Fanining dolzarb masalalari


Download 100.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana10.09.2022
Hajmi100.78 Kb.
#804102
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-мавзу маъруза - 1.1



1-MAVZU: MODDALARNING SIFAT VA MIQDORIY TARKIBINI 
ANIQLAShDAGI HOZIRGI ZAMON ANALITIK KIMYO 
FANINING DOLZARB MASALALARI 
 
Kimyoviy analizning metrologik asoslari. xatolarning turlari
 
Analitik signal. Analiz natijasida moddaning tarkibi haqida tegishli ma’lumot olinadi. Demak 
analiz moddani tarkibi va xossalari tug’risida ma’lumotni olish jarayoni. Bunda to’plangan 
ma’lumot turli asboblar yordamida olingan, moddaning tarkibiga mos keluvchi, tegishli signallardan 
iborat bo’ladi. Analitik kimyo bo’yicha tuzilgan maxsus Ilmiy metodik Kengashning tavsiyasiga 
ko’ra (JAX,1975.t.30, N:10, 1059 b.) analitik signal aniqlanadigan moddani biror xossasiga mos 
keluvchi va analizning oxirgi bosqichida o’lchanadigan kattalikdir. Odatda bu signal moddaning 
massa yoki kosentrasiyasiga mos bo’ladi. Analizda tanlangan usul yordamida aralashma tarkibidagi 
modda miqdoriga mos analitik signal (u) aniqlanadi. Tortish natijasidan boshlab murakkab 
spektrlargacha bo’lgan analitik signallar moddaning tarkibi to’g’risidagi ma’lumot beradi. Bu 
signallar asosida tekshiriladigan aralashmaning sifat va miqdoriy tarkibi, aniqlanadigan moddaning 
fizik konstantalari va boshqalar haqida tegishli xulosalar chiqariladi.
Aralashma tarkibidagi modda miqdori (s) bilan unga mos keluvchi analitik signal (u) orasida 
qo’yidagi matematik bog’lanish mavjud: 
u=f(s) 
Bunda f –graduirovka koeffisiyenti deyiladi. Tajribada modda miqdorini aniqlash sxemasi: f-ni 
qiymatini aniqlash, aniqlanadigan moddaga tegishli analitik signalni(u) o’lchash va (u) va (f)dan 
foydalanib aniqlanadigan modda miqdorini topishdan iborat. Har qanday analizda graduirovka 
koeffisiyenti f ning qiymati muhim ahamiyatga ega. Ayrim analiz usullari uchun f ning qiymati 
nazariy jihatdan ma’lum. Masalan gravimetriyada analitik signal aniqlanaligan moddaning 
massasi(m), graduirovka funksiya qiymati esa shu moddaning molekulyar massasiga (M)ga mos 
bo’lib modda miqdori bilan analitik signal orasidagi bog’lanish m=Mn tenglama bilan ifodalanadi. 
Tenglamadagi M ning qiymati xar qanday modda uchun katta aniqlikda ma’lum bo’lib bu usulda 
graduirovka funksiyasini qiymatini aniqlashga zarurat yo’q.
O’lchash. Analitik kimyoda tegishli analitik signalni olishning keng tarqalgan usuli 
o’lchashdir. Analiz davomida maxsus o’lchov vositalari yordamida tekshiriladigan moddaning 
ayrim ko’rsatgichlari o’lchanadi. Bunga misol qilib moddaning massasini, eritmani hajmini, optik 
zichligini, potensiali, elektr o’tkazuvchanligi, rN qiymati, aniqlashni ko’rsatish mumkin. Shuning 
uchun ham metrologiya o’lchashlar haqidagi fan sifatida analitik kimyo bilan uzviy aloqada. 
Metrologiyaning analitik kimyo sohasidagi asosiy vazifalariga turli moddalarning fizik-kimyoviy 
xossalarini aniqlash, o’lchov asboblarini tekshirish, ularni davlat sinovini o’tkazish va boshqalar 
kiradi. Metrologiya no’qtai-nazarida kimyoviy analiz, bu moddaning kimyoviy tarkibini o’lchash 
jarayonidir.
O’lchash jarayonida turli o’lchov usul va vositalaridan foydalaniladi. 

Download 100.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling