Fan: ona tili


Download 18.63 Kb.
Sana18.11.2019
Hajmi18.63 Kb.

FAN: ONA TILI

MAVZU: BO’G’IN KO’CHIRISH

MAQSAD:

TA’LIMIY MAQSAD:

So’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, bo’g’inni unli tovush hosil qilishni, bo’g’inga ajratishni bilish, o’qitish malakalarini yaxshi o’zlashtirish imkonini berish, bolalarga tushuntirish imkonini berish, ongiga yetkazish.



TARBIYAVIY MAQSAD:

Vatanga tabiatga muhabbat uyg’otish.



RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD:

Bo’g’in ko’chirish haqidagi bo’shliqni to’ldirish.



DARSNING JIHOZI:

Mavzuga mos ravishda rasmlar, archa o’yinchoqlari, raqamlar, tarqatma materiallar.



DARSNING METODI: Suhbat. Savol javob, ko’rgazmalilik, mustaqil ish uslubi.

 

 

DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism: O’qivchilarni darsga tayyorlash, daftarlarini almashtirish, darsga qiziqish uyg’otish.

Bugungi kun haqida suhbat o’tkazish. Dars maqsadini tushuntirish. O’quvchilar bilimidagi bo’shliq {Bo’g’in} mavzusini boshqotirma asosida topish.

Rasmlardagi birinchi  harflarni yig’sak bugungi kun mavzusu hosil bo’ladi.

o’rgimchak,         , ikki, non.

Bo’g’in  baliq, o’rgimchak, g’oz,  ikki, non so’zlari bo’g’inlarga bo’lib aytiladi. So’zlar qanday bo’g’inlarga bo’linadi? Degan savolga javob toppish.

Bir bo’g’inli so’z {nok}ni sinf tahtasiga yozib, unli undosh tovushlar bo’yicha tahlil qilish.



Darsni ertaklar olamiga sayohat qilish bilan davom ettiramiz!

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir jannatmakon, serquyosh yurtda Donoxon degan qizcha yashar ekan. U juda aqlli, odobli, dono qiz ekan. Donoxon jyda ko’p kitob o’qir ekan. Bir kuni u ertaklar olamiga tushub qolibdi. Ertaklar olamini sayohat qilibdi. Qizchani ertaklar olami sehrlab qo’yibdi. U qaysi yurtdan kelganini esidan chiqaribdi. Donoxon o’z yurtiga qaytmoqchi bo’libdi yu, lekin yurtini eslolmabdi. Yo’lda ketayotib bir daraxtga uchrabdi. U daraxtdan yordam so’rabdi. Daraxt ertaklar olami qonuniga asoslanib, unga topshiriq beribdi.

 

Bolalar birgalikda Donoxon bilan topshiriqni bajaramiz.



  1. Rasmlarga qarab so’zlarni bo’g’inlarga bo’lish.

1 bo’g’in { qu }

2 bo’g’in {yon }

1 bo’g’in { ki }

2 bo’g’in {tob }

1 bo’g’in { ba }

2 bo’g’in {liq }

Bu topshiriqlarda baliq so’zini sinf taxtasiga yozib tahlil qilinadi. Baliq so’zi 5 ta tovush, 5 ta harfdan iborat. Unlilar 2 ta {a i}, undosh tovush 3ta {b l q}, 2 bo’g’indan iborat. Bolajonlarim e’tibor berib qarang. Har bir so’zimizda nechta unli tovush bo’lsa shuncha bo’g’in hosil qilmoqda. Demak, nechta unli tovush bo’lsa shuncha bo’g’in hosil bo’lar ekan. Buni albatta Donoxon ham, siz ham bilib oldingiz.

Daraxtning keying topshirig’i.

Rasmlarga qarab rasm nomlarini nechta bo’g’inga ajratilganligini raqamlar bilan ko’rsatish.

4 bo’g’in,         2 bo’g’in

 

1 bo’g’in,     2 bo’g’in.



4 bo’g’inli asalari so’zini sinf taxtasiga yozib tahlil qilinadi. A\ sal\ a \ ri.

Biz daraxt bergan vazifalarni a’lo darajada bajarganimiz uchun u Donoxonga {O’Z} yozuvini berdi. Donoxon yo’lda davom etdi. Uning oldidan suv chiqibdi. Donoxon suvdan o’tishi kerak. Suv donoxonga keying topshiriqni beribdi

Suv Donoxonga topishmoqlarga javob berishini so’rabdi.

O’zi parranda, ertalablari qichqirib hammani uyg’otadi.

{2 bo’g’inli so’z  XO’ROZ}

Osti tosh, usti tosh,       O’rtasida jondor bosh. {3 bo’g’inli so’z  TOSHBAQA}

Yomg’irdan so’ng chiqadi,

Cho’tir qalpoq kiyadi.

{4 bo’g’inli so’z QO’ZIQORIN}

Sinf taxtasiga {Qo’ziqorin} so’zini yozish va tahlil qilinadi. Topshiriqlarni bajargandan so’ng suvda ko’prik paydo bo’libdi va Donoxonga {BE} yozuvini beribdi. Donoxon suvdan o’tib, yo’lda davom etibdi. Yo’lda sehrli sandiqqa uchrabdi. Sandiq ham unga bir topshiriq beribdi.

Tushurib qoldirilgan bo’g’inga qo’shib so’z yasang.

{YIQ}    {A}

{YON}   {QU}

{LAK}      {PA}    {KA}

Bu topshiriqlardan kapalak so’zini sinf taxtasiga yozib tahlil qilinadi. KAPALAK so’zi 7 ta tovush, 7 ta harf, 3 bo’g’inli so’z, unli tovushlar 3 ta {a,a,a}, undosh tovushlar 4 ta {k,p,l,k}. Sehrli sandiq eshigi ochilib sandiq ichidan {KIS} yozuvini Donoxonga berdi. Donoxon yo’lda davom etib bir chiroyli shaharga kirib kelibdi. Bu shahardan bir bola chiqib Donoxonga {TON} yozuvini beribdi va o’z yurti O’ZBEKISTON diyorini eslabdi.

Sinf tahtasiga O’ZBEKISTON so’zini bo’g’inlab yozish.

Bizning Vatanimizning nomi nima?

Vatan deganda nimani tushunasiz?



MUSTAHKAMLASH

Donoxon yurtida {Navro’z} bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlangan ekan. Donoxon siz bolajonlarga bu bayramga qatnashishlaringiz uchun guldastalar berib yuboribdi. Guldasta sehrli ekan. Guldastaning gul barglarida berilgan so’zlarni  bo’g’inlarga to’g’ri bo’lgan o’quvchilar bayramga taklif qilinadi.

{do’lana, o’sadi}, {mevasi, buvisi},

{tuxum, oppoq}     {chana, quyosh}.



Darsni yakunlash: dars davomida faol qatnashganlar, so’zlarni to’g’ri bo’g’inlarga bo’lgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: 74 mashq.
Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling