Farg`ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya o`qitish metodikasi yo`nalishi II kurs 18. 54 Guruh talabasi g'oziyeva firuzaxonning


Download 51.87 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi51.87 Kb.

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA

O`QITISH METODIKASI YO`NALISHI II - KURS

18.54 - GURUH TALABASI G'OZIYEVA FIRUZAXONNING

«UMURTQALILAR ZOOLOGIYASI» FANI BO‘YICHA

KURS ISHI

Xelitseralilar (Chelicerata) kenja tipi

Reja:

1. Xelitseralilar tashqi tuzilishi va klassifikatsiyasi.

2. Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi tavsifi.

3. O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi umumiy belgilari.

4. O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi аsosiy turkumlari va muxim vakillari:

5. Dengiz o‘rgimchaklari (Picnogonida) sinfi

6. Xelitseralilar filogeniyasi.

Xelitseralilar tashqi tuzilishi.

Cheliceralilar va mondibulatalar hozirgi zamon bo‘g‘imoyoqlilarining egizak tаksoni hisoblanadi. Xelitseralilar guruxiга oldin yashagan турлар билан бирга 70 000 dan ortiq tur kirib, bular: o’rgimchaklar, chayonlar, pichano’rarlar, kanalar va xanjar dumlilar hamda oldin yashagan dengiz chayonlarini o‘z ichiga oladi. Aksaryat xelitsiralilar quruqlik hayvonlaridir.



Tashqi tuzilishi : Xelitseralilar gavdasi 2 ta tagma boshko’rak (sefalotoraks) va qorincha qismlardan tuzilgan. Boshko’krak (prosoma) qismini birinchi segmenti parapodiyalarni yo’qatgan. Boshqa bo’g’imoyoqlilarda bu segmentdan antennalar rivojlanadi. Xelitseralilarda bu yo’qyu Birinchi juft parapodiyalar – boshko’krakning 2 – segmentidan ikkita ushlovchi xelitseralilar rivojlangan. Har bir xelitsera 2 yoki 3 ta bo’gindan iborat bo’lib ,oxirgi 2 ta distal bo’g’inlar qisqich hosil qiladi. Ikkichi juft parapodiyalar – pedipalpalar turli tаksonlarda turli funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan bo’lib, asosan sensor vazifasini bajaradi. Qolgan 4 juft porapodiylar – oyoqlarga aylangan.Tananing qolgan segmentlari (12 tagacha) qorincha abdomen yoki opistosoma qismini hosil qilgan. Oxirgi segment oxirida nishli dum (telson) bo’lishi xarakterlidir.

Bu kеnja tipning xaraktеrli bеlgilar antеnna va antеnnulara bo’lmasligi, tana qismi aniq ikki bo’lak :bosh-ko’krak va qorin qismidan tuzilganligi, bosh-ko’krak qismida 6 juft o’simta bo’lib, shulardan birinchi jufti ustki jag’ qisqichsimon xеlidеra, ikkinchi jufti ostki jag-pеdipalpa va qolgan 4 jufti ko’krak oyoqlaridir qorin obdomеn qismida oyoqlar bo’lmaydi.

Xеlitsеralilar kеnja tipi Mеristomalilar va o’rgimchaksimonlar sinfiga bo’linadi.

Mеristomalilar - Meristomata. Mеrostomalilar yoki qisqichbaqa-chayonlar sinfining vakillari primitiv tuzilishga ega bo’lgan xеlitsеralilar bo’lib, hozirgi kunimizda qirilib bitayotgan tipik dеngiz hayvonlaridir. Bular 2 ta turkumga: evripеtrid yoki qisqichbaqa chayonlar va xanjar dumlilarga bo’linadi. Qisqichbaqa chayonlar turkumining vakillari qirilib bitgan, uzunligi 2 m gacha bo’lgan, boshi ko’kragiga birikkan, yaxlit qalqonli, qorni 12 bo’gimli, dumli, dumining oxiri nayzali.

Bu sinfning asosiy vakillarini (xanjar dumlilar) tashkil etadi.

Quruqlik bo’gim oyoqlilarning kеlib chiqishi. Ko’pchilik bo’gim oyoqlilar quruqlikda yashaydi, shuning bilan bu tipning vakillari oldingi biz ko’rib chiqqan tiplardan kеskin farq qiladi. Sodda xayvonlar suvda yashaydi, faqat ularning sistalari uzoq muddatda quruqlikda bo’lishi mumkin. Bulutlar va kavak ichaklar tipik dеngiz va chuchuk suv hayvoni. Erkin yashovchi yassi chuvalchanglardan ba'zi turbеllyariyalar quruqlikda. So’rgichlilar va lеntasimonlarning qatgiq qobuqli tuxumi va lichinkalari quruqlikda bo’lishi mumkin. Birlamchi tana bo’shliqli chuvalchanglardan faqat yumaloq chuvalchanglar sinfi ko’p nam tuproqda, klovratlar va parazit chuvalchanglarning tuxumi va voyaga еtgat davrida tuproqda uchratish mumkin. Mashhur sovеt zooligi, akadеmik M.S.Gilyarov, hayvonni suv muhitidan quruqlik muhitga o’tishda asosan tuproq orqali o’tganligini, bunda tuproq hayvon uchun qurib qolishda mudofaa va ko’payish hamda rivojlanish jarayonida muhim rol o’ynashini ta'kidlaydi. Quruqlik bo’gim oyoqlilarning kеlib chpqishi bilan tanishish quruqlik umurtqali hayvonlar kеlib chiqishish masalalarni ko’rishda katta ahamiyatga ega.

O’rgimchaksimonlar - sinf vakillarining 60 mingga yaqin turi bo’lib, xaraktеrli bеlgilari tanalarini turli shaklda bo’lishi, xеlitsеra va radial tipidagi ogiz va apparataning bo’lishi, bularning ham tanalari bosh-ko’krak va qorin qismlariga bo’linib, (kanallarda bu ikki bo’lim qo’shilgan), qorin qismida oyoq bo’lmasligi nafas olish organlari maxsus tuzilishga ega nafas olish o’rgani naychalar tipida tuzilganligi va ayirish organlari nеfridiysimon yoki ichak bilan tutashgan naychalar shaklida bo’lishidir. Tеrisi yupqa xitinli kutikula, nеrv sistеmasi bo’gim-oyoqlilarga xos qorin nеrv zanjiridan, ba'zilarda qorin tugunlari tutashgan bo’ladi. Masalan: o’rgimchak va kanallarida 1 - 6 juft oddiy ko’zlari bor.

O’rgimchaklar (Araneida) turkumi. Bularning xaraktеrli tomonlari bosh ko’krak va qorin qismlari bo’ginlarga bo’linmagan bo’lib, bu qismlarning ingichka bo’gim bilan tutashishi, xеlitsеralarining uchi tirnoqli bo’lib, uchiga zahar bеzi yo’lining ochilishi, qorin qismida esa so’galga o’xshash o’rgimchak ipi ishlab chiqaradigan bеzlar bo’lib, ularning yo’llari ochilgan bo’rtmalari borligi va hamma qorin nеrv zanjirning umumiy xalqum usti tuguni bilan qo’shilganligi hisoblanadi.

Kanalar (Acarida) turkumi. Bular turli xil sharoitda yashashga moslashgan, nam tuproqda, suvda, juda ko’p turlari o’simliklar yoki hayvonlar tanasida ektoparazitlik qilib hayot kеchirib, zarar еtkazadi yoki turli kasalliklarni qo’zgatuvchi mikrob va viruslarni tarqatadi.

Tanasi uch qismdan.

1. Bosh ko‘krak (prosoma)

2. Oldingi qorincha (mezosoma)

3. Keyingi qorincha (metosoma)

Bosh ko‘krak (prosoma) dagi yaxshi rivojlangan 4 juft oyoq yurishga xizmat qiladi. Oldingi (mezosoma)dagi oyoq 1 juft oyoq jinsiy oyoqqa aylangan, qolgan bosh jufti esa suvda yashovchi formalarida nafas olishga xizmat qiladi. Ko‘zlari oddiy jinsiy organlarini yo‘li oldingi qorincha I bo‘g‘imiga ochilgan. Tuxum qo‘yib ko‘payadi.

Umuman Хeletseralilar - eng qadimgi poleozoy erasida rivojlangan va yuz mln. yillar davomida nihoyatda xilma-xil yashash muhitida hayot kechirishga muvofiqlashgan hayvonlar bo‘lganligidan adaptatsion evolyutsiya natijasida bir-biridan katta farq qiladigan guruhlar (sinflar, turkumlar) ga bo‘lingan. Lekin buni bir qancha avlodlari suvga yashash hususiyatini saqlab qolgan

Xelitseralilar kenja tipi 3 ta sinfga bo’linadi.

1. Xanjardumlilar (Xiphosura ) sinfi.

2. O’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi.

3. Dengiz o’rgimchagi (Pantopoda)sinfi.



Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi tavsifi.

Qilichdumlilar (Xiphosura ) sinfi - vakillari hozirgi zamondagi eng yirik xelitseralilardir. Ularning kattaligi 75 sm gacha bo’ladi. Xanjardumlilar yer yuzida silur davridan buyon yashab kelib, ularni aksaryat turlilari qirilib ketgan.Tipik dengiz hayvonlaridir. Hozirgi zamon faunasida 4 ta turi uchraydi. Bitta turi Atlantika okeanining Shimoliy Amerikaning sohillarida, 3 ta turi Osiyo, Koreya,Yaponiya va Filippin, Indoneziya qirg’oqlarida tarqalgan. Boshko’krak qismi tuzilishi ot taqasi shakliga o’xshaydi. Xanjardumlilar sohilga chiqib 1000 tagacha tuxum qoyib ko’payadi.Tuxum rivojlanishi trilobitlarning lichinka rivojlanishini eslatadi. Hozirgi paytda juda kam qolgan xanjardumlilar xeletseralilarni kelib chiqishini o’rganishda juda katta nazariy ahamiyatga ega .



O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi umumiy belgilari.

O‘rgimchaklar sinfi tuzilishi va hayoti bilan bir-birlaridan birmuncha farq qiladigan turkumlar: chayonlar, o‘rgimchaklar, salpuglar, soxta chayonlar, kanalar va bir necha turkumlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur sinf avlodlari bir qancha umumiy xususiyatlarga ega. Chunonchi, hamma xeletseralilar kabi bularda mo‘ylovlarning bo‘lmasligi, boshko‘krak qismidagi hamma bo‘g‘imlari birlashib, uning orqa tomoni boshko‘krak qalqoni bilan himoyalanganligi, haqiqiy jag‘lar o‘rnida oziqni ushlash va maydalash (kemirishkavshash)ga xizmat qiladigan o‘tkir tirnoqli kuchli, xitinlashgan xeletseralarining yaxshi taraqqiy etganligi bular uchun xos belgilardir. Bundan tashqari mazkur sinf vakillarida turli vazifalarni bajarishga moslashgan pedipalplarning bo‘lishi, boshko‘krakda joylashgan to‘rt juft oyoqlarining yaxshi rivojlanganligi, murakkab ko‘zlar o‘rnida bir necha juft sodda ko‘zlar mavjudligi, ko‘pchilik avlodlarida oldingi qorincha oyoqlarini nafas olish organiga aylanganligi va boshqa xususiyatlar bilan xarakterlanadi.

Ko‘rsatib o‘tilgan organlar va umuman tananing tuzilishi ko‘pchilik parazitlik bilan hayot kechiruvchi kanalar turkumida turli darajada soddalashib, o‘zgarib ketgan. Umuman o‘rgimchaksimonlar o‘zlarining nihoyatda xilma-xilligi va turli sonining ko‘pligi (bularga 35 mingdan ortiq tur kiradi) jihatidan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasida hashoratlar sinfidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Ko‘pchilik turlari yirtqich. Ko‘pincha hashoratlar va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari (kanalar) hayvonlar yoki o‘simlik tanasida parazitlik yoki tayyor mahsulot bilan oziqlanadi. Binobarin, bularda teri sezuv va hid sezuv vazifasini bajaruvchi sezuv tukchalari yaxshi rivojlangan. Oziq qidirishda ko‘zlarigagina emas (ba’zilarida ko‘zlar yaxshi rivojlanmagan yoki butunlay yo‘qolgan). Balki mazkur sezuv tukchalar yordam beradi.



O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi аsosiy turkumlari va muxim vakillari.

Qisqichbaqachayonlar (Eurypterida).

Qisqichbaqachayonlar - yerda ordovik davrida paydo bo’lib, perm davrida butinlay qirilib ketgan. Bu dengiz chayonlari suvda yashagan. Ular dengizda va chuchuk suvlarda yashab ayrim turlari quruqlikda ham yashashga moslashgan.

Evripteridlar eng yirik bo’g’imoyoqlilar bo’lib ayrim turlari uzunligi 3metrgacha borgan. Evripteridlar hozirgi chayonlarga ko’pgina tomonlari bilan o’xshasada ular xanjardumlilarga qarindosh sanaladi. Qisqichbaqachayonlarni faqat qazilma qoldiqlari bizgacha yetib kelgan.

Chayonlar (Scorpiones) turkumi.

Chayonlar turkumiga mansub bo‘lgan o‘rgimchaksimonlar (bularning 600 tacha turi ma’lum) paleozoy erasidan, ya’ni bir necha yuz million yillardan buyon yashab kelayotgan va dastlabki avlodlarining tushilishi va qiyofasini saqlab kelgan bo‘g‘imoyoqlilar bo‘lib, paleozoyning sillurdavrida suvda yashagan avlodlariga ko‘p jihatdan o‘xshash maxluqlardir.

Chayonlarning qadimgi avlodlari ko‘rsatilgan issiq iqlimli erada yashagan bo‘lganidan hozirgi turlari ham asosan tropik va subtrpik qit’a va oblastlarda: Afrika, Janubiy va Markaziy Amerika, Hindiston, Janubiy va Sharqiy-janubiy Osiyoda tarqalgan. Rossiya da O‘rta Osiyo, Zakavkaze va Qrim yarim orolida ko‘proq uchraydi.

Chayonlarning tanasi boshko‘krak (prosoma), oldingi qorincha (mezosoma) va ketingi qorincha (metosoma) qismlariga yaxshi ajralgan. Boshko‘krak qismi va oyoqlari qalin chidamli xitin bilan qoplangan. Bosh tomonining ustida bir juft kattaroq ko‘z, yon tomonida esa 5 juft mayda sodda ko‘zchalar joylashgan. Boshko‘krakning qorin tomonida og‘iz, bir juft o‘tkir “tishli” xeletsera va bir juft juda katta pedipalp joylashgan. Ovqat ovlashda eng asosiy qurol bo‘lmish pedipalplar qisqichbaqadagi qisqichoyoqlarga o‘xshab, zo‘r muskulli omburchalar bilan qurollangan. To‘rt juft ko‘krak oyoqlari yurishga xizmat qiladi.

Olti segmentli, yaxshi chegaralangan va enli oldingi qorinchaning birinchi segmentiga (qorin tomoniga) jinsiy yo‘l ochilgan bo‘lib, mazkur bo‘g‘imda bir juft kattagina “tarmoqsimon” organ joylashgan. Qolgan to‘rtta segmentga bir juftdan nafas olish organlari “o‘pka” teshikchalari ochilgan. Ketingi qorincha (“dum”) 5 – 7 bo‘g‘imli bo‘lib, uning eng oxirgisida zahar bezi va nayza joylashgan. Anal teshikchasi nayzali bo‘g‘imning yuqoridagisiga ochilgan.

Chayonlar – tungi hayvonlardir, ular kunduzi tuproq ichidagi yoki tosh-g‘isht kovaklari orasidagi “uyalarida” yotib, kechalari “ov”ga chiqishadi va dumini yuqoriga qayirgan holda tez yugurib harakat qiladi. U yo‘lida uchragan hashoratlar, o‘rgimchak va boshqa mayda hayvonlarni pedipalplari bilan ushlab, yeydi. Agarda kattaroq qo‘ng‘iz (hatto, mayda sichqon yoki kaltakesaklar) uchrab qolsa ularni chaqib o‘ldirgach, yeya boshlaydi. Och qolgan chayonlar, hatto o‘z avlodlari (jumladan bolalarini) yeyishdan ham qaytmaydi.

Chayonlarning tuxumi urg‘ochining jinsiy yo‘llarida rivojlanib, mayda bolachalar shaklida tug‘iladi. Bitta urg‘ochi 5 tadan 20-30 tagacha bola tug‘ishi mumkin. U mayda bolalarini bir necha kungacha yelkasida ko‘tarib yuradi. Chayon bolalari bir necha po‘st tashlab, 1-1,5 yildagina voyaga yetadi. Chayonlar eng qadimgi va juda oz o‘zgargan hayvon bo‘lganligi uchun Yerning hozirgi geografik holati shakllanishini o‘rganishda ma’lum nazariy ahamiyatga egadir.

Chayon zahri oqsil xarakteridagi murakkab organik modda. Zahar mayda hayvonlarni tez o‘ldiradi. Chayon zahri – ular aktivlashgan yoz oylarida kuchli bo‘lib, chaqqan odamga bir necha kun azob berishi mumkin. Lekin chayon zahridan odam o‘lishi juda kam sodir bo‘ladi. Zahar bolalarga tez ta’sir etadi (ayrim hodisalarda bola zaharlanib, nobud bo‘lishi ham mumkin). Chayon – zararli hashoratlarni yo‘qotuvchi foydali maxluqdir.



Telifonlar (Uropygi) turkumi.

Bu tаksonga 100 dan ortiq turlar kiradi. Bir qancha turlari yirik bo’g’imoyoqlilar bo’lib uzunligi 80 mm gacha boradi. Boshko’krak butunlay karapaks bilan qoplangan va oldingi qismda ko’zlar joylashgan. Xeletseralari juda kichik va 2 ta bo’g’indan iborat. Oxirga uchi ingichka tirnoqqa aylalangan. Boshko’krak oxirgi pedipalpalari uzun qisqichga aylangan va ushlash uchun xizmat qiladi.Yirtqichlik bilan hayot kechiradi.

Qorin segmentlarini oxirgi segmenti yon tomonlarida 2ta purkovchi bezlar joylashgan bo’lib ,ularni teshigi tashqariga ochilgan. Bezlar purkagan modda tarkibida 84 % chumoli kislota 5 %kapril kislota bo’ladi.Bu biologik qurol ov qilishi va dushmanidan ximoya vazifasini bajaradi. Suyuqlik odam terisini kuydirish tasiriga ega .Uropugalarda ko’payish vaqtida qumli nikoh marosimi orqali erkaklari urg’ochilarini urug’lantiradi. Urg’ochilari urug’langan tuxumini, o’z tanasiga birikkan sumkachaga qoyadiva tuxumdan lichinka chiqmamaguncha uyasidan tashqariga chiqmaydi.

Chilviroyoqlar (Amblypygi) turkumi.

Bu tropic va subtropik o’rgimchaksimonlar ko’p tomonlama o’rgimchaklarga o’xshaydi. Bularni yer yuzida 100 dan ortiq turi tarqalgan bo’lib, yashirin hayot kechiradi. Chilviroyoqlar tungi hayvon bo’lib, kunduz daraxtlar barglari ostida, shag’allar ostida yashirinib yotadi. Ular uzunligi 4 mm dan 45 mm gacha boradi. Boshko’krak butunlay koraps bilan qoplangan. Boshida 5 juft ko’zlari bor. Qisqichli xelitseralariga o’xshaydi. Zaxar bezlari mavjud emas.



O‘rgimchaklar (Araneae) turkumi.

O‘rgimchaklar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan. Yer yuzining dengiz va okeanlaridan boshqa deyarli hamma biotoplarda, xilma-xil hayot sharoitida yashashga layoqatlashgan. Bularning hamma turlari o‘rgimchak hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rgimchak tolasi ishlab chiqarishi xarakterli.

O‘rgimchaklar boshko‘krak qismini ixchamlanishi, anchakatta qorincha qismini esa boshko‘krakdan katta bo‘lib, keskin ajralishi, harakatchanligi va undagi bo‘g‘imlarning birikib ketganligi bilan ham xarakterlanadi. O‘rgimchak tolasi ishlab chiqaruvchi bezlar qorinchaning oxiriga – “o‘rgimchak bo‘rtmasi”ga ochilgan (oxirgi ikki juft qorincha oyoqlari o‘rgimchak tolasi ajratuvchi “o‘rgimchak bo‘rmasi” ga aylangan). Shu munosabat bilan ko‘krak oyoqlarining uchida tola joylovchi o‘simtalar va “tarnoqcha” lar rivojlangan. Bir yoki ikki juft o‘pka yoki traxeya naychalari shaklidagi nafas olish organlari qorinchaning oldingi tomoniga ochilgan.

Yashash sharoitiga qarab, o‘rgimchaklarning rangi-tusi va katta-kichikligi turlicha bo‘lishi mumkin. Boshko‘krakning ustki qismi qattiq va chidamli qalqon bilan himoyalangan. Boshning oldingi tomonida to‘rt juft, har xil kattalikdagi ko‘zlari bo‘lib, u turli o‘rgimchaklarda turlicha joylashgan. Kalta va kuchli muskulli xeletseralar baquvvat, o‘tkir tirnoqchalar bilan qurollangan. Bu asosiy himoya va hujum organi turli hayvonlarni ovlash, o‘ldirish va maydalab kemirishga yordam beradi. Mazkur tirnoqchalarning ichiga zahar bezlarining yo‘li ochilgan. Sirtidan qaralganda oyoqlarga o‘xshagan pedepalplarda juda ko‘p sezuv tolachalari; erkaklarining pedepalp bo‘g‘imida qo‘shilish organi joylashgan.

To‘rt juft ko‘krak oyoqlari yurishdan tashqari xilma-xil vazifalar bajarishga moslashgan. Bulardagi duda ko‘p tukchalar – teri sezuv va hid sezuv vazifasini bajarsa, oldingi oyoqlari ovlashga ham xizmat qiladi. oyoqlarining uchidagi ilmoqsimon va taroqchasimon o‘simtalar o‘rgimchak ipini tekislash, uyalar to‘qish, kovlash, tuxum pillasi tayyorlash vazifasini bajaradi.

Qorincha o‘n bir bo‘g‘imning qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan. Qorinchaning pastki tomonida nafas olish organlari, jinsiy organ yo‘llari, “o‘rgimchak bo‘rtmasi” va eng oxirgi qismga anal teshigi ochilgan. Qorinchaning oldingi qismiga ikki juft (yoki bir juft) “o‘pka” teshigi, ba’zi turlarida esa o‘pkaning o‘rnida paydo bo‘lgan traxeya naychasining yo‘li ochilgan. Har bir “o‘pka” nafas olish teshikchasining ichki qismida joylashgan yuzlarcha “varaqcha” lardan iborat bo‘lib, mazkur varaqchalar oralig‘ida havo kirishi bilan hayvon nafas oladi. Bu bilan o‘pka varaqchalarining ichki qismida harakatlanuvchi qon oksidlanadi. Bu xildagi “o‘pkа” qadimgi o‘rgimchaksimonlar jabrali oyoqchalarining o‘zgarishi natijasida rivojlangan.

Traxeya – shoxlangan naychalar sistemasidan iborat bo‘lib ichga qayrilib, ustigma teshikchasi orqali tashqari bilan tutashgan. Bu xildagi organ o‘pkaning o‘rnida joylashgan.

O‘rgimchak bo‘rtmasi” 2-3 yoki 4 juft oyoqchalarning qoldig‘idan rivojlangan. “Bo‘rtma” o‘simtalarining uchida xitinlashgan juda ko‘p naychalar bor. O‘rgimchak tolasi hosil qiluvchi bezlarning yo‘llari shu naychalarga ochilgan. Tola hosil qiluvchi bezlarda juda ko‘p bo‘lib, ular qorinchaning ichki qismida joylashgan. Bezlardan ajralgan suyuq modda havoda qotib, tolaga aylanadi. Ko‘pincha yuzlab naychalardan ajralgan tolalarni o‘rgimchak birlashtirb, yo‘g‘onroq va mustahkam ip hosil qiladi. Bir qancha o‘rgimchaklar har xil toladan turli maqsadda foydalanishadi. Ovlash maqsadida ajratiladigan yopishqoq tolalar uzoq vaqt qotmaydi. O‘rgimchak tolasi juda chidamli (u tabiiy ipakdan 2-6 barobar chidamli) va pishiqligi aniqlangan. O‘rgimchaklar toladan tuzoq qurish, uya yasash, bir daraxtdan ikkinchisiga o‘tadigan “arqon yo‘li” o‘tkazish yoki tuxum qo‘yadigan pilla yasash kabi maqsadlarda foydalanadi. Ko‘pchilik yosh o‘rgimchaklarning ajratgan paxtasimon tolasi ularning avlodlarini boshqa oblast va qit’alarga tarqatuvchi “parashyut” vazifasini ham o‘taydi.

O‘rgimchaklarning hazm organlari turli hasharot va mayda hayvonlaning tana suyuqligini so‘rib ovqatlanishga moslashgan. Kalta qizilo‘ngach boshko‘krak qismidagi “so‘ruvchi” oshqozonga tutashgan. Bu organ esa oshqozonning oldingi qismidan 5 juft “ko‘richak o‘simtalari” hosil qilingan. Ushbu o‘simtalar bosh tomoniga va oyoqlarning ichki qismigacha o‘sib kirgan. So‘rib olingan oziq “zapasi” mazkur o‘simtalarda saqlanib hazm bo‘ladi. Qorincha qismi orqali o‘tgan ichak anal teshigiga ochilgan. Ichakning oldingi qismiga “jigar” deb nomlangan organ tutashgan. Jigar ham oziqni hazm qilishda aktiv qatnashadi.

“Koksal bezlari” (ayirish organlari) oldingi oyoqlarning ostiga ochilgan. Bir qancha turlarida “koksal bezlari” bo‘lmaydi. Bularda “Malpigi naychalari” tipidagi ayirish organlari bo‘lib, buning yo‘li ichakka ochilgan. Qon aylanish sistemasi qorinchaning yelka tomonida joylashgan naychasimon yurak va kalta qon tomirlaridan tuzilgan. Yurak perikardiy bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, mazkur bo‘shliqqa to‘plangan qon – maxsus teshikchalar orqali yurak ichiga o‘tib, undan tanaga tarqaladi.

Nerv sistemasi “miya” deb nomlangan kata halqum usti nerv bo‘g‘imi va u bilan tutashgan halqum osti bo‘g‘imidan iborat bo‘lib, bular qorin nerv zanjirining markazlanishi natijasida rivojlangan. “Miya”dan ko‘zlarga, sezuv tukchalari va boshqa organlarga nervlar tarqalgan. To‘rt juft ko‘zlarning ikki jufti kattaroq, ikki jufti kichik, ular har xil turlarida turlicha joylashgan. O‘rgimchaklar hayotida ko‘zlarga nisbatan teri sezuv va hid sezuv organlari muhimroq rol o‘ynasa kerak.

Tanasida, ayniqsa, xeletsera, pedapalp va oyoqlaridagi juda ko‘p tukchalar teri sezuv va hid sezuv organlari vazifasini o‘taydi.

O‘rgimchaklar hasharotlar (pashsha, hatto katta qo‘ng‘iz va boshqalar)ni maxsus to‘qilgan tuzoq yordamida ovlaydi. Ovning tuzoqqa ilinishida tuzoq tolasining yopishqoqligi ma’lum ahamiyatga ega. O‘rgimchak ancha uzoqdan ov poylaganligidan maxsus “signal tolasi” uni tuzoq bilan tutashtiriladi. Ov ilinganligini mana shu tola bildiradi va o‘rgimchak tezdan yetib kelib, ovni tolalari bilan o‘rab bog‘lay boshlaydi va uni chaqib o‘ldiradi.

Zahar bezining ta’sirida ovlangan hashorat tanasidagi hamma to‘qimalar “erib” suyuqlikka aylanadi. Bir oz vaqt o‘tgach, o‘rgimchak ov tanasini teshib, mazkur “pishgan” oziqni so‘rib oziqlanadi.

Turli o‘rgimchaklar turli xil va turli shaklda tuzoq to‘qiydi. Ba’zi katta o‘rgimchaklar (masalan, qushxo‘r o‘rgimchak) ovni “maydalab” yeydi; u mayda qushlardan tashqari baqa, kaltakesak, sichqon kabi hayvonlarni ham bemalol tutib yeyishi mumkin.

O‘rgimchaklar ko‘payish vaqtida o‘z tuxumlarini maxsus toladan to‘qilgan pilla ichiga qo‘yadi (pillalar bir necha mm dan 2 sm gacha kattalikda). Har bir pillaning ichiga 10-15 tadan 1000 tagacha tuxum qo‘yadi. Bir qancha o‘rgimchaklar tuxum qo‘yish uchun maxsus uya yasaydi. Ko‘pchilik turlarida nasl uchun qayg‘urish rivojlangan.

O‘rgimchaklarning o‘rtasida o‘zining hayotiy xususiyati bilan suv o‘rgimchagi alohida o‘rin tutadi. Bular sayoz chuchuk suv havzalarida, suv tubidagi xashaklar orasida maxsus uya yasab, suvdagi mayda hayvonlar bilan oziqlanib yashaydi. U o‘z uyasini havo bilan to‘ldirib oladi. “Havo tashish” uchun u vaqt-vaqti bilan suv betiga chiqib turadi.

O‘rgimchaklar Yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan mahluqlar bo‘lib, bularning 21 mingdan ko‘p turi ma’lum. Jumladan Rossiyada 1200 tacha turi bor. Ko‘pchilik turlari tropik qit’alarda tarqalgan. Bularning o‘rtasida tropik o‘rmonlarda uchrovchi eng katta (10-15 sm gacha) qushxo‘ro‘rgimchaklar ma’lum. Bular kechalari uxlagan qushlarni yoki mayda sut emizuvchilarni zaharlab yeb, hayot kechiradi. Ayrim hollarda qushxo‘rlar odamni ham zaharlaydi.

Janubiy Amerika (Peru, Braziliya, Argentina) da tarqalgan Arancidae hamda Lycocidae oilalariga kiradigankuchli zaharli o‘rgimchaklar ko‘pincha odamlarni chaqib, halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda, shuningdek Eron, Afg‘oniston hamda Turkiyada ko‘pincha qirlar, yaylovlar va bedazolarda tarqalgan mashhur zaharli o‘rgimchak qoraqurt (biy) eng zaharli o‘rgimchaklardan. Davolanmagan hollarda qora qurt chaqqan odam, ko‘pincha o‘ladi. Bundan tashqari qora qurt ot, mol, tuya kabi uy hayvonlarini chaqib, o‘lishiga sabab bo‘ladi. Uning zahri faqat qo‘yga ta’sir qilmaydi.

Rossiyada tarqalgan zaharli o‘rgimchaklardan bir guruhi tarantullar bo‘lib, ularning zahari odamga chayon chaqqandek ta’sir qiladi va kishiga ancha azob berishi mumkin. Ko‘rsatilgan hollarni hsiobga olmaganda, o‘rgimchaklarning hammasi foydali hayvonlardir. Ular juda ko‘p zararkunanda hashoratlarni qirib, xalq xo‘jaligiga katta manfaat yetkazadi.



Soxta chayonlar (Pseudoscorpiones) turkumi.

Chirindilar orasida yoki tosh-kesaklar va nam-zaxkash joylarga uya yasab yashovchi bu mayda (2-7mm) bo‘g‘imoyoqlilar chayonlarnikiga o‘xshash kattagina qisqich pedipalp bo‘lishi bilan sirtidan chayonlarga o‘xshaydi. Soxta chayonning boshko‘krak qismida xeletsera, og‘iz ostida esa kattagina qisqich (omburcha) li pedipalpi joylashgan. To‘rt juft ko‘krak oyoqlari yurishga xizmat qiladi. pedipalpda sezuvchan tukchalar bo‘lib, bular sezuv organlari vazifasini ham o‘taydi.

Qorinchaning oldingi qismiga birmuncha murakkab tuzilgan jinsiy organlarning yo‘llari va ichiga qayrilgan ikki juft nafas olish naychalarining teshikchalari (stegmalar) ochilgan. Qo‘shilish vaqtida erkaklari o‘z spermatozoidini spermatofora ipchasiga aylantirib, urg‘ochisining jinsiy yo‘li (sperma qabul etuvchi bo‘limi)ga joylaydi. Urg‘ochilari otalangan tuxumlarini jinsiy yo‘lidan tananing tashqi tomoniga qayrilib, hosil bo‘luvchi qopchig‘iga qo‘yadi. Tuxumlari shu vopchiqning ichida oziqlanib rivojlanadi.

Soxta chayonlar yirtqich; ular turli mayda umurtqasizlar, chuvalchanglar, mayda hashoratlar, hatto o‘zidan bir necha marta katta pashsha va ari kabi hashoratlar bilan ovqatlanadi. Shu bilan ular ma’lum darajada foyda yetkazadi. Bu turkumga mansub o‘rgimchaksimonlar ko‘p tarqalgan. Ularning mingdan ortiq turlari ma’lum.



Solpugalar (Solifugae) turkumi.

Salpuglar boshqa o‘rgimchaksimonlarga qaraganda ancha katta (1-7 sm gacha) yirtqich bo‘g‘imoyoqlilar bo‘lib, asosan issiq iqlimli rayonlarda ko‘p tarqalgan. Bularning bir necha turi O‘rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Ukrainada va Rossiyaning o‘rta iqlimli rayonlarida tarqalgan.

Salpugning bo‘g‘imlashgan boshko‘krak qismi qorinchadan to‘la ajralgan va bosh qismi qattiq qalqon bilan qoplangan. Boshida bir juft ko‘z, qorin tomonida juda katta va o‘tkir tirnoqlar bilan qurollangan xeletsera (hujum va himoya quroli) bo‘lishi, oyoqsimon tuzilgan pedapalplari xilma-xil vazifalar bajarish (sezish, harakatlanish, ovqat tutish)ga moslashgan. Yaxshi rivojlangan to‘rt juft oyoqlari, xeletsera, pedapalplari va tanasi juda ko‘p sezuv tukchalari va boshqa sezuv o‘simtalari bilan qoplangan.

O‘n bo‘g‘imli qorinchaning oldingi bo‘g‘imiga bir juft jinsiy teshikchalar va har bir bo‘g‘imida bir juftdan nafas olish teshikchalari – stigmalar ochilgan. Nafas olish organi traxeya naychalari sistemasi shaklida tuzilgan bo‘lib, juda yaxshi tarqqiy etgan. Murakkab shoxlangan bu organga stigmalar orqali havo kirib turadi. Mazkur organning tuzilishi bilan ular boshqa o‘rgimchaksimonlardan keskin farqlanadi; boshqa ichki organlari ko‘p jihatdan o‘rgimchaksimonlar tipida tuzilgan.

Erkak salpug qo‘shilishi paytida o‘z spermatoforasini urg‘ochisining jinsiy yo‘liga joylashi bilan tezda qochib ketadi. Aks holda “serishtaha” urg‘ochisi uni tutib yeydi. Urg‘ochisi uyaga 30 tadan 200 taga tuxum qo‘yadi. Lichinka davri bo‘lmaydi. Tuxumdan chiqqan mayda bolachalari bir necha marta po‘st tashlab o‘sib, voyaga yetadi.

Salpuglarning ko‘pchiligi kechasi yashaydi, serharakat; turli hashoratlar, mayda sudralib yuruvchilar, hatto sichqon va oqtishlilar kabi mayda sut emizuvchilar bilan ovqatlanadi. Ular juda ham xo‘ra bo‘lganligidan zararli hashoratlarni qilib, ma’lum darajada foyda yetkazish mumkin. Bularning kunduzi yashaydigan turlari ham ma’lum. Sirtdan ko‘rinishida ancha katta va vahimali bo‘lgan bu o‘rgimchaksimonlar ko‘p afsonalar to‘qilishiga sabab bo‘lgan. Aslida ularda hech qanday zahar bezlari yo‘q. Ayrim hollarda himoya maqsadida odamni “tishlagan” salpuglarning xeletserasi tekkan joyda shish paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur shish xeletseraga yopishgan mikroblar kirishi natijasida paydo bo‘lib, tezda tuzaladi.


Pichano‘rarlar (Opiliones) turkumi.

Uzunoyoqlilar keng tarqalgan (2500 tacha turi ma’lum) va ko‘pincha mayda (1 mm dan 2 sm gacha) o‘rgimchaksimonlar bo‘lib, ko‘pchiligida oyoqlarining nihoyatda uzun (ba’zilarida 16 sm gacha) bo‘lishi, tanasining esa ixcham va kichikligi, ko‘payishi va boshqa xususiyatlari bilan boshqa turkumlardan farqlanadi.

Uzunoyoqlilarning bosh-ko‘krak qismi qattiq qalqon bilan himoyalangan. Ba’zi turlarida mazkur qalqon qorincha qismini ham qoplab turadi. Xeletserasi ko‘pincha uzun va kuchli bo‘lib, pedepalplari kaltaroq. To‘rt juft juda uzun oyoqlari chaqqon harakat etishga va yirtqichlik bilan ovqatlanishga yordam beradi. Urg‘ochisining qorincha qismida ichga qayrilgan “tuxum qo‘yuvchi”, erkaklarida esa naychasimon qo‘shilish organi – penis bo‘ladi. Bular spermatofora hosil qilmay qo‘shiladi. Urg‘ochilari bir necha yuzlab tuxum qo‘yib ko‘payadi. Bularda partenogenez hodisasi borligi ham aniqlangan.

Uzunoyoqlilar turli hashoratlar, ularning qurtlari, hatto qorinoyoqli mollyuskalar, chirindilar yoki o‘limtiklarni yeb, hayot kechiradi. Ular bionika fani uchun ma’lum nazariy ahamiyatga ega.



Kanalar (Acari) turkumi.

Kanalar tashqi ko‘rinishidan bir-birlariga o‘xshash, mayda maxluqlar bo‘lsa ham, aslida ular uzoq davrlar davomida turli yashash sharoitlariga moslashish evolyutsiyasi natijasida xilma-xil guruhlar hosil etgan o‘rgimchaksimonlardir. Bularning bir qancha avlodlari nam tuproqda yashasa, ba’zilari suvda yashaydi. Juda ko‘p turlari o‘simliklar yoki hayvonlar tanasida parazitlik bilan hayot kechiradi. O‘simliklarda yashovchi yoki hayvonlarda parazitlik qiluvchi avlodlari bir tomondan, mazkur organizmlarga katta zarar yetkazsa, ikkinchi tomondan, turli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikrob va viruslarni tarqatish yo‘li bilan ham zarar keltiradi. Bular o‘rtasida insonga turli xastaliklar tarqatuvchi turlari ma’lum. Kanalarning bir necha ming turlari ma’lum bo‘lib, hozirgi zoologiya sistemasida ular ikki turkumdan tarkib topganligi aniqlangan.



Akarisimon kanalar (Acariformis) turkumi - Mazkur turkumga ma’lum darajada soddaroq tuzilgan, tuproqda, turli chuchuk suv havzalarida yashovchi o‘simliklar yoki hayvonlarda parazitlik bilan hayot kechiruvchi kanalar kiradi.

Turkumning endeostegmalilar (Endeostigmata) guruhi nihoyatda sodda tuzilgan. Chunki nam tuproq va chirindilar orasida yashovchi bu juda mayda (0,2-0,3 mm) kanalar qadimgi o‘rgimchaksimonlarning xususiyatlarini saqlab qolgan. Bularning tanasi segmentlarga bo‘linganligi bilan boshqa kanalardan farq qiladi. Bosh qismida kichik xeletsera, pedepalt va ikki juft ko‘zi bo‘lib, ko‘krak oyoqchalari yaxshi rivojlangan, nafas olish organi yo‘q. Qorincha qismida koksal (ayirish) va jinsiy organ o‘simtalarining bo‘lishi va sperma suyuqligi yoki spermatoforalar vositasida qo‘shilib rivojlanishi xarakterlidir. Bular lichinkalarining rivojlanishi ko‘p jihatdan trilobitlarning protaspis lichinkasi rivojlanishni eslatadi.

Umuman paleozoy erasidan beri yashab kelayotgan bu eng sodda va mayda o‘rgimchaksimonlar turli kanalarning kelib chiqishini o‘rganishda katta nazariy ahamiyatga ega.

Qalqonli kanalar (Sarcoptiformes) kichik turkumi - Bu guruhning avlodlarida kanalarga xos xususiyatlar, chunonchi tanasining boshko‘krak va qorinchaga bo‘linmay, tutashib ketganligi, ko‘pchiligining tanasi qalqonli xitin bilan himoyalanganligi, xeletseralarining kemiruvchi organ (boshcha) ga aylanib, pedepalpning kichrayganligi, ko‘pida traxeya tipidagi nafas olish organi rivojlanib, nimfa lichinkalari orqali taraqqiy etishi va boshqa xususiyatlari xarakterlidir.

Qalqonli kanalar (Oribatei) tabiatda nihoyatda ko‘p tarqalgan, asosan tuproq va chirindilar orasida yashaydi. O‘rmonzorlar va cho‘l zonalarida zaxkash joylarda ko‘plab uchraydi. Tuproqda uchraydiganlari suv o‘ti, mayda zamburug‘lar, mikroblar va chirindilar bilan oziqlanadi va ko‘plab ko‘payadi.

Ko‘pchilik turlari tuproq hosildorligini orttirishda ma’lum ahamiyatga ega. Bir qancha turlari esa qora mollarda teyleroz kasalliklarini vujudga keltiruvchi yassi chuvalchanglarning oraliq xo‘jayini sifatida bu kasallikni tarqatib, chorvachilikka katta zarar keltiradi.



Ombor kanalari (Tyroglyphoidea) mayda (0,3 – 0,5 mm) bo‘lib nihoyatda ko‘plab ko‘payadi va chidamlidir. Ko‘pchiligi nam, zaxkash joylarda, chirindi va tuproq orasida yashaydi. Sharoit yomonlashishi bilan bular juda chidamli qalin qobiq bilan o‘ralgan gipopus lichinkalari hosil qiladi. Gipopuslari uzoq vaqt turli temperatura (hatto, zaharli moddalar) ta’sirida ham hayotini saqlab, ularning tarqalishini muvofiqlashtiradi. Gipopuslar hashoratlar va turli mayda hayvonlar vositasida tez tarqaydi. Bularning bir qancha turlari omborlar va elevatorlarda don-g‘allaga zarar keltiradi. Donning ichida ko‘payib, uning sifatini buzadi va zaharlaydi. Un kanasi uning sifatini buzib, achitadi yoki zaharlaydi. Pishloq kanasi tayyor pishloq mahsulotiga katta zarar qiladi.

Pat kanasi uy parandalari (ko‘pincha tovuqlar)ning terisida parazitlik qiladi va patning orasida ko‘payadi (turli qushlarda bularning mingdan ortiq turi yashaydi). Bularning bir necha turlari tovuqning oyog‘ida yashab, yara hosil qiladi. Hamma avlodlari parrandachilik xo‘jaligiga katta zarar keltiradi.

Qichima (qo‘tir) kanasi itda, qo‘y, echki, cho‘chqa, ot va boshqa hayvonlarning terisida yashab, ularda qo‘tir deb ataluvchi teri kasalligi hosil qiladi. U terining ustki (epidermis) qavatida maxsus yo‘l (naycha) lar yasab, shularning ichida yashaydi va ko‘plab ko‘payadi. Ba’zi hollarda hayvong qo‘tirdan halok bo‘ladi. Qo‘tir kanasi chorvachilikka katta zarar yetkazadi.

Nihoyatda mayda (0,3 mm) mazkur kana yuqoridagi hayvonlardan odamga o‘tib, qichima hosil qiladi. Qichima kanasi ko‘pincha panja oralig‘idagi terining yupqa joylari yoki tirnoq oralig‘idan teriga o‘tadi.

Hozirgi paytda odam va hayvonlarni mazkur kanalardan davolash metodlari ishlab chiqilgan.

So‘rg‘ichli kanalar (Trombidiformes) kichik turkumi - Mazkur kichik turkum birmuncha sodda tuzilgan va tuproqda yashovchi guruhlar bilan bir qatorda bir qancha o‘simlik kanalari va xilma-xil parazit formalari birlashtiriladi. To‘rt mingdan ortiq tur, juda ko‘p oila va urug‘larni o‘z ichiga olgan ushbu kichik turkum uchun xeletserasining ignasimon so‘rg‘ichi organga aylanganligi, shu bilan birga ko‘pchiligining suyuq oziq bilan (so‘rib) ovqatlanishi xarakterlidir. Tuproqda va chirindilar orasida yashovchi turlari juda ko‘p. Bu sodda tuzilgan formalaridan boshqa xilma-xil urug‘lar rivojlangan.

O‘rgimchak kanalar ancha mayda (0,2 – 1 mm), o‘simliklarda yashab, ko‘pincha bargdan o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanishga moslashgan. Ko‘pchiligi tropik, substropik rayonlarda, ba’zi turlari o‘rta iqlimli zonalarda tarqalgan. Bir yilda 20 tacha avlod qoldiradi. O‘rgimchak kana yuqqan o‘simlik bargi qovjirab, hayotiy xususiyatini yo‘qotadi va oqibatda kana o‘simlikni quritadi yoki katta zarar yetkazadi. Bir qancha turi Rossiyaning janubiy va o‘rta rayonlarida ko‘p tarqalgan.

G‘o‘za o‘rgimchak kanasi g‘o‘zaga katta ziyon yetkazadi. Tez ko‘payganligi tufayli oson tarqalib, paxta hosilini 50% gacha pasayishiga sabab bo‘ladi. Bir qancha turlari sabzavot o‘simliklariga katta zarar yetkazadi. Olma, olxo‘ri, g‘aynoli kabi meva daraxtlarida uchraydigan va nihoyatda zararli formalari ham O‘rta Osiyo, kavkaz va boshqa rayonlarda ko‘p tarqalgan.

Tugunak hosil qiluvchi o‘simlik kanalari ham o‘simliklarda parazitlik qilishga moslashgan, ma’lum darajada soddalashgan. Bir qancha turlari murakkab yo‘llar bilan ko‘payadi. Bular bargning ichki hujayralaridan yashab, maxsus tuganaklar hosil qiladi va daraxtlariga katta ziyon yetkazadi.

So‘rg‘ichlilar o‘rtasida erkin yashovchi va yirtqich turlaridan tashqari turli hashoratlar va boshqa hayvonlarda parazitlik qiluvchi avlodlari bor. Asalari kanasi, jun kanasi, yog‘bezi kanasi (bu kana xonaki hayvonlarda va ba’zida odamda qattiq qichima-qo‘tir kasali hosil qiladi) va boshqalar shu guruhga kiradi.



Suv kanalari turli chuchuk suv havzalari va dengizning sohil doirasida nihoyatda ko‘p tarqalgan. 2000 dan ortiq turi bor. Suvdagi turli mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. O‘zbekiston va qo‘shni respublikalarning ko‘llari, kichik havzalar va suv omborlarida bularning o‘ttizga yaqin turi topilgan.

Parazit kanalar (Parasitiformes)turkumi. Mazkur turkum vakillarining ko‘pchilig butun hayotida turli hayvonlarning qoni yoki tana suyuqligini so‘rib, parazitlik bilan hayot kechiradi. Shu bilan birga bularning o‘rtasida tuproq va chirindilar orasida yashovchi yoki o‘simliklar tanasidan sharbat so‘rib oziqlanuvchi formalar ko‘p uchraydi. O‘zlarining tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishi (filogeniyasi) bilan yuqoridagi bayon etilgan turkumlardan ko‘p jihatdan farqlanadi. Mazkur kanalarning hammasida “boshchi” (xeletsera) va pedepalplarning o‘zgarishidan rivojlangan so‘rg‘ich, yopishuvchi organ va ko‘krak qismiga ochilgan traxeya yaxshi rivojlangan, ko‘pchiligi ancha yirik, nihoyatda ko‘plab ko‘payadi.

Parazitsimon kanalarning ko‘pchiligi xonakilashgan turli hayvonlarda, bir qanchasi esa odamda xavfli kasallik tarqatadi.



Gammazoid kanalarning bir qancha turlari tuproq va chirindilar orasida erkin yashaydi, ko‘p turlari hashoratlarda yoki umurtqali hayvonlar (sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar)da parazitlik qiladi. Bulardan tovuq kanasi ko‘pincha jo‘jalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bularning o‘rtasida mayda sut emizuvchilarda yashovchi turlari ko‘p.

Iksoda kanalari (Ixodae) ning hammasi deyarli yirik sut emizuvchi va yirtqich hayvonlarda parazitlik qiladi (ba’zilari odamga ham tashlanadi). Bularning lichinka (nimfa) lari esa mayda sut emizuvchilar va qushlarga yopishib yashaydi. Bulardan sut emizuvchi hayvonlarda yashovchi jo‘laklar tanaga yopishib, qon so‘rgan vaqtida o‘z tanasini bir necha yuz marta kattalashtira oladi va ko‘plab qon so‘radi. Bular minglab tuxum qo‘yib ko‘payadi.

Bu kanalarning ko‘pchiligi odamda va uy hayvonlarida o‘nlab xavfli kasalliklarning mikroblari yoki viruslarini tarqatadi. Masalan, Rossiyaning shimoliy (o‘rmonli) zonasida tarqalgan tayga kanasi odam uchun nihoyatda xavfli miya kasali – bahorgi – kuzgi ensefalit mikrobini tarqatadi (mazkur kanalar kasallik viruslarini yovvoyi hayvonlardan odamga tarqatishini rus zoologi akademik YE.N.Pavlovskiy aniqlagan).

Mazkur oilaning bir necha turi odatda kana tepkili terlama kasalini tarqatsa, qora mol jo‘laklari ularda pirioplazma (babizioz) o‘lati kasalini yuqtirib, katta ziyon keltiradi.

Haemaphyasalis punctafa turli va shuningdek it kanasi kemiruvchi mayda sut emizuvchilardan odamga qora vabo (tulyaremiya) kasalini, dog‘dor tirama va Qrim titratmasi deb atalgan xastaliklarni yuqtirib tarqatadi.

Argas kanalari yoki argazidlar (Argasidae) yuqorida bayon etilgan iksodalardan farqli holda turli mayda sut emizuvchi hayvonlar (jumladan jarqanot yoki ko‘rshapalaklar) va qushlarning uyalarida yoki loy devorli polsiz uylarning devorlari oralig‘ida yashab, kechalari mazkur uyadagi hayvonlarning tanasiga yopishib (qon so‘rib), parazitlik qiladi. Argas kanalari maxsus modda ajratib “xo‘jayini” ning tanasiga yuboradi. Binobarin uning chaqishini hayvon (yoki odam) sezmaydi.

Bu kanalar O‘zbekiston va boshqa O‘rta Osiyo respublikalarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, 20 tacha turni o‘z ichiga oladi. Argazidlar bir hayvondan ikkinchisiga yoki turli hayvonlardan odamga bemalol o‘ta oladi. Binobarin bular hayvonlarda ko‘p tarqalgan spiroxitoz kasalining mikroblarini odamga tarqatib, insonda qaytalovchi xavfli terlama (spiroxitoz) xastaligini yuqtiradi va inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi. Qushlarning uyasida va tovuqxonalarda tarqalgan Eron kanasi (Argas persicus) tovuq va g‘ulg‘uli (kurka) larda qush spiroxitozi kasalini tarqatib, parrandachilik xo‘jaliklariga zarar keltiradi. Hozirgi paytda odam, xonaki hayvonlar va parrandalarni mazkur kana va kasalliklardan himoya qilish choralari aniqlangan.Ko‘rsatib o‘tilgan parazit kanalarning ko‘p tarqalishi va qadimgi davrlardan buyon saqlanib kelishiga ularning nihoyatda chidamligi va hayotchanligi sabab bo‘lgan deb hisoblash kerak. Masalan, akademik YE.N. Pavlovskiy va shogirdlarning aniqlashiga qaraganda ular uch – to‘rt yil, hatto besh yilgacha oziqlanmay (och holda) yashay oladi. Ularning maydaligi, qalin xitinlashgan “teri” bilan himoyalanganligi va mazkur hodisa kanalarga qarshi kurash ishini birmuncha murakkablashtiradi.



Dengiz o‘rgimchaklari (Picnogonida) sinfi.

Dengizo’rgimchaklari (Pantopoda) larning yer yuzida 1000 dan ortiq turi tarqalgan. Dengizo’rgimchaklari o’rgimchaksimonlarga tashqi tomondan o’xshash bo’lganligi uchun 4 juft nihoyatda uzun oyoqlari kichkinagina yassi tanasiga muofiq kiritiladi. Ular dengiz va okeanlarning bentos hayvonlari sanaladi. Suv tubida uzun oyoqlari bilan o’rmalab harakatlanadi.


Xelitseralilar filogeniyasi.

Xelitsiralilar ordovik va kembriy davrlarida paydo bo’lgan bo’lib’qadimgi trilobitlar va yo’qolib ketgan bir qancha bo’g’imoyoqlilar avlodi hisoblanadi. Xelitsiralilarni ajdodlari suvda yashovchi organizmlar bo’lgan. Hozirgi xelitsiralilarning eng katta yutug’i ularni quruqlik muhitida keng tarqalganligidir. Ayniqsa o’rgimchaksimonlar tanasidan suv muhitida (xanjardumlilar, dengiz o’rgimchagi va kanalar) yashashi bilan birga quruqlikni butunlay egallashi ularni quruqlik muhitida moslashishini natijasidir.



Adabiyоtlar:

1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966.

2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966.

3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y.

4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y.

5. E.I.Lukin «Zoologiya» Moskva 1989

6. B.А.Kuznеtsov, A.Z.Chеrnov, L.N.Katonova «Kurs zoologiya». M.1989 y.

7. A.M.Muhammadiеv «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1970.

8. S.A.Murodov, N.Axmеdov «Talabalarning bilimini rеyting va tеst bilan aniqlash» bo’yicha «Zoologiya va tut ipak qurti biologiyasi» fanlaridan o’quv uslubiy qo’llanma. T: 1997.



Download 51.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling