Fanidan amaliy mashg‘ulotlar bajarish uchun


Tuzlarning turli haroratlardagi eruvchanligi (gramm hisobida)


Download 1.4 Mb.
bet7/26
Sana10.09.2022
Hajmi1.4 Mb.
#803880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Amaliy elektrokimyo УСЛ.КУРСАТМА 2022 (Lotincha).docBegmatov A
Экспертиза ДТП, 1-maruza, 1-laboratoriya, 2-laboratoriya, қаторлар назарияси 2, Fizikaviy va kolloid kimyo-AMALIY, Kompyuterli loyihalashning texnik vositalari, 8 mavzu, 12-MAVZU, SLAYD TO'QIMACHILIK, 1-amaliy mashgulot. Kompleks o‘zgaruvchili funksiya va uning limiti, 1-amaliy mashgulot. Kompleks o‘zgaruvchili funksiya va uning limiti, 1-ЛЕКЦИЯ, диссертация на узбекском перевод (4), 12.To‘plam. Sonli ketma-ketlik. Funksiya. Prezentasiya
Tuzlarning turli haroratlardagi eruvchanligi (gramm hisobida)

11. Nitrat kislota (0,1 mol/l) va natriy gidroksid (0,4 M) eritmalaridan 0,5 litrdan olib aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmadagi (p=1 g/ml) natriy ionining massa ulushini (%) aniqlang.
12. Massasi 48 g bo‘lgan mis va mis(II)-oksid aralashmasi konsentrlangan sulfat kislota bilan ta’sirlashdi. Bunda 6,72 1 (n.sh.) SO2 ajralib chiqdi. Aralashmadagi mis oksidning massa ulushini (%) aniqlang.
13. 112 g 5% li kaliy ishqor eritmasi 9,4 g kaliy oksid bilan aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritma tarkibidagi gidroksid ionining konsentratsiyasini (%) aniqlang
14. Konsentratsiyasi 0,02 mol/lbo‘lgan 25 ml alyuminiy sulfat eritmasidagi alyuminiy ionini to‘la cho‘ktirish uchun natriy karbonat eritmasidan (0,15 mol/l) necha millilitr zarur bo‘ladi?
15. 122,8 ml 16% li (r=1,14 g/ml) kaliy ishqori eritmasi bilan 25,2 g oksalat kislota digidrati reaksiyaga kirishganligi ma’lum bo‘lsa, hosil bo‘lgan tuzning massasi (g) va formulasini toping.
16. Kontakt apparatida oksidlanish mahsulotining unumi 90%, yuttirish kolonnalarida kislotaning chiqishi esa 92% bo‘lsa, bir tonna ammiakdan qancha (t) 58% li nitrat kislota hosil bo‘ladi?
17. 2,67% li 50 g alyuminiy xlorid va 150 g 1,1% li kaliy sulfid eritmalari aralashtirilganda hosil bo‘lgan tuzning massa ulushini (%) aniqlang.
18. 0,1 mol simob suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda, necha litr (n.sh.) qaysi gaz ajralib chiqadi?
19. Natriy karbonatning 20% li 500 g eritmasiga necha gramm CaCl2*6H2O qo‘shilsa, natriy karbonatning massa ulushi 12% ga teng bo‘ladi?
20. Natriy ishqorining 2,5% li 320 g eritmasi 12,4 g natriy oksid bilan aralashlirilganda hosil bo‘lgan eritmadagi gidroksid ioni konsentratsiyasini (%) toping.
21. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, har yili atmosferaga 100 mln. t oltingugurt(IV)oksidi chiqariladi. Undan 95% unum bilan qancha (mln. t) 60% li sulfat kislota olish mumkin?
22. 8 g misga konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda, necha litr (n.sh.) gaz ajralib chiqadi?
23. 135,52 g metall sulfidining qizdirilishi natijasida olingan gaz kislorod bilan oksidlanib, suvda eritilganda 150,92 g kislota olindi. Metall ikki valentli bo‘lsa, uning nomini toping.
24. 1,8 kg suvda 250 g mis kuporosi eritilishidan hosil bo‘lgan eritmadagi suv molekulalarini sonini toping.
25. Hajmi 2,24 1 (n.sh.) bo‘lgan CO va CO2 aralashmasi yonishi natijasida hosil bo‘lgan gazni 7,4 g so‘ndirilgan ohakli eritma orqali o‘tkazilganda hosil bo‘lgan cho‘kma massasini (g) toping.
26. Tarkibida 20% erkin SO3 bo‘lgan 1 kg oleumdan 100% li qancha (g) sulfat kislota olish mumkin?
27. Laboratoriyada 26,88 l (n.sh.) ammiak olish uchun 25% qo‘shimchasi bo‘lgan kalsiy gidroksiddan necha (g) zarur?
28. Natriy gidrokarbonat va natriy karbonatdan iborat 38 g aralashmani to‘la neytrallash uchun 40% li (r=1,3 g/ml) sulfat kislotadan 56,6 ml sarflansa, hosil bo‘lgan eritmaning massa ulushini (%) hisoblang.
29. 30% li natriy ishqor eritmasini tayyorlash uchun uning 14% li 500 ml (r=1,16 g/ml) eritmasiga qanday massadagi (g) natriy oksid qo‘shish kerak?
30. 212 g 1,5% li natriy karbonat eritmasiga 6,66g alyuminiy sulfat kristallogidrati (Al2(SO4)3*18H2O) qo‘shilganda hosil bo‘lgan eritmaning massasini (g) toping.

AMALIY MASHG‘ULOT №2



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling