Falsafiy qonunlar Reja


Download 86.6 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi86.6 Kb.
#116653

Falsafiy qonunlar

Reja:

  • Falsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati. Qonun va qonuniyat.
  • Miqdor o’zgarishdan sifat o’zgarishga o’zaro o’tish qonuni.
  • Qarama-qarshiliqlar birligi va kurashi qonuni.
  • Inqorni inqor qonuni.

Falsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati. Qonun va qonuniyat.

  • Odamzod qonunlar orqali olamning sir-asrorlarini bilish imqoniyatiga ega bo’ladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi o’zgarishlar, paydo bo’lish va yo’qolishlar, rivojlanish va taraqqiyot mexanizmlarini anglab olish imqonini beradi. qonun – muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqoza etadigan ob’eqtiv dunyodagi narsa va xodisalarning muxim zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlar ifodasidir.

Falsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati. Qonun va qonuniyat.

  • Tabiat qonunlari yer yuzida inson bo’lmagan davrda xam mavjud bo’lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo’lgan shart – sharoitlar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. Jamiat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muxim bog’lanishni ko’rsatadi. Yana bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asti-sekinlik bilan o’zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa ma’lum davr mobaynida amal qilgandan so’ngra, o’z-o’rni yangi qonunlarga bo’shatib beradi, ba’zilari o’z kuchini yuqotadi. Xarakat qilish doirasiga qarab qonunlar: eng umumiy, umumiy va xususiyga bulinadi. Moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi qonuni umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga esa, masalan kulon qonuni kabilar qiradi.

Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni.

  • Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning moxiyati shundan iboratki,narsa va xodisalardagi sezilarli bo’lmagan mikdoriy o’zgarishlar asta sekin to’plana borib, tarakkiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo’li bilan tub sifat o’zgarishlariga olib keladi.

Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni.

  • Miqdor va sifat birlikda, bo’lib, bir-biriga o’tib turadi. Miqdor sifatga va aksincha, ma’lum sharoitda sifat mikdorga o’tadi. Narsa va xodisalarning sifati ob’ektiv bo’lsa-da, nisbiydir, chunki ular o’rtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutloqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi xam o’zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy xarakatda, o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari xam o’zgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat o’zgarishlarining aniq xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim axamiyatga ega.

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.

  • Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular o’rtasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo bo’lishi yuzaga keladi.
  • Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’k. Narsalarning tafovvut darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud.
  • Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi.

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.

  • Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy bog’lik bo’lgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir.
  • Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bo’lishidan tortib xalok bo’lishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan.

Inkorni inkor qonuni.

  • Inkorni inkor qonuniga muvofiq ob’ektiv voqelikdagi narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilish ro’y beradi. Birok eskilik butunligicha inkor qilinmay, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
  • Metafizik yo’nalish inkorning ijodiy yaratuvchanlik rolini tan olmaydi. Bundan farqli ularoq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini ta’kidlaydi. Xar bir jarayon inkor qilish jixatiga ega. Ichki zidiyatlar tufayli tarakkiyot jarayonini ertami kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsani vujudga kelishiga olib keladi.

Inkorni inkor qonuni.

  • Eskining o’rniga yangining kelishi uning kundan kunga mustaxkamlanishi, rivojlanishi va ularning ajralmasligi taraqqiyotning boshlanish xususiyatini belgilaydi. Yangi eskining o’rnini egallab borishida eskidan ijobiy, muxim tomonlarini o’zida mujassamlashtirib, yuqorirok sifat xususiyatlariga aylanadi. Eskining o’rniga kelgan Yangi dastlab, imkoniyat ko’rinishida bo’ladi. Bu imkoniyatning voqeylikka aylanishi ma’lum shart-sharoitlardagina amalga oshadi. Ijtimoiy xayotda yangilikning galabaga erishuvini ta’minlashda kishilarning faoliyati zarurdir.
  • «Bizning tushunchamizda, qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish- o’z tarixiy o’tmishimizdan voz kechish degani emas, bu bir yoqlama tor fikrlashdan voz kechish demakdir» deydi I.Karimov.

Download 86.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling