Farg'ona davlat universiteti bt va sti yo'nalishi 2-kurs 19. 37 guruh talabasi Eminova Maftuna- xonning Ona tili va bolalar adabiyoti fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 0.92 Mb.
Sana05.12.2020
Hajmi0.92 Mb.
#160561
Bog'liq
ona tili Mustaqil ish


Farg'ona davlat universiteti

BT va STI yo'nalishi 2-kurs 19.37

guruh talabasi Eminova Maftuna-

xonning Ona tili va bolalar adabiyoti fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi

Mavzu: G'afur G'ulomning bolalar uchun yozilgan she'rlari

da ilgari surilgan g'oyalar.

G'. G'ulomning "Ahmadjon yomon bola emas, ammo...", "Nortojining kurak tishi" she'rlari


G'afur G'ulom (1903-1966)

G'afur G'ulom o'zbek bolalar adabiyotining yuksalishiga katta hissa qo'shgan adiblaridan biri. 1923-yildan adabiyot maydoniga qadam qo'ygan G'afur G'ulom o'z ijodini bolalar uchun she'r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va ularga munosib adabiy meros qoldirdi.

Shoirning '' Mukofot''(1940),"She'rlar"(1946) "Tongotar qo'shiqlari" (1949), "Bari seniki" (1953), "Bir g'uncha ochilguncha" (1955), Siz mening yoshligimsiz"(1958) she' riy to'plamlari ; O'rta va katta yoshdagi bolalarga mo'ljallangan "Shum bola", "Tirilgan murda" (1934) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o'rin tutadi.

Shoirning '' Mukofot''(1940),"She'rlar"(1946) "Tongotar qo'shiqlari" (1949), "Bari seniki" (1953), "Bir g'uncha ochilguncha" (1955), Siz mening yoshligimsiz"(1958) she' riy to'plamlari ; O'rta va katta yoshdagi bolalarga mo'ljallangan "Shum bola", "Tirilgan murda" (1934) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o'rin tutadi.

G'afur G'ulomning "Yasha, deyman, o'g'lim!" she'rida fan va texnikani egallashni orzu qilgan, qalbi qahramonlik ishqi bilan to'lib toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzlardan yulduzga o'tishni orzu qilgan yosh qahramon tuyg'ularini samimiy aks ettiradi

Shoir bolalardagi qahramonlikka bo'lganzo'r havasni sezgirlik bilan ilg'ab olib, uni mohirlik bilan tasvirlay olgan. Ota bilan bolaning suhbati shaklida yozilgan bu sherda o'g'ilning yuksak orzulari jonli tafsilotlar va obrazlar orqali ochiladi.

Shoir "Tursunali nega varrakdan voz kechdi?" she'rida texnikaning kuch qudratini kichik yoshdagi bolalar saviyasiga mos bo'yoqlarda varrak va aeroplan vositasida ko'rsatadi.

Bola sog' - tetik, o'ktam, buning ustiga toza-pokiza bo'lib o'ssa - bu hammaning baxti.Ahmad yomon bola emas-ku, ammo..." she'rida Ahmad obrazi orqali" Sog'lom tanda-sog'lom aql maqoli mazmuni o'ziga xos obrazli tarzda yoritiladi.

Shoirning mahorati shundaki, shartlilik asosida Ahmadning tana a'zolarini jonlantirib, o'z tozaligiga befarq qaraydigan bolaning a'zolari majlis qilib, har biri so'zga chiqadi va egasidan norozi ekanliklarini aytib, uni tanqid qilishadi. Ana shundan so'ng o'z xatolarini tishunib, doktorning foydali maslahatlariga amal qilgan Ahmadning keyinchalik ozoda, sog'lom va intizomligina bo'lib qolmay, a'lochi o'quvchiga aylanganligi asrada ishonarli tasvirlanadi. Shoir "Nortojining kurak tishi" she'ridagi Nortoji obrazi orqalibolalarni tozalikka rioya qilishga undaydi

She'rda G'afur G'ulom Nortojining tabiatiga xos bo'lgan erinchoqlik va yalqovlikni, tozalikka rioya qilmaslikni o'ziga xos yo'sinda tasvirlaydi. Asarda bu illatning zararli oqibati bolalarga g'oyat hayotiy va yorqin misralarda yetkaziladi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling