Fanning tadqiqot usullari


Download 40.5 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi40.5 Kb.
#110545
Bog'liq
3(1-u)


FANNING TADQIQOT USULLARI.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 50-yillaridan iqtisodiyotda mikro

va makro tahlil bilan bir qatorda, alohida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy tizim sifatida mamlakat hududlarini (mintaqalarini) o‘rganish boshlandi. Natijada, iqtisodiy fanlar tizimida mustaqil “Mintaqaviy iqtisodiyot va boshqaruv” fani shakllandi va bugungi kunda ham izchil rivojlanib bormoqda.

Har bir fanda shu fanning tub mohiyatini ochib beruvchi tushuncha bo‘ladi. Jumladan, biologiyada – hujayra, matematikada – son, fizikada – materiya va energiya, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida esa bunday tushuncha – hudud va mintaqadir.

Hudud (territoriya) – yer sharining ma’lum bir qismi bo‘lib, o‘zining geografik o‘rni hamda tabiiy belgilariga ko‘ra boshqa hududlardan ajralib turadi. “Hudud” tushunchasini “akvatoriya” (yer sharining suv bilan qoplangan bir qismi), “aerotoriya” (yer shari atmosferasining bir qismi) kabi tushunchalar to‘ldiradi. Ayni vaqtda, “territoriya”, “akvatoriya” va “aerotoriya” tushunchalari birgalikda “geotoriya” tushunchasini hosil qiladi. “Hudud” tushunchasining g‘oyat murakkab va kattaligi uni mintaqalarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi.

Mintaqa (region) – lotincha so‘z bo‘lib, ilmiy iste’molga ingliz tilidan kirib kelgan va 100 dan ortiq turli mazmunda talqin qilinishi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlarda mintaqa tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy, siyosiy-harbiy va ekologik tizim sifatida quyidagi:

1) dunyo xo‘jaligi va umumbashariy muammolar, geosiyosiy va hududiy takror ishlab chiqarish;

2) megaiqtisodiyotda – makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil yondashuvlarida keng qo‘llanilmoqda.

Geosiyosiy yondashuv – hududiy jihatdan yaqin va chegaradosh mamlakatlarning iqtisodiy integratsiya asosida umumiy bozor (bojxona, valyuta ittifoqlari va boshq.) tuzish uchun intilishi bilan xarakterlanadi (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi, MDH doirasida Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi va boshqalar).

Hududiy takror ishlab chiqarish yondashuvi – mustaqil davlatlarning hududiy umumiyligini ifodalaydi. Mintaqaning hududiy ishlab chiqarishi ikki xil talqin qilinadi. Birinchi talqin sof iqtisodiy-geografik yondashuv bo‘lib, buning asosi hududiy mehnat taqsimotidan (tarmoq mehnat taqsimoti bilan) iborat bo‘lib, iqtisodiy rayonlar deb ham yuritiladi.

Megaiqtisodiyot – makromintaqa uchun umumiy bo‘lgan tabiiy sharoit va resurslar, mamalakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi, aholi hayotining sifat ko‘rsatkichlari (turmush darajasi, aholi daromadlari, intellektual

salohiyat), ijtimoiy taraqqiyot va gumanitar rivojlanganlik umumbashariy muammolarni o‘z tarkibiga olgan yaxlit hududga xos yondashuvlarni ifoda etadi.

Bugungi g‘oyat murakkab va ko‘p qutbli dunyo xo‘jaligining rivojlanishida “qutbli

mintaqa” tushunchasi nafaqat yaxlit tabiiy-geografik hududlarga, balki ijtimoiy-iqtisodiy

hamjamiyatlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Chunki turli bosqichdagi mintaqalar, o‘z

navbatida, mintaqalar tizimining quyi bosqichi yoki elementi hisoblanadi.

Bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda va amaliyotda dunyodagi mamlakatlarni turli tamoyillar

asosidagi tipologik belgilarga bo‘lib o‘rganish nafaqat ilmiy, balki muhim amaliy yo‘nalishga ham ega bo‘lib, mavjud mamlakatlar joylashgan yirik mintaqalarning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, murakkab tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ekologik muammolar yechimlarini aniqlash imkonini beradi.

Hozirgi davrda, “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining asosiy obyekti, hududiy ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar bo‘lib, ularning hududiy joylashishi, shakllanishi, rivojlanish

qonuniyatlari va xususiyatlari fanning predmetini tashkil etadi.

Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni hududiy tadqiq qilish g‘oyat murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu masalalarni o‘rganishda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, asosan, quyidagi usullarga tayanadi:

 kartografiya usuli;

 geografik taqqoslash usuli;

 tarixiy usul;

 rayonlashtirish usuli;

 statistik tahlil usuli;

 iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli;

 tizim-tarkib usuli;

 sotsiologik so‘rov usuli;

 aerokosmik tadqiqotlar usuli;

 klaster va boshqalar.


Kartografik usul orqali o‘rganilayotgan hodisa va voqeliklar umumlashtirilib, kartaga tushiriladi. Bu esa geografiya fanining o‘ziga xos mezoni ham hisoblanadi. Chunki, hudud obyekt sifatida ko‘rilmasa va uni karta yoki karta-sxemalarda aks ettirish imkoni bo‘lmasa, u holda bunday tadqiqotning o‘zi ham geografiyaga tegishli emas. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya doirasida kartalar, asosan, ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega: sanoat, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, transport, aholi, uning milliy va hududiy tarkibi, shaharlar va qishloqlar to‘ri va tizimi kabi kartalar va hokazo.

Geografik taqqoslash usuli – bu usul taqqoslanayotgan obyektlar uchun umumiy va o‘ziga xos tomonini ochib beradi. Ammo taqqoslash usulida, eng avvalo, ikki jihatga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, taqqoslanayotgan obyektlarning katta-kichikligi, o‘z ko‘lami jihatidan birbiriga ma’lum darajada teng bo‘lishi shart.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani tadqiqotlarida tarixiy usul keng qo‘llaniladi. Mazkur usul ayni vaqtda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida va tabiiy fanlar tizimida ham muhim tadqiqot usuli hisoblanadi.

Iqtisodiy rayonlashtirish usuli orqali mamlakatlarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy mintaqalarining mamlakat ichki mehnat taqsimotidagi o‘rni, ixtisoslashuv holati o‘rganiladi, shuningdek, bu usul mintaqalar bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi.

Statistik tahlil iqtisodiy-geografik va ekologik tadqiqotlarning muhim usullardan biri bo‘lib, u aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va hududlar bo‘yicha majmuali ma’lumotlar tizimini tadqiq qilish imkonini beradi. Bu usul orqali xalqaro, mintaqaviy va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy

tizimga doir fakt va raqamlar tahlil qilinadi, chunki statistik fakt va raqamlar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosini tashkil qiladi.

Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli xo‘jalik va aholiga doir raqamlar majmuasini tahlil qilish, o‘rganilayotgan jarayonni miqdoriy baholash imkonini beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi miqdor bog‘lanishlarning matematik ifodasini kibernetika fanlarida model, uni tuzish esa modellashtirish deyiladi.

Tizim-tarkib usuli, aslini olganda, falsafiy qarashlarning mahsuli bo‘lib, u o‘rganilayotgan hodisa yoki borliqning o‘zinigina emas, balki uni boshqa undan kattaroq doirada, birgalikda va o‘zaro aloqadorlikda tahlil qilishni talab qiladi.

Sotsiologik so‘rov usuli tadqiqotlarda keng qo‘llaniladigan usullardan bo‘lib, aniq sharoitda

hududlar, tarmoqlar bo‘yicha keng ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu usul, ayniqsa,

hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar majmuasini aniqlashda, ishlab

chiqarishni tashkil qilishning turli shakllarida yuzaga kelgan muammolarni o‘rganishda,

qolaversa, aholi va mehnat resurslari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq qilishda zarur bo‘lgan muhim ma’lumotlar yig‘ish imkonini beradi.

Aerokosmik tadqiqotlar usuli samarali tadqiqot usullaridan biri bo‘lib, Iqtisodiy va



ijtimoiy geografiyada kenglik bo‘yicha, ya’ni katta hududlarda (kichik masshtabli) tabiat, xo‘jalik, aholi, atrof-muhit majmuasini tadqiq qilishda keng foydalanilmoqda. Ayni vaqtda, aniq hududlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hududiy tashkil qilish, xo‘jalik va aholi joylashuvi, shaharlar, aglomeratsiya va iqtisodiy rayonlar chegaralari, atrof-muhit holati to‘g‘risida aniq va yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu usul orqali kerakli hududni tanlab olib o‘rganish va natijalarni boshqa hududlarga tatbiq qilish ham mumkin.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling