Fan: Alifbo.
Sinf: 1 “G” -sinf.
Sana:15.12.2015
Mavzu: X harfi va Xx tovushi.
O`quv materiali:Yaxshi bola matni.
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarni Xx tovushi va Xx harfi bilan tanishtirish,X tovushini talaffuz qilishga o`rgatish, yangi so`zlar bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ona tabiatni asrashni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning so`z boyligini o`stirish, mustaqil va mantiqiy fikrlash, nutqini o`stirish malakasini rivojlantirish,lug`atdan xabar, orasta, intiladi so`zlar bilan boyitish.
Darsni turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: Analitetik-sintetik tovush metodi,suhbat, tushuntirish, munozara, ko`rgazmalilik.
Dars jihozi: Daska, darslik, kesma harflar, rag`bat kartochkalari, “Iztopar” o`yini, AKT, ko`rgazmalilik .
Darsning texnologik xaritasi
Darsning borishi
|
Usul
|
Vaqt
|
I. Tashkiliy qism
|
Suhbat
Siyosiy daqiqa
|
5 minut
|
II. Uyga berilgan vazifani so`rash
|
Savol-javob
|
8 minut
|
III. Yangi mavzuni tushuntirish
|
Suhbat, tushuntirish, munozara,ko`rgazmalilik
|
15 minut
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
|
O`quvchilarga savollar berish, x tovushini undosh tovush sirasiga kirishi aytiladi,so`zlarni bo`g`inlarga bo`lish
|
10 minut
|
V.Darsga yakun yasash va baholash.
|
Xx harfi, x tovushi ishtirik etgan so`zlar andozasinichizish.
|
5 minut
|
VI.Uyga vazifa.
|
Tushuntirish
|
2 minut
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
So’zlarning eng shirini
Ochiq aytsam sirini
Odob bo`g`in sharbatin
Qalb gavharin qimmatin
Ko`ngillarni shod etgan
Qaysi shirin so`z ekan
Assalomu alaykum.
O`qituvchi
Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir
O`tib olsak sinovdan
Hammamizga yaxshidir
Balajonlar omonmisiz
Bugun darsga tayyormisiz
O`quvchilar.
Ha ustozim omonmiz
Doim faol hushyormiz.
Davomatni olish.
II.Uyga berilgan vazifani so`rash va o`tilgan mavzuni takrorlash.
O`quvchilar o`tilgan hariflarni takrorlab kelish.
O`tilgan V tovushini o`qish .V harfidan so`zlar ayttirish.
Vatan,vodiy, Vohid,Mavjuda.
Tovus, tovuq,Navoiy, Gavhar.
Darslik bilan ishlash:
Aka-singil suhbatini matnini ifodali o`qish va qayta hikoyalash har bir qatordan yaxshi nutq egasini aniqlash.
Dam olish daqiqasi:
O`yin topishmoq.
Kichkina dikсha,
Ichi to`la ma`no.
U har birimizda bor,
Usiz biz maktabga kelmaymiz.
Qat-qat qatlama
Aqling bo`lsa tashlama.(KITOB)
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
Analitetik-sintetik tovush metodi, X tovushi bilam tanishtirish va to`g`ri talaffuzi o`rgatiladi atrafda xo`roz,tovuqlar va xurmo, paxta rasmi tasvirlangan.
O`qituvchi X harfi tushirilgan ko`rgazma ko`rsatib qattiq X ekanlkigi aytib o`tiladi. Xo`roz so`zi bo`g`inlarga ajratiladi.
Xo`-roz ikkita bo`g`in, beshta harf, bitta so`z ekanligi aytib o`tiladi.
O`qituvchi o`quvchilarga X tovushini talaffum qilishda o`pkadan chiqayotgan havo oqimi to`siqqa uchrab tamag`imizni qirib chiqadi.
O`quvchilarga X harfidan so`zlar topishni ayradi.
Xat, xo`raz, xola, xona, paxta, taxta, xurmo,Xorazm, Xurshid.
O`qituvchi xat taxtada so`zlarni o`quvchilarga o`qib beradi. Keyin o`quvchilar birgalikda o`qishadi.
Yaxshi bola.
Yaxshib bola o`qishni va mehnatni sevadi. Ozoda va orasta yuradi. Salom va odobni kanda qilmaydi.Vatanni qadrlaydi.Hammaga yaxshilikni xohlaydi. Yaxshilar suhbatiga intiladi.Yomonlar suhbadidan qochari.
Matn“Zanjir” usulida bolalarga o`qitiladi.
Kesma harflar va bo`g`inlardan so`zlar tuzish.
Xat.xum. paxta.Buxoro. Xayrulla so`zlarini tuzadilar.
Lug`at ishi.
Xabar-daraxt, axborat, ma`lumat.
Orasda-tartibga solingan,ozoda bezatilgan.
Intiladi-birob narsaga erishish uchun harakat.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
So`z top o`yini.
Xayrulla,xo`roz,xabar,Xurshida,Xolida,Xorazm.
Darslikdagi mavzu ichdan o`qish mashqi o`tkaziladi.
Test o`tkazish.
Qaysi so`zlarga x harfini qo`yib o`qish mumkunligi ayyib o`tiladi.
.ot, .et, .at
Gul. an, gul. on, gul. or
V. Darsga yakun yashash va baholash.
Dars yakunida faol qatnashgan o`quvchiular rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |