Farg'ona davlat unevsiteti chet tillari fakulteti horijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 19,96-guruh talabasi G'ayratova Ranoxonning akt dan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 6.38 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi6.38 Kb.
#108755
Bog'liq
mustaqil ish


Farg'ona davlat unevsiteti chet tillari fakulteti horijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 19,96-guruh talabasi G'ayratova Ranoxonning AKT dan tayyorlagan mustaqil ishi.

Mustaqil ish mavzusi :

Smart o'qitish muhiti elementlari bilan ishlash.

Tayyorladi: R. G'ayratova

Qabul qildi: F. Toshboltayev

Reja:

1.Hozirgi kunda ta`limning elektron shakli.

2. Smart o'qitish tizimining o'qitish usuli.

3. Smart elementlarining mantiqiy bog'liqligi.
Hozirgi davrda ta`limning elektron shakli jadval rivojlanib borayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz. Bu holat elektron ta`lim tizimi va ko'plab boshqa ishlab chiqarish vositalarining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Elektron ta`lim tizimi foydalanuvchiga o'quv materiallari va ulardan olingan bilimlarni test topshiriqlaridan foydalanib, tekshirish imkoniyatini taqdim etadi. Zamonaviy talablarga muvofiq, o'quv jarayoni murakkablashib borayotgan bir vaqtda, ta`limda o'quv vositalaridan foydalanish o'zlashtirishni osonlashtirib, qiziqarlilik jihatini oshiroqda. Elektron ta`lim texnologiyasining rivoji elektron o'qitish tizimida ta`lim strategiyasining tuzilishi va har bir o'quvchi uchun o'quv materiallarini yakka tartibda taqdim etish kabi imkoniyatlarini bermoqda. Shunga muvofiq ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar, doimiy talablarining o'sishi va elektron ta`lim tizimini amalga oshirishda zaruriy baholash va boshqarish sifatlari shakklandi. Hozirgi avtomatlashtirilgan ta`lim tizimi sifatini baholash uslublari o'qish jarayoni natijalari nuqtai nazaridan, o'qitish tizimlarini baholashga, shuningdek, ushbu uslublari umumiy bo'lib, paydo bo'lan va elektron ta`lim tizimi hayot siklining turli bosqichlari sifatini boshqarishga yetarli darajada imkon bermaydi. Shu sababli ham elektron ta`lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o'qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi, etish va foydalanish bosqichlarini ishlab chiqish zarur. O'qitish barcha xususiyatlari mujassamlangan ishlanmaning uslubi va o'rganilayotgan fan bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirilgan bilimlarini baholashda darajalarga ajratish tizimining ishlashi hamda o'lchov xususiyatlarini aniqlashtirish zarurati yuzaga keladi. Mazkur qoidalar birinchi navbatda, tizim bilan uning ishlash natijalari bo'yicha o'qitish medelining o'zidagi o'zgarishlarni kuzatishni talab etadi. O'qitish modeli quyidagi: ta`lim maqsadi haqida; o'quv kursi doirasida o'rganuvchining bilimi haqida ( o'quv kursining joriy holati); nazorati savollari va vazifalar tanlovi hamda o'quv materiallarini uzatish asoslari haqida; o'quvchilar bilan ishlash natijalari bo'yicha o'qitish modelining o'zgarishi qoidalari haqida axborotlarini jamlashi kerak. Har bir o'rganuvchiga tizimning boshlang'ich sozlanishi ajratish va o'rganuvchi bilan kelajakda ishlash uchun baza paydo qilishga ko'plab o'quv materiallari va tizim bilan ishlashda o'ziga maqsad berilgan bo'lishi zarur. Keng tarqalgan o'qitish modellari quydagi: overleyli; har xillilik; o'zgarishlik jihatlaridan iborat.

Bunday modellari qurishda ikki asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin. Ekspert o'qitish tizimlardagi o'qitish modellari mazmunida o'rganuvchilar bilan tizim muloqoti jarayonini boshqarish xususiyatlari ahamiyatiga asoslangan barcha qoidalar va ko'rsatkichlar majmuasi tushuniladi. Boshqa turdagi o'qitish tizimlardagi o'qitish modellarida o'qitalayotgan fan bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini ajratish va o'quvchilarning tizim bilan ishlash ko'rsatkichalari majmuasi tushuniladi. Shunga qaramay, o'qitish modelini ko'rsatkichlar majmui sifatida tushunish - bu juda ham tor tushuncha bo'lgan bo'lardi. Ushbu xususiyatlari majmui uslublarsiz o'z ma`nosini yo'qotadi. Shunday qilib, o'qitish modelini mazkur majmuaning barcha uslublari va o'qitish xususiyatlari yig'indisining yaratilishi sifatida ta`riflash mumkin. Ekspert o'qitish tizimlarida bu qoidalar ushbu soha mutaxassislari bilan o'quvchilar muloqotining yuqori sifatida imitatsiya qilishga imkon beruvchi aniq dasturiy ta`minotiga bog'liq. Biroq adaptiv o'qitish tizimlari aniq dasturiy ta`minotga mo'ljallangan bo'lmasligi mumkin, chunki o'qitish modelida ko'rsatilgan qoidalar boshqacha bo'lishi kerak. Birinchi navbatda, bu qoidalarga muvofiq tizim bilan ishlash natijalari bo'yicha o'qitish modeli o'z o'zgarishlarini namoyon etishi kerak. Bu o'qituvchilarga mazkur modellarni shakillantirishni boshqarishga, shuningdek, dasturlashni algoritmik sozlanishlarsiz amalga oshirishga imkon beradi.

O'quv materiallarini o'zlashtirish modeli mavzuning qanday izchillikda o'rgatish va ular orasida mantiqiy bog'liqlikni aks ettiradi. O'quv kursini loyihalashning boshlang'ich bosqichlarida o'quv materialini o'rganishni mantiqiy bog'liqligi va matritsa tartibli munosabatlarga, o'quv elementlarini o'rganish izchilligiga o'quv elementlari mantiqiy aloqasi chizmasiga asoslangan. Mazkur model quydagi to'rt bosqichdan iborat:
* o'quv elementlarining matritsa tartibli munosabatini shakllantirish;

* o'quv elemenlari ro'yxati ko'rinishda o'quv materiallarini o'rganish ketma-ketligini tizm va matritsa tartibli munosabatda ishlab chiqish;

*o'quv elementlarining mantiqiy matritsali bog'liqligini shakllantirish;

* o'quv elementlarining mantiqiy bog'liqligi chizmasini tuzish.

Pedagogik testlash modeli. Pedagogik testlash modeli o'rganuvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholashda qo'llaniladi. Bu sohada ko'p tarqalgan modellar quydagilardan iborat:

*klassik

*murakkab vazifasi klassik model;

*murakkabligi ortib boruvchi model;

*o'zlashtirish darajalari bo'yicha vazifalarni ajratish modeli;

*vazifalarga javob berish vaqtini hisoblash modeli;

*testga chegaralangan vaqt bo'yicha model;

*moslashuvchan model;

*ssenariy bo'yicha model
Download 6.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling