Fan: O’zbekiston tarixi Sinf 8 Darsning mavzusi: Qo’qon xonligibining davlat boshqaruvi Darsning borishi: I. Tashkiliy qism


Download 15.13 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi15.13 Kb.
#102163
Bog'liq
8-sinf O'zbek tarixi




Fan: O’zbekiston tarixi Sinf 8
Darsning mavzusi: Qo’qon xonligibining davlat boshqaruvi

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II. O’tgan mavzuni so’rash:

1. Qaysi Qo‘qon xoni davrida kambag‘al va qalandarlarga yer maydonlari va chorva mollari berilib, ular mehnatga jalb qilingan edi?

A) Muhammad Alixon B) Umarxon C) Olimxon D) Xudoyorxon

2. Amir Nasrullo Qo‘qon xonligini bo‘ysundirgach, bu yerga kimni noib etib tayinlagan edi?

A) Olloqulini B) Ibrohim dodxohni C) Abdurahmonbiyni D) Eshim Sultonni

3. Amir Nasrulloning Qo‘qon xonligiga qilgan ikkinchi yurishi nima sababdan muvaffaqiyatsiz tugadi?



A) Xiva xoni Ollohqulixonning Buxoroga qilgan yurishi

B) Qishning erta kelishi va amir qo‘shinlarining yurishdan bosh tortishi

C) Qo‘qon xonligiga Musulmonqul boshchiligidagi qipchoqlarning yordamga kelishi

D) Buxoroda amirga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon

4. Soliqlarning haddan tashqari og‘irligidan norozi bo‘lgan O‘sh xalqi nechanchi yil qo‘zg‘olon ko‘tardi?

A) 1845-y. B) 1842-y. C) 1851-y. D) 1831-y.

5. Xudoyorxon xonlik taxtiga o‘tirgunga qadar qayerning hokimi edi?

A) Farg‘ona B) Namangan C) Andijon D) Marg‘ilon

6. Qo‘qon xoni mingboshisi Musulmonqul qaysi rus vakili bilan maxfiy ravishda muzokaralar olib borgan edi?



A) V. Velyaminov – Zernov B) A. Beznosikov C) T. Burnashev D) I. Buxgols

7. Nima sababdan butun Qo‘qon xonligi hududida 1842-yili katta qo‘zg‘olon ko‘tariladi?



A) amirning Qo‘qondagi noibi Qo‘qon xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo‘shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni to‘lashga majbur qilganligi

B) bir yilning o‘zidan aholidan 7 yillik soliqning yig‘ib olinganligi va Buxoro amirligi istilosi

C) Muhammad Alixonning o‘zboshimchalik bilan yangi soliqlarni joriy etishi va Toshkentga qilingan muvaffaqiyatsiz yurish

D) Amir Nasrullo tomonidan shoira Nodira begim va Muhammad Alixonlarning qatl etilishi



III. Yangi mavzu bayoni:

Qo’qon xonligida aholi sun’iy sug’orish mahoratini mukammal egallagan edi. Suvdan oqilona foydalanilardi, Qo’qon xonligi yerlarida bug’doy, arpa, tariq, jo’xori, makkajo’xori, sholi, mosh, loviya, kunjut, zig’ir, paxta, beda; poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, bodring, qovoq; mevalardan: uzum, o’rik, shaftoli, olma, nok, behi, yong’oq, olxo’ri, olcha, gilos; sabzavotlardan: sabzi, piyoz, lavlagi va hokazolar yetishtirilardi. Asosiy g’alla ekini bug’doy edi. Xonlikda paxtachilik ham alohida o’rin egallagan. Farg’ona vodiysining ko’pgina dehqonlari paxtakor bo’lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning O’rta Osiyodan, avvalo Qo’qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayi­shiga sabab bo’ldi. Paxta savdosiga hatto boj ham bekor qilindi. Shu sababli Qo’qon savdogarlari Rossiyaga serqatnov bo’lib qolishdi. Talabning o’sib borishi bilan paxta narxi ham oshib bordi. Qo’qon xonligida yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bo’lgan:

1. Amlok yerlari.

2. Xususiy mulk yerlari.

3. Vaqf yerlari.

Mamlakatdagi butun yer davlatniki edi. Shuning uchun ham xususiy yer egalari aslida yerga emas, balki undan olinadigan mahsulot hamda shu yerlarda qurilgan imoratlarga egalik qilar edilar. Mulklarning ko’pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha bo’lgan. Bir gektar yeri bor kishi boy hisoblanar edi. Yerlar ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon yerlarida ham mehnat qilar edilar. Xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni 10 ming nafar­gacha yetardi. Bunday dehqonlar mardikor deb atalardi. Xonlikda xususiy yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz tabaqa vujudga kelgan bo’lib, ular chorikorlar deb atalar edilar. Bundan tashqari, korandalar deb ataluvchilar ham bo’lib, ular hosilning yarmi uchun yerlarni ijaraga olib, o’z mehnat qurollari bilan yollanib ishlar edilar. Asosiy soliq-xiroj bo’lib, uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab 1/3-1/5 olinar edi. Ko’chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning ham turi ko’p edi. Ularning asosiylari "qo’ra boshi", "tutun haqi", "yig’im soliq" deb atalar edi. "Qo’ra boshi" zakoti-ko’chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo’rasiga qarab olinadigan zakot edi. Bu zakot qishda mollar qo’ralarda turganida yig’ib olinar edi. "Tutun haqi" zakoti-bu bahor kelganda yangi o’tloqlarga ko’chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo’y bilan olinadigan soliq (zakot) edi. "Yig’im soliq" esa zakot to’lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlaridan tborat bo’lgan.

Ahvol shu darajaga borib yetgan ediki, mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soljq to’lar edi. Chunki hamma qo’riq yerlar, chakalakzorlar, to’qaylar, daraxtzorlar, ko’llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal’a devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurishga, kanallar qazishga, ariqlarni tozalashga, yo’l qurilishiga safarbar etilardi. Xonlik hujjatlariga ko’ra, Qo’qonda hunarmandchilikning miskar, zargar, o’ymakor, kulol, qog’ozgar, to’qimachi, do’ppi tikuvchi, kashtachi, ko’priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmal­bof, bo’yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko’nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po’stindo’z, taqachi, paranjido’z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari bo’lgan. Xonlikda oltin ma’dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog’ shimolidagi Ko’krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan olingan. Samarqandda bo’lganidek, Qo’qon xonligida ham qog’oz ishlab chiqarilgan. Qog’oz juvozxonasi Qo’qon shahrining Mo’yi muborak darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan. Qo’qonga qo’shni shaharlar va xorijiy mamlakatlardan savdogarlar kelib turgan. Shaharda yakshanba va chorshanba kunlari bozor bo’lgan. Qo’qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qashg’ar, Hindiston, Afg’oniston, Eron va ayniqsa Rossiya bilan bo’lgan savdo katta o’rinni egallagan. Masalan, Qashg’ar bilan olib borilgan savdo-sotiq faqat Qo’qon orqali bo’lar edi. Qo’qondan Qashg’argacha yuklangan ot karvoni 14-20 kun yo’l yurgan. Qo’qondan Qashg’arga temir, qizil charm, mato, ipak va ipdan to’qilgan matolar, oltin olib borilgan. Qashg’ardan Qo’qonga esa har yili 30000 otda choy, 200 otda mato, 200 otda qimmatbaho toshlar, 50 otda attorlik buyumlari keltirilgan. Qo’qon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashg’ar, Buxoro amirligi, Afg’oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar ayirbosh­lanardi. Qo’qonga savdogarlar karvon yo’llari orqali kelganlar.

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Savollarga javob bering:

1. Qo’qon xonligida asosiy qishloq xo’jalik ekini nima edi?

2. Qishloq xo’jalik ekinlaridan qaysi birini yetishtirish rivojlandi?

3. yer egaligining qanday shakllari mavjud?

4. Mardikorlar kimlar? 5. Yersiz, ot-ulovsiz kambaga’allar qanday atalgan?

6. Xiroj miqdori nimaga qarab belgilangan?

7. Yig’im solig’I kimlardan olingan?

8. Qaysi daryodan oltin ma’dani olingan?

9. Qo’qonda qaysi kunlsri bozor bo’lgan?

10. Qo’qondan Qashqarga nimalar olib borilgan?

V.Dars yakunlarini chiqarish.

O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish.

Baholarni e’lon qilish.

VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.



2. Yangi mavzuni o’rganib kelish.
Download 15.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling