Farg’ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bag’dod tumani xalq ta’limi bo’limi


Download 255.5 Kb.
bet1/2
Sana13.12.2020
Hajmi255.5 Kb.
#165627
  1   2
Bog'liq
6-sinf fe'l


FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI BAG’DOD TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI
53-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI

ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI RUSTAMOVA GULMIRANING

SO’Z TURKUMLARI. FE’L” MAVZUSIDAGI



ochiq dars ishlanmasi



BAG’DOD 2020
MAVZU: SO‘Z TURKUMLARI

DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

DARS REJASI:

  1. Tashkiliy qism – 3 daqiqa.

  2. Ma’naviyat daqiqasi – 5 daqiqa.

  3. O‘tgan darsni takrorlash – 5 daqiqa.

  4. Yangi mavzu bayoni – 10 daqiqa.

  5. Mashqlar ishlash – 15 daqiqa.

  6. Mustahkamlash – 7 daqiqa.

  7. Uyga vazifa.

Dars turi: amaliy(yangi)

Dars usuli: aralash

Dars uslubi: an’anaviy

Dars jihozlari: darslik, o‘zbek tilining izohli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollar jamlanmasi.



DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism.

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

Ma’naviyat daqiqasi. O‘quvchilar bilan kunning muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. 21-oktabr O’zbek tili bayramiga oid she’rlar tinglanadi.

O‘tgan mavzuni takrorlash. O‘quvchilarga tarqatma materiallar tarqatish va shu asosida o‘tgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish, savol-javob o‘tkazish, uyga vazifani tekshirish, namunalar o‘qitish. Uyga vazifani bajarishdagi kamchiliklarni tahlil qilish.

Yangi mavzu bayoni.

1-topshiriq. So'zlarga so'roq bering va ma'nosini aniqlang. Daftar, bola, Ahmad, o'qi, chiroyli, oq, o'nta, ikkinchi, men, siz.

2-topshiriq. Berilgan so'zlarni qaysi so'roqqa javob bo'lishiga ko'ra jadvalga joylashtiring.

Oltin, gilos, moviy, yashil, ishlamoq, o'n, ming, o'sha, bu, Salim, tog'a, opa, bormoq.



Kim?

Nima?

Qanday?

Necha? Qancha?

Qaysi?

Nima qilmoq?




















BILIB OLING. So'zlarning so'rog'i va qanday umumlashgan ma'no ifodalashiga ko'ra guruhlarga bo'Iinishi so'z turkumlari hisoblanadi.


Download 255.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling