Qozogʻistonda foydali qazilmalardan Mugʻojar togʻi tokembriy va paleozoy burmali va metamorfozlashgan qatlamlari orasida mis kolchedani, Toʻrgʻay bukilmasi zaminida magnetit rudalari (Sokolov, Sarbay va boshqa) hamda qoʻngʻir temirtosh (Qoʻstanay viloyati), qoʻngʻir koʻmir, boksit uchraydi. Qozogʻistonning burmali paleozoy zaminida rudali va noruda foydali qazilmalar (mis, polimetall va boshqalar)ning yirik konlari bor. Shuningdek, toshkoʻmir (Qaraganda, Ekibastuz) va qoʻngʻir koʻmir (Maykuba) konlari mavjud. Mugʻojar togʻining vulkanogen jinslarida xromit, nikel, kobalt, oltin, asbest bor. Qozogʻiston hududida qoʻrgʻoshin, rux, molibden, volfram, fosforit[12]. barit, kadmiy, vismut, profillit, neft, gaz, yonuvchi slanets, marganets, titan, vannadiy, temir, alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt, mirabilit, flyuorit ham bor
Do'stlaringiz bilan baham: |