Fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 212.77 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi212.77 Kb.
#616092
Bog'liq
TALIMDA PEDAGOGIK O\'LCHOV
9-sinflar nazorat ishi, 9-sinflar nazorat ishi, OTB, 12345, 8-mashgulot(4s), 2-amaliy mashgulot, fizika. mustaqil ish 3, Sotishni rag`batlantirish-fayllar.org (1), Sotishni rag`batlantirish-fayllar.org (1), Sotishni rag`batlantirish-fayllar.org (1), F.Bazarova MARKETING, 1-oraliq nazorati 7-variant hayot xavfsizligi, 1-oraliq nazorati 7-variant hayot xavfsizligi, 8-TOPSHIRIQ, 8-TOPSHIRIQ

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim fakulteti 21-15-guruh magistrantlarining TA`LIMDA PEDAGOGIK O`LCHOVLAR VA ZAMONAVIY TEST TEXNOLOGIYALARI
fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI
Mavzu: Muqobil javobli test topshiriqlarini tuzish uchun ko’rsatmalar
1.Pedagogik testalogiya haqida tushuncha.
3. Pedagogik testologiyaga oid mutaffakirlarning qarashlari
2. Testologiya fanining maqsadi va vazifalari

Test topshirigʻining oʻzagi ikki usulda ifodalanishi mumkin:


Test topshirigʻining kaliti ikki xil boʻlishi mumkin:
yagona toʻgʻri javob - bunda berilgan muqobil javoblardan faqat bittasi toʻgʻri javob boʻladi;
eng maqbul toʻgʻri javob - bunda berilgan muqobil javoblardan bittasi eng maqbul toʻgʻri javob boʻlib, qolgan muqobil javoblar qaysidir jihati bilan qoʻyilgan savolga toʻliq javob boʻla olmaydi va ularga kamroq baho qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti ... shahridir. (bu oʻzak)
A. Toshkent (kalit) B. Nurafshon (chalgʻituvchi)
D. Samarqand (chalgʻituvchi) E. Buxoro (chalgʻituvchi)
Muqbil javobli test tuzishda quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
Bir elementni baholash. Testshunoslikda domen hamda konstrkut degan tushunchalar mavjud. Domen – bilim, koʻnikma, malaka, kompetensiyalar majmuyi. Yanayam oddiy aytganda, fan. Konstrukt – oʻlchanishi lozim boʻlgan xususiyat. Ya'ni baholanadigan narsa. Siz tuzadigan testda anashu konstruktning, faqatgina, bittasi tekshirilishi kerak. Bilamizki, OTM kirish imtihonlarida DTM bir necha qavatli test savollarini qoʻyadi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda yetarlicha kulgu ham, norozilik ham boʻlgan. DTM buni testning qiyinligi deb ataydi. Aslida, testning qiyinligi bunday "qavatlash" bilan oʻlchanmaydi. Testning bir nechta konstruktlarni tekshirishi uning validligini (testning maqsadidan kelib chiqqan holda test natijalari yordamida chiqariladigan xulosalarning qay darajada ilmiy va empirik jihatdan asosli ekanligi, testning sifati) tushiradi. Validligi past boʻlgan test esa oʻlchov uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Masalan,
Oddiy kitobxon aqlli ikki qahramonning qismatidan hayajonlanib, uzoq yillar eslab yuradigan yozuvchi - yaxshi yozuvchi.
Ushbu gapdagi koʻmakchi morfemalar tarkibida nechta oʻrinda quyi keng unlilar ishtirok etgan?
A. 8 B. 10 D. 7 E. 9
Bu savolda yuqoridagi talab buzilgan. Test oluvchi test topshiruvchi xato javob berganda aynan nimani bilmay qolgani haqida xulosa chiqara olmaydi. U koʻmakchi morfemalarni bilmaydimi? Quyi keng unlilarni ajrata olmaydimi? Test bunday boʻlmasligi kerak.
Qoʻyilgan muammoning domen uchun muhimligi. Tuzgan testingiz ahamiyatsiz muammodan iborat boʻlib qolmadimi? Bu ham testning asosiy qoidalaridan biridir. Masalan, biror asardagi biror voqea sodir boʻlganda qahramonning qaysi kiyimda boʻlgani haqidagi savollar adabiyot fani uchun, umuman olganda keraksizdir.
Oʻzakda inkor ishlatilmasligi. Test tuzganingizda uning oʻzagida inkor ishlatilmagani ma'qul. Bu test topshiruvchini chalgʻitib qoʻyib, bilgan narsasini topa olmay qolishi mumkin. Testning vazifasi yiqitish emas, baholash ekanini unutmaslik zarur. Agar oʻzakda inkorni ishlatishga majbur boʻlsangiz unda uni alohida ajratib koʻrsating, zera topshiruvchi uni ilgʻay olsin. Masalan, "Qaysi javobda jonlantirish san'atidan foydalanilmagan?" Ushbu savolni qoʻyganingizda foydalanilmagan soʻzini alohida ajratib koʻrsatishingiz kerak.
Muqobil javoblarning bir-biridan mazmunan uzoq boʻlmasligi. Chalgʻituvchi javoblar va kalit javob oʻrtasida mazmuniy farq juda yiroq boʻlmasligi zarur. Aks holda, topshiruvchi bu testni juda osonlik bilan yechib qoʻyadi. Masalan,
Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti ... shahridir.
A. Toshkent B. Yusuf xos Hojib D. Nyu-York E. Buxoro
Bu testda yuqoridagi qoida buzilgan. Ya'ni muqobil javoblarning ikkitasi kalit boʻlishga yaroqli xolos. Qolganlari umuman savolga bogʻliq emas.
Muqobil javoblarning uzunligi. Muqobil javoblar uchun tanlangan misollarning uzunligi bir-biriga oʻta yaqin, deyarli teng boʻlishi kerak. Aks holda topshiruvchi eng uzun yoki eng kalta javobni tanlab qoʻyishi mumkin. Bu ham testning validligini tushirib yuboradi.
Chalgʻituvchilarning ahamiyati. Chalgʻituvchi muqobil javoblar orqali yaxshi oʻzlashtiruvchi va past oʻzlashtiruvchi oʻquvchini aniqlab olish mumkinmi? Ya'ni test oluvchi notoʻgʻri javob tanlanganiga qarab ham topshiruvchining qayerda xato qilayotganini bilishi va u boʻshliqni toʻldirishga urinishi zarur.
Hammasi toʻgʻri. Muqobil javoblarda "Barcha javob toʻgʻri", "Toʻgʻri javob yoʻq" kabilardan foydalanish mumkin emas. Bunday testlarda topshiruvchi odatda shu shakldagi javoblarni tanlab qoʻya qoladi. Taxmini ham toʻgʻri boʻlib qolishi mumkin. Bunday javoblar, aslida, notoʻgʻri javob sifatida ishlatilgan boʻlsa ham undan foydalanmaslik kerak. Topshiruvchini ortiqcha chalgʻitish yaxshi emas.
Muqobil javoblarning grammatik oʻxshashligi. Tanlangan muqobil javoblarning grammatik oʻxshashligini ta'minlash zarur. Bir javob harakat nomi bilan tugadimi hammasi shu shaklda tugashi kerak. Biri inkor biri tasdiq shaklida boʻlsa ham testning validligini tushirib yuboradi.
Toʻgʻri javoblarningkoʻrinishi. Toʻgʻri javobda oʻzakda ishlatilgan soʻzlar, ularning sinonimlari ishlatilmasligi kerak. Bunday testlarni topshiruvchi juda oson topib oladi. Natijada testning validligi tushib ketadi. Shuning kalitda "doim", "hech qachon", "eng" kabi soʻzlarni ishlatish ham tavsiya etilmaydi.
Oʻylaymizki, bu tavsiyalar siz uchun foydali boʻldi. Endi siz toʻgʻri va validligi yuqori boʻlgan, bilimni sinashga qaratilgan muqobil javobli testlarni tuza olasiz deb oʻylaymiz!!
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Download 212.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling