Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi


Download 28.12 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi28.12 Kb.
#481536
Bog'liq
ased muxandislik 1
rudalarni boyitish i.umarova, Инфор сооб конф Бухара 2019 ноября, Инфор сооб конф Бухара 2019 ноября, Документ Microsoft Word, 3-sinf-Matematika, 3-sinf-Matematika, Insert-metodi (1), CLASSIFICATION OF ENGLISH VERBS Ravshanova Go'zal, 5-механик иш ва энергия. Сакланиш конунлари, 13-мавзу Кучиш ходисалари, About higher education, ЭЪЛОН QVZ, xiva, baritsentr-freshe-i-zakon-bolshih-chisel-dlya-mer-na-veshestvennoy-pryamoy, baritsentr-freshe-i-zakon-bolshih-chisel-dlya-mer-na-veshestvennoy-pryamoy

Mavzu: Muhandislik grafikasi o’quv materiallarining mazmun mohiyati
REJA:

  1. O’zbekistonda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar

  2. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.

  3. Fanning maqsad va predmetlari

 O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim to`g`risida umumiy ma`lumot. pedagogika fanining muammolari, pedagogika fanining maqsad va vazifalari, pedagogikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi. Ta`lim to`g`risida umumiy tushuncha. Ta`lim jamiyatning asosiy vazifasi ekanligi. O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, ta`lim to`g`risida prezident I.Karimovning Oliy Majlisning 9-sessiyasida «Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so`zlagan nutqining mazmuni. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunning maqsadi. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi va turlari. Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning predmeti. pedagogika fani tizimi. pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: rivojlanish, shakllanish, tarbiya, o`qitish, ta`lim, o`z-o`zini tarbiyalash, mustaqil o`qitish, o`z ustida ishlash. Ilmiy tadqiqot metodlari. pedagogik innovatsiya. Pedagogika tarixi. Pedagogikani davrlashtirish. Ibtidoiy jamoa davri.ga bo’lgan.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,

uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fani barcha tasviriy va amaliy san`atga oid – «Qalamtasvir», «Rangtasvir va kompozitsiya», «Haykaltaroshlik», «Tasviriy san’at tarixi» va boshqa fanlar hamda muhandislik grafikasiga oid - «Chizma geometriya», «Chizmachilik» «Kompyuter grafikasi» va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ayniqsa, fiziologiya u pedagogika-psixologiya fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Shu bilan birga tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarining umumiy va xususiy metodikasi uchun nazariy va amaliy asos hisoblanadi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlaridagi matematika, botanika, biologiya, geografiya, zoologiya, fizika, mehnat fanlari bilan bevosita bog‘liq holda olib boriladi.

Fanning ta’limdagi o‘rni
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fani talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’atni va muhandislik grafikasi mashg‘ulotlarini to‘g`ri tashkil qilish, o‘quvchilarda shu fan bo‘yicha puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun eng samarali metodik vositalarni tanlashda bo‘lajak o‘qituvchilarga yordam berishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va

pedagogik texnologiyalar
Yuqorida zikr etilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda o‘qitishning zamonaviy interaktiv metodlari va axborot texnologiyalaridan o‘z o‘rnida unumli foydalanish ijobiy natija berishi bilan ahamiyatlidir.
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanini o‘zlashtirishda darslik, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar, elektron materiallar, tasviriy san’at atributlaridan to‘la foydalaniladi. Etuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san’at usta rassomlarining jahon miqyosida tan olingan san’at asarlari namunalari, hamda metodik jiqatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlar tashkil etish; talabalarga mashg’ulot o‘tishda milliy san’at namunalaridan foydalaniladi. Buyuk san’at ustalari va ularning ijod etish jarayonlarini aks ettirishga bag‘ishlangan kino lentalari, chop etilgan namuna va elektron versiyalaridan keng foydalaniladi.
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanini o‘zlashtirishda darslik, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar bilan birga plakatlar, modellar va boshqa ko‘rgazmali qurollar foydalaniladi.
Dars jarayonida talabalar faolligini oshirish uchun mashg`ulotlarda savol-javob, diskussiya, suhbat va didaktik o‘yinlar hamda interaktiv texnologiyalar, ijodiy faoliyatini rivojlantirish, tabaqalashtirib o‘qitish, kredit texnologiya va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Download 28.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling