Farhod va shirin


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1732965
  1   2   3   4   5
Bog'liq
59-63



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-36, Issue-1, June-2023
 
59 
ALISHER NAVOIYNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINI ADABIYOT 
DARSLARIDA O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS METOD VA USULLARI 
 
Jovliyeva Yulduz Abdivasi qizi 
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
yulduzjovliyeva442@gmail.com
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” 
dostonini adabiyot darslarida o‘qitishda qo‘llanadigan zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar va metodlar haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: doston, obraz, she’riy san’atlar, kitobat san’ati, “Zinama-zina” 
metodi, “Besh barmoq” metodi 
 
KIRISH 
Adabiyotni tur va janrlar xususiyatlari jihatdan o‘rganganimizda 3 asosiy turni 
tasnif etamiz. Bular lirik, epik va dramatik tur bo‘lib, ular ham o‘z ichida bir qancha 
janrlarga bo‘linadi. Shuningdek, lirik va epik turga xos xususiyatlarni o‘zida jamlagan 
liro-epik tur ham mavjud. Ushbu turga ballada va doston kabi janrlar mansub. Ushbu 
janrlardan dostonlarga alohida to‘xtalib o‘tsak. Dostonlar yaratilish usuliga ko‘ra ikki 
xil: xalq dostonlari (xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida) va yozma adabiyotdagi 
dostonlardir. Xalq dostonlariga “Alpomish”, “Ravshan”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” 
turkumidagi dostonlar kabilar mansub bo‘lsa, yozma adabiyotdagi dostonlarga esa 
Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z”, 
Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabilar kiradi. 
Xalq dostonlari yozma dostonlarning paydo bo‘lishi va shakllanishiga zamin 
hozirlagan. Yozma adabiyotdagi dostonlar yakka shaxs ijodi ya’ni individual ijod 
mahsuli hisoblanadi. Xususan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 
xamsachilik an’analari asosida yaratilgan, “Xamsa”sining ikkinchi dostoni 
hisoblanadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling