Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti gk va k yo’nalishi 16A-20 guruh talabasi qo’chqaraliyev javlonbekning amaliy geografiya fanidan taqdimoti


Download 88.67 Kb.
Sana06.08.2022
Hajmi88.67 Kb.
#791159
Bog'liq
GEOGRAFIYA TAQDIMOT
000Соғлиқни сақлаш 1, 000Соғлиқни сақлаш 1, 000Соғлиқни сақлаш 1, LABARATORIYA Ishi-1, Adabiyotshunoslik oraliq-1, 3, 3G UMTS ва WCDMA, Якуний назорат Кибер, Davriy sistema(2), 02,08 kimyo, elektron kuchaytirgich turlari., CV Feruzbek UZB, magnit maydoni va uning xarakteristikalari, magnit maydoni va uning xarakteristikalari, magnit maydoni va uning xarakteristikalari

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI QURILISH FAKULTETI GK VA K YO’NALISHI 16A-20 GURUH TALABASI QO’CHQARALIYEV JAVLONBEKNING AMALIY GEOGRAFIYA FANIDAN TAQDIMOTI

MAVZU: AMALIY GEOGRAFIYANING TADQIQOT USULLARI

  • Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o’rganishda turli usullardan foydalanadi.Mazkur tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi: sistermali, ekolagik, landshaft va iqtrisodiy. Ushbu usullarni yondashuv ham atash mumkin.
  • SISTEMALI USUL (yondashuv): Mazkur usulda o’rganilayotgan hududga ma’lum bir sistema sifatida qaraladi.Bu sistema esa bir-biri bilan bog’langan qator kichik sistemalardan iborat bo’ladi.Masalan chirchiq vodiysinib ma’lum bir yaxlit sistema sifatida oladigan bo’sak , u bir-biri bilan bog’langan quyidagi sistemalardan iborat:
  • Geologik tuzulishi, relyefi, suvlari (daryolari, ko’llari, muzliklari, botqoqliklari, yerosti suvlari)iqlimi, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi, qishloq xo’jaligi, sanoati, trasporti, aholi manzilgohlari(shaxar va qishloqlari ), gidrotexnik inshoatlar va h.k
  • Ushbu sistemalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan.
  • Bu sistemalardan biri o’zgarsa boshqalari ham o’zgaradi.
  • Masalan iqlim yoki suv sistemasi o’zgaradigan bo’lsa , tuproq ,o’simlik va hayvonot dunyosi ham o’zgaradi.
  • EKOLOGIK USUL (yondashuv):Ushbu usulda ma’lum bir hudud yoki muammo o’rganilayotganda unga tirik mavjudodlarning (o’simlik va hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo’ladigan o’zaro aloqalari nuqtai nazaridan qaraladi. Masalan Chorbog’ suv ombori qurilishi munosabati bilan vodiyning ancha qismi suv ostida qoldi, yurosti suvlari sathi ko’tarildi, tuproq va havoda namlik miqdori oshdi. Buning oqibatida tuproq o’simlik va hayvonot dunyosi o’zgarishga uchradi. Suv ostida qolgan qishloqlar axolisi ko’chirildi, yangi shinam va go’zal Chorbog’ shaxarchasi, dam olish zonalari vujudga keldi. Demak ekologik yondashuvda tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarning tirik organizmga ta’siri
  • oldindan o’rganilar va bashorat qilinar ekan.
  • LANDSHAFT USULI (yondashuvi): Mazkur usul qo’llanilganda hudud ma’lum bir landshaft turlariga bo’lib o’rganiladi. Masalan biror tuman hududini o’rganadigan bo’lsak, mazkur tuman hududi avval tabiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiy landshaft o’rmonlardan , yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq va qumlardan, botqoqlardan, sho’rxoklardan, suv vodiylaridan, yonbag’irlardan va boshqa landshaft turlaridan iborat bo’lishi mumkin.
  • Antopogen landshaft esa qishloq xo’jalik yerlaridan , sanoat korxonalaridan, yo’llardan shahar vaqishloqlardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir landshaft turi aloxida-aloxida tahlil qilinadi.
  • IQTISODIY USUL (yondashuv): Bu usulda aniq matematik statistik hisoblashlar orqali tabiiy sharoitga , tabiiy resurslarga, axoli va xo’jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning o’zgarishi bashorat qilinadi . Masalan axoli sonining o’sishi yoki kamayishi va h.k
    • Amaliy geografiya muxandislik geologiyasi , muxandislik geografiyasi , amaliy landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muxofaza qilishda , atrof muhutni tabiity va suniy omillar ta’sirida o’zgarishini bashorat qilishda boshqa fanlar ham keeng foydalanadi...

Download 88.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling