Fan: Buxgalteriya xisobi Guruh: sbha-80 Bajardi: Temirov Ulug’bek Tekshirdi: Xayitboev M. I. Reja


Download 1.39 Mb.
bet1/2
Sana27.03.2022
Hajmi1.39 Mb.
#615999
  1   2
Bog'liq
BUX XISOB
badiiy san'at turlari, Документ, Mehnat muhofazasi, Mehnat muhofazasi, 2 5222413510171953195 obj 8, ишчи дастур 2020 Энг янги тарих, ишчи дастур 2020 Энг янги тарих, Fizika olimpiada test, sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni, 13-mavzu Ijtimoiy sheriklik. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega b, 13-mavzu Ijtimoiy sheriklik. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega b, kGxeJgEcwClXyHe7fxhzDGWaiup1898bxHGAeWL8 (2), 7 tajriba f, Axborot Xavfsizligi haqida, Заявление на вывод (new)





Fan: Buxgalteriya xisobi


Guruh: SBHA-80
Bajardi: Temirov Ulug’bek
Tekshirdi: Xayitboev M.I.


Reja:
1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
2. Balansning tuzilishi va uning moddalari
3. Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar


1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha Korxonalarning xojalik mablaglari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida harakatda boladi va davrlar boyicha ham miqdor, ham qiymat jihatidan ozgarib turadi. Xojalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish uchun korxona qanday mablaglarga ega, ularning tarkibi va qaerda joylashganligi hamda bu mablaglar qanday manbalardan tashkil topganligi togrisida aniq ma’lumotlar bolishi zarur. Xojalik mablaglarining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi ozgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul olchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementlaridan biri – balans yordamida amalga oshiriladi. Balans yordamida xojalik mablaglari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va tashkil topish manbalari togrisidagi ma’lumotlarga ega bolinadi. Balans usulidan faqat buxgalteriya hisobidagina foydalaniladi deb tushunish notogridir. Bu usuldan rejalashtirish, ta’minot, statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi. Shuning uchun ham balans usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish kop fanlarda qollaniladigan umumiy usullar qatoriga kiradi. Buxgalteriya hisobida xojalik mablaglari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga kora aks ettirilishi hisobga olinib, balanslar tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor qilinadi. Korxona xojalik mablaglarining turlari va joylanishi hamda bu mablaglarning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil qiladi. Buxgalteriya balansida korxonaning xojalik mablaglari va ularning tashkil topish manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga pul olchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida sodir bolgan xojalik muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga asoslanib buxgalteriya provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik schyotlariga tarqatiladi. Hisobot davri ohirida sintetik schyotlar boyicha aylanm vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri boshidagi har qaysi sintetik schyotning boshlangich qoldigi, hisobot davrida sodir bolgan aylanma summasi va hisobot davri ohiriga qoldiq summasi korsatiladi. Shuni qayd qilib otish kerakki, korxona xojalik mablaglari va ular manbalarining kundalik xojalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida tola baho berib bolmaydi. Darhaqiqat, kundalik xojalik faoliyatidagi ozgarishlarni aks ettirib turish uchun buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi usulidan foydalaniladi. Lekin xojalik mablaglari va ular manbalarining harakatini, ularda sodir bolgan ozgarishlarni ma’lum bir sanaga toplab aks ettirish talab qilinadi, chunki bunday yigib tasvirlash korxona xojalik mablaglarining, bir tomondan, tarkibi va holatidagi davriy ozgarishni korsatsa, ikkinchi tomondan, ularning tashkil topish manbalaridagi ozgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u xojalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur hulosalar olish uchun muhim material hisoblanadi.

2.Balansning tuzilishi va uning moddalari Bunday toplash buxgalteriya hisobi usulining balans usuli yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, buxgalteriya balansi korxonaning xojalik mablaglarini, bir tomondan, tarkibi, holati, joylanishi boyicha, ikkinchi tomondan, qanday manbadan paydo bolishiga qarab ma’lum bir sanaga pul olchovida yigib aks ettirish usulidir.


Buxgalteriya hisobi boyicha xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi balans hisoboti deb yuritiladi. Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bolgan moliyaviy holatini korsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bolgan majburiyatlari hamda aksiyali jamiyat shaklida faoliyat qiladigan korxonaning aksiyali kapitalining tafsiloti bilan berilgan royhatini korsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atalishiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bolgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishidir. Korxona kapitali – bu korxona o`z aktivlariga egaligidir. Korxona majburiyatlari esa muayyan korxona aktivlariga uning kreditorlari tomonidan egaligidir. Balans hisoboti boyicha korxona aktivining qiymati uning kapitali qiymati bilan majburiyatlarining summasini yigindisiga teng keladi. Yagona buxgalteriya balansining aktivida ham, passivida ham ikkitadan bolim bor: Korinib turibdiki, buxgalteriya balansi ikki tomonli korinishga ega bolib, uning chap tomoni aktiv, ong tamoni esa passiv deb nomlanadi.
Aktiv tomonida xojalik mablaglarining turlari, joylanishi korsatilsa, passiv tomonida esa shu mablaglarning paydo bolish manbalari va qanday maqsadga ishlatilishi aks ettiriladi. Buxgalteriya balansining ikkala tomoni ham bir qancha moddalarga bolinadi. Demak, buxgalteriya balansi moddasi deb iqtisodiy jihatdan bir xil bolgan xojalik mablaglarining ma’lum bir turi yoki xojalik mablaglarining tashkil topish manbaini balansda alohida aks ettiruvchi korsatkichga aytiladi.
Aktiv tomonidagi balans moddalarining yigindi summasi passiv tomonidagi balans moddalarining yigindi summasiga teng bolishi shart. Chunki balansning aktiv va passiv tomonida xojalik mablaglari va shu mablaglarning tashkil topish manbalari ikki tomonlama aks ettiriladi. Balans moddalarini guruhlashtirish xojalik mablaglarining maqsadga muvofiq foydalanishini tola nazorat qilish va korxonaning faoliyatini tahlil qilish uchun imkoniyat yaratadi. Buxgalteriya balansini tuzishda oldingi bobda korsatib otilgan xojalik mablaglari va manbalarining guruhlanishi asos bolib xizmat qiladi. Shunga asoslanib korxonalar yagona buxgalteriya balansining shakli umuqabul qilingan.

Aktiv moddalarining hususiyati shundaki, ular xojalik mablaglarining tarkibi, holati va joylanishini korsatadi. Masalan asosiy vositalarning tarkibini har bir turi boyicha moddiy qiymatliklarni, pul mablaglarini va haqazo.


Passiv moddalarida esa xojalik mablaglarining paydo bolish manbalari va ularning qanday maqsadga moljallanganligi aks ettiriladi. Masalan, hamma fondlar, korxonaning turli xil qarzlari, joriy yilda olingan foyda va h.k.lar aks ettiriladi. Balanslar ozlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki, hisobot va tugatish balanslariga bolinadi:
Korxona oz faoliyatini boshlashda dastlabki yoki boshlangich balans tuziladi. Bu passivida bu mablaglar qanday manbalardan tashkil topganligi korsatiladi; Hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi. Korxonalar oylik, chorak va yillik hisobot balanslarini tuzishlari mumkin. Bu balanslar, odatda, hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga bolgan xojalik mablaglari ularning joylanishi va tashkil topish manbalarini guruhlashtirgan holda korsatadi; Tugatish balansi korxona tugatilayotgan bolsa, shu tugatish kuniga bolgan uning mablaglarini, ularning joylanishi va tashkil topish manbalarining holatini korsatish uchun tuziladi.

3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar Korxonaning xojalik mablaglari va manbalari xojalik jarayonida doimo harakatda boladi. Sodir bolayotgan jarayonlarning har birini oz vaqtida hisobga olib borish zarurdir.


Chunki har bir jarayonda koplab xojalik muomalalari amalga oshiriladi, ularning ta’sirida xojalik mablaglarining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalari ozgarishi mumkin. Bu ozgarish oqibati buxgalteriya balansining ozgarishiga sabab boladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonida xojalik mablaglari va ularning paydo bolish manbalari aks ettiriladi. Buxgalteriya balansini xojalik muomalalari ta’siri ostida ozgarishini yakqolroq tasavvur qilish uchun korxonada sodir bolgan bir necha xojalik muomalalarini misol tariqasida keltiramiz. Masalan, korxonada qoyidagi xojalik muomalalari sodir boldi: Birinchi muomala. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi tolash uchun korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1.173.000 som naqd pul olindi. Bu muomala balansining aktiv qismidagi «Kassa» moddasidagi pul mablagining kopayishiga va «hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablagining kamayishiga sabab boladi. Ikkinchi muomala. Asosiy ishlab chiqarishga korxona ta’minot bolimining omboridan 123.500 somlik hom-ashyo xarajat qilindi. Bu muomala natijasida balansning aktiv qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasidagi xarajatlar ko`payib, «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar summasi kamayad Uchinchi muomala. Korxona omboridan mol sotib oluvchi xaridorlarga 586.000 somlik tayyor mahsulot jonatildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi «Debitorlar bilan hisob-kitoblar (mollar, ishlar va xizmatlar)» moddasida kopayish va «Tayyor mahsulot» moddasida kamayish sodir boldi. Korinib turibdiki, bunday xojalik muomalalari buxgalteriya balansining faqat aktiv tomonidagi moddalarda ozgarish sodir qildi yoki xojalik muomalasi ta’siri bilan balansning aktiv tomonida bir modda summasi kopayib, ikkinchi modda summasi kamaydi. Bunday xojalik muomalalari ta’sirida balansning faqat aktiv qismida tegishli moddalari summalarda ozgarish sodir boladi, lekin balansning passiv tomonia va umumiy summasiga ta’sir qilmaydi. Demak, xojalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir boladigan birinchi xil ozgarish deb, xojalik mablaglarining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan, balansning aktiv tomondagi tegishli moddalarda ozgarishga sabab boladigan, lekin balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan ozgarishga aytiladi. Oyning ikkinchi kunida qoyidagi xojalik muomalalari amalga oshiriladi. Tortinchi muomala. Xodimlarga hisoblangan mehnat haqidan 116.000 som daromad soligi ushlandi. Bu muomala ta’sirida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasidagi summasi kopayib, shu moddaning «Mehnatga haq tolashga doir» moddasiga summa kamaydi.
Beshinchi muomala. Oz vaqtida talab qilib olinmagan kreditorlarning 151.200 somlik ish haqi davlat budjetiga hisoblab qoyildi. Bu muomala natijasida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasi summasi kopayishi va «Mollar va xarajatlar uchun» moddasining summasi kamayishi sodir boldi. Oltinchi muomala. Ta’tilga chiqqan ishlab chiqarish xodimiga 120.000 som ta’til haqi kelgusida qilinadigan xarajatlar va tolovlar zahiralari hisobidan hisoblanadi. «Kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar» moddasi summasini kamaytiradi.tomonida ozgarishga olib keldi yoki passiv tomondagi bir modda summasi kopayib, ikkinchisi esa kamaydi. Shu turdagi xojalik muomalalarining hammasida ham balansning passiv tomonidagi moddalarda ozgarish boladi, ammo balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydi. Xojalik muomalalari ta’sirida balansda roy beradigan ikkinchi xil ozgarish deb, xojalik mablaglarining tashkil topish manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda ozgarishga sabab boladigan, lekin balansning aktiv tomoni va umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan ozgarishg aytiladi. Ettinchi muomala. Korxona ta’minot bolimining omboriga mol yetkazib beruvchilardan 1.138.600 somlik asosiy materiallar qabul qilindi. Bu materiallar uchun hali pul otkazib berilgani yoq. Bu xojalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansi aktiv tomonidagi «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar summasida kopayish va passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning qarzida ham kopayish sodir boldi.
Sakkizinchi muomala. Korxonadagi asosiy vositalardan foydalanish davomida eskirish summasi aniqlanib, amortizatsiya ajratmasi sifatida xarajatga 836.000 som qoshildi. Bu summaga balansning aktiv qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasida xarajatlar kopaydi va passiv qismidagi «Asosiy vositalarning eskirishi» moddasida manba summasi ham kopaydi. Toqqizinchi muomala. Bankdan 2.850.000 som qisqa muddatli ssuda olindi va korxonaning hisob- kitob schyotiga otkazildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablagida kopayish va passiv qismidagi «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» moddasidagi korxonaning bankdan qarzida ham kopayish sodir boldi. Sodir bolgan xojalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansining ham aktiv qismidagi va ham passiv qismidagi mos moddalarda ko`payishga olib keldi.
Korinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktiv, ham passiv tomonida kopayish sodir boldi, shuningdek, balansning umumiy summasi ham kopaydi. Ammo aktiv va passiv tomonlar yigindisining tengligi hamma vaqt buzilmaydi. Xojalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida roy beradigan uchinchi xil ozgarish deb, xojalik mablaglarining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan, balansning aktiv tomonidagi tegishli moddasida va shu mablaglarning manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddasida bir vaqtda, bir xil summaga kopayish sodir qiladigan, shuningdek, balansning umumiy summasini ham kopaytiradigan ozgarishga aytiladi. Oninchi muomala. Korxona xodimlariga 1.074.000 somlik ish haqi kassadan tolandi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Kassa» moddasidagi mablaglar qoldigi hamda passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mehnatga haq tolashga doir» kichik moddasidagi korxonaning ishchilardan qarzi kamayadi. On birinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan 351.120 somlik budjetga bolgan qarzi otkazib berildi. Bu xojalik muomalasi natijasida balansning aktiv tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablagi va balansning passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Budjet bilan» kichik moddasidagi budjetga bolgan qarz summasi kamayadi. On ikkinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilar uchun 315.480 som pul berildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasida pul mablagi va balansning passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning kreditor qarzi summasi kamaydi. Keltirilgan xojalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansining ham aktiv qismidagi moddalarda, ham passiv qismidagi moddalarda kamayishga olib keldi. Bu yerda kop hollarda uchinchi xil ozgarishlardagi xojalik muomalalarining teskarisi sodir bo`ladi. Balansning aktivida ham, passivida ham muomalalar ta’sirida kamayish
Xulosa
Buxgalteriya balansi - xo’jalik mablag’larini ularningturlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir. Yangi xojalik yuritish sharoitida korxonalar faoliyatlarini nazorat qilish va uni takomillashtirishida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan faol foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi va audit boyicha mutahassislarning roli beqiyosdir. Shu munosabat bilan ularni tayyorlash ham yaxshilanishi zarur. Buxgalteriya hisobi va audit boyicha mutahassislar samarali xojalik yuritishga komaklashishlari, iqtisodiy vaziyatlarida tez va xatosiz moljal olish, bozor iqtisodiyotining tendentsiyalarini tushunishlari zarur. Shunday ekan, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” kursi boyicha tayyorlangan ushbu ma’ruza matnlari korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish asoslari mavzularini yoritgan. Ushbu mavzularda buxgalteriya hisobining predmeti, usullari, buxgalteriya balansi, schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozuv, hisobot kabi masalalar korib chiqilgan. Ushbu ma’ruza matnlari iqtisodiy yonalishlar boyicha bakalavr yonalishlari talabalari uchun moljallangan. sodir bolmoqda, shuningdek, tegishli summaga balansning umumiy summasida ham kamayish sodir bolmoqda. Bu yerda ham yuqoridagilardek aktiv va passivning tengligi buzilgani yoq. Xojalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir boladigan tortinchi xil ozgarish deb, xojalik mablaglarining tarkibi va joylashganligini aks ettiradigan balansning aktiv tomonidagi tegishli moddalarda va shu mablaglarning manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda bir vaqtda kamayish sodir qiladigan shuningdek, balansning umumiy summasini kamaytiradigan ozgarishga aytiladi. Binobarin, yuqorida keltirilgan misol hamda izohlarga kora xojalik muomalalari ta’sirida birinchi va ikkinchi xil ozgarishlarda ozgarish faqat balansning aktiv qismidagi moddalar ichida yoki passiv qismidagi moddalar ichida alohida kopayib, ikkinchisining kamayishiga olib kelib, shu bilan birga balansning aktiv va passiv qismilarida umumiy summa ozgarishsiz qoladi. Uchinchi va turtinchi xil ozgarishlarda esa ozgarish balansning aktiv qismidagi tegishli moddalarni ham, uning passiv qismidagi tegishli moddalarini ham bir vaqtda kopaytiradi yoki kamaytiradi, shu bilan birga balansning umumiy summasiga ham ta’sir qiladi, ya’ni yoki kopaytiradi yoki kamaytiradi. Demak, har qanday xojalik muomalasi balansda korsatilgan tort xil ozgarishdan birining bolishiga sabab boladi. Har bir xojalik muomalasi balansda ikkita bir-biriga teng ozgarish sodir qiladi, bu narsa xojalik mablaglarining aylanishidagi hususiyatidan kelib chiqadi, chunki takror ishlab chiqarish jarayonida ikki tamonlama ozgarish, ya’ni yoki xojalik mablaglarida, yoki uning manbaida, yoki bir vaqtda ham mablagda, ham manbada sodir boladi. Lekin har qanday xojalik muomalasidan keyin ham balansning aktiv va passiv tamonlarining jami summasidagi tenglik saqlanib qolishi shartdir. Korxona xojalik mablaglarini, uning paydo bolish manbalarini, shuningdek, jarayonlarini joriy hisobga olish amaliyoti bir xojalik muomalasidan keyin buxgalteriya balansi tuzish imkoniyatini bermaydi. Chunki bir kunda bir necha yuzlab xojalik muomalalari amalga oshirilishi mumkin.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling