloh qilish lozimligini asoslaydi. Aristotel 

“Organon”i 

(mantiqiy asarlar to

‘plami) ga qarshi o‘z asarini “Yangi Organon” deb atab, unda yangi sharoitda 

fanning  asosiy  vazifalari  va  metodi  masalasini  muhokama  qiladi. 

“Bilim-kuch”  degan  shiorni 

maydonga  tashladi.  Uning  fikricha,  ilmiy  bilishning  bosh  vazifasi 

– tabiatda sodir bo‘layotgan 

hodisalarning sabablarini aniqlash va shu asosda kishilar hayotini yaxshilashdir.Bekonning fanni 

isloh  qilish  shartlari  hahidagi  fikrlariga  alohida  e'tibor  berish  lozim.  Uningcha,  fan  tajribaga 

asoslanishi  zarur.  Bilish  jarayoni  konkret  hodisalarni  o

‘rganishga,  faktlarni  to‘plashdan  ularni 

umumlashtirishgacha  bo

‘lgan yo‘lni bosishi kerak. Shuning uchun ham ilmiy bilishning asosiy 

mantiqiy  usuli  induksiya,  induktiv  metoddir.  Shu  tariqa  Bekon  o

‘zining  induktiv  mantiq 

sistemasini yaratdi. Lekin, shuni ham ta'kidlash kerakki, ingliz faylasufi bilishda deduksiyaning 

rolini inkor qilgan emas. Xususan, u faktlarga urg

‘u berib, ularni yig‘ish bilan ovora bo‘lgan sof 

empiriklarni  kerakmi  yoki  keraksizmi  ekanligini  o

‘ylab  o‘tirmay,  barcha  narsalarni  uyasiga 

tashiydigan chumolilarga o

‘xshatadi.  

XVII asr fransuz falsafasi va fanining boshqa bir yorqin vakili 

– R.Dekart (I596-I650). 

Uning  fikricha, falsafa barcha mavjud bilimlarni  o

‘zida mujassamlantirib, yaxlit sistema holida 

mavjud.  Bu  sistemani  u  daraxtga  qiyos  qilib,  uning  ildizini 

–  metafizika,  tanasini  –  fizika, 

shoxlarini esa 

– boshqa barcha fanlar (ular oxir-oqibatda meditsina, mexanika va etikaga borib 

taqaladi) tashkil qiladi, deydi. Dekart falsafasining asosiy belgisi 

– jon va tana dualizmidir. Olim 

fikricha,  bir-biridai  mustaqil  holda  2  ta  asos:  moddiy  (xajm,  materiya)  va  moddiy  bo

‘lmagan 

(tafakkur) substansiyalar mavjud bo

‘lib, ularning o‘zaro ta'siri inson tabiatini belgilaydi. Dekart 

fizikasining  (tabiat  haqidagi  ta'limotining)  Yangi  davr  falsafasining  taraqqiy  etishdagi  rolini 

alohida qayd etish zarur. U fizika, kosmologiya, matematika, masalalarini faqat faylasuf sifatida 

emas, tabiyotshunos olim sifatida ham tadqiq qilgan.Materiya, Dekart fikricha, bir jinsli bo

‘lib, 

o

‘z chegarasiga ega emas; u bo‘shliqda mavjud emas, cheksiz bo‘liniishi mumkin. Harakatni u 



mexanistik tarzda tushungan, ya'ni jismlarning bir-biriga bergan turtkisi natijasida hosil bo

‘ladi, 


deb  hisoblagan.  Harakatning  oxirgi  sababini  xudodan  qidirgan.  Bilish  nazariyasida  Dekart 

ratsionalist  bo

‘lgan,  ya'ni  aqlni  bilishning  asosiy  vositasi  deb  hisoblagan.  Uning  fikricha. 

Sezgilarimiz  va  fikr  yuritishimizdagi  ayrim  xatolar  mavjud  bilimlarga  shubha  bilan  qarashni 

taqoza  qiladi.  Bu  fikri  uchun  Dekartni  skeptitsizm  yoki  agnostitsizmda  ayblash  xato  bo

‘ladi, 


albatta. Dekart, Bekon singari, shubhalanishni aniq va chin bilim olishga xizmat qiladigan usul 

deb  hisoblaydi.  U  quyidagicha  mulohaza  yuritadi: 

“Men  shubhalanayapman,  demak,  men  fikr 

yuritayapman

”, “Men fikr yuritayotgan ekanman, demak, men mavjudman”. Dekart ilgari surgan 

bu  tezislar,  ayniqsa  ikkinchisi,  uning  falsafiy  pozitsiyasini  tushunish  uchun  muhimdir.  Uning 

fikricha,  inson  fikr  yuritish  orqali  o

‘zining  borlig‘iga  ishonadi.  Dekart  ratsional  metodi  bilish 

oldiga  bir  qancha  talablarni  qo

‘yadi.  O‘zining  “Metod  to‘grisidagi  mulohazalar”  asarida  u 

quyidagilarni ko

‘rsatib o‘tadi: 

1) aniq va ravshan bo

‘lgan bilimlarnigina chin bilim deb hisoblash;  

2) har bir murakkab muammoni qismlarga bo

‘lib o‘rganish;  

3) ma'lum bo

‘lgan va isbotlangan narsalardan noma'lum narsalarga qarab borish;  



 

4) hech bir bo



‘g‘inni qoldirmagan holda, muammoni izchil mantiqiy asosda o‘rganish. 

Dekart  falsafiy  dunyoqarashiga  umumiy  baho  berib,  uning  dualistik  xarakterga  ega 

ekanligini hamda falsafiy fikrning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir o

‘tkazganligini aytish lozim. 

Ingliz  faylasufi  Gobbs  (1588-1679)  Angliyada  burjua  revolyusiyasi  amalga  oshirilib, 

burjuaziya  siyosiy  jihatdan  mustahkam  pozitsiyaga  ega  bo

‘lgan  davrda  yashagan.  Burjuaziya 

bilan yaqinlashib olgan aristokratiya ham mamlakatning ma'naviy hayotida sezilarli rol o

‘ynardi. 

Gobbsning  qarashlarida  shu  davrdagi  mamlakatda  sodir  bo

‘lgan  ijtimoiy-siyosiy  o‘zgarishlar, 

burjua davlati va tartiblarini mustahkamlashga bo

‘lgan urinishlar o‘z ifodasini topgan.Gobbsning 

asosiy  asarlari: 

“Fuqaro  haqidagi  ta'limotning  falsafiy  elementlari”,  “Leviafan”.  Gobbs  Bekon 

falsafasini  sistemaga  solgan  mutafakkirdir.  Uning  ta'limotiga  ko

‘ra,  olam  moddiy  predmetlar 

yig


‘indisidan  iborat.  Moddiy  bo‘lmagan  substansiya  yo‘q,  barcha  harakat  va  o‘zgarishlarining 

asosi materiyada. Harakat tashqi turtki natijasida hosil bo

‘lali.Gobbs bilishning asosini tajribada 

deb  biladi.  Bilish  g

‘oyalar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Dekartdan  farqli  o‘laroq,  Gobbs 

goyalarni tug

‘ma emas, balki predmet va hodisalarning ongimizda bevosita aks etishidan iborat 

deb biladi,  ya'ni  sensualizm  ruhida talqin qiladi. Uning fikricha, faqat  g

‘oyalarning emas, balki 

butun  bilishimizniig  manbaini  tashqi  sezgilar  tashkil  qiladi.  Predmetlar  ta'siri  natijasida 

ongimizda boshlangich g

‘oyalar hosil bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, aql tomonidan qayta ishlanib 

(taqqoslash, qo

‘shish, ayirish usullari yordamida), predmetlar haqida bilim hosil qilinadi.Gobbs 

bilish  nazariyasida  nominalizm  pozitsiyasida  turadi.  Uningcha,  g

‘oyalar  ayrim  faktlarni  ifoda 

qiladi.  Umumiy  xususiyatlar  va  aloqalar  til  orqali  aks  ettiriladi,  ular  ob'ektiv  xarakterga  ega 

emas.  Gobbs  falsafasida  uning  davlat  va  huquq  haqidagi  ta'limotining  ustun  turishiga  e'tibor 

berish  ham  lozim. 

“Leviafan”  asarida  u  jamiyat  taraqqiyotida  2  ta  holatni:  tabiiy  va  fuqarolik 

holatini  farq  qiladi.  Kishilar  dastlab  tabiiy  holatda  yashaganlar  va  tabiatning  o

‘z-o‘zini saqlash 

qonuni asosida hayot kechirganlar. Ular kuch ishlatib, zo

‘ravonlik qilib, barcha narsalarni bosib 

olish xuquqiga ega edilar. Buning natijasida, Gobbs fikricha, odamlar bir-birlari bilan to

‘qnasha 


boshlaydi,  hammaning  hammaga  qarshi  urushi  holati  vujudga  keladi.  Kishilar  tinchlikni  istab, 

o

‘zaro  kelishishiga,  shartnomalar  tuzishga,  o‘zlarining  ba'zi  xuquqlaridan  voz  kechib,  shaxsiy 



irodasini  bitta  kishi  yoki  bir  guruh  kishilar  ixtiyoriga  berishga  majbur  bo

‘ladilar.  Shu  tariqa, 

Gobbs  ta'limoticha,  davlat  va  huquq  vujudga  keladi  va  jamiyatning  fuqarolik  holatiga  o

‘tiladi. 

Uning  fikricha,  davlatning  zng  maqbul  va  mukammal  shakli  absolyut  monarxiyadir.  Din  va 

cherkov,  ilmiy  va  axloqiy  qarashlar 

–  barchasi  davlat  hokimiyatining  ixtiyoriga  bo‘ysungan 

bo

‘lishi  lozim.Gobbsning  jamiyat  haqidagi  qarashlari,  ayniqsa  davlatni,  uning  kelib  chiqishini 



tabiiy asosda tushuntirishi shu davr uchun progressiv hodisa edi. Gobbsning ijtimoiy-siyosiy va 

psixologik qarashlari fan va falsafaning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir ko

‘rsatdi. 

Jon  Lokk  (I632-I704)  ning  hayoti  va  ijodiy  faoliyati  Angliyada  ikkinchi  burjua 

revolyusiyasi  va  undan  keyingi  davrda  kechgan.  Bu  revolyusiya  ingliz  burjuaziyasi  va  yangi 

dvoryanlarning  siyosiy  kelishuvi  bilan  tugab,  uning  natijasida  feodalizm  qoldiqlarini  tugatish, 

kapitalizmni  taraqqiy  ettirish  uchun  qulay  sharoit  vujudga  kelgan  edi.  Lokk  liberal 

burjuaziyaning ideologi bo

‘lib, o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Angliyada revolyusiyadan 

keyin  o

‘rnatilgan  konstitutsion  davlat  tuzumini  yoqlab  chikdi.  U  XVII  asrda  keng  tarqalgan 

“tabiiy  xuquh”  nazariyasini  rivojlantirdi.  Uning  ta'limotiga  ko‘ra,  tabiiy  holatdan  grajdanlikka 

o

‘tishga  va  davlatning  vujudga  kelishiga  sabab,  tabiiy  holatdagi  huquqning  mukammal 



emasligidir. Davlat kishilarning o

‘zaro kelishuviga muvofiq vujudga kelgan bo‘lib, uning asosiy 

vazifasi 

– inson erkinligi va mulkchilikni himoya qilishdan iborat.Asosiy falsafiy asari  “Inson 

aqli  to

‘grisida  tajriba”  bo‘lib,  unda  Lokk  Bekon  va  Gobbsning  bilish  haqida  ilgari  surgan 

prinsiplarini rivojlantiradi,  bilimlar va  g

‘oyalarning tajribadan kelib chiqishini asoslaydi. Bilish 

nazariyasida  u  sensualistik  pozitsiyada  turadi.Lokk  tajribaning  2  ta  turini:  ichki  va  tashqi 

tajribaning mavjudligini aytadi. Tashqi tajriba predmet va hodisalarning inson sezgi organlariga 

ta'sir  qilishidan  iborat  bo

‘lib,  uning  natijasida  sezgi  g‘oyalari  hosil  bo‘ladi.  Bu  g‘oyalar  aql 

tomonidan  qayta  ishlanib,  murakkab  g

‘oyalar,  tushunchalar  hosil  bo‘ladi  (masalan,  go‘zallik, 

do

‘st, butun olam g‘oyalari va shu kabilar). Ichki tajriba (refleksiya) insonning ichki dunyosini, 



ruhiy kechinmalarini bilishga qaratilgan. Bu tajribani talqin qilishda Lokk insonning tashqi olam 

 

bilan bo



‘lgan o‘zaro ta'sirini hisobga olmaydi.Tashqi tajriba asosida sezgi g‘oyalari orqali inson 

predmetlarning sifatini biladi. Ularni Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga bo

‘ladi. Birlamchi 

sifatlar  (fazo,  zichlik,  harakat,  son,  figura  kabilar)  sezgilarimizda  qanday  bo

‘lsa,  predmetlarda 

ham  shunday,  ya'ni  ular  predmetlarning  real  xususiyatlaridir.  Ikkilamchi  sifatlar  esa  (rang, 

tovush, ta'm va shu kabilar) predmetlarga xos emas, ular sub'ektiv xarakterga ega.Lokk metafizik 

metodni 


yaratishda  sezilarli 

rol 


o

‘ynagan.  Bekon  bilan  birgalikda  bu  metodni 

tabiyotshunoslikdan falsafa sohasiga olib o

‘tgan. 


Bulardan  tashqari  ushbu  davrda  Jon  Toland  (I670-I722),  Spinoza.  (I632-I677), 

Leybnits  (I646-I7I6),  Jorj  Berkli  (1685-1753)  va  David  Yum  (1711-1776)  kabi  buyuk 

faylasuflar o

’z faoliyatlarini olib borganlar. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2. Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari. 

Yangi  davr  falsafiy  fikrining  muhim  yo

‘nalishlaridan  birini  ma'rifatchilik  falsafasi 

tashkil  etadi.  U  G

‘arbiy  yevropaning  ilg‘or  mamlakatlarida,  xususan  Fransiya,  Angliya, 

Germaniyada shakllandi va rivojlandi.Fransuz ma'rifatparvarlarining dunyoqarashi  asosan XVII 

asr fransuz materializmiga asoslangan, jamiyatni tubdan qayta qurish uchun bo

‘lgan intilishlarni 

o

‘zida  mujassamlashtiruvchi  ijtimoiy  qarashlar  majmuasidan  iborat  bo‘lgan  falsafiy 



ta'limotdir.O

‘sha paytda yevropa ijtimoiy muhitida keskin burilishlar davri boshlangan edi. Bu 

bir  tomondan,  xristian  katolik  cherkovining  jamiyat  ustidan  hukmronligini  yo

‘qotgan; ikkinchi 

tomondan  esa,  xristian  cherkovi  mafkurasining  o

‘rnini  egallashi  kerak  bo‘lgan,  ko‘pchilik 

tomonidan  e'tirof  etilgan  izchil  ta'limotning  shakllanib  yetilmagan  davriga  to

‘g‘ri  keladi. 

Jamiyatning  ilg

‘or  ziyolilari  oldida  jamiyatni  qanday  qilib  aqlga  muvofiq  tarzda  qayta  ko‘rsa 

bo

‘ladi?, degan savol ko‘ndalang turgan edi. Bunga ular jamiyatning barcha a'zolarini dunyoviy 



fanlarni  o

‘qitish  orqali  erishish  mumkin,  degan  javob  berishdilar.  Ma'rifatparvarlar  fikricha, 

qurilishi  zarur  bo

‘lgan  jamiyat:  1)  dunyoviy  taraqqiyot  yo‘lidan  borishi  kerak;  2)  davlat 

ko

‘pchilik fuqarolarning xohish-irodasini qonunlashtirib, uni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot 



bo

‘lishi  kerak;  3)  davlatni  dindan,  maktabni  cherkovdan  ajratish  prinsiplariga  amal  qilinishi 

kerak;  4)  jamiyatning  bosh  tamoyili  gumanizm  g

‘oyalariga  mos  kelishi  kerak  edi.Ularning 

falsafiy  ta'limoti  bo

‘yicha inson – tabiatning bir bo‘lagi. Tabiat o‘z-holicha yashaydi, ya'ni uni 

hyech  kim  yaratmagan  va  uni  hyech  qanday  qudrat  yo

‘q  qila  olmaydi.Materiya  –  tabiatning 

qurilish materialidir. Tabiatda uning ichki qonuniyati hukmronlik qiladi. Tabiat mexaniq harakat 

qonunlariga muvofiq harakat qiladi va rivojlanadi. Inson tabiatning mahsuli bo

‘la turib, moddiy 

bo

‘lmagan  ruh  bilan  materiyani  o‘zida  jo  qilishi  mumkin  emas.  U  to‘la  moddiy  va  tabiat 



qonunlariga muvofiq harakat qiladi va faoliyat ko

‘rsatadi. Insonda moddiy xususiyatlarga hos his 

qilish  qobiliyati  mavjud  bo

‘lib, u tabiatning qolgan qismi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini, 

hayotda  o

‘z  o‘rnini  topishini  ta'minlaydi.  Aql  xissiyot  bilan  aynanlashtiriladi  (Gelvetsiy)  yoki 

umumiy his qilish jarayoni (Didro) sifatida namoyon bo

‘ladi, deb ta'kidlanadi.Inson o‘zi erishgan 

yutuqlarni  saqlab  qolish  uchun  azob-uqubatdan  qochishi,  lazzat  va  roxatga  intilishi  zarur

–  bu 


tabiatning  umumiy  qonuniyatidir,  deyiladi.Xristian  mafkurasida  ta'lim  berilganidek  inson  ta-

 

biatan  yomon  yoki  yaxshi  bo



‘lib  tug‘ilmaydi.  Insondagi  barcha  yaxshi  yoki  yomon  xislatlar 

ijtimoiy muhit ta'siri ostida va bevosita tarbiyaning natijasi ularoq shakllanadi, deb qayd qilinadi. 

Ularning  mafkurasiga  muvofiq  to

‘g‘pi  tarbiya  topgan  kishi  a)  ma'rifatli,  b)  me'yor  darajasida 

xudbin  bo

‘lishi kerak. Unday kishilarda «Yashashni bil, o‘zgalarga ham yashashga imkon ber» 

tamoyil amal qiladi.Demak, bu tamoyillarga amal qilgan holda, barcha xalqlar va elatlar, ijtimoiy 

tabaqalar,  qatlamlar,  umuman  barcha  fuqarolarning  xuquqiy  tengligini  ta'minlaydigan  tuzum 

barpo  qilishga  intilib  yashash  kerak.  Ana  shunday  jamiyatgina  har  bir  fuqaro  uchun  kam 

miqdordagi  azob  uqubat  va  kerakli  darajadagi  poxat-farog

‘atda  yashashni ta'minlashi mumkin. 

Kishini  yaxshi  yoki  yomon odam qilib tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi Gelvetsiy. Yana bir 

ma'rifatparvar D.Didro (1713-1784) esa kishida tug

‘ma ravishda boshqalarga yordamga intilish 

mavjud  bo

‘ladi, o‘z navbatida, bu intilish pirovardida o‘ziga foyda olib keladi, deb hisoblaydi. 

Didro  ta'limoti  bo

‘yicha, inson tabiatan  yaxshi bo‘lib tug‘iladi. Tarbiya faqat  yaxshi bo‘lishga 

tabiiy  moyillik  prinsipini  jamiyat  uchun  yaxshi  odam  qilib  shakllantirishi  mumkin.Fransuz 

ma'rifatparvarlarining  ijtimoiy-siyosiy,  falsafiy  qarashlari  XIX,  XX  asrda  dunyoviy  taraqqiyot 

yo

‘lini  tanlagan  qator  mamlakatlar  uchun  dasturilamal  bo‘lib  xizmat  qildi.  Fransuz 



ma'rifatarvarlarining  o

‘lmas  ta'limoti  dunyoning  gumanizm  va  dunyoviy  taraqqiyot  yo‘lidan 

borib,  demokratik  tuzumning  g

‘alaba  qilishida  g‘oyaviy-nazariy  asos  bo‘lib  xizmat  qildi.  Bu 

ma'rifatparvarlarning  falsafiy-ijtimoiy  qarashlari  asosida  Butun  jahon  inson  huquqlari 

deklaratsiyasi  BMTda  (1948)  qabul  qilindi.  Ezgulikka  yo

‘g‘pilgan  ma'rifat  –  ijtimoiy 

taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, adolatli, erkin, farovon hayotni ta'minlab beruvchi kuch 

ekanligi  va  yer  yuzida,  Zardusht  bashorat  qilganidek,  ezgulikning  qabohat  ustidan  g

‘alaba 


qozonishini  ta'minlab  bera  oladigan  yagona  ilinj  ekanligini  insoniyatga  sistemali  bayon  qilib 

bergan kishilar fransuz ma'rifatparvarlar edilar. 



3. XVI-XX asr boshlarigacha O

‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar. 

Odatda,  sharq  uyg

‘onish davrining ikkinchi bosqichi sifatida qayd qilinadigan Temur 

va  temuriylar  davri  ham  mamlakatimiz  va  mintaqamiz  tarixiy  taraqqiyotida  juda  katta  iz 

qoldirgan, insoniyat takdirida burilish yasagan ijtimoiy-siyosiy hodisalarga boy davr hisoblanadi. 

Ana shu buyuk siymolar zamoni ham  Bahovuddin  Naqshband, Xo

‘ja Ahror Vali, Abdurahmon 

Jomiy,  Alisher  Navoiy,  Mirzo  Ulug

‘bek,  Ali  Kushchi  kabi  yuzlab  olimu  fuzalolarni  yetkazib 

bergan edi. 

XVI asrdan boshlab O

‘rta Osiyoda Xiva xonligi, Buxoro amirligi va keyinchalik – XVIII asrning 

oxirlaridan  boshlab 

–  Qo‘qon  xonliklari  tashkil  topdi.  Dunyoning  boshqa  mintaqalari  bilan 

savdo-iqtisodiy,  madaniy  aloqalarning  sustlashuvi,  ortodoksal  islomning  jamiyatda  to

‘la 


hukmpon  mafkuraga  aylantirilishi,  feodal  tarqoqlik  va  ichki  nizolarning  avj  olishi  va  boshqa 

sabablar tufayli mintaqa davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy soxalarda tanazzulga yuz 

tuta  boshladi.  Bu  inqirozning  boshqa  sabablaridan  biri  sifatida  jahon  miqyosida  sodir  bo

‘lgan 


katta  o

‘zgarishlarni  ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Xususan,  jahon  mintaqalari  orasida  savdo 

yo

‘llarida tuya karvonlari o‘pniga dengiz(okean) kemalari kelib, ular hal qiluvchi ahmiyat kasb 



eta boshladi. Oqibatda Buyuk ipak yo

‘li ustida joylashgan shaharlar, mamlakatlar endilikda juda 

katta  foyda  manbasidan  ajrala  boshladi.  Undan  tashqari,  O

‘rta  Osiyo  jahon  mintaqalarida 

kechayotgan  yangiliklar, kashfiyotlar, ma'naviy-madaniy munosabatlarda tobora qoloqlikka yuz 

tuta  boshladi.Ijtimoiy-iqtisodiy  tanazzul  siyosiy  tanglikni,  ma'naviyatda  turgunlikni  keltirib 

chiqaradi.  Bunday  holat  esa  muqarrar  ravishda  kishilar  o

‘ptasidagi  axloqiy  munosabatlarning 

buzilishiga  sababchi  bo

‘lishi  mumkin.  Ana  shunday  sharoitda  jamiyatning  barcha  sohalarini 

nazorat  qiladigan,  jamiyatdagi  inqirozning  yanada  chuqurlashib  ketishining  oldini  oladigan 

kuchli  hukmron  mafkuraga  ko

‘ppoq ehtiyoj sezila boshladi. Ana shunday  hukmpon mavqyeni 

egallay  olishi  mumkin  bo

‘lgan  dunyoqarash  mavjud  islom  mafkurasi  edi.  Buxoro,  Xiva 

madrasalarida  XVI  asrdan  boshlab  temuriylar  davrida  an'anaga  aylangan  dunyoviy  fanlarni 

o

‘qitishga chek qo‘yildi. Endilikda, davlat shariat qonun-qoidalari asosidagina jamiyat oldidagi 



o

‘z  vazifasini  uddalashga  yo‘nalish  ola  boshladi.Bu  hol  muqarrar  tarzda  o‘sha  davr  ijtimoiy 

fikrlariga,  adabiyot,  san'at  va  ma'naviyatning  turli  sohalariga  ta'sir  ko

‘rsatmasdan  qolmasdi. 

Qariyb to

‘rt yuz yillik turg‘unlik o‘sha davr falsafiy tafakkurida aks etgan edi. Faqatgina XVIII 



 

asr  oxirlariga  kelib  xonliklar  va  amirlik  markazlarida  badiiy  hamda  tarixiy  vokelikni  aks 



ettiradigan tarixiy-adabiy muhit shakllana boshladi. 

Muhammad Sharif al-Buxoriy (1697 yilda Buxoroda vafot etgan). Bizgacha uning 20 

ta  asari  yetib  kelgan  bo

‘lib,  ularning  ko‘pchiligini  falsafiy  masalalar,  xususan  mantiq,  kalom, 

ahloq-odob masalalariga bag

‘ishlangan. “Xoshiya–i mavlaviy sharif bir sharhi taqzib” (“Mantiq 

va  kalomning  tuzatilishi

”)  asarida  mantiqan  to‘g‘ri  fikrlash  shakllari,  qonun-qoidalari, 

argumentlash  tartibi  va  usullarini  o

‘rganish,  kalom  mohiyatini  tushunib  yetish  zarurligi  asosli 

ravishda  bayon  qilinadi.Muallifning  ahloq-odob  masalalariga  bag

‘ishlangan  “Kitobi  favondi 

hoqoniy


” asarida muhim ahloqiy fazilatlarning mazmun-mohiyati tushuntiriladi. Xususan, unda 

podshohlik  qilish  uchun  zarur  hislatlar  qatoriga  shariat  ko

‘rsatmalarini  yaxshi  bilish,  davlat 

hududini  bosqinchilardan  asrash,  adolatli,  oqil,  nutq  va  eshitish  qobiliyatiga  ega  bo

‘lish va shu 

kabilar kiritiladi

1



Boborahim  Mashrab  (1653-1711)  o



‘zining  badiiy  merosida  o‘sha  vaqtda  Yaqin  va 

O

‘rta  Sharq  mamlakatlarida  tarqalgan  tasavvufning  qalandarlik  oqimiga  e'tiqod  qiladi.  U 



jamiyatdagi  adolatsizliklarni  qoralaydi,  kishilarni  halol,  pok,  mehr-shafqatli,  sabr-qanoatli 

bo

‘lishga chaqiradi. Iymon, e'tiqodning yuksak ma'naviy qadriyat ekanligini asoslashga urinadi. 



Xususan,  she'rlaridan  birida  Alloh  visoliga  intilib  yashashni  kapalakning  shamga  intilishiga 

qiyos qilib, ilohiy haqiqatni anglashning qanchalik muhim ekanligini tushuntiradi

2



So



‘fi  Olloyor  (XVIII  asrning  oxirlarida  Samarqandda  tug‘ilgan  deb  taxmin  qilinadi, 

vafot  etgan  yili  ham  aniq  emas).  Fors  va  o

‘zbek  tillarida  she'rlar  yozgan.  Asarlari  islom  dini, 

tasavvuf  falsafasining  g

‘oyalarini tushuntirishga, izohlashga bag‘ishlangan. Xususan, ularda bu 

dunyoning  azob-uqubatlarga  to

‘la  ekanligi,  ularga  ko‘nikish,  sabr-toqatli  bo‘lish  kerakligi 

to

‘g‘risida  fikrlar  aks  etgan.Shoirning  “Maslak  ul-mutaqii“  (“Taqvolilar  maslagi”)  asari  diniy 



amallarni  bajarish  qoidalariga  bag

‘ishlangan.  Unda  Allohning  fazilatlari,  avliyolarning 

karomatlari,  namoz  o

‘qish, ro‘za tutish, tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq marosimlarni o‘tkazish 

va boshqa amallar to

‘g‘risida chuqur fikr-mulohazalar bildirilgan.

3

 So


‘fi Olloyor asarlaridan o‘z 

davrida madrasalarda ta'lim jarayonida keng foydalanilgan.Xiva shahrida Abulg

‘ozi Bahodirxon 

tomonidan  asos  solingan  tarixchilik  maktabi  (XVII  asr)  XIX  asr  boshlarida  Munis  Xorazmiy, 

keyinchalik Ogahiy, Komil Xorazmiy va Bayoniylar davom ettirgan Xiva adabiy -tarixiy muhiti 

davrida  biroz  jonlandi.Shu  o

‘rinda aytish kerakki, Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy 

muhitning  o

‘zbek  tili,  o‘zbek  adabiyoti  va  umuman  turkiy  tilning  mustaqil  adabiy  til  sifatida 

shakllanishidagi  ahamiyati  adabiyotimizda  ham  o

‘zining  munosib  bahosini  topa  olgan  emas. 

Buxoroda  yaratilgan  tarixiy  asarlar  (masalan,  Tanish  Buxoriyning 

“Abdullanoma”  asari  yoki 

Qo

‘qonda  "Tarixi Farg‘ona" va boshqa asarlar)  asosan fors tilida ijod qilingan. Qukon adabiy 



muhitida  turkiy  va  forsiy  til  teng  darajada  ardoqlangan  bo

‘lsa,  Buxorodagi  adabiy  muhitda 

deyarli forsiy tilda ijod qilinardi.Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhit faqat turkiy 

(o

‘zbek)  tilidaga  ijod  natijasi  bo‘lib,  u  o‘zbek  tilining  hukmronlik  mavqyeini  yaratgan  edi. 



Undan tashqari, Xiva tarixiy-adabiy muhitida Munis, Ogahiy, Feruz, Komil, Bayoniy, Chokar va 

boshqa  ko

‘pgina  iqtidorli  shoirlar,  tarixchilar  Xorazm  tarixining  uzoq  o‘tmishidan  to  o‘z 

davrlarigacha  bo

‘lgan voqea va hodisalarini aks ettirgan ko‘p tomlik asarlarini turkiy (o‘zbek) 

tilda  yozdilar.  Ular  bu  bilan  cheklanmasdan,  Mirxondning 

“Ravzat  us-Safo”,  Firdavsiyning 

“Shohnoma”, Sa'diyning "Guliston" kabi sharqda juda mashxur bo‘lgan yuzlab asarlarini arab va 

fors tilidan o

‘zbek tiliga o‘girganlar. 

Xiva  tarixiy-adabiy  muhitida  XIX  asrning  yetmishinchi  yillarida  Erondan  uskunalar  sotib  olib 

kelinib, Xiva shahrida O

‘rta Osiyoda birinchi kitob nashriyotiga asos solindi. Unda ilk nashrdan 

chiqqan  kitob  Alisher  Navoiyning  "Hamsa"  asaridir.Xullas,  XVI-XIX  asrlarda  Turkistonda 

ijtimoiy-axloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va  falsafiy fikrlar o

‘z davri hukmron mafkurasi ta'sirining 

o

‘ta kuchli bo‘lganligi bilan tarixiy rivojlanishning boshqa davrlaridan keskin farq qilib turadi. 



                                                 

1

 



Qarang: O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. Akademik M.Hayrullaev tahriri ostida. – T.: 

O‘zbekiston, 1995. -B.192-193. 

2

 

Qarang: O‘sha kitob. -B.195. 



3

 

Qarang: O‘sha kitob. –B.199. 



 

10 


O

‘rta  Osiyo  ma'rifatchilik  falsafasi.  Ma'lumki,  O‘rta  Osiyo  1853  yildan  1882 

yilgacha  bo

‘lgan  davrda  Chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib  olindi.  Albatta,  mustamlakachilik 

siyosati xalqimiz boshiga son-sanoqsiz kulfatlar olib kelganini hyech kim inkor eta olmaydi. Oq 

podsho  hukumati  o

‘lkamizda  dunyoviy  fanlarni  o‘qitadigan  maktablar  ochib,  xalqimizni 

dunyoviy madaniyat bilan tanishtirishga shoshilmas edilar. Ular o

‘lkada o‘rta asrga xos ijtimoiy 

munosabatlar  saqlanib  qolishidan  ko

‘proq  manfaatdor  bo‘lganlar.  Axir,  xalqni  ma'rifatli  qilish 

bilan  bir  paytda  mustamlakachilik  siyosatini  davom  ettirib  bo

‘lmasligini  aniq  bilardilar.XIX 

asrning 80-yillarida Ismoil Gaspirali (Gasprin-skiy) tomonidan jadidlar harakatiga asos solindi. 

U  Rossiya  imperiyasidagi  musulmon  turkiy  xalqlar  eski  uslubda  o

‘qitiladigan maktab-madrasa 

tizimidan  voz  kechib,  yangi  (jadid)  uslubda  (Ovro

‘pocha)  o‘qitish  sistemasiga  o‘tish  orqali 

dunyoviy  ma'rifatga  erishishi  mumkin,  deb  chikdi.Aslida  bu  g

‘oya  o‘rta  asr  sharqida  keng 

tarqalgan bo

‘lib unda asosan mamlakat hukmdorlarini ma'rifatli qilish orqali yurtda osoyishtalik, 

adolatli jamiyatni o

‘rnatish mumkin deb hisoblaganlar. Masalan, Alisher Navoiy ma'rifatli shoh 

Iskandar obrazini yaratib, temuriy shahzodalarni shu ruhda tarbiyalab adolatli jamiyatni qurishni 

orzu  qilgan  edi.XVIII  asr  fransuz  ma'rifatparvarlari  esa  adolatli  za-monga  barcha  fuqarolarni 

dunyoviy ilmlar bilan ma'rifatli qilish orqali erishish mumkin deb chiqdilar. Ular ma'rifatli shaxs 

deganda, birinchi navbatda dunyoviy ilmlar bilan qurollangan tafakkurga ega bo

‘lish kerakligini 

e'tiborga  olganlar.  Ikkinchidan,  unday  shaxsning  o

‘z  davri  ijtimoiy  muhiti  talablari  asosida 

shakllangan axloq normalariga to

‘la rioya qilishini nazarda tutganlar. Uchinchidan esa, ma'rifatli 

kishi  albatta  gumanizm  ruhida  (ya'ni  ezgulik  ruhida)  tarbiya  topgan  bo

‘lishi  kerak  deb 

tushunganlar.Bunday qarashlar XVIII asr oxirlari 

– XIX asrning birinchi yarmida Rossiyada ham 

keng  tarqaldi.  Ismoil  G

‘aspirali  hukmdorlarning  Rossiya  musulmon-turkiy  qavmlarni  maxsus 

asoratda  saqlash  orqali  mustamlakachilik  siyosatini  uzoq  davom  ettirishga  urinayotganligini 

payqar edi. Bu mustamlakachilik asoratidan qutulib chiqishning yagona yo

‘lini jadidchilar xalqni 

ovro


‘pocha jadid uslubida o‘qitib, ma'rifatli qilishda deb hisoblar edi.Ismoil G‘aspirali jadidlar 

harakatidan ikki maqsadni ko

‘zlar edi. Birinchidan, musulmon-turkiy qavmlarni ma'rifatli qilish 

yo

‘li bilan mustamlaka asoratidan qutulishni orzu qilsa, ikkinchidan, Rossiya saltanatidagi bar-



cha turkiy qavmlarni yagona tarixiy birlik (millat) sifatida birlashtirmoqchi bo

‘lgan edi. Ana shu 

maqsadda  1886  yildan  boshlab  chop  etila  boshlagan  «Tarjumon»  gazetasi  musulmon-turk 

qavmlari orasida juda katta e'tibor topgan edi. Gazeta orada katta-katta tanaffuslar bilan bo

‘lsada, 

to  1914  yilgacha  nashr  etilib  turgan  edi.Jadidlar  harakatidan  oldin  O

‘rta  Osiyoda  ham  ilm-

ma'rifatni  targ

‘ib  qiluvchi  shoirlar,  ziyolilar  mavjud  edi.  (Masalan,  Muqimiy,  Axmad  Donish, 

Feruz kabilar.) Lekin ularning intilishlari butun xalqni ma'rifatli qilish uchun ommaviy tus olgan 

harakatning  hukmron  mafkurasiga  aylanmagan  edi.Jadidlar  mafkurasi  Turkistonda  Dukchi 

Eshon qo


‘zg‘oloni ayovsiz tarzda bostirilgandan so‘ng tez tarqala boshladi. Ayniqsa, 1905-1907 

yillarda inqilobiy vaziyatning ta'siri ostida bu harakat Toshkent, Samarqand, Farg

‘ona vodiysida 

keng ommalasha boshladi. 



Mahmudxo

‘ja  Behbudiy  Turkiston  jadidlarining  yorqin  namoyandasi  edi.  U  (1879-

1919)ning  faoliyati  ayniqsa  ikki  narsaga:  o

‘rta  asrchilikka  va  Turkistonni  boshqarayotgan 

mustamlakachi  hokimiyatga  qarshi  qaratilgan  edi.  Behbudiy  1913  yilda  «Samarqand»  nomli 

gazetani  va  shu  yili  «Oyina»  jurnalini  ta'sis  ettirdi.  U  1905  yildan  boshlab  faoliyat  olib 

borayotgan  «Musulmonlar  ittifoqi»  partiyasi  nomidan  siyosiy  talablar  bilan  Markaziy 

hokimiyatga  chiqa  boshladi.  1914  yilda  Davlat  Dumasidagi  Musulmonlar  fraksiyasining 

majlisida  Turkiston  o

‘lkasi  bo‘yicha  o‘z  mulohazalarini  gapirib  berish  uchun  Peterburgga 

chaqirildi.  O

‘lkani  boshqarishning  islohoti  bo‘yicha  Behbudiy  ilgari  surgan  loyiha  asosan 

tubandagilarni  nazarda  tutap  edi:  o

‘lkani  boshqarishning  markazi  qilib  Toshkent  belgilansin; 

viloyatlarda  mahalliy  vakillardan  tashkil  topgan  yacheykalar  bo

‘lishi  ko‘zda  tutilsin;  har  bir 

viloyat  yacheykalarida  oliy  yoki  o

‘rta  malumotga  ega  bo‘lganlardan  to‘rtta  vakil  saylansin; 

bo

‘lim (yacheyka) raisi dunyoviy ta'lim olgan bo‘lishi shart va h.k. Behbudiy o‘z maqolalarida 



xalqni  dunyoviy  bilim  olishga  chaqirar  edi.  U  endilikda  dunyoning  taqdirini  diniy  emas,  balki 

dunyoviy  ilmlar  hal  qilishini  bilar  edi.Behbudiy  qarashlaridan  uning  islomiy  qadriyatlar  bilan 

dunyoviy  ilmlarni  egallagan  mahalliy  millat  vakillarini  shakl-lantirishni  orzu  qilganligi 


 

11 


ko

‘rinadi. U ma'rifatsiz na taraqqiyot va na adolat bo‘lishi mumkin emasligini o‘z xalqiga qayta-

qayta  uqtirar  edi.Jadidlar  qismati  qanchalik  ayanchli  bo

‘lmasin,  ularning  millat  ongining 

shakllanishidagi  buyuk  xizmatlarini  e'tirof  etmog

‘imiz  kerak.  Jadidlar  mafkurasi  milliy 

tafakkurning  shakllanishidagi  ahamiyati  shunchalik  ulug

‘vor  bo‘lganki,  ularning  ta'sirini  XX 

asrning  yigirmanchi-o

‘ttizinchi yillarida yetishgan har bir ziyoli timsolida ko‘rishimiz mumkin 

edi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

12 


Xulosa 

Ushbu  davr  falsafa  rivojida  keskin  o

’zgarishlarga  boy  bo’lgan.  Yangi  va  Eng  yangi 

davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta

’limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniy 

modernism  ana  shu  tamoyillardandir.  Neotomizm  Foma  Akvinskiy  ta'limotiga  asoslanadigan 

zamonaviy  katolik  falsafasining  asosiy  oqimlaridan  biri  bo

‘lib  hisoblinadi.  1879  yilda  u 

Vatikanning  rasmiy  doktrinasi  maqomiga  ega  bo

‘lgan.  II  Vatikan  sobori  (1862-1865)  katolik 

“yangilanishi”  ga  sanksiya  berganidan  keyin,  neotomizm  antropotsentrik  mazmun  kasb  etdi. 

Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaning 

ajralmas  bog

‘liqligidan  iborat.  Neotomizmda  asosiy  e'tibor  Xudo  va  olamning  o‘zaro 

munosabatiga  qaratiladi.Diniy  modernizmda  ijtimoiy  taraqqiyot  sohasida 

“kapitalistik 

individualizm

” va “marksistik kollektivizm” oralig‘idagi “uchinchi yo‘l” bo‘ylab harakat qilish 

zarurligi  ta'kidlab  o

‘tiladi.  Cherkov  va  jamiyat  muloqotiga  oliy  diniy-axloqiy  qadriyatlarni 

hozirgi zamon madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent 

g

‘oyalarning  mavjudligi  fundamental  qadriyatlar  sifatida  tan  olinadi.  Bu  oqimning  taniqli 



vakillari  Eten  Jilson  (1884-1978)  ,  Jak  Mariten  (1882-1973)  lardir.  Teyyar  de  Sharden  (1881-

1995)  xristian  evolyusionizmi  asoschisi  bo

‘lib, bu ta'limot diniy modernizmning bir ko‘rinishi 

hisoblanadi. Unda ilmiy va diniy dunyoqarashni sintez qilishga urinish bor. 

Insoniyat  taraqqiyotida  har  bir  davr  an'anaviy  falsafiy  muammolarni  ilgari  surgan  va 

ularni  o

‘z  davri  dunyoqarashi  ta'sirida  hal  qilishga  harakat  qilgan.  Falsafa  tarixini  yangi 

shoxchalari  paydo  bo

‘ladigan  daraxtga  qiyoslash  mumkin,  har  bir  shox  o‘z  shakliga  va 

yaproqlarining  rangiga  ega  bo

‘lib,  ular  boshqalarini  takrorlamaydi.  Biroq  daraxt  shoxlari  kabi 

falsafiy  yo

‘nalishlar  qancha  ko‘p  bo‘lmasin,  ularni  umumiy  ildiz-  inson  va  olamning  o‘zaro 

aloqadorligi,  inson  va  jamiyat  hayotining  uzviyligi  birlashtiradi.  Ushbu  umumiy  ildiz  inson 

madaniyatining  dunyoqarashli  asosi  sifatida  falsafaning  ahamiyatini  chuqurroq  tushunishga 

imkon  beradi.XX  asr  turli  davrlardagi  falsafiy  yo

‘nalishlarni  o‘zida  birlashtirdi  va  o‘tmish 

tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda 

ziddiyatli,  yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o

‘ziga xos xususiyati 

uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

13 


 

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro

’yhati. 

 

1.  Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat yеngilmаs kuch. – T.: “Mа’nаviyat” 2008 y.  

2.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida.  –  T.:  “O’zbekiston” 

2011 y. 


3.  Jaxon falsafasi. – T.: “Sharq”, 2004 y. 

4.  Zotov A.F. Sovremennaya Zapadnaya filosofiya. – M., 2002. 

5.  Nosirov R.N., Sirojiddinov Sh.S., Ziyautdinova X.A. O‘rta Osiyolik allomalarning 

falsafiy qarashlari. 



– T.: “O‘zbekiston”, 2007 y. 

6.  Tohir Karim. Milliy tafakkur tarixidan. – T.:  “Sharq”, 2003 y. 

7.  Skirbekk Gunnar, Nils Gilyo. Falsafa tarixi. – T.: 2002 y. 

8.  Falsafa. Qomusiy lug‘at. – T.: “Sharq”, 2004 y. 

9.  Sharq falsafasi – T.: TDSHI nashriyoti, 2006 y. 

10. Yangi va eng yangi davr G‘arbiy yevropa falsafasi. – T.: “Sharq”, 2002 y. 

11. O‘zbekistonda ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixidan lavxalar. – T.: “Sharq”, 1995 y. 

12. G‘arb falsafasi. – T.: “Sharq”, 2004 y. 

 

Download 172.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling