Farg’ona shahar
29-o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Kenjayeva Shahnozaxon Avazovnaning
“Navoiy yodi-la yashaymiz mudom”
mavzusida yozgan
tadbir senariysi
“Navoiy yodi-la yashaymiz mudom” mavzusida tadbir senariysi
Zal bayramona bezatilgan bo'lib, mayin musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.
1-boshlovchi: Assalom azizlar , muhtaram zotlar,
Tashrif uchun rahmat diydor g’animat
Bu damlar g’animat , umr g’animat
So’zimiz boshlashga etingiz ruxsat
2-boshlovchi:Assalom, ey ahli donishlar salom
Mehri ummomn qalbi quyoshlar salom
Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom
Aziz ustozlarim salo assalom
1-boshlovchi : Ey olloh nazari tushgan ustozlar
E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar
Dillarda ehtirom tillarda kalom
Deymiz biz sizlarga, salom assalom
2-boshlovchi: Buyuk mutaffakkir, daho shoir, g’azal mulkining sultoni-Mir Alisher Navoiy tavalludining mo’jaz tantanasiga yig’ilgan aziz mehmonlar, Assalomu alaykum!
1-boshlovchi:Sharqning buyuk allomasi, Davron elining
jismida jon bo’lg’on Nizomiddin Mir Alisher ehtiromining mo’tabar
ustozlari, Assalomu alaykum!
2-boshlovchi: Barchangizga bugungi “Navoiy buyukdir,Navoiy daho ” deb nomlanuvchi nazm va navo kechasiga xush kelibsiz deymiz.
1-boshlovchi: Zamon bir qalqidi-yu olamga nur taratdi go’yo, Navoiy dunyoga keldi.
2-boshlovchi: Besh asrki, bu nur so’nmay dunyoni munavvar etib kelmoqda.
1-boshlovchi: Bu ko’hna quyosh abadiy ekan, yana ko’p davrlar bu nur shoir bo’lib ash’or bitajak.
2-boshlovchi: Navoiy qalbining navosi - abadiy so’nmasdir.
Davraga o’quvchilar kirib kelishadi va she’rlarini aytadilar
1-o’quvchi:Davrlar o’tadi,masofa o’tar,
Yurakka yaqinlab boradi bu nom.
Har lahza hikmati yodimni tortar,
Navoiy yodi-la yashaymiz mudom.
Do'stlaringiz bilan baham: |