Fan: texnologiya


Download 49.26 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi49.26 Kb.
#544008
6-sinf texnologiya
Bog'liq
bolalarning ogzaki nutqini ostirish-конвертирован, Prefixes, ТТ-Касбий компитентлик ishchi, Салиб юришлари, Спорт иншоотлари фаолиятини режалаштириш, Салиб юришлари, Салиб юришлари, Салиб юришлари, Салиб юришлари, 5-sinf Imtihon Javoblari Ingliz tili, 5-sinf Imtihon Javoblari Ingliz tili, amaliyot, o`qituvchi nutq madaniyati 051018184117, 163471512712965621-1, 1-6


FAN: TEXNOLOGIYA

Tartib

raqam

Sinf

Sana

1







2







3







4








MAVZU: YOG`OCHGA ISHLOV BERUVCHI TOKARLIK STANOKIDA TAYYORLANADIGAN BUYUMLAR.

MAQSAD:

a)Ta’limiy: O’quvchilarga texnologiya fani haqida ma`lumot berish.

b)Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash

d)Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.

DARS JIXOZI: kompyuter, slaydlar, ko`rgazmali qurollar, mavzuga doir turli xil plakatlar.

KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA:

texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish;



O‘ZINI O‘ZI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYASI:

texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish


DARSNING BORISHI:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi




















I.DARSNING TASHKILIY QISMI:

a) Salomlashish b)Davomatni aniqlash d) Darsga xozirlikni tekshirish



II.O`TILGAN MAVZUNI SO`RASH:

a)og`zaki so`rov b)daftar tekshirish d)tarqatma materiallar orqali


III.YANGI MAVZU BAYONI:

Dastalar. Iskana, egov, bigiz, otvyortka kabi asboblarning dastalari qattiq, qayishqoq tut, qayin, qayrag‘och, akatsiya kabi yog‘ochlardan tayyorlanadi (33-rasm).

Dastalar yakka tartibda rumka-patronga o‘rnatilib yoki ko‘plab markazlar orasiga o‘rnatib tayyorlanadi.Rumka-patron yordamida buyum tayyor lashda ortiqcha yog‘och isrof bo‘ladi.

Shuning uchun ko‘plab talab etilmaydigan buyumlar donalab rumka-patron yordamida, qolgan hollarda markazlar orasiga o‘rnatib tayyorlanadi.

Jo‘va. Tol, tut, o‘rik, chinor kabi quruq, hidsiz, butoqsiz daraxt shoxlaridan olingan g‘o‘lalardan tayyorlanadi. Jo‘va uzun o‘lchamli bo‘lganligi uchun stanokning markazlari orasidagi masofaga qarab donalab yoki ikkitadan jo‘vaga mos yog‘och o‘rnatib tayyorlash mumkin. Yog‘ochni xomaki yo‘nib, silliqlab, diametrini 60 mm ga keltirib, silindrik sirt hosil qilinadi. So‘ngra o‘ng tomondan 100 mm uzunlikda dasta o‘lchami rejalanib, uning diametrini 25 mm ga keltirib yo‘niladi. Jo‘vaning dasta va tanasi kerak shaklga keltirilgandan so‘ng jilvirlanib, payraha bilan silliqlanadi. talab etilishiga qarab tana va dastalar hoshiyalanadi. hoshiyalash ponasimon qilib tayyorlangan qattiq yog‘ochni silliqlangan sirtga, stanok yurib turgan vaqtda bosib tutish bilan kuydirib gul solishdan (halqa hosil qiladi) iborat (ponasimon qattiq yog‘ochni aylanib turgan yog‘och bilan ishqalanishi natijasida silliqlangan sirt kuyib, halqa-hoshiya hosil bo‘ladi). ba’zan hoshiyalar rangli bo‘-yoqlar bilan ham tushiriladi. Hoshiya-halqalarning soni, o‘l cha mi qanday sifat berilishiga qarab tushiriladi. Jo‘vaning sirtini bo‘yash, loklash tavsiya etilmaydi. Chunki jo‘vaga yopishgan xamirni tozalash vaqtida lok-bo‘yoq pardalari ko‘chib ketadi (34-rasm)



IV.MAVZUNI MUSTAXKAMLASH:

Dastalar. Iskana, egov, bigiz, otvyortka kabi asboblarning dastalari qanday yog`ochdan foydalaniladi.



V.DARSNING YAKUNI: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

VI. UYGA VAZIFA: Savol va topshiriqlarga javoblar yozish va o’qish.

O`qituvchi : __________ Kurbanov Rasulbek

O`TIBDO`: __________ B.Yusupov
Download 49.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling