Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet1/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob


TASDIQLAYMAN

O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor,

__________ Z.A.Yuldashev

“___ ” ___________ 2019yil
FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI

Fayziyeva Z. T. Usmanova Z.U. Shilsova N.V., Saydalieva F.A.

Sultanova R.X.,
Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti”

FANIDAN 1-KURS

FARMATSIYA FAKULTETI TALABALARI

UCHUN O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha;

500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot


Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika

510000 – Sog‘liqni saqlash

Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (turlari bo’yicha)

5111000 – kasbiy ta’lim


Umumiy o‘quv soati: 61 soat

Shu jumladan:

Ma’ruza 18 soat (1 semestr)

Amaliy mashg‘ulotlar 18 soat (1semestr)



Mustaqil ta’lim 25soat (1semestr)

TOSHKENT – 2019


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

Farmakologiya va klinik farmatsiya

kafedrasi


Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti


FANIDAN
O`QUV - USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha;

500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot


Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika

510000 – Sog‘liqni saqlash


Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (turlari bo’yicha)

5111000 – Kasb ta’limi (5510500-Farmatsevtika ishi)



TOSHKENT – 2019

Tuzuvchilar:


Fayziyeva Z. T

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi b.f.n., dotsenti , kaf.mudiri

Shiltsova N.V.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi b.f.n., dotsenti

Usmanova Z.U.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o`qituvchisi

Saydaliyeva F.A.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o`qituvchisi

Sultanova R.X.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o`qituvchisi








Taqrizchilar:

1.Yakubova L.K

Stomatologiya instituti kaf.mudiri,t.f.n.dotsent.

2.Yulcshiyeva M.T

Toshkent farmatsevtika instituti Farmakognosiya kafedrasi dotsent.,b.f.n.


Fanning o’quv uslubiy majmuasi soha uslibiy kengashining 2019yil ___________dagi___ -son yigilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan
Soha uslubiy kengash raisi __________________________________
Fanning o’quv uslubiy majmuasi institut Markaziy uslubiy kengashining 2019 yil ___ ______ dagi ___- son yigilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Markaziy uslubiy kengash raisi Z.O.Yuldashev

Fanning o’quv uslubiy majmuasi institut kengashining 2019 yil ________ dagi __- son yigilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.


Kengash ilmiy kotibi V.Haydarov

MUNDARIJA

I. O`QUV MATERIALLARI

1-maruza- Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va turi. Ibn Sino – Jahon fani taraqiyotiga ulkan xissa qo’shgan o’rta оsiyolik buyuk qomusiy olim. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati. Tib qonunlari………………………………………………………………
2-maruza- Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari хozirgi zamon tibbiyotiga yaqinligi аsoslari. Inson organizmidagi a'zolarning mizojlari.

3-maruza- Ibn Sino ilmini ilmiy jihatlari Ibn Sino ta'limotida kasalliklar klassifikatsiyasi. Ibn Sino ta'limotida umumiy davolash usullari ………………..

4-maruza- Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari. Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi.

5-maruza- Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simlik preparatlari. Belladona, bangidevona, mingdevona o‘simlik preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi.

6-maruza - Yurak qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi o‘simlik preparatlari. Qon oqishini to‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar.

7-maruza - Me’da – ichak va jigar faoliyatiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar.

8-maruza - Nafas a’zolariga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar .

9- maruza- Peshob haydovchi dorivor o‘simliklar.
II. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI...................................................................

III. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI................................................................................

IV. GLOSSARIY.........................................................................................................

V. ILOVALAR:

1. Fan dasturi............................................................................................................................

2. Ishchi dastur..........................................................................................................................

3.Tarqatma materiallar............................................................................................................

4. Testlar.....................................................................................................................................

5.Baholash mezoni.....................................................................................................................

VI ADABIYOTLAR RO‘YXATI............................................................................................

1-O`QUV MATERIALLARI

1-Mavzu: Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va turi. Ibn Sino – Jahon fani taraqiyotiga ulkan xissa qo’shgan o’rta оsiyolik buyuk qomusiy olim. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati. Tib qonunlari.

Reja:

1.1 Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va turi.

1.2. Ibn Sino – Jahon fani taraqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’rta оsiyolik buyuk qomusiy olim..

1.3. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati. Tib qonunlari.



Tayanch iboralar: Ibn Sino ta’limoti. Tib qonunlari.



    1. Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va turi.

Ma`lumki tabobat, ya`ni meditsina fani eng qadimiy fanlardan hisoblanadi. O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida esa tabobat fani ancha taraqqiy qilgan bo`lib, qator mahalliy olimlar yetishib chiqqan, hamda arab va fors tillarida tibga oid ilmiy asarlar yaratilgan. Ularning ko`pchiligi shubhasiz Ibn Sinoga ma`lum edi. Ibn Sino oldida turgan asosiy vazifa - mana shu turli xalq olimlari tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida to`plangan ma`lumotlarning muhimlarini va ikkinchi darajadagilarini ajratib, muayyan bir tartibga solish va ularni o`z tajribalari bilan boyitgan holda ma`lum bir nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirishdan iboratdir.



1.2. Ibn Sino – Jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’rta оsiyolik

buyuk qomusiy olim..

Abu Ali ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan, O`rta Osiyo tuprogidan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o`tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo`q desa ham bo`ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo`shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino ko`p qirrali ilm sohibi bo`lgan buyuk siymodir. Tibbiyot olamida ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. Tabobat ilmining sultoni bo`lmish ibn Sino (370 xijriy yili safar oyining boshida, ya`ni, 980 yil avgust oyining 2 yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogida tugilgan, 5 yoshgacha ibn Sino Afshona qishlogida yashagan. Keyin esa ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko`chib kelgan.

Ibn Sinoning to`liq nomi Abu Ali - Al Husayn Ibn Abdullox ibn Al - Hasan ibn Ali Ibn Sino (13 ta so`z 47 ta harfdan iborat). Yevropada ibn Sino Avitsena nomi bilan mashhur bo`lgan. 10 yoshida ibn Sino Qur`on, til va adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi fanlarni to`liq o`zlashtiradi. Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshida Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanilgan.

Kecha - kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o`z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o`z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048) bilan ilmiy munozaralar o`tkazgan.

1002 yilda Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etadi. Oqibatda buyuk alloma o`z tugilib o`sgan yurti Buxoroni tark etib , Xorazm (Urganch)ga ketadi.

1014 yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Kazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va Buvahiylar hukmdori Shams ad-davla (997 - 1021) xizmatiga kiradi. 1023 yilda Isfaxonga ko`chib keladi va "Kitob ash - shifo" ning qolgan qismlarini yozishni davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda fors tilidagi falsafiy kitobi "Donishnoma" ni tasnif etadi.



Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o`z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shugullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilganbo`lsa ham, zamonlar o`tishi bilan ularning ko`pi yo`qolib ketgan va bizgacha faqat 242 ta asari yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga bagishlangan.

Nihoyatda murakkab va masuliyatli vazifani Ibn Sino katta mahorat bilan amalga oshiradiki, uning Tib qonunlari va bu asarning jahon tibbiyot ilmi tarixida tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin guvohlik berib turadi. “Tib qonunlari” sharq mamlakatlarida shu qadar yuksak ahamiyatga molik bo`lib ketdiki, tabobat ilmini usiz tasavvur qilib bo`lmas edi. Sharqda e`tibor qozongan "Tib qonunlari" ko`p o`tmay garb mamlakatlarida ham shuhrat topdi. Ma`lumki o`rta asrlarning to uygonish davrigacha Yevropa mamlakatlarida ilm-fan sharq mamlakatlarga nisbatan ancha orqada edi. XII asrdan boshlab Yevropada sharq fani, adabiyoti va madaniyatiga bo`lgan qiziqish orta boradi va sharq olimlarining asarlari arab tilidan lotin tiliga tarjima qilish ishlari yo`lga qo`yila boshlandi. Umuman sharq madaniyatining Yevropaga kirib kelishi Ispaniya va Sitsiliya orqali bo`ldi. Tib qonunlari Yevropa vrachlari qo`lida asosiy qo`llanmaga aylangan va universitetlarda meditsina fani shu kitob bo`yicha o`qitila boshlangan, to 1650 yilgacha meditsina fakultetlarining o`quv dasturini yarmini Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari asosida tashkil qigan. Yirik Yevropa olimlarining tabobatga oid kitoblari ham Ibn Sino asarlari ta`sirida edi. Hatto buyuk Leonardo Da Vinchi ham shular jumlasidan bo`lib, uning asarlarida qator arab tibbiy atamalari uchraydi. Qisqacha qilib aytganda "Tib qonunlari" asosiy qo`llanma va darslik sifatida 600 yildan ortiqroq vaqt mobaynida xizmat qildi va hozirga qadar o’z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Bu kitobga bo`lgan talab shunchalik zo`r ediki, XV asrda kitob chop etish kashf etilgach, birinchi bosilgan kitoblar ichida "Tib qonunlari" ham bor edi.

O`sha davrda bir necha fanlarni ayniqsa, tibbiyotni o`z zamonasida yangi va yuqori bosqichga ko`tarilishida Abu Ali ibn Sino o`zining ulkan hissasini qo`shgan. O`z davridagi fanlarning deyarli barcha sohalarida chuqur iz qoldirgan entsiklopedist olim Ibn Sino ayniqsa, tabobat ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu bilan birga Ibn Sino o`zining "Tib qonunlarini puxta kuzatishlari va amaliy

ishida qozongan yutuqlari bilan boyitadi. Ibn Sino o`zi yashagan davrdagi ko`p olimlar singari chalkash mulohazalar ta`siriga berilmay faqat tajriba va amaliyotgagina haqiqiy ilmning ob`ektiv asosi bo`la olishini talqin etadi. Ibn Sino yashagan davrda bunday ilgor goyani ilgari surishga jur`at etgan buyuk olim insoniyatning katta hurmatiga sazovordir. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" kitobi hozirgi zamon tibbiyotida ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Nazorat savollari


  1. Ибн Сино таьлимоти ахамияти кандай?

  2. Ибн Сино хаёти ва ижоди?

  3. Тиб конунлари асари?


Foydalanilgan adabiyiotlar
Asosiy adabiyotlar

1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари:

1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992.
3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993.
4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari


  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.wikipedia.ru

  3. http://www.chemist.comhttp://www.himiki.ruhttp://www.organicchem.comhttp://www.rutrecker.org

2-Mavzu - Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari хozirgi zamon tibbiyotiga yaqinligi аsoslari. Inson organizmidagi a'zolarning mizojlari.

Reja:

2.1.Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari.



2.2.Хozirgi zamon tibbiyotiga yaqinligi аsoslari, Inson organizmidagi a'zolarning mizojlari

Tayanch iboralar: Urjuza fi-t-tib", Al-adviyat al-Qalbiya, Kitob al-Qulanj
2.1.Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling