Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi


Download 17.5 Kb.
Sana16.10.2022
Hajmi17.5 Kb.
#850890
Bog'liq
qaror
Navoiy ijodida baroati istehlol san\'atining o\'rni, 8-mavzu., 8-mavzi amaliy, natija (3), Дастурлаш 2 ўзб, Киберхавфсизлик асослари ўзб, 1 amaliy, 2-Maruza (Prezentatsiya), Informatika DTMga testlar [uzsmart.uz], Qar koshkiler1, KT. Mustaqil ish mavzulari (1-4), KT. Mustaqil ish mavzulari (1-4), 1 amaliy ish, takrorlanuchi dasturlashdan topshiriqlar

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi — neftni qayta ishlash sanoati korxonasi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi FNQIZ. bosh korxona, uning tarkibiga Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi, Pop va Angren neft bazalari kiradi. "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining shoʻʼba korxonasi (2003). Yuqori oktanli benzin, shu jumladan, aviatexnik kerosin, dizel yonilgʻisi, kokos, turli xil motor va dizel moylari (kompressor, turbina, urchuq), parafin, motor moylariga koʻshimchalar, bitum, mazut kabi 56 dan ziyod turli neft mahsulotlari ishlab chikaradi. 3dning 1navbati 1959-yil 27-yanvar da ishga tushirilib, Oʻrta Osiyoda birinchi marta surkov moylari ishlab chiqarila boshladi. 1965-yildan zavod quvvatlari toʻliq ishga tushirildi. 1966-yildan zavodning 2navbati qurila boshladi. 1970-yildan zavodda K—12 markali va oktan soni undan yuqori boʻlgan benzin ishlab chikarila boshladi. 90-yillar boshidan toʻliq Oʻzbekistonda qazib olingan neftni qayta ishlashga oʻtdi. 1992—2004-yillarda "Oʻzneftgaz" xolding kompaniyasi tarkibida faoliyat koʻrsatdi. Korxonaning Oʻzbekiston Respublikasining neft mustaqilligini taʼminlashda xizmatlari katta. 2000-yilda zavod toʻliq taʼmirlandi, ishlab chiqarish boʻyicha 44 texnologik qurilmaga ega. Bir yilda 8,5 mln.t. neftni qayta ishlash quvvatiga ega. 1996—99 yillarda Yaponiyaning "Mitsui" firmasi bilan xamkorlikda dizel yoqilgʻisidan oltingugurtni ajratib olish qurilmasi qurilib ishga tushirildi. Zd ishtirokida yuqori sifatli motor moylari ishlab chiqaradigan "OʻzTeksako" va motor moylariga qoʻshimchalar ishlab chiqaradigan "Farmoy" Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonalari tashkil etildi. Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar uzlashtirilmokda.
"Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni sotish to`g`risida e’lon"

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi


PF–6167-son Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” AJ investisiya kompaniyasi (keyingi o`rinlarda - UzAssets) “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (keyingi o`rinlarda - Kompaniya) ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini oshkora sotuv jarayoni orqali sotish istagini e’lon qiladi (keyingi o`rinlarda - Bitim). UzAssets, o`z navbatida, Bitim qiymatini maksimal darajaga oshirishdan manfaatdor.
Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:
- Qulay geografik joylashuvi: Farg`ona vodiysida xomashyo bazasi konlariga bevosita hamda O`zbekiston Respublikasining Tojikiston va Qirg`iziston Respublikalari bilan chegaralariga yaqin va infratuzilmasi rivojlangan hududda joylshgan;
- Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi - O'zbekiston Respublikasida neftni qayta ishlash hajmi bo'yicha ikkinchi yirik zavodi hisoblanadi;
- Zavod 478 gektar maydonda joylashgan bo`lib, binolar 190 ming m2 maydonni egallagan;
- Joriy ishlab chiqarish quvvati - yiliga 2 million tonna, foydalanish koeffitsienti 2020 yilda ~ 50%;
- 60 turdagi neft mahsulotlari va yoqilg'i-moylash materiallari, shu qatorda “Evro”-4 va “Evro-5” standartlariga muvofiq dizel yoqilg'isi ishlab chiqariladi (2021 yildan);
- 2020 - yilda ~ 900 ming tonna neft xom ashyoshi qayta ishlandi (shundan 422 ming tonnasi - tolling), 822 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarildi;
- 2020- yilda xomashyo manbaining ~ 60% ini mahalliy xomashyo tashkil qilgan, qolgan qismi temir yo'l va avtomobil transporti orqali beriladigan import qilingan;
- Mahsulotlarning qariyb 94 foizi mahalliy bozorga sotiladi, qolgan qismi eksport qilinadi;
- FNQZ xodimlarining umumiy soni qariyb 6 500 kishini tashkil qiladi;
- 2020- yilda mahsulot sotishdan tushum 231 million AQSh dollarini, yalpi foyda -54 million AQSh dollarini tashkil etgan;
- So'nggi 3 yilda o'rtacha yillik sof foydasi 19 million AQSh dollarini tashkil etgan;
- Hozirgi kunda Kompaniyaning texnologik bo'linmalarini keng ko'lamli rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Jarayonlarni to'liq raqamlashtirish va avtomatlashtirish, to'rtinchi avlod ERP (SAP S / 4HANA) ni joriy etish, shuningdek, MHXSga o'tish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Arizalar berish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq. Sotuv jarayonining batafsil ketma-ketligi va uning shartlari qo`shimcha ravishda e`lon qilinadi.
Manfaatdor shaxslarga 2021-yil 28-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan kechiktirmay quyidagi elektron manzillarga ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida (arizachining ixtiyoriga ko‘ra, ammo rus yoki o‘zbek tillarida tayyorlangan xat ingliz tilidagi xat bilan yuborilishi lozim) tayyorlangan xat shaklidagi, arizachining vakolatli vakili tomonidan imzolangan arizalarini (keyingi o‘rinlarda – Ariza) yuborish taklif etiladi:
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling