Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet1/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
IQTISODIYOT NAZARIYASI

FANIDAN O„QUV-USLUBIY MAJMUA


,
TOSHKENT - 2012
O‗quv-uslubiy majmua namunaviy dastur va ta‘lim yo‗nalishining o‗quv rejasi asosida ishlab chiqilgan va ―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasining 2012 - yil 28 avgustdagi majlisi .......sonli bayonnomasi bilan, hamda Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamalakatshunoslik fakulteti Ilmiy-uslubiy kengashining 20......- yildagi ....... - sonli majlisi bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
Tuzuvchi:

Xolmatov N.B -

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Sodiqov Z.R. -

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Taqrizchilar:


To‗xliyev N.T. -

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi professori, i.f.d.

Xoshimov P. - O‗zbekiston Milliy Universiteti
―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O‗quv-
uslubiy kengashida ko‗rib chiqilgan va tasdiqlangan. (2011 yil ―........‖...............dagi ―........‖ - sonli bayonnoma).
KIRISh
O‗zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo‗jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‗jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o‗ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, 2011-2015 yillarga mo‗ljallangan Oliy o‗quv yurtlarini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dasturning amaliy ahamiyatiga e‘tibor qaratib, Prezidentimiz Islom Karimov ―Dasturdan ko‗zlangan asosiy maqsad – oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‗quv, laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, pirovardida o‗quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondoshuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir‖, deb ta‘kidladilar1. Ushbu fikrlarga asoslangan holda aytish o‗rinliki, talabalarga ta‘lim va tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish, mavjud o‗quv adabiyotlari tarkibini va mazmunini takomillashtirib borish davr talabiga aylanmoqda.
Uslubiy qo‗llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yetakchi professor-
o‗qituvchilarining ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanidan ta‘lim texnologiyasi‖ nomli uslubiy qo‗llanmasiga tayangan holda yozilgan bo‗lib, mazkur qo‗llanmadagi ta‘lim texnologiyalari, ularni qo‗llash bo‗yicha uslubiy tavsiyalar to‗la inobatga olingan2. Shuningdek, qo‗llanmani tayyorlashda ma‘ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy vazifalari, fanni ToshDShIda o‗qitish xususiyatlari e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o‗quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan foydalanilgan.
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini o‗qitish ta‘lim texnologiyasi, o‗qituvchidan talab qilinadigan puxta ilmiy-nazariy bilimga ega bo‗lish va pedagogik-tarbiyaviy malakani kuchaytirib borish mas‘uliyatini pasaytirmaydi, balki, talabalarga mavzularning asosiy materiallarini qisqa va tushunarli tilda etkazib berishga, bilim, ma‘lumot va axborotlarni qiyoslash, guruhlash, ta‘riflash orqali talabalarning iqtisodiy idrok va tafakkur jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi. Albatta, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini chuqur o‗zlashtirish, fanning asosiy masalalarini talabalarga tushuntirish uchun 38 soatlik ma‘ruza mashg‗uloti etarli hisoblanmaydi, 38 soatlik seminar mashgulotlarida mavzularning ko‗p qirralarini qamrab olish qiyin kechadi. Shu munosabat bilan mazkur ta‘lim texnologiyalari fan predmetining muhim jihatlarini sodda shaklda muammoli tarzda etkazishga yo‗nalgan bo‗lib, talabalarni iqtisodiy bilimlarni puxta egallashga rag‗batlantiradi.
O‗quv uslubiy majmuaning maqsadi - talabalarga iqtisodiyot nazariyasi tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish tendensiyalari ҳamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishdan iborat.
O‗quv uslubiy majmua yordamida o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr milliy iqtisodiyot amal qilishining mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo‗jaligi faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza materiallarini o‗zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiyotiga oid nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish, O‗zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo‗nalishlari, uning natijasi, milliy iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo‗jaligi uchun maqsadga muvofiq faoliyat yo‗nalishlarini tahlil qilish ko‗nikmalariga ega bo‗lishi hamda milliy iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‗liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo‗lishi nazarda tutiladi.
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ umumiqtisodiy fan bo‗lishi bilan birga amaliy iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o‗rganadi, milliy iqtisodiyot rivojlanishining shartsharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu fanni o‗rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Talabalarning ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini dastur doirasida yetarli saviya va darajada o‗zlashtirishlari uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‗zlashtirishda, fan bo‗yicha bilim berishda va o‗qitishda ko‗rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo‗mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari tahliliy materiallari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy to‗plamlar materiallari ishlatiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling