Faol diqqatni aniqlash.(diqqatni jamlash, dangasalikdan qutilish) Diqqatni jamlash uchun
Download 27.83 Kb.
|
Faol diqqatni aniqlash
Психология, Психология, shaxs rivojlanishining pedagogik va psixologik diagnostikasi, Umumiy psixologiya (1-mavzu) (1), ayol siymosini yaratishda takrorlarning ekspressivlik mohiyati , ишлаш, moliyaviy nazorat, маьлумотнома ит паркга, yordamchi soz turkumlari, yordamchi soz turkumlari, malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili , evaluating, azeotrop aralashmalarni ajratish jarayonini kompyuter modellari orqali tahlil qilish (1), Глава 1, Xasanboy. Standartlashtirish
Faol diqqatni aniqlash.(diqqatni jamlash, dangasalikdan qutilish) Diqqatni jamlash uchun(gazni o’chirish yoki eshikni yopdimmi deyish bu diqqatni jamlamaganidan)mashqlar. Nuqta mashqihar kuni -2minut nuqtaga qarash Shulte testi- 30 sekuntda raqamlarni toppish 1dan 25 gacha(kuniga 1-2 martadan qilish kitob o’qish tezligingizni oshiradi) Kunni telefon titkilashdan boshlamang. Ko’p vazifalikdan qoching Diqqatni jamlash mashqi(tez nafas olib tez chiqaramiz odatda, yotishdan oldin 7 marta qilsangiz bir xaftada uxlaydigan bo’lib ketasiz) – 6 sekund nafas olasiz, 7- sekund-ushlab turasi, 8-chiqarasiz Diqqat- ongimizning o’zimiz idrok etayotgan tasavvur qilayotgan, fikr yuritayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga jamlash demakdir. Psixik faoliyatning muayyan yo’nalishda bo’lishi odam ongining narsalar va hodisalarni saralab idrok etishga qaratilganligi diqqat deb ataladi. Diqqatning fiziologik negizi bosh miya po’stlog’ining muayyan sohalarida optimal q’o’zgaluvchan o’choqlardea qo’zg’alishning to’planishidir, bu vaqtda po’stloqning boshqa sohalari tormozlanish holatida bo’ladi. Diqqat ixtiyoriy va beixtiyoriy turlarga bolinadi. Agar ong yo’nalishi va bir joyga joylashmaganligini odamning irodasi taqozo qilmaganda beixtiyor diqqat to’g’risida fikr yuritiladi. Bunday diqqat yuzaga kelishida odamning odatlari, qo’zg’atuvchining organizm ichki holatiga mos kelishi, muttasil bir narsani kutishi va hokozolar muhim o’rin tutadi. Beixtiyor diqqat negizida albatta mo’ljal olish refleksi yotadi, u yangidan paydo bo’lgan qo’zg’atuvchiga javob berishga hamisha tayyor bo’lib turadi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishidan iboratdir, bunda go’yoki ong doirasi anchagina tig’izlashadi. Ana shunday torayish va tig’izlashish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi, ongning eng tig’izlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Diqqatning buzilishi diqqatsizlik yoki diqqatning susayishi bilan namoyon bo’ladi. Diqqatsizlikning birinchi turi diqqatning tarqoq bo’lishi va kam tig’izlanishi bilan xarakterlanadi. Faol diqqatning konsentrlanishi va davomiyliligi o’smirlarning yoshiga bog’liq. Bola qancha yosh bo’lsa tormozlanish jarayoni shuncha bo’sh va qo’zg’alish miya yarim sharlarida shuncha tez irradatsiyalanadi. Faol diqqatning davomiyliligi 7-8 yoshda 15 minut, 9-10 yoshda 20 minut, 11-12 yoshda 25 minut, 13-14 yoshda 30 minut, 15-16 yoshda 40 minut va kattalarda 55-60 minut atrofida bo’ladi. Agarda aqliy ish keragidan ortiq davom etsa, o’quvchida notinchlik hosil bo’lib, aqliy ishning aniqligi va tezligi pasayadi. Shuning uchun dars mobaynida aqliy mehnat turini bir necha marta o’zgartirish kerak. Faol diqqat qancha yuqori konsentrlangan bo’lsa, aqliy ish shuncha tez va aniq bajariladi. Faol diqqatning konsentratsiyasi haqida jadvalda keltirilgan raqamlarni topish tezligidan bilish mumkin (1,2,3,4– jadval).
Tekshiruvchilarning har biriga 1,2,3,4 tablitsalar tarqatilib, tablitsadagi 1dan 25 gacha yozilgan raqamlarni tartib bilan topish (o’chirish) tushuntiriladi. Raqamlarni iloji boricha topish aytiladi. Tekshiruvchi 1-jadvaldagi raqamlarni sekundomerni yurg’izish bilan boshlaydi va sonlarni topib (o’chirib) bo’lgandagi vaqt aniqlanadi. 2,3,4 jadvallar bilan xuddi shunday tajriba o’tkaziladi va o’rtachasi aniqlanadi. O’rtacha ma’lumot chiqarish uchun 4 ta jadvaldan olingan vaqtlar qo’shilib 4 ga taqsimlanadi. Masalan 4 ta jadval uchun 120 sekund vaqt sarf bo’ldi, 120 : 4 = 30. Agarda jadvalda yozilgan 1 dan 25 gacha raqamlar 30-40 soniyada topilsa diqqatning konsentratsiyasi yaxshi hisoblanadi, 45-60 soniyada topilsa qoniqarli va nihoyat 60 soniyadan ortiq vaqtda topilsa qoniqarsiz hisoblanadi. Download 27.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling