Fanining dolzarb masalalari


Asosiy tahliliy obyektlar, ulardan namuna olish


Download 100.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana10.09.2022
Hajmi100.78 Kb.
#804102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-мавзу маъруза - 1.1
такдимот, 823,831 бўй устама қарор 2021 2022га, ракалм технологиялар модули буйича такдимот(маъруза), Elektron jadval imkoniyatlari va vazifalari
Asosiy tahliliy obyektlar, ulardan namuna olish 
Asosiy tahliliy obyektlar. Bizni o’rab turan barcha narsalar tahlil obyektlari bo’lib 
hisoblanadi. Taxlil obyektlarini geologik, biologik, tibbiy, tabiiy, sun’iy va b. obyektlar ajratish 
mumkin. Har qanday obyektni analiz qilishdan oldin undan obyekt tarkibini to’liq aks ettira 
oladigan vakolatli namuna olinish kerak. Analiz obyektlari agregat xolatiga ko’ra qattiq, suyuq va 
gaz holatlarida bo’lishi mumkin. Obyektdan namuna olish usuli uning agregat xolatiga qarab 
turlicha bo’lishi mumkin.
Analiz uchun o’rtacha namunani olish: Har qanday analizni bajarishdan oldin analiz uchun 
o’rtacha namuna olinadi. Tekshiriladigan obyektdan olinadigan va uni tarkibini to’la ifodalovchi
vakolatli namuna - o’rtacha namuna hisoblanadi. Analiz qilinadigan obyektdan o’rtacha namuna 
olish analizni bajarishdagi eng muxim bosqichlaridan biri bo’lib, analizning umumiy natijasi 
namunani to’g’ri olinganligiga bog’liq bo’ladi. O’rtacha namuna to’g’ri olinmasa, juda aniqlik bilan 
bajarilgan analiz natijalari ham bekor bo’ladi. O’rtacha (vakolatli) namuna olish tekshiriladigan 
moddani sinchiklab qarab chiqishdan boshlanadi. Olingan namuna analizning usuli va maqsadiga 
qarab analizga tayyorlanadi. 
Analiz qilinadigan obyektni agregat xolatiga (qattik, suyuq, gaz xolatdagi moddalar, 
gomogen va geterogen aralashmalar bo’lishi mumkin) qarab o’rtacha namunani olishning bir necha 
usullari mavjud. Olinadigan namuna gomogen yoki geterogen holda bo’lishi mumkin.
Qattiq agregat holatdagi tekshiriladigan obyekt bir butun xolatdagi yoki turli 
o’lchamlardagi qattiq modda bo’lishi mumkin. Bir butun xolatdagi qattiq moddadan (qotishmadan) 
o’rtacha namuna olish uchun uning tasodifiy nuqtalaridan parmalab muayyan miqdori ajratib 
olinadi. Analiz qilinishi kerak bo’lgan modda har xil o’lchamdagi qattiq holda bo’lsa uni turli 
no’qtalaridan namuna ajratib olinadi. Qattiq xolatdagi namuna maxsus tegirmonlarda maydalanib 
elakdan o’tkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirilgan namunadan tegishli midordagi 
o’rtacha namuna olinadi va kvadrat yoki doira shaklidagi maxsus idishga solinib, teng qalinlikda 
yoyiladi. Kvadrat holda yoyilgan namuna, dioganal bo’yicha 4-ga bo’linadi va uning qarama-qarshi 
uchburchakdagisi (1,3) olinadi hamda qolgani (2.4) tashlab yuboriladi. Avvalgi (1,3) qismni olib 


maydalab kvadrat qilib, yana 4 ga bo’lib. ikki tomoni tashlab yuboriladi. Shu tarzdagi amal kerakli 
miqdordagi tortim qolguncha davom ettiriladi. Bunda har gal oldingisidan kichik yoki yupqa 
qatlamga ega bo’lgan kvadrat yoki doiradan foydalaniladi. 
Gomogen materialdan(gazlar aralashmasi, yoki so’yuq moddalar aralashmasidan) o’rtacha 
namuna olish oson. Agar suyuq holatdagi modda xarakatda bo’lsa, masalan sanoatda chiqayotgan 
chiqindi suvlar, undan (trubadan) namuna vaqti-vaqti bilan olinadi. 
Agar tekshiriladigan modda stasionar xolatda bo’lgan suyuqlik bo’lsa, uning o’zaro 
aralashishi yoki aralashmasligiga qarab turlicha usul qo’llaniladi. Suyuqlik o’zaro aralashuvchan 
bo’lsa, uni aralashtirgandan so’ng zarur hajmdagi miqdori olinishi mumkin. Agar suyuqlik 
aralashmaydigan bo’lsa, uning turli chuqurliklaridan maxsus pipetkalar yordamida namuna olinadi 
va ularning barchasi qo’shilib, shu amal takrorlanadi. Takrorlash to zarur miqdorli modda 
olinguncha davom ettiriladi. 
Gaz xolatdagi moddadan namuna olish uchun uning turli nuqtalaridan bir xil miqdordagi 
namunalar olinib aralashtiriladi. 

Download 100.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling