Fanidan tayyorlagan


Download 286.07 Kb.
bet1/5
Sana12.07.2023
Hajmi286.07 Kb.
#1659963
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Raxmonova Xojiniso




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI
YO’NALISHI II-KURS 13-21-GURUH TALABASI
Raxmonova Xojiniso ning Diskrit tuzilmalari
FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI


Bajardi: Raxmonova X
Qabul qildi: Soipnazarov J
Qarshi – 2022.

Predikatlar algebrasi, mulohazalar hisobi formulasi tushunchasi




REJA:
1. Predikatlar algebrasi
2. Mulohazalar. Mulohazalar ustida mantiqiy amallar.
3. Teng kuchli formulalar va asosiy teng kuchliliklar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish.
Predikatlar haqida tushuncha. Mulohazalar algebrasi fan va amaliyotning murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarish uchun yetarli bo`lmaydi. Bunday murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarishda mulohazalar algebrasini ham o`z ichiga oluvchi predikatlar algebrasi muhim o`rin tutadi.
Biz soroq va his-hayajon gaplar mulohaza bo`lmasligini bilamiz, xuddi shu qatorda noma’lum qatnashgan gaplar ham mulohazaga kirmaydi. Bunday gaplar predikatlar deb ataladi. Shu o`rinda predikatlar mulohazaga aylanadimi, degan savol tug`ilishi tabiiy. Biz quyida ana shu masalani ko`rib o`tamiz.
Ayrim darak gaplarda o`zgaruvchilar qatnashib, shu o`zgaruvchilar o`rniga aniq (tegishli) qiymatlarni qo`ysak, mulohaza hosil bo`ladi.
1-Ta’rif. O`zgaruvchi qatnashgan va shu o`zgaruvchining o`rniga qiymatlar qo`yilganda rost yoki yolg`on mulohazaga aylanadigan darak gap predikat deyiladi.
Masalan, “Bu yozuvchi Angliyada ijod qilgan” va “U Angliyada ijod qilgan” darak gaplarida o`zgaruvchi “Bu yozuvchi” so‘z birikmasi yoki “u” olmoshning o`rniga “Shekspir” qiymatni qo`ysak, “Shekspir Angliyada ijod qilgan” rost mulohazani, “Gyugo” qiymatni qo`ysak “Gyugo Angliyada ijod qilgan” yolg`on mulohazani hosil qilamiz.
Xuddi matematikadagidek, x orqali o`zgaruvchini belgilasak yuqoridagi darak gaplarni “x yozuvchi Angliyada ijod qilgan” deb yozish mumkin.
Predikatlar tarkibida bir yoki bir nechta o`zgaruvchi qatnashishi mumkin, qatnashgan o`zgaruvchilar soniga qarab predikat bir o`rinli, ikki o`rinli va hokazo bo`ladi va kabi belgilanadi.

Download 286.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling