Fan: texnologiya


Download 0.62 Mb.
Sana12.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#544009
Bog'liq
7-sinf texnologiya
bolalarning ogzaki nutqini ostirish-конвертирован, Prefixes, ТТ-Касбий компитентлик ishchi, Салиб юришлари, Спорт иншоотлари фаолиятини режалаштириш, Салиб юришлари, Салиб юришлари, Салиб юришлари, Салиб юришлари, 5-sinf Imtihon Javoblari Ingliz tili, 5-sinf Imtihon Javoblari Ingliz tili, amaliyot, o`qituvchi nutq madaniyati 051018184117, 163471512712965621-1, 1-6

FAN: TEXNOLOGIYA


Tartib

raqam

Sinf

Sana

O`TIBDO`

(imzo)

1

7-A




__________ B.Yusupov

2

7-B




3

7-D




4








MAVZU:

YOG‘OCHLAR VA ULARGA ISHLOV BERISH, TURLARGA

AJRATISH VA XUSUSIYATLARINI ANIQLASH.

MAQSAD:

a)Ta’limiy: O’quvchilarga texnologiya fani haqida ma`lumot berish.

b)Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash

d)Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.

DARS JIXOZI: kompyuter, slaydlar, ko`rgazmali qurollar, mavzuga doir turli xil plakatlar.

KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA:

texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish;



O‘ZINI O‘ZI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYASI:

texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish



DARSNING BORISHI:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

2

7

20

10

3

3

I.DARSNING TASHKILIY QISMI:

a) Salomlashish b)Davomatni aniqlash d) Darsga xozirlikni tekshirish



II.O`TILGAN MAVZUNI SO`RASH:

a)og`zaki so`rov b)daftar tekshirish d)tarqatma materiallar orqali



III.YANGI MAVZU BAYONI:

Yog‘och turlari ular olinadigan daraxtlarga qarab farqlanadi. Har bir daraxtning yog‘ochi bir-biriga nisbatan qattiq-yumshoqligi, og‘iryengilligi, zichligi, turli a’sirlarga chidamliligi, ishlov berishga qulayligi, ko‘rinishi, rangi va boshqa belgilari bilan farqlanadi. Yog‘och olinadigan daraxtlar ignabargli va yaproqli (bargli) turlarga ajratiladi. Ignabargli daraxtlarga qarag‘ay, tilog‘och, archa, kedr kiradi. Bu daraxtlarning har biri o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, dunyoda qarag‘ayning 100 ga yaqin turi, pixtaning 40 ga yaqin, tilog‘ochning 20 dan ortiq, archaning 45 ga yaqin, kedrning 4 ta, sarvning 20 ga yaqin, tisning 10 ga yaqin turi ma’lum.

Q arag‘ay, tilog‘och kabi daraxtlardan asosan turli o‘lchamlardagi taxtalar, to‘sinlar, reykalar tayyorlanadi. Bunday yog‘och materiallardan

imoratlarning zarur qismlarini yasash, eshik va derazalar hamda boshqa turli yog‘och buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan yumshoq, yaproqli daraxtlardan qattiq va mo‘rt yog‘och olinadi. Ulardan imoratsozlikda va turli buyumlar yasashda foydalaniladi. Masalan, terakning bir turi bo‘lgan tog‘terak yog‘ochidan gugurt, chang‘i, bochkalar tayyorlashda foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan olingan yog‘ochlar qurilish va duradgorlik ishlarida asosiy material hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat: ignabargli yog‘ochlarning tarkibida smolali moddalar bo‘lgani uchun uzoq vaqt xizmat qiladi, chirimaydi. Ignabargli o‘rmonlar bargli o‘rmonlarga qaraganda ko‘p maydonni egallagan. Ignabargli yog‘ochlar bargli yog‘ochlarga qaraganda yengil bo‘lgani uchun bir joydan ikkinchi joyga tashish oson. Ignabargli daraxt yog‘ochlari bargli daraxt yog‘ochlaridan yumshoq bo‘lgani uchun ularga ishlov berish ham oson (3-rasm, a). Ignabargli daraxtlarning tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lib, ulardan sifatli xoda tayyorlanadi. Qurilish va duradgorlik ishlarida ignabargli daraxt yog‘ochlari bilan bir qatorda bargli daraxt yog‘ochlari ham ishlatiladi. Masalan, eman, shumtol, arg‘uvon, terak, chinor, zirk va boshqalar. Eman daraxtining zichligi yuqori, puxta va qattiq, chiroyli teksturali, nam ta’siriga chidamliligi bilan boshqa yog‘ochlardan ajralib turadi (3-rasm, b).

Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yog‘och asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Qurilish inshootlarida yig‘ma temir beton konstruksiyalarning

ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi. Shunga qaramasdan, selluloza sanoatida ham yog‘och hozirgi vaqtda asosiy material hisoblanadi.



IV.MAVZUNI MUSTAXKAMLASH:

1. Daraxtdan olinadigan yog‘ochlar qanday farqlanadi?

2. Yog‘ochning teksturasi nimalarni aniqlashga imkon beradi?

3. Yog‘ochning ishlatilish sohasiga qarab turlarga ajratish nima uchun kerak?



V.DARSNING YAKUNI: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

VI. UYGA VAZIFA: Darsni o`qib kelish.
O`qituvchi : Kurbanov Rasulbek
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling