Faoliyat
Faoliyat
subyektning
olam
bilan faol oʻzaro munosabatidir.
Odam faoliyati
falsafaning
faoliyat
falsafasi
sohasida oʻrganiladi.
Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga
muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F.
zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har
qanday ijtimoiy tuzilmaning
mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F.
shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi
taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining
qondirilishi va
mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy
munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod
va boshqa sohalardagi F.).
Inson F.i shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi
jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. F.
elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari,
F. predmeti, motivlari, F.ning
maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil
etadi. F. muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni,
amaliyotni
oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini
mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda F. funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi
kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi.
Shu bois, F. bir qancha
fanlar: psixologiya, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya,
huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Faoliyat
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Faoliyat&oldid=2838865
"
dan
olindi