Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 17-67 guruh talabasi Abduraximova Mohigulning Adabiyotshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.07 Mb.
bet1/7
Sana09.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#258948
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
adabiyotshunoslik.mus.ish

Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 17-67 guruh talabasi Abduraximova Mohigulning Adabiyotshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Mavzu: Aristotelning “ Poetika” asarida borliq va ijod masalasi.

  • Reja:
  • Aristotel haqida umumiy ma’lumot.
  • “Poetika” asari haqida.
  • Asarga berilgan sharhlar.

Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀριστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Iskandar Zulqarnayn ustozi boʻlgan. U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.

Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu erda yashadi.

  • Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu erda yashadi.
  • Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling