Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. (2 soat)


Download 44.15 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi44.15 Kb.
#233086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ФАЛСАФА 2МАВЗУ


Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:

G‘arb falsafasi. (2 soat)

                                                                Reja:

        1.Qadimgi YUnon-Rim falsafiy maktabi.(Milet maktabi. Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari). Ilk o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.

     2.G‘arb Uyg‘onish davri falsafasi.

     3.YAngi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo‘nalishlari.

     4.XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari.

      K a d i m g i   YU n o n   f a l s a f a s i ning vujudga kelgan  davri  eramizdan avvalgi, VI asrlarga borib takaladi. Bu davrda YUnonistonning  ijtimoiy tuzumning almashinuvi ya’ni-ibtidoiy jamoa  tuzumining  quldorlik tuzumi bilan o‘rin almashinuvi yuzaga kelgandi.                    Qadimgi  YUnonistonda shahar va kishloklarning paydo bo‘lishiga  va  bu  shahar  va kishloklarda o‘zaro mehnat taksimoti vujudga keltirdi.  Savdo-sotik rivojlandi va buning natijasida YUnoniston bilan qator SHarq mamla katlari va boshqa davlatlar o‘rtasida o‘zaro savdo munosabatlar  urnatila boshladi. Savdo munosabatlarining o‘sishi,  kishlok  xujaligining rivojlanishi va xnarmanchilik sanoatining tez  taraqqiy  etishi qadimgi YUnonistonda tabiatni bilishga, fanning rivojiga ehtiyoj kuchaytirdi. Natijada  matematika,  fizika,  astronomiya,  geografiya, san’at, adabiyot, falsafa kabi fanlar yuzaga keldi va rivojlandi.

     Qadimgi YUnon falsafasi tabiat haqidagi ilmlar bilan bir  butun holda, hayot tajribasi va Qadimgi SHarq mamlakatlarida  erishilgan fan yutuqlari asosida paydo bo‘ldi.

     YUnon falsafasini biz falsafa tarixida  "Milet   maktabi"  deb nom qoldirgan va shu maktabga asos solgan  Milet  shaxri  vakillari bulmish Fales, Anaksemandr va  Anaksemenlardan  boshlab  o‘rganamiz. CHunonchi ular xaqli ravishda qadimgi, ilk yunon falsafasining  asoschilari, nomoyondalari edi.

     F a l e s  (eramizdan avvalgi 624-547 yillar)  o‘z  davrining  har sohada etuk bilimdon kishisi bo‘lib, u astronom,  matematik,  geograf, fiziolog olim, siyosiy arbob hamda filosof edi.U quyosh to‘tilishini oldindan aytib berdi va u aytan  davrda  (ERAMIZDAN  AVVALGI 585 YILDA ) quyosh to‘tildi. U erning quyosh atrofidagi aylanish  harakati yil davomida 365 ko‘nga teng ekanligini aniqladi. Kichik  ayik yulduzini kashf etdi.      Fales ta’limotiga ko‘ra butuni borliqning asosini suyuk  moddasuv tashkil etadi, tabiatda sodir bo‘ladigan barcha narsa va hodisalar suvdan tashkil topgan va ular butun harakati yana suvga aylanadi. CHunonchi u erni ham suvdan tashkil topgan deb uqtiradi: er - dumalok , usti tekis va atrofini okeanlar  urab  olgan  holda  kema singari suvda suzib yuradi. Suv-olamdagi barcha  narsalarning  doimiy va moddiy asosidir, u mangu , lekin undan kelib  chikan  narsa va hodisalar vaqtinchadir.

     A n a k s i m a n d r (610-546) Falesning shogirdi bo‘lib, u  birinchi  bo‘lib planetalar bilan yulduzlar farqini tushuntirdi. Quyosh soatini ixtiro etdi va geografik haritalar to‘zdi. Uning  ta’limotiga  olamning moddiy asosini mangu harakat va o‘zgarishdagi noma’lum modda - apeyron tashkil etadi. Apeyrondan issiq va sovuq, nam va quruq  kabi bir-biriga qarama-qarshi tomonlar ajralib chiqqankim, va bu  qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatdan suv vujudga kelgan. Suvni qurishi oqibatida olov va havo    paydo  bo‘lgan.  Uning  fikricha olamda shunga o‘xshash dunyolar ko‘p bo‘lib,ular mangu harakatdagi  apeyrondan  tashkil topgandir.

       "Milet maktabi"ning so‘nggi  vakili bo‘lgan Anaksimen (585-525) borliqning asosini suv ham emas, aneyron ham emas, balki havo tashkil etadi deb  tushuntiradi.Uning ta’kidlashicha, havo-mangu  harakatda  va  qarama-qarshilik   xususiyatiga ega, u gox siyraqlashadi, gox quyuqlashadi. Mana  shu  qarama-qarshilik munosabatida havodan olov, shamol suv va tuprok ajralib  chiqqan  va bulardan ham o‘z navbatida boshqa narsa va hodisalar yuzaga kelgandir. Hamma narsaning manbai havo, hamma narsa va  hodisalar  havodan paydo bo‘ladi va havoga aylanadi, - deb uqtiradi.

            "Milet maktabi" vakillari mana shunday  sodda  materialistik qarashlari bilan falsafa  tarixida  muhim  iz  koldirdilar. Lekin ularga qarama-qarshi o‘laroq, o‘z falsafiy qarashlari  bilan  maydonga chiqqan oqim vakillari ham borki, ulardan biri  Pifagor  va  uning tarafdorlari.

       Pifagor (eramizdan avvvalgi 580-500) yillar va  pifagorchilar olamning moddiy asosini son tashkil etadi deb  tushuntiradilar. Ularning ta’limoticha, barcha narsalar ustki qavatlar bilan  o‘ralgan, ustki qavatlar chiziklar bilan  o‘z  navbatida,  chiziklar  ham nuqta bilan chegaralangandir. SHuning uchun ham olamdagi  narsalarni yaratgan sabab, olamni idora qiluvchi kuch, bu sondir deb davo qiladilar. "Ularning fikricha, "2" raqami barcha xudolarning onasi, barcha narsa  va  hodisalar  asosi;  "2"-rakami    qarama-qarshiliklar;", "3"-raqami uchta "1" rakami va  ularning  qarama-qarshi  tomonlarining birligi jismni tashkil etadi; "4" rakami - tabiatdagi 4  elementning obrazidir; "10" rakami - eng mukaddas  bo‘lib,  osmondagi o‘n yulduz va ularning o‘n doirasi obrazi hamda hisoblash  va  sonlar mistikasi asosidir. SHunday qilib, pifagorchilar olamni bilish  sonni bilishdir deb uqtiradilar. Ular sonlarni ilohiylashtirgan bo‘lsalarda, lekin fan taraqqiyotiga, xususan matematika fani rivojiga o‘z tadqiqotlari bilan (Pifagor teoremasi) ulkan xissa qo‘shganlar.

     Qadimgi YUnonistonning mashhur faylasuflaridan biri  Geraklitdir. U Efes shaxri vakili bo‘lib (er. av. 530-470 yy.) yirik tabiatshunos, siyosiy arbob, o‘tkir filosoflardan edi.  Geraklit  pifagorchilarga qarshi chiqib, olamning moddiy asosini olov  tashkil  etadi deb ko‘rsatadi.

"Olamni hech kim, xatto xudo ham yaratmagan,  qonuniyatli  tarzda yonib turuvchi abadiy barhayot olov mavjud va u qonuniyatli  tarzda o‘chadi, avval ham shunday edi, xozir ham va  bundan  keyin  ham shunday bo‘ladi".

     Uning fikricha kishi ongi o‘tning, olovning o‘tkinchi holat turlaridan biridir. Geraklit dunyoni bilish mumkinligini e’tirof  etadi. Uning bilish protsessi sezgidan boshlanadi va tafakkurda davom  etadi. Ko‘z oldimizdagi barcha narsa va hodisalarning sezgi  a’zolarimiz orqali ko‘ramiz, sezamiz, lekin ularning xaqiqiy mohiyatini  esa tafakkur, fikr yordamida anglaymiz - deydi u.

     Atomistik qarashlarning asoschisi  Levkippdir.  U  asli  Milet shaxridan bo‘lib, uning ta’limoticha butun moddiy  olam -  atomlardan tashkil topgandir. Atom - uning ta’kidlashicha eng  kichik,  bo‘linmas moddiy zarracha bo‘lib, demak butun borliq mana shu atom va  bo‘shliqlardan iborat va ular zaruriyat asosida mangu harakatda.     Levkippning bu ta’limoti keyinchalik Demokrit davom  ettirdi.  Demokrit faoliyati YUnonistonning fan va madaniyati rivojidagi  juda katta rol uynadi. U asli Abder shahridan bo‘lib, astronom, matematik, fizik, fiziolog, tabib,  musiqashunos,  ruhshunos, tilshunos  va eng muhimi o‘tkir filosof edi. Uning ta’limoticha olam, butun  borliq moddiy bo‘lib, atom va bo‘shliqlardan iboratdir.

     Tabiatdagi barcha narsalar mana shu atomlarning turli ko‘rinishidagi birikuvidan tashkil topgan. Atomlar  mangu  harakatda  bo‘lib, harakat esa ularning zaruriy va mangu holatidir. Birok harkatni u shunchaki, atomlarning bir-biriga o‘rin almashishi deb tushundi,  lekin harakat o‘zaro to‘qnashuv asosida yuzaga kelishini  u  anglab  etmadi.  SHuning uchun ham harakat materiyaning o‘z-o‘zidan harakati  ekanligini tushunmadi.

     Demokrit  jon  (ruh) haqida  quyidagi  fikrlarni  bildiradi, uning fikricha jon tanni harakat manbai bo‘lib, u oddiy  atomlardan iborat va ular boshqa atomlardan shunisi bilan  farqlanadiki,  ular shaklda dumalok, noziq va o‘ta harakatchan bo‘ladi. Tan  o‘lishi  bilan jon ham o‘ladi, chunki olamda tandan mustaqil jon yo‘q, o‘lim esa mana shu atomlarning o‘zaro bir-birlari bildan  to‘qnashuvi  natijasida ularning parchalanishidan yuz beradi.

     Demokrit o‘zining bilish nazariyasida bilishni 2 ga bo‘ladi,  bo‘lar - "qorong‘u" va "xaqiqiy"  bilimlar.  Sezgi  organlari  orqali olinadigan bilimlarni u "qorong‘u" bilimlar  deb,  tafakkur  orqali anglanadigan bilimlarni u "xaqiqiy" bilimlar ajratadi.

          Platon (er. av. 427-377y) o‘zining falsafiy qarashlarini  asosan "Bazm", "Teetet","Fedon" nomli asarlarida bayon etgandir. U o‘z qarashlarida Demokrit va Geraklitni qattiq  tanqid  ostiga  oladi. Borliqni asosan ikkiga-g‘oyalar dunyosi va moddiy olamga bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha g‘oyalar dunyosi harakatsiz va o‘zgarmas  bo‘lib  ,  u fazo va vaqtga bog‘liq emas, u birlamchidir va moddiy olam esa "g‘oyalar dunyosini " soyasidir .U o‘zining bilish nazariyasining  sezgi  va tafakkur bilan bog‘laydi.Sezgi orqali olinadigan bilimlarni u  xaqiqiy emas deb belgilaydi. Moddiy olamni  sezgilar  orqali  bilish mumkin va demak , bu bilim-moddiy olam uningcha  xaqiqiy  emas. Moddiy olam vaqtinchalik harakatda va o‘zgarishda:" g‘oyalar dunyosi"  esa mangu deb hisoblaydi. "G‘oyalar dunyosi "ni  faqatgina  sof  tafakkur orqali bilish mumkin.

             "Qadimgi dunyoning eng buyuk mutafakkiri"deb nom olgan  Aristotel  (er.  av. 384-322y), Stogir shahrida tugilgan. 18 yoshida platon  akademiyasiga o‘qishga kirib, 20 yil undan ta’lim  oladi.  U  A.  Makedonskiyning tarbiyachisi edi. Uning  "Metofizika", "Fizika",  "Jon  to‘g‘risida  " ,"Amaliy kitob","Kategoriyalar", "Etika", "Siyosat"  kabi  asarlari bizgacha etib kelgan.

     Aristotel Platonning "g‘oyalar  dunyosi"  haqidagi  fikrlarini keskin rad etdi. CHunonchi u - "Agar moddiy olam ", "g‘oyalar dunyosi" ning ikkilamchi shakli ekan, ya’ni uning soyasi ekan,  u  holda  nega "g‘oyalar dunyosi" harakatsiz o‘zgarmas, mangu," moddiy olam  "ga  esa harakatda, o‘zgarishda va vaqtinchalik xarakterga ega? - degan  xaqli savolni qo‘yadi va "moddiy olam " bilan "g‘oyalar dunyo"si  o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish yo‘qligini ochib tashlaydi. Platon  qarashlarida  aks  etgan  g‘oya - "g‘oyalar  dunyosi"  birlamchi  bo‘lib,  "moddiy olam"dagi narsa va hodisalar "g‘oyalar dunyosi"ning, "kopiyasi" ekanligi haqidagi fikrga qarshi chikdi, Aristotel aksincha, g‘oyalar  narsa va hodisalarning kopiyasi va ularning hech qanday  ayirmasi  yo‘q deya ta’kidlaydi.

          Xuddi shunday atomistik nazariyaning tarafdorlaridan yana biri, qadimgi yunon faylasuflaridan Epikur edi.(er. av. 341-270y.)

     U Demokritning atomistik nazariyasini  rivojlantirib,  atomlarning xajmi va og‘irligi jihatidan farqini ta’kidladi. Uning uqtirishicha, atomlar og‘ir bo‘lganligi uchun u doim pastga va doim harakatda bo‘ladi.  U xudolarga ishonmaydi va olamning  cheksizligi  haqida gapirib,  biz yashayotgan dunyoga o‘xshashligini uqtiradi. YUnonistondan so‘ng qadimgi Rimga o‘tgan quldorlik va qulchilik  tuzumi Rimda tabiiy fanlarning, shuning barobarida falsafaning  rivojlanishiga sharoit tug‘dirdi. Qadimgi Rimda qulchilik tuzumi  eramizdan avvalgi IV asrlarga borib taqaladi. Bu davrlarda qulchilik  madaniyati eng yuksak cho‘qqisiga etdi va shuning uchun ham Rimda og‘ir  sanoat, savdo, adabiyot, san’at va falsafa ham  rivojlandi.  Eramizdan oldingi III-I asrlarda yuzaga kelgan bir qancha ko‘zgolonlar  quldorlik tuzumining o‘zaro emirilishiga olib keldi. Xuddi  shu  davrda yashagan va ijod etgan qadimgi Rimning eng  mashxur  faylasuflaridan biri Lukretsiy Tit Kar sanaladi.

     Lukretsiy (er. av. 99-55y) o‘z falsafiy qarashlarida Epikur orqasidan borli. Uning ta’kidlashicha, olamda jism va bo‘shliqdan  boshqa hech narsa yo‘q olam atomlardan iborat bo‘lib,  atomlar  borliqning mangu, bo‘linmas,  mayda  va  harakatchan  zarralaridir.  Ular jism, shakl va og‘irlikka ega.  Lukretsiy ta’limoticha atomlar uch xil harakat qiladi:

     1) Turtki natijasida,

     2) Og‘irlik natijasida,

     3) Atomlarning o‘z - o‘zidan to‘g‘ri yo‘ldan chekinishi  oqibatida. Uningcha, harakat materiyasiz bo‘lmaydi va harakatning manbai xudo emas, balki materiyaning o‘zidir.

     Lukretsiy ham Epikur singari dinning eng ashaddiy  dushmanlaridan edi. Uning fikricha o‘limdan, xudodan qo‘rqish kishilarda olam  va tabiat  haqidagi  bilimlarning  etishmasligidan  kelib  chiqadi.  U ruh (jon) haqida gapirib, ruh engil, noziq va harakatchan atomlardan tashkil topgan va shuning uchun ham ruhning faoliyati  tana  faoliyatiga bog‘liq deb ko‘rsatadi. Tana o‘lishi bilan ruh ham o‘ladi, o‘lmas ruh bo‘lishi mumkin emas - deydi.

O‘rta asr Garbiy Evropa sxolastik falsafasining yirik  vakili italiyalik faylasuf va isloxietchi Foma Akvinskiy (1225-1274)  edi. U rasmiy katolik dini mafkurasini atroflicha ishlab chiqqan mutafakkirdir. Foma Akvinskiy Aristotelg‘ falsafasi orqali xristian  dini aqidalarini falsafiy nazariy jihatdan asoslashga harakat kildi.  U shaklni birlamchi, moddiy predmetlarni esa uning ijodiy maxsuli deb hisobladi. Foma Akvinskiy ana shu g‘oyadan kelib chiqib, dunyoda  turli shakllar bor, jon ham ana shu shakllardan biridir,  jon  birlamchi o‘lmas shakl bo‘lib tana jondan ajralishi bilanoq xalok  bo‘ladi,  degan g‘oyani ilgari surdi. Mutafakkirning fikricha, falsafa va dinning maqsadi  xudoning mavjudligini isbotlashdir.

     Foma Akvinskiy ijtimoiy tengsizlikni xudoning irodasi  bilan bogladi. Xristian dini boshlig‘i papaning huquqini xudoning  huquqi bilan tenglashtirdi.

     O‘rta asrlarda diniy mafkura  xukmron  mavqeni  egalladi.  Bu davr falsafasi realistlar va nominalistlarning turlicha  nazariyalari o‘rtasidagi g‘oyaviy kurash asosida rivojlandi.

     Realizm tarafdorlari umumiy "universaliya" lar real  narsadan oldin va ulardan tashqarida yashaydilar, deb hisoblaganlar.  Nominalistlar esa, aksincha, ayrim buyumlarni borligini e’tirof etib, "universaliya" larni inkor qildilar. Ular umumiy g‘oyalar faqat  inson  fikridagina mavjud bo‘ladi va umumiy tushunchalar  sifatida  yashaydi, deb ta’lim berganlar. Demak, bu davr falsafasining dikkat  markazida umumiy tushunchaning mohiyati masalasi turgan.

      Realizmning yirik vakillari: Foma Akvinskiy va Anselm Kenterberiyskiy (1033-1109)dir. Realistlarning fikricha, umumiy tushunchalar ob’ektiv mavjud bo‘lib, mustaqil mohiyat sifatida  tabiatdagi ayrim predmetlarga va kishilarga nisbatan  birlamchidir.  Moddiy olamning ayrim va yakka predmetlari esa ikkilamchidir. Foma  Akvinskiy nominalistlarga e’tiroz bildirib,  umumiy  tushuncha  (xudo)ni birlamchi, tabiatdagi predmetlarni esa  ikkilamchi,  deb  izoxladi. Foma Akvinskiy o‘z falsafiy qarashlari bilan  nominalistlarni  realistlar bilan kelishtirishga, o‘rta asr sxolastik falsafasi va  iloxiyotshunosligini  mustaxkamlashga harakat kildi.

     Nominalistlarning    yirik    vakillari    sifatida    IOAN ROSSELIN (1050-1112), IOANN DUNS SKOT (1265-1308)ni ko‘rsatish  mumkin. Ularning ta’lim  berishicha,  tabiatdagi  alohida  predmetlar, ularning xususiyatlari real va birlamchidir, umumiy tushunchalar  esa ikkilamchidir.

     SHunday qilib, butun o‘rta asr  falsafasidagi  universaliyalarning mohiyati to‘g‘risidagi baxslar logika va  gnoseologiyaning  bundan keyingi rivojiga, ayniqsa, yangi zamon faylasuflarining qarashlariga kuchli  ta’sir  ko‘rsatdi.  Nominalizm  elementlari  Spinoza asarlarida ham uchraydi. Nominalizm  tarafdorlaridan  biri  bo‘lgan ingliz olimi ROJER  BEKON  (1214-1294) dastavval  din  arboblarini, knyazlarni, keyinchalik esa papaning axloqsizlikka berilib ketganligi uchun ayovsiz tanqid kildi. U falsafani ayrim fanlarning tadqiqot natijalarini yakunlaydigan umumiy nazariy fan, deb hisobladi. Bekon tabiiy bilimlar: matematika, fizika, astronomiya bilan muvaffaqiyatli shug‘ullandi va kelajakda fanda juda ko‘p kashfiyotlar qilinishiga astoydil umid bogladi.                                                                                                                                                                                                        

Quldorlik ishlab chiqarish usulidan feodalizmga  o‘tilishi  bilan jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy,  siyosiy,  mafkuraviy  va ma’naviy hayoti to‘liq feodallarning qo‘liga o‘tadi.  Qadimgi sivilizatsiya, qadimgi  falsafa, siyosat va yurisprudensiya (huquqshunoslik) er  bilan yakson qilinadi.  Ma’naviy bilim  ixtiyori  poplar  qo‘liga  o‘tadi.. Diniy rasm-rusmlar va qoidalar har qanday tafakkurning  boshlang‘ich nuqtasi va asosi bo‘lib qoladi.

Uyg‘onish davrining yirik vakillaridan  Nikolay  Kuzanskiyning fikricha, xudo eng oliy va mutloq borliq bo‘lib, tabiatni va insonni yaratgan.  Ayni vaqtda tabiat bir qancha xususiyatlarga ko‘ra, eng avvalo makondagi cheksizligi va vaqtdagi abadiyligi  bilan  xudoga o‘xshashdir.  Uning "Barcha narsalar xudoda bo‘lgani kabi  xudo  barcha narsalardadir", degan iborasi orqali Xudo tabiiy olam narsalarida  nomoyon bo‘lish va narsa qaytadan xudoda jamlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani  ilgari suradi.

     N.Kuzanskiy o‘z qarashlarida gumanistik  falsafaning  asosiy  muammosi hisoblangan inson masalasiga ham katta e’tibor beradi.  Mashxur siesatchi Nikola Makiavellini (1469-1527 y.)  uyg‘onish davrining birinchi sotsiologi deyish mumkin.  U egoizm, moddiy  manfaatdorlik inson faoliyatining asosidir, degan g‘oyani ilgari  suradi. "Odamlar, - deb yozadi u,  -  ota-onasining  o‘limini  yo‘qotgan  mol-mulkiga nisbatan tezroq unutadilar".

     M a k i a v e l l i  davlat mavjudligini din(cherkov)ga  boglab  tushuntirgan o‘rta asr falsafiy fikridan farqli  o‘laroq  davlat  huquqiy tartibot organlar orqali qonunlar asosida boshqarilishi kerakligini aytadi.

     Makiavelli  "Podshox"  deb  nomlangan   asarida    davlatning kuch-qudratini qonun tashkil etishi lozimligini, bunga  erishish  uchun turli yo‘llardan foydalanish mumkinligini  bayon  qiladi.  "Qudratli davlat tuzmokchi bo‘lgan xukmdor bir qancha, jumladan, sher va  tulki xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak", - deb yozadi u. Xalq manfaatlarini ifodalaydigan jamiyat qanday bo‘lishi kerak? Ingliz gumanisti va davlat arbobi Tomas Moor (1478-1535)  o‘zining “Utopiya" asarida bu  savolga  javob  berishga  harakat  qiladi.  U xalqning azob-uqubatda yashayotganligini chuqur qaygu bilan yozar ekan, buning asosiy sababini xususiy  mulkdan  qidiradi. Xususiy mulkni kishilik jamiyatning asosi, deb bilgan Makiavellidan farqli o‘laroq T.Moor uni ijtimoiy zulmning bosh  sababi  deb ko‘rsatadi. "Utopiya"da tasvirlangan jamiyatning xarakterli  belgisi unda xususiy mulkning yo‘qligi,  muskul  kuchiga  asoslangan  oddiy jismoniy mehnatdir.

     T.  Moor g‘oyalari italiyalik faylasuf va sotsiolog Tomazzo Kompanello (1568-1639) tomonidan  rivojlantirildi.  Kompanello  italiyaliklarni Ispaniya zulmiga qarshi kurashiga boshchilik qiladi, biroq sotqinlik natijasida bu kurash mag‘lubiyatga uchraydi. Kompanello esa 27 yil qamoqda yotadi.  U shu erda 1602 yilda mashxur  "Quyosh  shaxri" asarini yozadi.  Bunda u odamlar jamoa bo‘lib yashashishi  kerakligini, jamoa manfaati uni tashkil etgan a’zolari manfaatidan yuqori turishi lozimligini bayon qiladi. "Quyosh shaxri"da tasvirlangan jamiyatda ham "Utopiya" dagi singari xususiy mulk bo‘lmaydi, ammo mehnat bu  erda takomillashgan: qul mehnati o‘rnini texnika egallagan: mehnat  majburiyatdan extiyojga aylangan.

     Ma’naviy hayotda bu davr tabiatni o‘rganishning kuchayishi,  cherkov, din ta’siriga qarshi kurashning avj olishi,  falsafa  va  boshqa gumanitar fanlarning ravnaqi bilan tavsiflanadi. Bu davrni odatda Renesans - Uyg‘onish davri deb ataydilar.  Uyg‘onish davridan  boshlab fan g‘oyat tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi.

     Polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543 yillar) olamning geliotsentrik sistemasini yaratdi. Bu nazariyada aytilishicha, olamning markazi Quyosh bo‘lib, uning atrofida boshqa sayyoralar bilan bir  qator Er ham aylanib  turadi.  Uning  bu  ta’limotiga  Ptolemeyning geotsentrik sistemasi bilan aloqaning uzilishini bildirardi. Bu nazariya, shuningdek, olamni xudo yaratganligi haqidagi diniy afsonaga ham zarba berdi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi materialistik dunyoqarashi umumiy rivojining tabiiy ilmiy zamini bo‘ldi.

     Nemis astronomi  Iogan  Keppler  (1571-1630)  geliotsentrizm  nazariyasidan kelib chiqib, sayyoralar holatini kuzatish asosida sayyoralar harakatining uch qonunini kashf kildi.  Bu Kopernikning  Quyosh sistemasi tuzilishi manzarasining aniqlashtirishga va butun olamning tortilish qonunini ochishga imqon beradi.  SHuning bilan bir  qatorda Keplerning kashfiyotlari dunyoga diniy nuqtai-nazardan qarashga putur etkazdi.  Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik  kerakki,  Kepplerning dunyoqarashi diniy idealistik tushunchalardan ham xoli emasdi.   Italiya olimi Jordano Bruno (1548-1600 yillar)  ham  "Uyg‘onish davri"ning yirik vakillaridan bo‘lib, sxolastik  falsafaga  va  Rim katolik cherkoviga qarshi kurash olib bordi.  Bruno,  Kopernik  kashfiyotidan foydalanib, mazkur falsafiy qoidalarning fizik va astronomik mazmunini aniqlashtirdi. U tuproq, havo, suv, olov va efirdan iborat. Er bilan osmon olamning fizikaviy yakka jinsligini tasdiqlaydi, deb uqtiradi.

     Brunoning ta’limoti, uning xatti-harakatlari cherkov  tomonidan qattiq tanqid ostiga olinib, cherkov sudining xukmi bilan 1600 yil 17 fevralida Rimdagi Gullar maydonida gulxanda yondirilgan. Italyan olimi Galilieo Galiley (1564-1642 yillar) ham "Uyg‘onish davri"ning buyuk olimlaridan biridir.  U olamdagi barcha  narsa va hodisalar moddiy asosga ega, olam benixoya, materiya abadiy, tabiat yagona bo‘lib, mexaniqa qonunlariga bo‘ysunadi, deb tushingan.

     Galiley Qadimgi YUnon mutafakkiri Demokritni  ustoz  deb  tan olib, olamdagi narsa va hodisalarning moddiy asosini atom  tashkil qiladi degan g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan.

     Galiley inson o‘z ongida tabiat qonuniyatlarini bilishga qodir, kuzatish, tajriba tabiatni bilishning boshlangich nuktasidir, hodisalarning ichki mohiyatini bilish esa bilishning oliy bosqichidir, bilish jarayoni esa hissiy va aqliy bilimdan iborat, deb hisoblaydi.

XVII- asrning ikkinchi yarmiga  kelib  G‘arbiy  Evropada  xususan Fransiyada bu yangi ilmiy dunyoqarash shunday edi-ki, u asosan  falsafa va burjua siyosiy qarashlari o‘rtasida o‘z aksini topdi. Bu  kurash 1789-1794 yillardagi burjua inkilobida yaqqol  ko‘rindi.  Inkilobni tayerlashda fransuz faylasuf va  ma’rifatparvarlari  Volg‘ter,  Jan Jak Russo, Didro,Lametri, Gelvetsiy, Golbax va boshqalar  ayniqsa, muhim rol uynadilar. Ular din va sxolastikaga asoslangan  falsafaga hamda Fransiyadagi sotsial siyosiy tartiblarga qarshi keskin kurashdilar.

    XVIII - a s r   f r a n s u z    m a t e r i a l i s t i k   f a l s a f a s i  o‘ziga  xos  xususiyatlarga ega. CHunki uning vujudga kelishida o‘tmishi g‘oyaviy  madaniy merosining ijobiy ta’siri katta edi.  Ayniqsa,  Dekart,  Spinoza, Beqon, Gobbs, va Lokning falsafiy qarashlari ta’siri  katta  bo‘ldi va XVII asrga nisbatan mustaxkamroq tabiiy ilmiy tayanchga ega edi. Bu davrda mexaniqa, matematika, astronomiya kabi  fanlar  qatoriga meditsina, fiziologiya, biologiya singari  fanlar  qo‘shildi.  Bu  esa fransuz faylasuflarining materiya va harakat to‘g‘risidagi tasavvurlarning kengayishiga yordam berdi. Fransuz  faylasuflari  inglizlar  ta’limotidagi biryoqlamalikni bartaraf  etdilar.  SHu  sabab,  ular yashagan davrda tabiat fanlari, xususan,  fizika,  ximiya,  biologiya singari fanlar xali shakllanmagan edi. Fransuz faylasuflari biologik va ijtimoiy hodisalarni mexaniqa qonunlari asosida  isbotlashga va tushuntirishga harakat kildilar. Materiyaning bo‘linmas va  o‘zgarmas atomlardan iborat ekanligini e’tirof etib, uning faqat fizikaviy ta’rifini berdilar.  Ularning  fikricha,  insonning  sezgi a’zolariga  ta’sir  qiluvchi  barcha  narsalar  materiyadir. Golbax ta’limoticha materiya jismlarning turlicha  qo‘shiluvchidan  iboratdir. Materiya abadiy, u bordan yo‘q bulmaydi va yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Materiya tabiatdan tashqaridagi kuchga muxtoj emas, u bepoyondir.  Materiyaning to‘xtovsiz harakatini predmetlar va  ularning  xossalarini o‘zgartirib turadi. Fransuz materialistlarining  fikricha,  tabiatning asosiy mohiyati amal qilish, ta’sir etish va  harakatdir.  Ular g‘oyalar haqida fikr yuritib "tug‘ma g‘oyalar"ning bo‘lishini rad  etadilar. Ularning ta’lim berishicha, oddiy g‘oyalar sezgilarimizning mahsulidir. Golbax: "Har qanday g‘oyalar sezgi va hissiy  kabul  qilishning manbai bo‘lgan predmet obrazidir" - deb ezdi.

            Xuddi mana shunday bir davrda yangi davr materializmining asoschisi - Frensis Bekonning filosofik va ilmiy ijodiy faoliyati keng rivojlandi.  Uning asosiy filosofik ishlari  “YAngi organondir”. U sxalostikaga qarshi xujum boshladi va Platon va Pifagor idealizmiga qarshi kurashdi. Bekon ta’limoticha, falasafaning asosiy predmeti - materiya va uning tizimini o‘rganishdir. Uningcha, olam   moddiy: materiya, tabiat - birlamchi, ongimiz esa ikkilamchidir.  Materiya boshlangich kuchga va qonunga ega, u barcha predmet va hodisalarning asosi va bosh sababidir. Materiyaning miqdori doimiydir, u kamaymaydi va ko‘paymaydi, hech narsa yo‘qdan bor va bordan yo‘q bulmaydi. Bekon ta’limotiga ko‘ra, materiya buzilmas shakllarga ega, shakl esa materiyaning sifat aniqligidir, moddiy shakllar zichlik, siyraklik, sovuqlik, og‘irlik, issiqlik kabi turlicha harakatlanuvchi  oddiy sifatlarning moddiy ifodasidir. Bekon bu erda, materiya - turli sifatlarga ega demoqchi..

            Bekonning mana shunday g‘oyalarini sistemalashtirilgan yirik filosoflardan bir Tomas Gobbsdir. Gobbs - filosof,  mantiqshunos, matematik,  estetik, davlat va huquq  nazariyachisi edi. Uning asosiy falsafiy asarlaridan - “Jism to‘g‘risida”, “Inson to‘g‘risida”, “Grajdan to‘g‘risida ”, “Leviafan ” va boshqalardir. U sxolostikaga o‘zil - kesil zarba berdi. Uning ta’kidlashicha, olam - materiyadan, jismlar yig‘indisidan iborat: olamda jismoniy sababdan boshqa narsa yo‘q;  olamdagi hamma narsa va hodisalar -  borliqning turli formadagi ifodasidir. Uning ta’limoticha, olam - moddiy, borliq esa mangudir, lekin ayrim jismlar esa -  vaqtinchadir, chunki ular vujudga keladi va yo‘qoladi. U - olamni - birlamchi, ong, tafakkur esa ikkilamchi deb, tafakkurni fikrlovchi materiyadan ajratish mumkin emasligini ta’kidladi va mana shu erda u Bekon g‘oyalarini sistemalashtirgan edi. Materiya va uning zarrachalari xajm, shakl va mexanik harakat kabi xususiyatlarga ega bo‘lib, ular uzunlik, kenglik va bo‘yga egadir. Demak, bor bo‘lish-miqdorga, shaklga, xajmga  ega bo‘lishdan iborat. Bulardan ma’lumki, u materiyani faqat matematik ma’noda, ya’ni miqdor tomondan  tushunib, narsa va hodisalarning sifatiy farqini inkor etadi. Xid, maza, rang kabi sifatlarning  esa ob’ektiv xarakterini rad etadi. Borliq, Gobbs fikricha, doim harakatda. Uningcha, harakat borliq yoki narsalarning o‘zaro o‘rin almashinuvidan iboratdir. Jism harakatining sababi uning o‘zida emas, balki boshqa jismda, harakat qiluvchi jismdan tashqaridadir.           

            XVII-asrning eng yirik mutafakkirlaridan yana biri fransiyalik Rene  Dekart (1596-1650) edi. Uning asosiy falsafiy asarlari-”Filosofiyaning boshi”,” Metod haqida muloxazalar”, “ Aql raxbarligi uchun qoidalar” va boshqalardir. Uning falsafiy qarashlari duamistik xarakterga ega. Uning fikricha, olamning asosida ikkita, bir-biridan mustaqil, birlamchi sabablar, moddiy substansiya, “fikrlovchi substansiya” yoki xudo yotadi. Uningcha, olam-materiyadan iborat, materiya esa mangu va cheksizdir. Bu erda Dekart olamning oxiri bor deb da’vo qiluvchi sxolastikaga qattiq zarba berdi. Greklarning atom bo‘linmas-degan fikrini noto‘g‘ri, materiya korpuskulalardan iborat, korpuskulalar (moddiy zarrachalar) so‘ngsiz bo‘lina beradi-deb o‘zgartirdi. Uning ta’limoticha, materiyaning mohiyati uning xajmida, moddiy zarrachalar doim harakatda, harakat esa predmetlarning o‘rin almashinuvidan iboratdir. Materiya va harakat doimiy , ular  yo‘qolmaydi.

            Dekart mexaniq harakatni osmon jismlari va hodisalariga ham birinchi bo‘lib tadbiq etdi. Dunyoviy materiya avval bir holatda bo‘lib, doim aylanma harakatda edi. Harakat jarayonida materiya uch elementga bo‘lindi: er elementi (yirik), havo elementi (dumaloq), olov elementi (yupqa, noziq). Aylanma harakat jarayonida materiya markazidan eng qattiq va zich elementlar chetga chiqarib tashlandi va keyinchalik ulardan planetalar vujudga keldi.  Harakatlanuvchi materiyaning markazida qolgan engil elementlardan keyinroq Quyosh va yulduzlar tashkil topdi. SHu ravishda olam asta - sekin hozirgi holatga keldi. Dekartning bu muhim muloxazasi - har qanday miqdor- o‘zgaruvchan, degan yana bir dialektik xulosaga olib keldi. Birok, harakatni mexanistik tushunish Dekartni harakat sababi materiyadan tashqarida, xudoga bog‘liq, degan xulosaga olib keldi.

            Dekart materializmini g‘oyaviy jihatdan yanada rivojlantirgan ilg‘or mutafakkir B.Spinoza (1632-1672) dir. Spinoza gollandiyalik buyuk olim va  XVII - asr falsafasining taniqli vakili hisoblanadi. U badavlat yaxudiy oilasida dunyoga keldi, yoshligidan “Tavrot” bilan shug‘ullandi, so‘ng Dekart falsafasi bilan tanishgandan so‘ng Xristian dini bilan butunlay aloqasini uzdi. Buning oqibati o‘laroq yaxudiylar uni o‘z dinlari va jamoasidan chetlatdilar.

            Spinozaning asosiy asarlari - “Etika ”, “Dekart falsafasi prinsiplari”, “Ilohiy-siyosiy traktat” va boshqalardir. Uning falsafiy sistemasi markazida “moddiy substansiya” tushunchasi yotadi. Uning fikricha,moddiy substansiya hech narsaga, xatto xudoga ham muxtoj emas. Spinoza Dekart qarashlaridagi dualizmni kat’iy rad etdi va dunyoning asosida faqat bir substansiya yotishini e’tirof kildi. Uning fikricha, tabiatda ikki substansiyaning bo‘lishi mumkin emas, bir substansiya ikkinchisining sababi bo‘la olmaydi. Substansiya cheksiz va doimiy bo‘lib, uning yaratilishi ham, yo‘qotilishi ham mumkin emas. Substansiya o‘zidan tashqarida mavjud bo‘lgan qandaydir tashqi kuch bilan bog‘langan emas va o‘z oldiga maqsad ham qo‘ya olmaydi, bu jihatdan tabiatdan farq qilmaydi, balki tabiatning o‘zidir. Spinoza o‘zining materialistik qarashlarini panteizm bilan niqobladi. Uningcha, substansiya- moddiy olamning o‘zidir. Biroq, substansiyani u xudo deb biladi. Spinozaning xudosi esa mohiyati bo‘yicha tabiatning o‘zidir.

            Dekart ratsionalizmiga zid ravishda sensualizm (lot. “sezgi”, “xis”) ni asoslashga harakat qilgan faylasuf Jonn Lokkdir. Jonn Lokk (1632-1703y) XVII  asr Angliya falsafasining  yirik  namoyondasi bo‘lib, u sxolastikaga qarshi kurashda muhim rol uynadi. O‘zining falsafaga doir “Kishi aqli to‘g‘risida tajriba” asarida bilish nazariyasini birinsi o‘ringa qo‘ydi. Jonn Lokk  tug‘ma g‘oyalar haqidagi nazariyani tanqid kildi. Xudo g‘oyasi noaniq va chalkash, deb hisobladi. Uning ta’kidlashicha, kishilar bilimi va turli tuman g‘oyalarning manbai hissiy tajribadir. Barcha bilim va g‘oyalarimiz tajriba va sezgilarimizni kelib chiqqanidir. Kishilar tayyor tug‘ma g‘oyalarga ega bo‘lmaydilar va ega bo‘lishi ham mumkin emas.   Uning ta’limoticha, turli sharoitda yashovchi  kishilarda  narsa va hodisalar, yaxshi va  yomon to‘g‘risidagi tushunchalar, bilimlar ham turlicha bo‘ladi, chunki bu bilimlar - turli sharoitda tashqi dunyoda olingan, bor narsalarning obrazidir, - Lokk sensualizmining mohiyati ham aynan, mana shundadir.

.

            Bu davr sub’ektiv idealistik falsafasining yirik nomoyondalari Jorj Berkli (1684-1753y) va David YUm (1711-1775y)  edilar.



            Berkli o‘z oldiga idealizm bilan dinni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilib qo‘ydi. SHu maqsadda avvalo, materiya   tushunchasini tanqid qildi, ob’ektiv reallikni inkor qildi. Uningcha, materiya mavhum tushuncha bo‘lib, uni hech kim ko‘rgan emas,chunki materiya to‘g‘risida hech qanday sezgilar yig‘indisi (kompleks) ni hosil qilish mumkin emas.

            Berkli olamning borlig‘ini “Men” bilan bog‘laydi. Olamni “Men” va sezgilardan boshqa hech narsa yo‘q, olamdagi narsalar sezgilar yig‘indisidan iboratdir. U “Men” bor - olam bor, “Men” yo‘q - olam yo‘q! degan xulosaga keldi.

            Bilish - deydi Berkli, bu - kurish, eshitish, tam bilish kabilardir. Biz bilishda sezgilarimizdan tashqariga chiqa olmaymiz. Demak, narsalarni sezsak - bor, sezmasak - yo‘q. Mana shu narsaga asoslanib, Berkli inson sezgilaridan tashqaridagi ob’ektiv reallikning mavjudligini inkor etdi. Uning sub’ektiv idealistik falsafani asoslashga bag‘ishlangan asarlari  “Kishi bilishining prinsiplari to‘g‘risida traktat”  (1710), “Uch suxbat” (1713) va boshqalardir.

            David YUm qarashlari Berkli idealizmidan farq qilsa ham, mazmunan unga ancha yaqindir . U ob’ektiv olamning mavjudligini rad etmadi, “ob’ektiv olam mavjudmi?”  - degan savolga; “bilmayman ”- deb javob berdi. Uningcha, ob’ektiv reallik mavjud degan ishonch kuchli  bo‘lsada , buni xozircha na fan , na amaliyot isbot qila oldi. Tabiat bizdan sir saqlaydi- deydi u , fikrini davom ettirib - shuning uchun ham uni bila olmaymiz. Bizning bilish ob’ektimiz ob’ektiv reallik emas, balki sub’ektiv sezgilarimiz xolos. YUm ob’ektiv reallik borligiga shubha bilan qarovchi skeptizm asoschilaridan biri edi. U inson bilimlarining ob’ektiv reallikka mos kelishiga shubha bilan qaradi va narsa va hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni bilish mumkinligini inkor etdi. Uning fikricha, kishilar narsa va hodisalarning takrorlanishi tufayli bir hodisaning ikkinchisini sababi sifatida ko‘rishga odatlanganlar. SHuning uchun ham kishilar hodisalar o‘rtasidagi haqiqiy sababiy bog‘lanishni ochishga ojizdirlar. Va u ob’ektiv sababiyatni inkor etgani holda sub’ektiv mavjudligini e’tirof etdi. Sabab va okibat kategoriyalariga sezgilarning xususiyati sifatida qaradi.

            XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida Rossiyada sxolastika va dinga qarama - qarshi o‘laroq rus materializmi yuzaga keldi. Buning asoschilari M. V. Lomonosov va uning davomchisi A. N. Radishchev edi. Bu davrda  Rossiya G‘arbiy Evropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha qoloq mamlakat edi. Rossiya mayda feodal knyazliklarga bo‘lingan bo‘lib, uni uzoq asrlar davomida nemis, shved, tatar, mo‘g‘ul, turk va boshqa bosqinchilar talon - taroj  qilib keldilar. Rossiya o‘zining juda keng va boy maydonlariga, ko‘p sonli axolisiga ega bo‘lsada,  lekin  dengiz yo‘liga ega emas va buning oqibatida boshqa mamlakatlar bilan zarur iqtisodiy aloqalari yo‘q hisobi edi. Bundan tashqari mamlakat ichkarisidagi zulm va ekspluatatsiya  okibatida sinfiy ziddiyatlar ham keskinlashib borayotgan edi. Bu kabi ziddiyatlar ideologiya sohasida ham o‘z aksini topgan edi.  M. V. Lomonosovning faoliyati  mana  shu davrda, aniqrog‘i XVIII -  asrning 40 - yillarida boshlandi.

            M.V. Lomonosov (1711-1765y) Arxangelsk guberniyasining  Xolmogor uezdida o‘rta xol dexqon oilasida tug‘ildi. U 1730 yilda Moskvadagi Slavyan-grek-lotin akademiyasida, so‘ng xorijiy  mamlakatlarda ta’lim olib, 1741 yili Rossiyaga qaytib keldi va Fanlar akademiyasida o‘z faoliyatini boshladi. U Rossiyaning eng buyuk va iste’dodli qomuschi olimi edi. Falsafa sohasida esa u materialist edi. U idealizmni keskin rad etdi. Falsafaning asosiy masalasini hal etishda materializmning birlamchi va ongning esa ikkilamchiligini ta’kidladi. Tabiatdagi barcha narsalar  materiyadan tashkil topgan, ularning mohiyati ham materiyadir - deb ko‘rsatadi u. Materiya - tabiatdagi narsalarni barpo etuvchi moddiy asos va mohiyatdan iborat, narsalarda yuz beruvchi hodisalarning sababi - ularning moddiy tabiatidir. Moddiy jismlar, uningcha, materiya va shakl birligidan iborat bo‘lib, ularning shakli materiyaga bog‘liqdir. SHaklni mazmunga nisbatan birlamchi deb da’vo qiluvchi idealistik fikrlarni rad etib, u, shakl - mazmunning ifodasi deb ta’kidladi.

            Rossiyada M. V. Lomonosov ta’limotining bevosita davomchisi  A. N. Radishchev hisoblanadi. U 1749 yil Saratov guberniyasining Kuznetsk uezdida boy pomeshchik oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumot olib, so‘ng Germaniyaga o‘qish uchun yuboriladi. O‘sha paytda Germaniyada xukmron bo‘lgan metafizika va Leybnits - Volf idealizmi uni qiziqtirmaydi, XVIII asr fransuz materialistlari asarlarini qunt bilan o‘rganadi. Va so‘ngra M. V. Lomonosov, Kepler, Nyuton va boshqa olimlar kashfiyotlarini  o‘rganib  ularning ta’limotlari izidan boradi.  Uning falsafiy dunyoqarashi “Peterburgdan Moskvaga sayohat”, “Inson, uning o‘lishi va o‘lmasligi to‘g‘risida ”, “Ushakovning hayoti” va boshqa asarlarida ifoda etilgan.

            U “birinchi sabab” to‘g‘risidagi nazariyalarni rad etdi. Uningcha, olam moddiy, materiya esa - mangudir. Materiya insongacha bor bo‘lib, u uni biluvchi insondan mustaqil va o‘ziga mavjuddir. U materiyaning yo‘qolishi to‘g‘risidagi fikr quruq hayoldan iboratligini ta’kidlaydi, narsalar va harakat (kuch) miqdori olamda hech vaqt ko‘paymaydi va kamaymaydi.

           


Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling