Farg‘ona tuman avtomobil yo‘llari boshqarmasi


Download 251.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.09.2022
Hajmi251.74 Kb.
#802917
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi 2, kredit modul, m oraliq, Gapning maqsadiga, Gapning ifoda maqsadiga ko\'ra turlari, autocode-intro ENG, yoga, falsafiy, yan-amos-komenskiyning-pedagogik-g-oyalari, Tabiatni muhofaza qilish, Ayollar, yoshlar va nogironlar mehnatini muhofaza qilish, Ashraf o\'g\'li Rumiy, Recomended books, Read books


Korxona to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.
Korxona dastlab “Farg‘ona tuman avtomobil yo‘llari boshqarmasi” deb yuritilgan
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari vazirligining 1991 yil 9
sentyabrdagi 224-sonli bo‘yrug‘i bilan qayta tashkil qilingan. Farg‘ona tuman
xokimining 2001 yil 24 avgust kunidagi 625-sonli qarori bilan korxonaning
Nizomi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «O‘zavtoyo‘l» davlat aksionerlik
kompaniyasi Kengashining 10 sentyabr' 2003 yil 2-sonli bayonnomasi bilan
boshqarma «Yo‘l xo‘jaligi ta'mirlash foydalanish pudrat davlat korxonasi» deb
nomlanib, Nizomi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Farg‘ona tuman xokimining 2011
yil 27 yanvardagi 53-sonli qarori bilan «Farg‘ona tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat
ta'mirlash foydalanish korxonasi» deb nomlanib, yagona davlat reestriga kiritilgan
va «O‘zavtoyo‘l» davlat aksionerlik kompaniyasi raisi 2010 yil 31 dekabrda
tasdiqlagan Nizomi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 14-fevral' 2017 yildagi № PK-2776 – sonli “O‘zbekiston
Respublikasi Avtomobil' yo‘llar davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi qarori xamda, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil' yo‘llari
davlat qo‘mitasining 2017 yil 29-avgust kungi 07-sonli buyrug‘iga asosan korxona
“Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi” deb nomlangan.
Nizomga asosan korxona yuridik shaxs hisoblanib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasi xududida amal qiluvchi qonunchilik va Nizomi asosida olib boradi.
Korxona qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
kundan e'tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, mustaqil balansiga, bank
muassasalarida so‘mda va xorijiy valyutalarda hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Korxona mulki va nizom jamg‘armasida davlat ulushi 100 foizni tashkil qilib,
to‘liq davlat korxonasi bo‘lib xisoblanadi.
«Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi» Davlat soliq
qo‘mitasida soliq to‘lovchi xuquqiy shaxs sifatida 330190000859 raqam bilan
ro‘yxatga olingan va 200197217 soliq to‘lovchining identifikasion raqami (STIR)
berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiktisodiyot va Statistika vazirligi statistika Davlat
departamenti Farg‘ona viloyat Farg‘ona tuman statistika bo‘limidan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan bo‘lib, unga asosiy faoliyati uchun XXTUT (OKONX)-61129, MShT-
213 kodlari berilgan. Asosiy faoliyat turi va uning Nizomida kayd etilgan
faoliyatlari (ta'sis xujjatlari asosida) xamda OKONX bo‘yicha faoliyat turining kod
raqami bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Korxonani manzili: Farg‘ona shaxar Mustaqillik ko‘chasi 350 g uy.


Korxonaning Nizomi bo‘yicha faoliyat turlari:
transport vositalarini xavfsiz xarakatlanishini ta'minlash, o‘ziga biriktirilgan
avtomobil yo‘llarini saqlaydigan uzluksiz ish xaftasi shaklida doimiy xarakatdagi
xizmatni tashkil etish.
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini butun uzunligi bo‘yicha qatnov
xolatini saqlab turish uchun ish turlarini tezkor va sifatli bajarish.
yo‘l qurilish ishlariga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo‘llash
orqali raqobatbordosh, sifatli maxsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish.
avtotransport, temir yo‘l transporti va boshqa transport vositalari bilan yuk
tashish xizmatlarini ko‘rsatish.
avtotransport harakatini cheklash yoki vaqtinchalik to‘xtatishga olib keladigan
favqulodda xodisalar (tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqa) yuz bergan barcha
xolatlarda zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rish.
tumandagi barcha avtomobil' yo‘llari tarmog‘ining doimiy hisobini olib borish,
yo‘l tarmoqlari, yo‘lning texnik holati, xarakat jadalligi, xarakat xavfsizligi
bo‘yicha ishonchli axborot bankini tuzish.
korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati haqida tezkor hisobot va
statistik tahlil yuritish.
tuman avtomobil' yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishni o‘zoq
muddatli konsepsiyalari loyixasini ishlab chiqish.
biriktirilgan avtomobil' yo‘llari tarmog‘i holatini, yo‘l ishlarining sifati va
ishlab-chiqarish texnologiyasiga rioya qilinishini doimiy nazorat etish.
biriktirilgan avtomobil' yo‘llar tarmog‘ini ta'mirlash va saqlash bo‘yicha ishlab-
chiqarish rejalarini tayyorlash va uni shartnoma asosida bajarilishini tashkil etish.
biriktirilgan avtomobil' yo‘llar tarmog‘ini ko‘rikdan o‘tkazish tizimini yaratish
va yo‘l xizmatlarida ko‘rik nuqsonlari qaydnomasi jurnalini olib borish.
yo‘llarni saqlash va ta'mirlash ishlarini ekologiya me'yorlarini va estetik
talablarini hisobga olgan holda bajarish.
avtomobil' yo‘llarini ta'mirlash va saqlash uchun mablag‘lar sarfining muntazam
tahlilini olib borish.
ishlab chiqarishga ilg‘or tajriba, yangi texnika, texnologiya va samarali yo‘l-
qurilish materiallari, mehnatni tashkil etish va boshqarish soxasidagi ilg‘or
tajribalarni tadbiq etish.
ishchi kadrlarning kasb malakasini doimiy oshirib borilishini ta'minlash.


pudrat shartnomalari bo‘yicha boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga
ish bajarish.
foyda olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi
doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish.
Avtomobil yo‘llarini tamirlash va saqlash ishlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
-avtomobil yo‘lini saqlash;
-avtomobil yo‘lini qishda saqlash ;
-ko‘kalamzorlashtirish;
Avtomobil yo‘llarini saqlash degani –yo‘llar va yo‘l inshootlarini soz xolatda
saqlash, ajratilgan mintaqalarga qarash, mayda shikastlanishlarni oldini olish ularni
bartaraf etish, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va
ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlardan iborat.
Korxona o‘z faoliyati davomida Nizomida ko‘rsatilmagan boshqa faoliyat turlari
bilan shug‘ullanmaydi.
Kerakli boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma
(lisenziya) ga ega bo‘lgandan so‘ng amalga oshirish xuquqiga ega.
Korxonaning sho‘'ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari, xo‘jalik hisobidagi
uchastkalari va boshka bo‘linmalarini tashkil etilmagan.
Korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bank to‘g‘risida ma'lumot.
Korxonani TIF Milliy bank Farg‘ona viloyat filialida (MFO: 00493) quyidagi
hisob raqami mavjud.
Korxona valyuta eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanmaydi.
Boshqa korxonalarning aksiyalari.
Korxona tomonidan aksiyalar chiqarilmagan, lekin OATB “Agro
bank” Farg‘ona filiali aksiyalari 2105,9 ming so‘mlik, “Farg‘onayo‘lta'minoti”
ma'suliyati cheklangan jamiyati aksiyalaridan 1000,0 ming so‘mlik va Rishton
mebel' fabrikasi aksiyalaridan 300.0 ming so‘mlik jami 3405,9 ming so‘mlik
aksiya sotib olgan.
Soliq xisobotlari va to‘lovlari to‘g‘risida.


Korxona Davlat soliq inspeksiyasiga quyidagi soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha
hisobotlar topshiradi, hamda ushbu soliq va to‘lovlar yuzasidan xisobot yuritadi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
er qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
mol-mulk solig‘i;
er solig‘i;
yagona ijtimoiy to‘lov;
jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma;
Korxona faoliyati to‘g‘risida.
Korxona 2021 yil davomida umumfoydalanishda bo‘lgan yo‘llarni saqlash va
ta'mirlash dasturi asosida, O‘zbekiston Respublikasi avtombil yo‘llari davlat
qo‘mitasi tarkibidagi Farg‘ona viloyat avtomobil' yo‘llari bosh boshqarmasi
buyurtmasi, Farg‘ona mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat unitar
korxonasi buyurtmasi asosida biriktirilgan yo‘llarda joriy ta'mirlash – saqlash
ishlarini, pudrat shartnomalari asosida tuman va shaxarlardagi ichki yo‘llarda
qurilish-ta'mirlash ishlarini bajaradi. Bu ishlar, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya
munosabatlari takomillashtirilgan xolda, xamda yo‘l xo‘jaligi muxandislik
inshootlarida ishlatilayotgan maxsulotlarni gorizontal va vertikal
diversifikasiyasini rivojlantirgan xolda amalga oshiriladi. Biznes-rejada maxsulot
xajmi oshishi xisobiga iste'mol fondi, mexnat unumdorligi va resurslari, turli
fondlarni foydalanish darajalari oshirilishi belgilangan, alternativ maxsulotlar,
maxalliy xom ashyolardan foydalanish va ish uslublarini modernizasiya qilish
evaziga samaradorlikka erishish nazarda tutilgan.
1.1 Korxonaning tashkiliy-xuquqiy shakli;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14-fevral' 2017 yildagi № PK-2776 –
sonli “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil' yo‘llar davlat qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Respublika yo‘l
jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori xamda, O‘zbekiston
Respublikasi avtomobil' yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 29-avgust kungi 07-


sonli buyrug‘iga asosan korxona “Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar
korxonasi” yuridik shaxs sifatida tashkil etilib, o‘zining mustaqil balansi,
bankdagi xisob raqami va nomi bitilgan muxrga ega.
Farg‘ona TYFU korxonasi tarkibida 5 ta yo‘l bo‘limi, 3 ta qurilish bo‘limi mavjud.
1.2 Korxona shug‘ullanadigan ishlar biznesini tavsifi.
Korxona avtomobil' yo‘llarini qurish, ta'mirlash va foydalanish ishlarini tashkil
etadi xamda maxalliy xokimiyat organlari bilan birgalikda tuman va shaxar ichki
xo‘jalik yo‘llariga ega korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi,
shartnomalar asosida yo‘l qurilish ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajaradi.
Tuman xududida jami 1523 km yo‘llar mavjud bo‘lib,
shu jumladan:
- umumfoydalanishdagi avtomobil' yo‘llari – 365 km,
- shaxar ichki yo‘llari
– 4 km,
- tuman ichki yo‘llari
– 781 km,
- tuman paxta dalalari yo‘llari
– 373 km,
kilometrni tashkil etadi.
Farg‘ona TYFU korxonasi 365 km umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llariga
xizmat ko‘rsatadi. Bu viloyat umumfoydalanuvdagi avtomobil' yo‘llarining 9,1%
foizini tashkil etadi;
- davlat axamiyatidagi yo‘llar –134 km yoki 36,7 foizni,
- maxalliy axamiyatdagi yo‘llar –231km yoki 63,3 foizdan iborat.
Yo‘l toifasi bo‘yicha ;
I toifali yo‘llar 7 kmni tashkil etadi yoki 1,9 foizni,
II toifali yo‘llar 75 kmni tashkil etadi yoki 20,6 foizni,
III toifali yo‘llar 52 kmni tashkil etadi yoki 14,2 foizni,
IV toifali yo‘llar 152 kmni tashkil etadi yoki 41,6 foizni va


V toifali yo‘llar 79 kmni 21,7 foizni tashkil qiladi.
Korxona tassarufidagi umumfoydalanishdagi avtomobil' yo‘llarda 46 dona 834 pm
ko‘priklar, 724 dona 9539,5 pm quvurlar, 96 dona avtobekat, 12957 pm I gurux
to‘siqlar, 56,684 km yo‘l bordyurlar, 2526 dona yo‘l belgilari mavjud.
Korxona avtomobil' yo‘llarini qurish va foydalanish uchun zarur ishlab chiqarish
va tarkibiy tarmoklar yetarli tashkil etilgan.
2021-yil yanvar-oktyabr oylarida ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlari
tug‘risida ma'lumot
Soxada ishlab chiqarish quvvati texnologik modernizasiya qilish va maxalliy xom
ashyolardan foydalanish borasida 2022 yil asosiy xom ashyo ishlab chiqarish
karerida arzon va tejamli yoqilg‘i elektr energiyasi bilan ishlaydigan ko‘chma
ekskovator bilan ikki smena ish tashkil etilib, mexnat unumdorligi 2.0 barobarga
oshiriladi.
2022-yilda yordamchi korxonalarda ishlab chiqariladigan maxsulotni
vertikal diversifikasiyasini rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilindi unga ko‘ra
yangi temir beton maxsulotlari ishlab chiqarish uchun 30 dona qoliplar sotib olinib
ishlab chiqarishga jalb qilinadi. Maxsulot turlari ko‘payadi. Korxonada L-6
latoklar, km stolbalar, nadolbalar, BDO-3, bardyurlar ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yiladi. Yangi klassifikator ishga tushiriladi.
1.5 Korxona tomonidan o‘tgan yillar davomida ishlab chiqarishga jalb qilingan
ishchi-xizmatchilar tarkibiy ko‘rinishi va soni.
Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida avtomobil yo‘llari va
yo‘l inshootlarini saqlash va yo‘l ta'mirlash ishlarini bajarish uchun kerakli
materiallarni olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda tovar xom ashyo
birjasi xamda maxalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan bugungi kunda
shartnoma tuzish ishlari amalga oshirilmokda.
2.2 Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari
uchun ajratilgan mablag‘larni to‘liq o‘zlashtirilishi.


Korxona 2021 yil sentyabr' oyiga qadar joriy ta'mirlash reja dasturiga takliflar
kiritilgan xolda xarakat xavfsizligini taminlash yuzasidan 6177.3 m2 asfal'tobeton
qoplamalarda shikastlangan qismlarni qayta tamirlash, 379.3 km uzunlikda
avtomobil yo‘llaridagi yotiq yo‘l belgi chiziqlarini qaytadan belgilash, 227 dona
piyodalar o‘tish joyini qaytadan belgilash, yo‘l chetlari xavfli xududlariga 91 dona
yetishmayotgan ximoyalovchi 1-gurux to‘siqlarini o‘rnatish va 27 dona yaroqsiz
xolga kelgan 1-gurux to‘siqlarini yangisiga almashtirish, 331 dona eskirib
ko‘rinishini yo‘qotgan yo‘l belgilarini yangisiga almashtirish, 4 dona o‘rnatish,
yetishmayotgan yo‘l qismlariga yangi yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘llarning xavli
burilish qismlarida yaroqsiz xolga kelgan 114 dona ogoxlantiruvchi ustunchalarni
yangisiga almashtirish, 159 dona ogoxlantiruvchi ustunchalarni almashtirish,
piyodalarning xarakat xavfsizligini taminlash maqsadida 0.200 km. uzunlikdagi
yangi piyodalar yo‘laklari va 0.200 km uzunlikdagi mavjud piyodalar yo‘laklarni
tamirlash, 26 dona yo‘l tutashmalarini obodonlashtirish, 609 m2 yo‘l elementlarini
oxlash qoralash, 27 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarining ochilib qolgan yo‘l
yoqalarini QShA bilan mustaxkamlash ishlari amalga oshirilgan, 4190 m3 Tabiiy
ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari, m. asfal't qoplama yoriklarini tozalab bitum
kuyib tuldirish ishlari, 7 dona suv qochirish tizimi uchun yo‘l chetlariga temir-
beton lotoklar o‘rnatish ishlari.
Qolaversa xarakat xavfsizligini ta'minlash bo‘limi xodimlari tomonidan xar
oyda avtomobil yo‘llarida o‘tkaziladigan nazorat ishlari jarayonlarida joylarda
noqonuniy xamda o‘zboshimchalik bilan yo‘l mintaqasiga joylashtirilgan ko‘chma
do‘konlar, xar-xil qurilish materiallari turli reklama panolari va peshtaxtalaridan
tozalash ishlari amalga oshirilib, yo‘l bo‘limlariga berilgan ogoxlantirish
ko‘rsatmalariga asosan joylarda yo‘l mintaqasiga tutash axoli xamda tadbirkorlik
bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga yo‘l bo‘limi boshliklari, bo‘lim ustalari
tomonidan yo‘l mintaqalaridan foydalanish tartibilari bo‘yicha ogoxlantirish
qo‘rsatma va xatlarini taqdim etish ishlari amalga oshirilib kelmoqda.
Korxonada yil davomida korxona bosh xisobchisi va xuquqshunos bilan birgalikda
debitor va kreditor karzdorliklarni kamaytirish choralari ko‘rib boriladi. Muddati
o‘tgan debitor qarzdorliklar bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari tuzilib, undirish
uchun talabnomalar jo‘natish, talabnoma orkali undirilmagan debitor
qarzdorliklarni Iqtisodiy Sudlar orkali undirish choralari ko‘riladi. Debitor
qarzdorliklarni undirish uchun mart oyi oxirigacha Iqtisodiy Sudga murojaat qilish
uchun korxona xuquqshunosiga reja-topshirik beriladi.
Korxonada 2022 yil 1 yanvar xolatiga byudjet va nobyudjet jamg‘armalardan
karzdorlik mavjud emas. 2022 yilda xam oyma-oy xisoblangan soliq va majburiy
to‘lovlarni o‘z vaktida, joriy oylarda kelgan mablag‘lar xisobidan to‘lab borish
yo‘lga kuyilgan. Shu yo‘l bilan byudjet va nobyudjet jamg‘armalardan karzdorlik
xosil bo‘lmasligiga erishiladi.


2.4. Byudjet va nobyudjet jamg‘armalarga to‘lovlarni amalga oshirilishi
Xar oy yakuni bo‘yicha xisoblangan soliq va majburiy to‘lovlarni, shu oyda
bajarilgan ishlar uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar xisobidan to‘lab borishni
yo‘lga kuyiladi. Ishchi va xizmatchilarni ish xaqidan ajratma to‘lovlarni, xisobot
oyida o‘z vaktida to‘lab boriladi. Choraklar yakuni bo‘yicha xisoblanadigan soliq
va majburiy to‘lovlarni keyingi oyning 20 sanasiga qadar to‘lab boriladi.
2.5 Omborxonalarda mavjud tayyor maxsulotlar qoldiqlarini kamaytirilishi.
Korxona omboridagi mavjud tayyor maxsulotlar va moddiy boyliklarni korxona
extiyojlari uchun zaruriy yoki nozaruriy ekanligini aniqlab, 10 fevralga qadar
ro‘yxatini shakllantirish moddiy javobgar shaxslar va xisobxona xodimlariga



Download 251.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling