Fanining dolzarb masalalari


Download 100.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana10.09.2022
Hajmi100.78 Kb.
#804102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-мавзу маъруза - 1.1

O’lchov vositasi deb aniqlanayotgan kattalik miqdoriga mos signal beruvchi va shu signalni 
tegishli boshqa manbalarga uzatuvchi asbob(texnik qurilma) ga aytiladi.(Masalan torozi, byuretka
termometr, potensiometr). Analizda o’lchov asboblari yordamida signalni analitik uchun ko’lay 
formasi xosil qilinadi. Asbobning asosiy qismi bo’lib o’ning shkalasi(o’lchash natijasi kuzatiladigan 
sanoq qismi) xisoblanadi. Shkalaning ikki qo’shni ko’rsatkichlari oralig’i - shkala bo’lagi,  
shkalaning oxirgi va boshlang’ich qiymatlari bilan chegaralangan sohasi asbobning ko’rsatishlar 
diapazoni deb ataladi.
Anlizda o’lchov asboblarining sezgirligi (S) muxim ahamiyatga ega. O’lchov asbobining 
sezgirligi deb o’lchov asbobi ko’rsatadigan o’lchanayotgan kattalikning, eng kichik miqdoriga 
aytiladi. Sezgirligi yukori bo’lgan asboblar asosan aniq o’lchashlar uchun ishlatiladi. O’lchash 
natijalari bilan o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy miqdorini qanchalik yaqinligini ko’rsatuvchi 
kattalik o’lchash aniqligi deyiladi. O’lchov vositasini tanlashda uning sezgirligi, aniqligi, 
shkalasining qiymati, o’lchash diapazoni va b. ko’rsatkichlari xisobgga olinadi.
O’lchov asboblari ko’rsatuvchi, qayd etuvchi, kombinasiyalangan va boshqa asboblarga 
bo’linadi. 
Ko’rsatuvchi o’lchov asboblarida olingan natijalar shkaladan yoki rakamli tablodan o’qiladi. 
O’lchov natijalarini qayd etuvchi asboblarda olingan natijalar diagramma kog’ozida chizib 
olinadi yoki rakamli tarzda chop etiladi.
Kombinasiyalangan asboblari o’lchanayotgan kattalik qiymatlarini bir vaktning o’zida 
ko’rsatadi xamda qayd etadi. 
Analitik kimyoda o’lchashga doir signalni ishlab chikaruvchi, o’lchash vositalariga 
datchiklar(sensorlar) deyiladi. 
Datchiklar turli xil o’lchov, nazorat va boshqarish sistemalarining tarkibiy kismi hisoblanadi. 
Ularning (termopara, sensor va b.) sezgir elementlari bevosita o’lchanayotgan kattalik ta’siri ostida 
bo’ladi.
O’lchov vositalari aniqliklariga ko’ra bir biridan farq qiladi. Masalan tarozilar o’z 
aniqliklariga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Tahliliy kimyoda o’lchash uchun asosan analitik 
tarozilar, yordamchi vosita sifatida esa texnik tarozilar ishlatiladi. 
Texnik tarozilar 0,01 g aniqlikkacha, analitik tarozilar esa 0,0001 g aniqlikkacha o’lchash imkonini 
beradi. 

Download 100.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling