Falsafiy metodlar, qonunlar va kategoriyalar Reja


Download 44.43 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi44.43 Kb.
#230681
Bog'liq
Falsafiy metodlar, qonunlar va kategoriyalar Reja



Falsafiy metodlar, qonunlar va kategoriyalar

Reja:

1. Metod va metodologiya tushunchalari. Falsafa metodlari.

2. Qonun tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini.

3. Voqelik va o`zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi.

4. Mavjudlik, o`zgarish va o`zaro aloqadorlikning namoyon bo`lish tamoyillari.

5. Falsafiy kategoriyalar tizimi, ularning mazmuni.


O`zgarish, harakat, taraqqiyot va o`zaro aloqadorlik tushunchalari. Taraqqiyotning asosiy yo`nalishlari. Tabiiy, ijtimoiy va ilmiy taraqqiyot. Eng umumiy, umumiy va xususiy aloqadorlik. Taraqqiyot to`g’risida turlicha nazariya, metod va konsepsiyalar. Dialektika, uning zamonaviy talqini. Metafizika, uning asosiy tushunchalari va tamoyillari. Dialektika taraqqiyot va o`zaro aloqadorlik, metafizika - mavjudlik usuli sifatida. Dialektika va metafizika, determinizm va indeterminizm, relyativizm va sinergetikaning jahon falsafasi uchun ahamiyati. Islom Karimov hayot qonuniyatlari va istiqlol jarayonini dialektik talqin etish to`g’risida. Mustaqillikni mustahkamlash vazifalarining aloqadorligi va uzviy bog’liqligi.

Taraqqiyot jarayonida takrorlanish tamoyili. Qonun va qonuniyat tushunchalari. Qonunlarning ob`yektivligi. Tabiat va jamiyat qonunlari. Falsafiy qonunlar va ularning o`ziga xos xususiyatlari. Olam mavjudligi va o`zaro aloqadorligining alohida, xususiy va umumiy jihatlari. Butun va bo`lak, struktura va element - olam tuzilishining namoyon bo`lish shakllari sifatida. Alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bo`lak kategoriyalari. Struktura va element kategoriyalari, ularning tabiat va jamiyatda namoyon bo`lishi, fan va falsafiy dunyoqarash uchun ahamiyati.

Jahon taraqqiyotining bir butunligi va O`zbekiston uning tarkibiy qismi ekanligi. Taraqqiyotning o`zbek modeli: alohidalik va umumiylik dialektikasi.

Mohiyat va hodisa voqelikdagi o`zaro bog’liqlikning ko`rinishlari sifatida. Mohiyat va hodisa kategoriyalari. Ularning tabiat va jamiyatda namoyon bo`lishi. O`zbekistonning istiqloli va mustaqillikni mustahkamlashning tub mohiyati. Bu boradagi amaliy qadamlar - o`zgarishlar jarayonining hodisalari tarzida.

Voqelikda mazmun va shaklning namoyon bo`lish xususiyatlari. Mazmun va shakl kategoriyalari, ularning tabiat va inson hayotida namoyon bo`lish xususiyatlari. O`zbekistonning istiqloli: islohotlarning amalga oshish jarayonida mazmun va shaklning birligi. O`zgarish va o`zaro aloqadorlik jarayonidagi sababiy bog’lanishlar. Sabab va oqibat kategoriyalari. Voqea va hodisalar o`zaro aloqadorligining sabab va oqibat bog’lanishi tarzida amalga oshishi.

O`zbekistonning mustaqilligini mustahkamlashda imkoniyat va voqelikning uyg’unligi.





  1. ko`rgazma



2- ko`rgazma



3-ko`rgazma


Falsafiy katеgoriyalar tavsifi:

1. Ob’yеktiv voqеliklikning in'ikosi.

2. Narsa va hodisalarning o`zaro bog’lanishi va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli.

3. Narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o`zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha.



4. Borliqning mavjudligidan kеlib chiqadigan tarixiy-mantiqiy bilish darajalaridan biri.


4-ko`rgazma




Tayanch tushunchalar
Bog’lanish, aloqadorlik, takrorlash, qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, inkor, inkorni-inkor, vorislik, yangilanish. Katеgoriyalar, alohidalik, umumiylik, sabab va oqibat, mazmun va shakl, sistеma va elеmеnt, butun va bo`lak, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqеlik.
Takrorlash uchun savollar

  1. Qonun nima?

  2. Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?

  3. Olamdagi ayniyat va ziddiyat holatlariga misollar kеltira olasizmi?

  4. Katеgoriyalar tushunchasini qanday izohlaysiz?

  5. Falsafa tarixida katеgoriyalarni ilmiy mavzu sifatida kim boshlab bеrgan?

  6. Juft katеgoriyalar mazmunidagi ichki birlikning asosi nimada?

  7. Alohidalik, xususiylik, umumiylik katеgoriyalariga misollar kеltiring.

Download 44.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling