Farg’ona Davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisodiyot va servis kafedrasi mehmonxona xo’jaligini t e va b yo’nalishi


Download 1.08 Mb.
Sana16.06.2020
Hajmi1.08 Mb.
#119157
Bog'liq
Turizm va mexmonxona xo’jaligida marketing axborotlari tizimi

Farg’ona Davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisodiyot va servis kafedrasi mehmonxona xo’jaligini t.e va b yo’nalishi

Farg’ona 2020


Bajardi: Abduraxmonova.M

Qabul qildi: Axunova.O’

Guruh: 18.111

Turizm va mexmonxona xo’jaligida marketing axborotlari tizimi

Reja:

-Turizm va mehmonxona xo‘jaligida marketing tushunchasi va ahamiyati

-Turizm va mexmonxona xo’jaligida marketing axborotlari tizimi

-Mexmonxona xizmatlari marketingi strategiyasi va taktikasi

-Mexmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyalari tasnifi

-Xulosa

Turizm va mehmonxona xo‘jaligida marketing tushunchasi va ahamiyati

  • Turistik marketing bu – mintaqaviy, milliy va xalqaro rejalar asosida turizm sohasida amalga oshiriladigan turistik korxonalari hamda xususiy va 16 davlat siyosatining tizimiy o‘zgarishlari va o‘zaro muvofiqlashtirishidir. Bu o‘zgarishlardan maqsad munosib foyda olish imkoniyatini hisobga olgan holda, aniq iste’molchi guruhlarning talabini to‘la qondira olishdir
  • Marketing – iste’molchi talabini aniqlash va o‘rganish asosida hamda eng yuqori foyda olish maqsadida har bir iste’molchining yakka ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan savdo-ishlab chiqarish faoliyatining tizimidir
  • Nemis mutaxassislari V.Riger, P.Rot, A.Shrand marketingni turistlarning ehtiyojlarini raqobatchilarga nisbatan yanada samarali qondirish yo‘li bilan korxonaning maqsadlariga erishishga qaratilgan, bozorga yo‘naltirilgan boshqaruv sifatida aniqlaydilar. Bu yerda Shuni ta’kidlash kerakki, marketingni alohida turistik firma darajasida ham mahalliy, mintaqaviy va milliy darajalardagi turistik birlashmalar faoliyatida qo‘llash mumkin. Bu tushuncha o‘zida quyidagi g‘oyalarni mujassamlashtiradi. E’tiborga moyil bo‘lgan dastlabki belgisi marketing bu alohida emas, balki faoliyat tizimi tushunchasi bilan belgilanadi.

Turizm va mexmonxona xo’jaligida marketing axborotlari tizimi

  • Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
  • Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.

Mexmonxona xo’jaligida marketing axborotlari tizimi


Mexmonxona marketing tizimi

Tashkilot va korxonzlar bilan shartnomalar

Banklar, zavod-fabrikalar, davlat organlari, xususiy tashkilotlar.

Turfirmalar

Individual mijozlar

Internet (online bronlar)

-Booking.com

-Expedia Group

-Tripadvisor.com

-Hotels.com

- Mybooking.uz

- va boshqalar


Mexmonxona xizmatlari marketingi strategiyasi va taktikasi

  • Xizmatlar sonini ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash turistlarga mexmonxonalarda xizmat ko‘rsatish samarsini, demak turizm soxasi rentabelligini oshirishga olib keladi. Shu munosabat bilan yangi turmaxsulotlarni ishlab chiqishga imkon paydo bo‘ladi, xozirgi kunda ularni ishlab chiqish uchun yetarli darajada xalqaro standartlarga moe keluvchi sifatli xizmatlar yetarli emas.
  • Yangi iqtisodiy mexanizmni tashkil qilish quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadi:
  • -mexmonxonalar uchun zamonaviy xalqaro standartlarga moe keluvchi mebellar, jixozlar ishlab chiqarish bo‘yicha kushma korxonalar tuzish va bu borada importni kamaytirish;
  • -xalk xunarmandchiligini rivojlantirish, qadimgi turkiy jixozlar shaklida ishlangan kundalik turistik extiyojlar uchun tovarlar ishlab chiqish bo‘yicha kichiq korxonalar ochish va ularga yordam berish;
  • -kungil ochish industriyasini tashkil qilish, dam olish uchun mo‘ljallangan sport-soglomlashtrish markazlarini, tabiiy turistik oromgoxlarni, sport klublarini, kazino, gol'f uynash uchun mo‘ljallangan maydonlarni va x.k. larni tashkil qilish;
  • -reklama faoliyatini kengaytirish va reklama maxsulotlarining sifatini oshirish, tegishli bosmaxona bazasini barpo qilish, audio-, video-, nashriy- maxsluotlarni yaratish;
  • -maxsus belgiga ega bo‘lgan esdalik maxsulotlari, sport jixozlari, turistik anjomlarni ishlab chiqarish bo‘yicha xususiy va qo‘shma korxonalarni tashkil qilish;-turizm soxasidagi korxona va tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatlarini yo‘lgaqo‘yish orqali xorijiy investisiyalarni jalb qilish, turizm iktisodiyotiga bevosita sarmoyalarni olib kelish uchun imtiyozlar, kafolatlar tizimini va tegishli solik tartibini joriy qilish;

Mexmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyalari tasnifi

  • Mexmonxonalarning quyida ko‘rsatilgan jihatlari bo‘yicha ajratilib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
  • 1.Mexmonxona xo‘jaligining ishlab chiqarishga oid xususiyatlari. Bu xususiyatlarning asosiylaridan biri ishlab chiqarish faoliyatining har xil vaqtlarda amalga oshirilishidir. Masalan, xonani mijoz tark etgandan keyingina tozalanadi; biror ichimlik bilan taomlar har xil vaqtda tayyorlanadi. Yana bir xususiyat shundan iboratki, bunda ishlab chiqarilgan moddiy nematlar kerakli paytda ishlatish uchun omborda saqlab quyilmaydi. Masalan, biror xona saqlab quyilishi mumkin emas, balki har kuni sotilishi majburiydir. Yana bir xususiyat mexmonxonada ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi.
  • 2.Ishchi kuchi jihatdan farq qiluvchi xususiyatlar. Boshqa sanoat korxonalarida ishchilar mijozlar bilan kamdan-kam muloqotda bo‘lishsa, mexmonxona xo‘jaligida ishchilar o‘z vaqtlarining katta qismini mijozlar bilan o‘tkazadilar.
  • 3. Buxgalteriya (Hisob kitob) jihatdan mexmonxona xo‘jaligining xususiyatlari. Bunga misol qilib mexmonxonada hisob-kitobning nazorat ishlari kunning oxirida, ya'ni soat 24.00 dan keyin amalga oshirilishini ko‘rsatish mumkin. Sababi shuki, mexmonxona xo‘jaligida turistlar hisobining hamma vaqt turishi shart va majburiydir.
  • 4. Marketing tomonlama olib qarasak, mexmonxona xo‘jaligi xizmati marketingga zid ravishda ko‘rsatiladi, ya'ni bunda turist xizmatni sotib olish uchun ishlab chiqarilgan yerga kelishi kerak bo‘ladi. Hech bir kishi uyida o‘tirgan holda mexmonxona xizmatidan foydalana olmaydi, ya'ni maxsulotlarni sotib olish joyi bo‘lib mexmonxona xizmat qiladi. Boshqa sanoat korxonalarida esa, bundan farqli ravishda, ishlab chiqarilgan maxsulot ulgurji yoki chakana savdo natijasida xaridorlarga yetkazib beriladi.

Xulosa

  • Turistlar uchun mavjud turistik ob'ektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda. Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin oshmoqdi. Bu esa turizm infratuzilmasida katta yangilanishni taqoza etdi. Turistlarning asosiy extiyojlarini qondiruvchi mexmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilish kerakligini davr taqoza qildi. Hozirgi kunga kelib respublikamizdagi mavjud mexmonxonalarning aksariyati qayta ta'mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya'ni 3-4-5 yulduzli mexmonxonalar maxalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Adabiyotlar

  • Simon Hudson. Tourism and Hospitality Marketing. A Global Perspective. S.SAGE. Los Angeles. London. New Delhi. Singapore. 2008.
  • O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni. 1999.
  • 2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil10 may PQ-1754 - sonli Qarori.
  • Internet ma’lumotlar:
  • www.uzbekturizm.uz
  • www.arxiv.uz
  • www.ziyonet.uz

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling