Farg’ona viloyati davlat arxivi Reja: Kirish. Asosiy qism


Download 475.77 Kb.
bet1/6
Sana26.01.2023
Hajmi475.77 Kb.
#1128390
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farg’ona viloyati davlat arxivi 22



Farg’ona viloyati davlat arxivi


Reja:



  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Farg’ona viloyati arxiv ishi hududiy Boshqarmasi.

  2. Farg’ona viloyati davlat arxivi

  3. Marg’ilon shahar davlat arxivi

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.




Kirish
Qadrli talaba qo’lingizdagi mazkur kitob-albom arxivlarning tashkil etilishi borasida olib borilgan ko’p yillik izlanish va harakatlarning amaliy natijasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Davlat musta- qilligining 30 yilligiga bag’ishlab nashr etildi.
Mazkur kitob-albomda alohida qimmatli arxiv hujjatlari va materiallar, "O’zarxiv" agentligi tizimidagi respublikada faoliyat ko’rsatib kelayotgan 3 ta Milliy arxivlar, 14 ta arxiv ishi hududiy boshqarmalari, 101 ta davlat va 123 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan1.
1989-yilda sobiq Sovet Ittifoqi ministrlar Sohuzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan Moskvaning "Mo’sl, nashriyotida "SSSR davlate uvlari kudarstvenno’e arxivo’ SSSR spravochnik) to’plami nashr etilgan. Mazkur to’plamning 2 ismida "1 cudarstvenno’e arxivo’ Uzbekskoy SSR" bo’limi 45-90 betlarida atigi 45 betda respublikamizdagvlat arxivlari to’g’risida ma’lumot berilgan. Asosan 3 ta markaziy davlat arxivlari hozirgi milliy arxivlar va viloyat davlat arxivlari, ularda saqlanadigan ayrim fondlar nomlari haqidagi ma’lumot mavjud.
Arxiv keng ma’noli so’z hisoblanadi. U bir tomondan tarixiy hujjatlarni, yozma va grafik yodgorliklarni saqlash, tizimlashtirish va tavsiflash bilan shug’ullanadigan maxsus muassasa bo’lsa, ikkinchi tomondan vaqti kelganda o’z qadrini, katta kuchga ega bo’lgan bebaho hujjat ekanligini ko’rsatuvchi xazinadir. Aslida, Arxiv "arxi" so’zidan kelib chiqib, yuksak unvon, yuqori mansab, betakror san’at asarlari kabilarga qo’shib aytiladigan fe’ldir. Uning yana bir ma’nosi "Hukumat uyi" demakdir, chunki arxivlarda hukumatlar tarixiga, insonlarning hayotmomotiga taalluqli ma’lumotlar saqlanib kelingan2.
U siz-u biz o’tib ketsak-da, kelgusi avlodlarga bizlarning tariximizni, qilgan ishlarimizni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzimizni, qilgan bunyodkorliklarimizni, qolaversa, noo’rin qilgan ishlarimizdan gapirib, o’zining o’zgartirib bo’lmas fikrlarini dalillar bilan bayon qilib beradi, chunki u hayot ko’zgusidir 1990-yillarda respublikadagi davlat arxivlarida hujjatlarning soni 5,4 million saqlov birligida bo’lgan bo’lsa, hozirda davlat arxivlarida jami 16 milliondan ziyod, shundan 8,4 million saglov birligida milliy arxiv fondi hujjatlari mavjud3.
2019-yilda nishonlangan O’zbekistonda davlat arxivlari tizimi rushll hukumatlar tarixiga, insonlarning ay U siz-u biz o’tib ketsak-da, kelgusi avlodlarga bizlarning tariximizni, qilgan ishlarimizni, ijti moiy-iqtisodiy turmush tarzimizni, qilgan bunyodkorliklarimizni, qolaversa, noo’rin qilgan ishlarimizdan gapirib, o’zining o’zgartirib bo’lmas fikrlarini dalillar bilan bayon qilib beradi, chunki u hayot ko’zgusidir. 1990-yillarda respublikadagi davlat arxivlarida hujjatlarning soni 5,4 million saqlov birligida boʻlgan bo’lsa, hozirda davlat arxivlarida jami 16 milliondan ziyod, shundan 8,4 million saqlov birligida milliy arxiv fondi hujjatlari mavjud.
2019-yilda nishonlangan O’zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligi-ga eng katta sovg’a-bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi "O’zbekistonRespublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-5834-sonFarmoni hamda “O’zbekiston Respublikasi "O’zarxiv"tligi ta liyatini takomillashtirish to’g’risida"gi PQ-4463-son qarori qabul qilinishi bo’ldi4.
Mazkur hujjatlar bilan "O’zarxiv" agentligining ically tuzilmasi, Agentlik Markaziy apparati tuzilmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari tubdan qayta ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. Arxiv ishini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning aniq chora-tadbirlari belgilandi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv" agentligi negizida O’zbekiston Respublikasi "O’zarxiv" agentligi tashkil etildi. 2020-2025-yillarda O’zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish davlat dasturi tasdiqlandi. Unga ko’ra, arxiv ishi va ish yuritishning normativ, uslubiy bazasini takomillashtirish, arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini faollashtirish orqali arxiv axborotlaridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish nazarda tutildi. 2020-2025-yillarda davlat arxivlari uchun 2 ta yangi bino va 12 ta arxiv saqlovxonasini qurish, 2023-2025- yillarda 7 ta davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish rejalashtirildi5.
Ushbu davlat dasturiga asosan arxiv xizmatlarini bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko’rsatilishini tashkil etish, arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, arxiv hujjat- larini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etish ko’zda tutilgan6.
O’zbekiston Respublikasi "O’zarxiv" agentligi Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston, Misr Arab Respublikasi, Ukraina, Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya Respublikasi, Vengriya hamda Isroil bilan arxiv ishi sohasida hamkorlik bo’yicha memorandumlar imzolagan. Rossiya markaziy arxivlaridan 10 mingdan ortiq, Turkiyadan 100 dan ortiq hamda Vengriyadan O’zbekiston tarixiga oid hujjatlar nusxalari olib kelindi.
Alohida qimmatli arxiv hujjatlari to’e’risidagi ma’lumotlar "O’zarxiv" agentligi va milliy arxivlar veb-saytlari, Agentlikning ijtimoiy rasmiy kanallari - Facebook (https:G’G’www.facebook. comG’uzarxivG’), Telegram (t.me/uza 3), Instagram ps://www.instagram.com/uzarxiv) orqali va boshqa bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda ye ib borilmoqda.
Umid qilamizki, mazkur kito fugi avlodga, ayniqsa, yoshlarimizga davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bebaho xazina ekanligini, davlat arxivlari esa davlat va jamiyat uchun naqadar ahamiyatli ekanligini tushunib yetishga yordam beradi hamda jamiyatimiz a’zolari uchun davlat arvivlari xizmatlaridan foydalanishlarida xizmat qiladi. Zero, ushbu kitob-albom shiddat bilan rivojlanib bo- rayotgan mustaqil O’zbekistonimizning bugungi kunidagi axborotini yuqori saviyada hujjatlashtirishni tashkil etadigan va mazkur hujjatlarning tariximiz ko’zgusi bo’lgan arxivlarimizda ko’z qorachi/iday asralishi, va albatta, undan shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida foydalanilishi uchun kelajak avlodga bekamu-ko’st yetkazish kabi mas’uliyatni his qiladigan, vazifasini dildan sevgan, uning mashaqqatini biladigan insonlar mehnatini biroz bo’lsa-da, ko’rsatib berishiga ishonamiz7.
Mazkur kitob-albom uchun arxiv hujjatlari nusxalari va maʼlumotlarni jamlashda faollik ko’rsatgan O’zbekiston milliy arxivlari hamda barcha Arxiv ishi hududiy boshqarmaları, davlat arxiviari rahbar va xodimlariga minnatdorlik bildiramiz8.

Download 475.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling