Fanidan Modul / fan sillabusi


Download 444.52 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi444.52 Kb.
#1587917
  1   2   3   4
Bog'liq
Tadqiqiy pedagogika






INNOVATSION TA’LIM VA IQTISODIYOT FAKULTETI


« Tadqiqiy pedagogika» fanidan


Modul / FAN SILLABUSI

Fanning kodi:

TP105

Fanning turi

Tanlov

Bilim sohasi

100 000

Gumanitar

Ta’lim sohasi

110 000

Pedagogika

Mutaxassislik nomi

70110101

Pedagogika nazariyasi va tarixi



















Ta`lim shakli




Kunduzgi

Kredit miqdori

5












Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr




I

II




1

Ma’ruza

30




30




2

Seminar

30




30




3

Amaliy













4

Mustaqil ta’lim

90




90




Jami auditoriya soatlari

60




60

60

Umumiy o’quv soatlari

150




150

150



Buxoro-2023


Fan sillabusi Buxoro innovatsiyalar universiteti O’quv metodik kengashining 2023-yil ____________ ___-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:

Dastur muallifi:

N.A. Shermuhammedova

E-mail:

Shermuhammedova@mail.ru

Telefon raqam:




Tashkilot:

Buxoro innovatsiyalar universiteti



Taqrizchilar:


Sh.Sh. Olimov – BuxDU, p.f.d., prof



Fan maqsadi (FM)

FM1

Fanni o‘qitishdan maqsad – Talabalarning ilmiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirish Tadqiqiy pedagogika nazariya va amaliyot birligiga rioya qilishni o‘rgatishdan iborat

FM2

Fanning vazifasi - fanlarni tasniflash, metodlardan unumli foydalanish, Tadqiqiy pedagogika mavzusini tanlash, materiallarni saralash, o‘zining ilmiy saviyasini oshirishga yo‘nalgan adabiyotlar mazmunini o‘rganish va egallangan bilimlardan amaliyotda foydalanish malakalarini shakllantirishdan iborat.




Ta’lim natijalari (TN)




Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:

TN1

Tadqiqiy pedagogika tushunchalari va tamoyillarini chuqur tushunishini namoyish etadi

TN2

Tadqiqiy pedagogika metodlarining mohiyatini chuqur tahlil qiladi

TN3

Kasbiy faoliyatda muammolarni hal qilish uchun mos Tadqiqiy pedagogika vositalarini qo‘llay biladi




Fan mazmuni

Soat

Mashg’ulotlar shakli: ma’ruza (M)




M1

Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati

2



M2

Pedagogik tadqiqotlarning asosiy kategoriyalari va tushunchalari

2

M3

Pedagogik tadqiqotlarda ilmiy dalillar va ularning roli

2

M4

Pedagogik muammoni tanlash va pedagogik tadqiqot mavzularini shakllantirish

2

M5

Pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash

2

M6

Pedagogik tadqiqotlar obyekti va predmeti

2

M7

Pedagogik tadqiqotlar maqsad va vazifalari

2

M8

Pedagogik tadqiqotlar farazini belgilash

2

M9

Pedagogik tadqiqotlarning metodologik madaniyati

2

M10

Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyat

2

M11

Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarini tasniflash muammolari

2

M12

Adabiyot va arxiv materiallarini o’rganish, kuzatish, suhbat, so’rov, test, eksperiment – empirik tadqiqot metodlari sifatida

2

M13

Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturini ishlab chiqish metodikasi

2

M14

Pedagogik ilmiy tadqiqot jarayonini modellashtirish

2

M15

Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish bosqichlari

2

Jami




30

Mashg’ulotlar shakli: amaliy mashg’ulot (A)

A1

Pedagogika fani – pedagogik refleksiya obyekti sifatida

2

A2

Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti darajalari va manbalari

2

A3

Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuv

2

A4

Pedagogik tadqiqot muammosi

2

A5

Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash

2

A6

Ilmiy tadqiqotning dolzarbligini asoslash

2

A7

Ilmiy tadqiqot farazini belgilash

2

A8

Ilmiy tadqiqotning yangiligini aniqlash

2

A9

Pedagogik tadqiqotning nazariy-amaliy ahamiyatini asoslash

2

A10

Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli

2

A11

Pedagogik tadqiqotlarning metodologik apparati va sifat mezonlari

2

A12

Pedagogik tadqiqotlarning metodologik vositalari

2

A13

Tadqiqotning empirik va nazariy darajalarida qo’llaniladigan metodlar (abstraktlash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya, modellashtirish

2

A14

Empirik tadqiqot metodlari

2

A15

Nazariy tadqiqot metodlari

2

Jami




30



O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda Tadqiqiy pedagogika kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida Tadqiqiy pedagogika kursi muammolari taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur usul va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat xamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi.
• Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda unga yana 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi.
• Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, xulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Ishchi fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to’liq ochib beriladi.
• Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi.
Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Download 444.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling