Fanning ishchi dasturi. 1- mashgulot. Mavzu 1: Jismoniy rivojlanganlik. Jismoniy rivojlanganlikni aniqlash va baholash usullari


Download 26.07 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi26.07 Kb.
#108100
Bog'liq
методик кулланма 1 мавзу(1)



Fanning ishchi dasturi.

1- Mashgulot. Mavzu 1: Jismoniy rivojlanganlik. Jismoniy rivojlanganlikni aniqlash va baholash usullari.


So‘z boshi (Kirish).

Vrach nazorati jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlaganligini, ichki organlarning va organizmning funksional holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini, organizm sistemalarining funksional holatini baholashni, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarga va shug‘ullanish sharoitlariga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni o‘rganadi.





O‘qitish maqsadi va vazifalari.


O‘qitish maqsadi:

Talabalarni aholining turli kontingentlari orasida, ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish. Aholining soglig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarga va shug‘ullanish sharoitlariga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni o‘rgatish.


O‘qitish vazifalari:

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni morfologik va funksional holatini baholashning asosiy prinsiplarini o‘rgatish;

-jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullarini o‘rgatish;

-asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash;

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni va baholashni o‘rgatish;

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlariga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni va baholashni o‘rgatish;

-vrach nazorati bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishni va vrach nazorati xonasini jihozlashni o‘rgatish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.

Talaba bilishi kerak.

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullarini;

-dispansirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullarini;

-nafas va yurak-qon tomir sistemalarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalarini;

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlariga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni;

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni;

-jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlarni.

Talaba malakalarga ega bo‘lishi kerak.

-mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini (061-u shakl) to‘ldirishni;

-asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblarini;

-akademik guruhlarda va shifobaxsh jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazishni;

-vrach nazorati xonasining jihozlanishini.

Talaba ko‘nikmalarni ortirishi kerak.

-organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini o‘zlashtirishi;

-mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishi;

-mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarning funksional holatlarini baholashi;

-yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarining berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlashi va baholashi.

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini sanitar gigienik baholashi.


O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi.

Vrach nazoratini o‘tkazishda va masalalarini hal qilishda vertikal integratsiya bo‘yicha odam anatomiyasi, normal va patologik fiziologiya, biologiya, umumiy gigiena, jismoniy tarbiya fanlarini bilishi, gorizontal integratsiya bo‘yicha mehnat va kommunal gigienasi, ovqatlanish va bolalar va o‘smirlar gigienasi, ichki kasaliklar propedevtikasi, terapiya va xirurgiya, doya-ginekologiya fanlarini bilishi lozim.




Talabalar bilishi kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar

minimum:

1. Shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini baholash va ulardagi nuqsonlarni aniqlab, korreksiyaga yo‘llanma berish.

2. Funksional sinamalar yordamida jismoniy yuklama berib, organizm sistemalarining funkcional baholash, jismoniy mashg‘ulotlarda shug‘ullanish uchun ruxsat berish.

3. Shug‘ullanuvchilar organizmining fiziologikholatini aniklash va baholash, tibbiy guruhlarga ajratish va tibbiy xulosa berish.

4. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

5. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish vaqtida vrach-pedagogik nazoratni o‘tkazish.

6. Sport bazalari holatini, sport inshoatlari va sport inventarlar mosligini belgilangan normativlar bo‘yicha baholash.

7. Aholi o‘rtasida ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish.




Talabalar bilimining nazorati.

O‘qitilgan materiallar bo‘yicha talabalarning bilimini va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini baholash butun dars o‘tish vaqtida 2 bosqichda olib boriladi : kunlik joriy nazorat va yakuniy nazorat bo‘yicha reyting ballari qo‘yiladi. Yakuniy nazorat fan tugashi bilan o‘tkaziladi. Talabalar bilimining nazorati har xil ko‘rinishda olib boriladi : og‘zaki so‘rov, vaziyatli masalalarni yechish, o‘rgatuvchi-nazorat qiluvchi testlarga yozma yoki og‘zaki javob, amaliy ko‘nikmalarni bajarish, o‘qitishning yangi texnologiya usullari bilan baholash. Bundan tashqari talabalar mustaqil ish topshiradilar va ular kundalik joriy nazoratda baholanadi.

Fan bo‘yicha reyting ballari joriy nazorat va yakuniy nazorat ballarining yig‘indisi fan bo‘yicha qaydnomalarga va talabalarning reyting kitobchalariga qo‘yiladi.
O‘quv texnologiyalaridan foydalanish

O‘qitish jarayonida darslik va qo‘llanmalardan, internetdan olingan yangi ma'lumotlardan, tarqatma materiallardan (sinamalarni o‘tkazish tartibi, jadvallar, krasvord, baholash usullari), o‘qitishning yangi texnologiya usullaridan (yumoloq stol atrofida, miyaga hujum, kichik guruhlar va h.z), o‘lchov va sinamalarni o‘tkazish uchun zaruriy asboblardan (antropometrik o‘lchov asboblari, veloergometr, tonometr, fonendoskop va boshqalar), videofilmlardan foydalaniladi.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ul-lanuvchilarda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan tanishtirish. Tibbiy guruh-lar haqida tushuncha berish. Sport va jis-moniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning anamnezini yig‘ish xususiyatlari. Vrach nazorati kartasi (061/u shakl) bilan tanish-tirish va rasmiylashtirishni o‘rgatish.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ul-lanish sport inshoatlariga qo‘yilgan gigie-nik talablar bilan tanishtirish.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sport inshoatlarining sanitar holati bo‘yicha beriladigan xulosalar bilan tanishtirish.

Jismoniy rivojlanganlikning antropo-metrik ko‘rsatkichlarini olish : spiromet-riya, dinamometriya, tana uzunligi va vaznini, ko‘krak qafasining aylanasini o‘lchash. Samotoskopiya ko‘rsatkichlarini olish : umurtqa pog‘onasi, qomat, ko‘krak qafasi, oyoq, tovon shakllari. Kalipero-metriya : tana vaznining tarkibiy qismini aniqlash (suyak, mushak va yog‘).

Jismoniy rivojlanganlikni baholovchi indekslar, standart va korrelyasiya usul-lari haqida tushuncha. Olingan natijalar asosida jismoniy rivojlanganlikni indekslar usuli yordamida baholash..

Sport dunyosida keng tarqalgan va qo‘llani-ladigan doping turlari, sportchilarning rejimi, ovqatlanishi, shaxsiy gigienasi haqida tushuncha berish.


Tekshirish tadbirlari

O‘quv mashg‘ulotini o‘zlashtirish sifatini baholash 2 xil nazorat : joriy va yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi.

Joriy baholash (JB) - har kuni talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishi tekshirilib boriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi :

-savollarga og‘zaki javob berishi;

-vaziyatli masalalarni yechish,takliflar berish;

-amaliy ko‘nikmalarni bajarish;

-yangi usullarni qo‘llab, bilimni baholash;

-mavzu bo‘yicha testlarni qo‘llash.



YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA.

Savol: 1. Shifokor nazoratining ish mazmuni?


Javob: organizmning salomatlik holatini, jismoniy rivojlanganligini va ichki organlarning funktsional holatini aniqlash; shug`ullanuvchining organizmiga jismoniy yuklamaning ta`sirini kuzatish va o’rganish; funktsional tekshirish, diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish va jismoniy yuklamalardan noratsional foydalanilganda kelib chiqadigan asoratlarning oldin iolish.


Savol: 2. Shifokor nazoratining vazifalari?


Javob: 1. Sport va jismoniy tarbiya bilans hug`ullanuvchilarni mashg`ulotlarga qo’yish maqsadida jismoniy rivojlanish darajasini, salomatlik holatini va ichki organlarning funktsional holatini aniqlash va mashqlarni ratsiona ltavsiyaqilish.

2. Jismoniy mashqlar ta`sirida jismoniy rivojlanish, salomatlik va funktsional holatlarda bo’ladigan o’zgarishlarni doimiy kuzatib turish.

3. Jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan patologik holatlarni va o’zgarishlarni erta aniqlash, davolash va oldin iolish.


Savol: 3. Tibbiyguruxlarnisanabo’ting?

Javob: Asosiy tibbiy guruxi.

Ung ajismoniy rivojlanishi va salomatligida o’zgarishla rbo’lmagan, ichki organlarining funktsiona xolati yaxshi bo’lganlary uboriladi. Ular o’quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport sektsiyalarida shug`ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi etarl bo’lishi kerak.

Tayyorlov tibbiy guruxi.

Salomatligida biroz o’zgarish bo’lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarnin funktsional xolati past yoki etarl ibo’lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e`tiborga olingan xolda o’quv darslaridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o’zlashtirilad iva normativlar topshiriladi. Ular sport sektsiyalarida qatnasha olmaydilar. Bajarayotgan jismoniy mashqlar ta`siri salomatligining, jismoniy rivojlanishining va funktsiona lxolatining yaxshilanishi bilan ular asosiyguruxga o’tkaziladilar.

Maxsus tibbiy guruxi.

Salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta, turg`un o’zgarishlar bo’lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning bajarilishi bu gurux qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga ta`sirini yoki organizmdag io’zgarishlarni xisobga olgan xolda olib boriladi. Bu mashg`ulotlar Shifoko rnazorati ostida o’tkaziladi. Zarur bo’lgan xolatlarda shug`ullanuvchilar shifobaxsh jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga yuboriladilar.

Savol:4. Tibbiy ko’riklarni aytib bering?

Javob: Birlamchi tibbiy ko’rik.

Qayta tibbiy ko’ri

Qo’shimcha tibbiy ko’rik.

Vaziyatli masalalarning kompleksi

Savol: 5. 18 yoshli sportchi voleybolistda (bo’yi 170 sm) doimiy mashqlarda belkuchi 70 kg, shikoyati yuk, Sizni qo’shimcha tashxisingiz va takliflaringiz.

Javob: Sportchining barcha ko’rsatkichlari normada.

Savol: 6. 18 Yoshli sportchi o’q otish bo’yicha III – razryadli uzluksiz mashq qiladi, Shikoyati yuk, Ko’krak qafasi ekskursiyasi 5 sm, Sizni qo’shimcha tashxisingiz va takliflaringiz.

Javob: Bu sportchida uz yoshi va ko’rsatkichlariga nisbatan fizik xolati normada.

Savol: 8. Gimnastikachi bola chap tomoni antropometrik ma`lumotlari bo’yicha qo’lpanjasi paylarida og`ish bo’lib, spirometr ( -2 ξ ) ko’rsatdi, Sizni qo’shimcha tashxisingiz va takliflaringiz.

Javob: Sportchida paylar cho’zilishi kuzatilgani uchun, unga vaktinchalik sport mashg`ulotlaridan cheklanishni tavsiya qilamiz va tibbiy ko’rikdan o’tish.


Testlar.

1 Jismoniy rivojlanganlikning baholash usulini ko’rsating.


*indekslar

veloergometriya

kaliperometriya


somatoskopiya

2 Jismoniy rivojlanganlikn ibaholash uchun qo’llaniladigan indeksni ayting


*Ketle
Garvardstep-test


Astrand
Martine

3 Mushak rivojlanganligini to’g`ri baholashni ko’rsating.


*zaif
kuchli


judakuchli
judazaif

4 Odam qomatining tarqalgan turini ko’rsating.


*normal
yumaloq


o’rta
yaxshi

5 Ko’krak qafasining asosiy shaklini ayting


*tsilindrik


yassi-raxitik
bochkasimon
egilgan

6 Orqaning asosiy shaklini ko’rsating


*normal
kifotik


lordonik
qiyshaygan

7 Jismoniy rivojlanganlikni baholovchi asosiy belgini ko’rsating


*tanavazni


tizzaaylanasi
sonaylanasi
nafsolishvachiqarishtezligi

8 Jismoniy rivojlanganlik belgisining baholovchi kriteriysini ko’rsating


*o’rta
normal


judapast
judayuqori

9 Shifokor nazoratining vazifasini ayting


*organizmning  jismoniy rivojlanganligi,salomatlik va funktsional holatlarini aniqlash


shifobaxsh gimnastika kompleksini yozish
GTOnormativlarini belgilash
Maxsus guruhlarda mashg`ulotla ro’tkazish

10. Shifokor nazoratining mazmunini ko’rsating


*tashkiliy-uslubiy raxbarlik


organizmning jismoniy ivojlanganligini aniqlash
organizmning funktsional holatida bo’ladigan o’zgarishni aniqlash
maxsus guruhlarda mashg`ulotlar o’tkazish.

Adabiyotlar.

Asosiy :


1. Dubrovsiky V.A. Sportivnaya meditsina. Uchebnik. Fizkultura i sport.,2007 g.


2. Dembo A.G, Vrachebniy kontrol v sporte. M.: Meditsina., 1988g
3. Yepifanov V.A. Lechebnaya fizkultura M., 2003 Juravlyova A.I., Graevskaya N.D.

4. Sportivnaya meditsina i lechebnaya fizicheskaya kultura. Rukovodstvo M., 1993

5. Karpman V.L. - Sportivnaya meditsina.Fizkultura i sport., 2004g.
6. Yepifanov V.A. Apanasenko R.L M Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol M.1990g
7. Yepifanov V.A Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina. M. 2000 g.
8. Chogovadze A.V. Kruglыy I.M. Vrachebnыy kontrol fizicheskom vospitanii i sporte M.1987.
9. Leksionnыe materialы i uchebno-metodicheskie razrabotki.


Qo‘shimcha :

1. Aulik I.V. Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte. M.1990 g.


2. Karpman V.L Sportivnaya meditsina. M. 1987 g.
3. Karpman V.L. Serdse i sport. M. 1990 g.
4. Dembo A.G., Zemsovskiy E.V. Sportivnaya kardiologiya. M.1989 g.
5. Rixsieva O.A. Massaj T., 1996g.
6. Yerishev O.F. Jizn bez narkotikov. S:P. Izdatelstvo «Pioner», Moskva Astrel, AST 2001g.
7. Sportivnaya meditsina Pod red. A.V.Chogovadze M.,Moskva, 1984g.
8. Vinogradov P.A., Dushanin A.P., Joldak V.I. Osnovы fizicheskoy kulturы i zdorovыy obraz jizni Moskva, 1996g.
9. Volojin A.I., Subbotin Yu.K., Chikin S.Ya. Put k zdorovyu Moskva, 1987g.
10. Kukolevskiy G.M. Vrachebnoe nablyudeniya za sportsmenami M., 1975g.
11. Natalov G.G. Vvedenie v fizicheskuyu kulturu Krasnodar, 1995g.

Internet saytlari:

www.doktor.ru

www. medinfo. home.ml.orgwww.alhealth.com

www.docguide.comwww.healthweb.com


www.acsm.orgwww.apta.org
www.sportsmed.orgwww.jphysiol.org
www.physsportmed.comwww.sportsmedicine.com
http://www.restart-med.ru http://www.mirmed.ru
http://micropolarization.narod.ru http://skolioz.mccinet.ru
http://www.sportpsy.cz www. aapmr.org



Download 26.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling