Nurota tuman XTMFMTTEB ga qarashli 7-maktab internat ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi
Sinf: 8
Fan: Adabiyot
O’qituvchi: Otaboyev Akbar Akmalovich
O’tilgan mavzu: Usmon Nosir hayoti va ijodi qirralari.
Yangi mavzu: Usmon Nosir ijodidan “Nil va Rim” she’ri tahlili
Darsning maqsadlari:
1.Darsning ta’limiy maqsadi.
O’quvchilarga Usmon Nosir hayoti va ijodi ziddiyatlari haqida ma’lumot berish.Uning ijodi bilan o’quvchilarni yaqindan tanishtirish;
2.Darsning tarbiyaviy maqsadi.
Adolat va qabohat tuyg’ularining formulasini ochish,kimning kim ekanligini suratga qarab emas,siyratga qarab baho bera olishiga ko’maklashish;
3.Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.
O’quvchining tarix va zamon,she’r va shuur,ijod va ijodkor dunyosini mustaqil fahmlay olishi,erkin tahlil eta olishi,ulardan xulosa yasay olishi,bahsga kirisha olishiga sababchi bo’lish;
Darsda olib boriladigan usullar:
1. Aqliy hujum(Klaster usuli yordamida)
2.Individual jang
3.Rang tasvir va kino bilan ishlash
4. Bahs
5.Fikrlar himoyasi
Darsda foydalaniladigan metod: Interfaol
Ko’rgazmali qurollar:
darslik;
she’riy to’plam;
portret;
a-4 qog’ozi;
“Gladiator”kinosidan lavhalar;
qadimgi Rim va Misr hayotidan rasmlar;
buklet;
albom;
Darsning fanlararo integratsiyasi:
1.Tarix - Usmon Nosir va Qadimgi Rim,Qadimgi Misr;
2.Siyosatshunoslik - Ijodkor yashayotgan muhit tuzumi;
3.Geografiya - she’r xaritasi;
4.Tasviriy san’at - zamon siyratining she’rdagi surati;
5.Mantiq(Logika) - she’rning ichki va tashqi mantig’I;
6.Mehnat - aql va yurak birligi-ishchan tafakkur otashkuragi;
7. “2010-yil Barkamol avlod yili” bilan uzviy fikrlar.Usmon Nosir istagan yil;
8.Ona tili - so’z san’atining mohirona tajassumi;
Darsdagi talablar:
-o’zaro hurmat;
-faollik;
-erkin fikr bera olish;
-dars-teatr,lekin siz tomoshabin emassiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |